1-Ma’ruza: Fizika tarixi fanining predmeti va vazifalari. Kirish. Fizik olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatining didaktik ahamiyati. Antik davrda tabiatshunoslikda erishilgan yutuqlar. Ioniylar va Ellinlar davri



Download 345,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana23.01.2022
Hajmi345,93 Kb.
#404502
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Ma\'ruza 1



1-Ma’ruza: Fizika tarixi fanining predmeti va vazifalari. 

Kirish. Fizik olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatining didaktik ahamiyati. 

Antik davrda tabiatshunoslikda erishilgan yutuqlar. Ioniylar va Ellinlar 

davri. Miloddan avvalgi VII-I asrlar. 

Fizika  tarixini  o’rganish  bu  umumiy  fizikaviy  bilimlarning  ajralmas  bir 

qismidir. chunki fizika fanini o’rganish bilan uning tarixi ham o’rganib boriladi, bu 

fanning  qonun  qoidalarining  ochilishi,  ushbu  qonunlarni  ochishda  olimlarning 

tutgan o’rnidir. Fizika tarixini bilish uchun asosan shu qonunlarning yozilishini, asl 

nusxasini o’rganish uchun asl ma’nosini o’rganishda muhim o’rin egallaydi.    

Fanlarning  tarixini  o'rganish  fan  rivojlanish  taraqqiyotining  ya'ni,  yangi 

ilmiy  mulohazalar  yaratishning  asosi  bo'lib  xizmat  qiladi.  Fizika  tarixi  minglab 

yillik  tarixga  ega  bo'lgan  tabiiy  fanlardan  biri  hisoblanadi.  Fizikaga  oid 

qonunlarning yaratilish tarixi, ularning hozirgi zamon texnika va texnologiyasidagi 

tutgan  o'rni,  fizik  asboblar  va  qurilmalarning  yaratilishi  tariхi,  fizika  fanining 

jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni, kelajakda qator fanlarning rivojlanishida muhim 

bosqich bo'lib hizmat qiladi. 

Marhum  1-birinchi  Prezidentimiz  I.Karimovning  yuqori  minbarida  turib 

«Tarixini  bilmagan  xalqning  kelajagi  yo'q»  degan  so'zlari,  bu  nafaqat,  tom 

ma'nodagi  biz  tushunadigan  halq  tarixi  to'g’risida  aytilgan.  Bu  so'zlar  bir  xil 

ma'noda istalgan fan sohasi- hox ijtimoiy, hoh siyosiy, hoh tabiiy yoki texnikaviy 

soha  bo'lsin  barchasiga  tegishlidir.  Umuman  olganda  har  qanday  soha  bilimdoni-

tadqiqotchisi  o'zidan  avval  qanday  yutuqlarga  erishilgani  haqidagi  ma'lumotlarga 

ega  bo'lishi,  o'zidan  avvalgi  avlodlarning  erishgan  natijalariga  tanqidiy  nuqtai 

nazaridan baho berish va keying bosqich faoliyatini belgilab olishi lozim. Bu ishlar 

jamiyat  rivoji,  fan  texnika  rivoji  uchun  muhum  ahamiyatga.  Insoniyat  o'zi 

yashayotgan  olam  to'g’risidagi  bilimlarni  to'satdan  va  tayyor  tugallangan  holda 

ololmaydi.  Masalan  hozirda  har  bir  o`quvchiga  ma`lum  va  "Nyuton  qonunlari" 

nomini  olgan  harakat  qonunlari  haqidagi  bilimlar  juda  uzoq,  ming  yillarni  o`z 

ichiga  qamrab  olgan  yo`lni  talab  etgan.  Yana  ikki  yarim  asrdan  ortiq  vaqt 

Nyutonning  qonunlari  yetarlicha  mukammal  emasligi  va  ular  juda  katta  tezliklar 

bilan  harakatlanayotgan  jismlar  va  o`ta  kichik  jismlar  (zarralar)  uchun  qayta 

aniqlik kiritish lozimligini tushunib yetishga ketdi. Insoniyat bilmaslikdan bilishga 

bo'lgan uzoq va mashaqqatli masofani bosib o'tdi. Bunda u unchalik aniq va to'liq 

bo'lmagan bilimlarni aniq va to'liq tushunchalar bilan almashtirib bordi. Qisqa qilib 

aytadigan  bo`lsak,  bilim  tarixiydir,  fan  o`z  tarixiga  ega  bo`ladi.  Shuning  uchun 

ham,  fan  tarixi  paydo  bo`lgan  zamondanok  bu  tarixni  o`rganish  ehtiyoji  tug`ildi. 

Umuman olganda, har bir tadqiqotchi u o`rganayotgan masalada undan oldin nima 

ishlar  qilinganligi  haqida  xabardor  bo`lishi,  ungacha  bo`lgan  ajdodlar  qo`lga 

kiritgan natijalarga tanqidiy nazar bilan qaramog`i lozim. Boshqacharoq aytadigan 

bo`lsak,  u  yoki  bu  darajada  tarixchining  ishini  bajarmog`i  kerak.  Bo`sh  joyda 

bajariladigan ishlarning o`zi bo`lmaydi, har bir yangi avlod ishini undan oldingilari 

to`htagan  joyidan  davom  ettirib  ketadi  va  bajargan  qismini  keyingi  avlodga 

topshirib  ketadi.  Yevklid  va  Arximedning  ishlarisiz  Nyutonning  ishlarini 

tushuntirib  bo`lmasdi,  o`z  navbatida  Nyutonning  ishlarisiz  esa,  Eynshteyn  va 

Borlarning  ishlari  yuzaga  ham  chiqmas  edi.  Shuningder,  Horazmiy  va 




ForobiysizBeruniy  yoki  Ibn  Sino,  Umar  Hayyom  va  Umar  Chag’moniysiz 

Ulug’bek, bularsiz Qozizoda Rumiy (zamonasining Aflotuni) yoki Ali Qushchi (15 

asrning  Ptolomeyi)  bo'lmas  edi.  Ya'ni,  har  bir  avlod  o'zidan  avval  o'tganlar 

merosini  o'rganib,  ular  qoldirgan  ishlar  zaminida  fan  va  texnikaning  kelgusi 

rivojini amalga oshiradi. Bilishlik rivojlanishining jarayonini o`rganish maxsus fan 

-  fan  tarixi  vazifasini  tashkil  etadi.  Fizika  tarixi  fizika  fanining  rivojlanishini 

o`rganuvchi  fandir.  Ixtiyoriy  fanning  asosiy  vazifasi  shu  fan  shug`ullanadigan 

sohadagi  amal  qilinayotgan  qonunlarni  ochishdir.  Shunday  qilib,  fan  tarixining 

asosiy  vazifasi  shu  fanning  rivojlanish  jarayonlarini  boshqaradigan  qonunlarini 

topishdan  iboratdir.  Birinchi  qarashda  bunday  qonuniyatlar  yo`qdek  tuyuladi. 

Arximed,  Nyuton  Lobachevskiylar  ishlarining  paydo  bo`lishini  oldindan  bashorat 

etib  bo`lmasdi,  olimning  fikrlashi,  ongi  va  ijodini  boshqarib  bo`lmaydi. 

Tashqaridan  nazar  tashlaganda  fan  tarixi  ayrim  daholarning  boshqaruvsiz  va 

nazoratsiz  faoliyatidek  tuyuladi,  ularning  hulq-atvorini  tortishish  maydonida 

harakatlanayotgan  tosh  hulqatvoriga  o`xshatib  bo`lmaydi.  Shubhasizki,  fan 

insonlarning faolligi natijasidir, natijasi bo`lganda ham eng murakkab va eng nozik 

faollikning, ya`ni bilishlik, ijodiy faollikning mevasidir. Biroq, fanning rivoji katta 

ahamiyatga ega ma`lum tarixiy sharoitlarda kechadi, bu sharoitlarni esa ilmiy tahlil 

qilish  imkoni  bor.  Tarixiy  materializm  ilk  bor  insoniyatning  tarixiy  rivojlanishini 

ilmiy  o`rganishga  imkon  yaratdi,  insonlar  faolligining  real  asosini,  shu  jumladan 

ularning  ma`naviy  faolligi  asosini  ochib  berdi.  Bunday  real  asos  har  bir  inson  va 

butun  jamiyat  yashashi uchun  zarur  bo`lgan  moddiy  farovonlikni ishlab  chiqarish 

usullari  deb  qabul  qilindi.  Aynan  ishlab  chiqaruvchi  mehnat  faolligi  jarayoni 

insonni hayvonlar podasidan ajratib olishda muhim rol o`ynadi, uning bilishlik va 

yashash  ijtimoiy  sharoiti  rivojlanishini  ta`minladi.  Shunday  qilib,  fanning  paydo 

bo`lishlikning  o`zi  faqatgina  iqtisodiy  rivojlanishning  ma`lum  pog`onasida, 

dehkonchilik  rivojlangan  mamlakatlarda,  shahar  madaniyatida  mumkin  bo`ladi, 

keyinchalik esa fan rivojlanishi iqtisodiyot rivojlanishiga moslashib ketaveradi. 

Fan  rivojidagi  jamoat  ishlab  chiqarishning  ahamiyati  ayniqsa  zamonaviy  tarixiy 

bosqichda  bilinadi.  Zamonaviy  fan  o`zining  rivojlanishi  uchun  juda  ulkan 

mablag`lar  sarflanishini  talab  etadi.  Atom  fizika  va  yadroviy  energetikaning 

rivojlanishi  izotoplarni  ajrata  oluvchi  maxsus  korxonalarni  yaratishni,  reaktor  va 

tezlatgichlarni  qurishni,  qimmatbaho  asboblar  yaratilishini  talab  etdi.  Zamonaviy 

kosmik  fan  ham  juda  ulkan  mablag`larni  talab  etadi.  Iqtisodiy  nuqtai  nazaridan 

qudratli  mamlakatlargina  kosmik  kemalar  va  baquvvat  kosmik  raketalarni 

yaratishga  qodir  bo`lib  qoldilar.  Birinchi  yadroviy  reaktorlar  ham  ana  shu 

mamlakatlarda  yaratildi.  Zamonaviy  fan  shuningdek,  juda  katta  miqdorda  yuqori 

malakali  mutaxassislarni,  ya`ni,  qudratli  rivojlangan  xalq  ta`lim  tizimini  talab 

etadi.  Yaqqol  ravshanki,  zamonaviy  fanning  rivojlanishi  uchun  o`ta  kuchli 

iqtisodiyotgina bu sharoitlarni ta`minlab bera oladi. Bu muhim fakt fanning paydo 

bo`lishi va rivojlanishi uchun ishlab chiqarishga bog`liqligi ta`kidi naqadar chuqur 

ma`noga ega ekanligini ko`rsatadi.Shu bilan birga bu ta`kidni jo`ngina qabul qilish 

yaramaydi  va  har  bir  ilmiy  kashfiyot  uchun  iqtisodiy  sababni  axtarib  bo`lmaydi. 

Fan  rivojlanish  qonunlari  anchagina  murakkabroqdir.  Iqtisodiy  sharoitlar,  jamoat 

ishlab chiqarish usullari butun jamiyat hayoti uchun, shu jumladan fan uchun ham 



zarur  asosiy  sharoitlarni  hosil  qiladilar.  Biroq,  bu  sharoitlar  mavjudligida  boshqa 

faktorlar  muhim  rol  o`ynaydi.  Masalan,  har  bir  tadqiqot  uchun  ichki  faktorlar 

muhimdir,  ya`ni,  ilmiy  bilimlarning  holati,  muammoning  dolzarbligi,  shaxsiy 

qiziqish  va  qobiliyati  va  x.k.  Fan  nafaqat  mustaqillikga,  albatta,  iqtisodiy 

sharoitlarga qarab ma`lum chegarada, erishibgina qolmay, o`z navbatida o`zi ham 

jamoat ishlab chiqarishga ta`sir etaoladi, o`zi ham ishlab chiqarish kuchiga aylanib, 

ishlab  chiqarishni  rag`batlantiradi  va  tezlashtiradi.  Ta`kidlab  o`tish  lozimki, 

fanning ishlab chiqarish bilan bog`lanishi ham tarixiydir va ishlab chiqarish hamda 

fanning  rivoji  bilan  o`sib  boraveradi.  Aytilganlardan,  fan,  xususan,  fizikaning 

rivojlanish  qonuniyatlarini  o`rganish  masalasi  aniq  ma`noga  va  katta  ilmiy 

axamiyatga  ega.  Fanning  o`zi  jamoat  rivojlanish  faktori  bo`lgan  zamonaviy 

bosqichda  bu  masala  ayniqsa  dolzarbdir.  Fan  rivojlanishiga  katta  mablag`larni 

tikish zarurati bu rivojlanishning eng samarali yo`llarini oldindan ko`ra bilishlikni, 

uni  ma`lum  bir  rejaga  bo`ysundirishni  talab  etadi.  Bu  kutilmaganda  ilmiy 

kashfiyotlar  paydo  bo`lishini  inkor  etmaydi, bular  fan  tarixida  juda  ko`p  bo`lgan, 

biroq,  fanni  rejalashtirish  jamiyat  zaruratiga  aylanib  qoldi.  Shuning  uchun  ham 

fanni  rivojlanish  qonunlarini  o`rganish  yangi  fanni,  ya`ni,  fanshunoslik  fanini 

keltirib  chiqargan  dolzarb  masalaga  aylandi.  Fan  tarixi  -  fan  asoslari  haqidagi 

fandir.  Fan  tarixi  bilishlik  nazariyasida  ham  muhim  rol  o`ynaydi.  Bilishlik 

nazariyasida  fanning  boshqa  sohalaridagi  kabi  dialektik  fikr  yuritish  lozimdir 

ya`ni,  bizning  bilimlarimizni  tayyor  va  o`zgarmas  deb  faraz  qilish  emas,  balki 

bilimsizlikdan  qanday  qilib  bilim  paydo  bo`lishini,  to`liqsiz  bilim  qanday  qilib 

to`liqroq  va  aniqroq  bo`lishini  tahlil  qilish  kerak.  Shunday  qilib,  fanning  tarixini 

ilmiy  tushunchalarning  rivojlanishini  o`rganmoq  bilishlik  nazariyasini,  binobarin 

fanning  o`zini  boyitib  boradi.  Fan  tarixining  asosiy  ilmiy  axamiyati  ham  ana 

shundadir.  

Fan  tarixi  shuningdek,  muhim  uslubiy  va  tarbiyaviy  axamiyatga  egadir. 

Ayrim holda bilimlarni tarixiy ma`lumotlar orqali berish eng yaxshi samarali yo`li 

bo`lib qolishi mumkin. Shuning uchun ham, masalan, fizika o`qituvchisiga  Fizika 

fanining  tarixini  bilish  zarurdir,  u  o`qituvchini  ilmiy  va  uslubiy  tomondan 

qurollantiradi. Fan tarixi fanga bo`lgan muhabbat, mehr va hurmatini tarbiyalaydi 

to`g`ri dunyoqarash, ma`naviy insoniy fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi. 

Eng muhimi shundaki, fan tarixini bilmoq o`qitishda dogmatizm va rasmiyatchilik 

bilan kurashda yordam beradi, o`quvchilarning ilmiy va ma`naviy dunyoqarashini 

kengaytiradi.  Shunday  qilib,  fizika  fanining  tarixini  bilish  kelajakda  fizika  fani 

o`qituvchilarining  ilmiy  va  mutaxassislik  jihatidan  tayyorgarligining  o`sishini 

ta`minlaydi.  Ta`lim  uchun  fan  tarixining  axamiyati  muhimligi  shubhasizdir,  va 

undan  yetarli  darajada  foydalanilmaganidan  afsuslanish  lozim.  Lekin,  kelgusida 

ta`limdagi fan tarixi mavqei o`sib borishi shubhasiz 


Download 345,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish