1-Ma’ruza: Fizika tarixi fanining predmeti va vazifalari. Kirish. Fizik olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatining didaktik ahamiyati. Antik davrda tabiatshunoslikda erishilgan yutuqlar. Ioniylar va Ellinlar davri



Download 345,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana23.01.2022
Hajmi345,93 Kb.
#404502
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Ma\'ruza 1

Iskandariyalik  Geron

  (e.a.  I  -  II  asrlar), Iskandariyalik Papp  (III  asr), ular 

Arximed ilmiy  merosiga arzimagan narsa qo`shdilar va ularning mexanikaga doir 

ishlari  ko`chirmakashlik  xarakteriga  egadir.  Geron  va  Papp  davridan  mexanikani 

sodda  mashinalar  haqidagi  fan  deb  qabul  qilina  boshlandi,  bu  mashinalar  asosan 

beshta,  ya`ni,  vorot,  richag,  blok,  pona  va  vint  deb  hisoblanardi.  So`nggi  ikkita 

mashina qiya tekislik xususiyatlariga asoslangan bo`lib, ularning ishlash qonuni na 

Arximedga,  na  undan  keying  qadimgi  va  o`rta  asrlardagi  mualliflariga  ma`lum 

bo`lmagan. 

Geron turli avtomatlar va ilk bor bug` turbinaning modeli bo`lmish birinchi 

issiqlik  dvigatelni,  ya`ni,  eolipilning  ixtirochisi  sifatida  tan  olindi.  Tan  olish 

kerakki, Geronning eolipili hech qanday foydali ish bajarmas va shunchaki ermak 

bo`lib qoldi. Bu narsa vaqtidan oldin qilingan ixtirolar ularni kayta ishlash uchun 

vaqt  yetilmaguncha  o`z  rivojini  topaolmasligini  isbotlaydi.  Issiqlik  dvigatelning 

tarixi XVII asrda atmosfera bosimi kashf qilingandan so`nggina boshlanadi. qizig`i 

shundaki,  Geronning  ko`pgina  avtomatlarining  ishlash  tamoyili  atmosfera 

bosimiga  asoslangan  edi,  vaholanki,  Geronning  o`zi  havo  bosimi  haqida  hech 

qanday tasavvurga ega emasdi va uning o`zi qo`llagan sifonning ish tamoyilini suv 

oqimining  uzluksizligi  bilan  izohlagandi.  Shuni  ta`kidlab  o`tish  joizki,  Geron  nur 

akslanish  qonunini  eng  kam  vaqt  tamoyili  bilan,  ya`ni,  yorug`lik  nuri  ko`zgudan 

shunday  akslanadiki,  yorug`lik  manba,  ko`zgu  va  qabul  qiluvchi  nuqtani 

birlashtirib  turuvchi  yo`l  o`tishi  uchun  eng  kam  vaqtni  talab  etadi  deb  ilk  bor 

asoslab  bergan.  Optika  uchun  muhim  bo`lgan  Ferma  -  Gamilton  variasion 

tamoyilining  tarixi  ana  shundan  boshlangan.  Qadimgilarning  optikasi  haqida  so`z 

yuritar  ekanmiz,  qadimgi  donishmandlar,  chunonchi  Arximed  ham,  nurning 

sinishiga  va  meteorologik  optikaga  doir  bir  qancha  qiziqarli  kuzatuvlar  qilishgan 

deb  ta`kidlab  o`tishimiz  zarur.  Biroq,  nur  sinishining  aniq  qonuni  ularga  ma`lum 

bo`lmagan.  Qadimgi  dunyoning  buyuk  astronomi,  sayyoralarni  olamning 

geotsentrik  tizimidagi  harakatlanish  nazariyasini  juda  katta  san`at  bilan  ishlab 

chiqqan  Klavdiy  Ptolemey  suvda  va  shishada  yorug`liklarning  tushish  va  sinish 

burchaklarini  kattagina  aniqlikda  o`lchay  olgan.  Biroq,  o`zining  ma`lumotlaridan 

sinish  qonunini  u  chiqarmagan  va  sinish  burchagi  tushish  burchagiga 

proporsionaldir  deb  hisoblagan.  Sinish  qonunining  bunday  ta`rifidan  Kepler  ham 

foydalangan,  hozirda  ham  elementar  darsliklarda  linzalarning  formulalarini 

chiqarishda  tushish  burchaklarni  kichik  deb  hisoblashadi  ("nul  dastalar"  optikasi) 

va burchaklarning sinuslarini burchaklar qiymatlarining o`ziga almashtirishadi.  

Qadimgilarning optikaga doir nazariyalariga kelsak, yorug`likdek murakkab 

va  nozik  fizikaviy  hodisada  to`g`ri  yondoshish  yo`lini  topish  oson  emasdi.  Optik 

nurlar nazariyasi Yevklid, Arximed va Ptolemey tomonidan keng qo`llanilgan. 

Atomistlar 

buyumlardan 

ajralib 


chiquvchi 

va 


ko`zda 

ko`rish 


xissiyotlarniqo`zg`atuvchi  "tasavvurlar"  nazariyasini  ilgari  surdilar.  Optik  nurlar 

nazariyasiga  qarshi  chiqqan  Aristotel  o`rtada  turgan  muhit  haqida  ham  fikr 

yuritgan  va  uning  noaniq  ta`rifida  to`lqinli  nazariya  haqidagi  taxminini  ko`rish 



mumkin. Aristotel fikricha, ranglar qoramtir va oqishlarning ta`sirlashuvidan kelib 

chiqadi.  Umuman  olganda,  Aristotelning  fizikasi  qarama-qarshi,  ya`ni,  issiqlik  - 

sovuqlik, quruqlik  - namlik, qorongulik  -  yorug`lik sifatlaridan  keng  foydalanadi. 

Bunday "sifatlar fizikasi" o`rta asrlarda keng tarqalgandi. 



 

Download 345,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish