Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari:
1. Informatsiya deganda nimani tushunasiz? Uning asosiy tushunchalari qanday?
2. Uzluksiz va diskret informatsiyalar qanday farq qiladi?
3. Birlamchi va ikkilamchi alfavit nima va ular qanday farqlanadi?
4. Axborot tizimlaridagi informatsiyalar qanday turlarga bo’linadi?
5. Informatsiyalar qanday xossalarga ega bo’lishi kerak?
6. Jamiyat rivojlangan sayin, informatsiyalar miqdorining
osha borishini qanday izohlaysiz?
7. Axborot tizimlarining informatsion ta’minoti deganda
nimani tushunasiz?
8. Informatsiyalarni kirituvchi qanday zamonaviy elektron qurilmalarni bilasiz?
9. Informatsiyalarni chiqaruvchi qanday zamonaviy elektron qurilmalarni bilasiz?
9. Informatsiyalarni qayta ishlovchi qanday zamonaviy elektron qurilmalarni bilasiz?
16§. Axborot tizimlaridagi informatsiyalarning samaradorligini va ishonchliligini oshirish muammolari
Masalaning qo’yilishi
Informatsiyalarni uzatish va qayta ishlash usullari
Informatsion xatolar va ularning turlari
Informatsiyalar ishonchliligini oshirish usullari
Tayanch iboralar
Informatsiyalarni uzatish; Qayta ishlash; Informatsion xatolar; Xatolarning turlari; Xatoga uchrash ehtimoli; Ishonchlilik; Ishonchlilikni oshirish usullari; Tashkiliy, qurilmali, dasturli, kodli usullar.
16.1. Masalaning qo’yilishi
Har qanday informatsion tizimda, shu jumladan, avtomatlashtirish boshqarish tizimlari (ABT) larda ham, boshqarish uchun zarur bo’lgan dastlabki informatsiyalar quyidagi bosqichlardan o’tadi:
- informatsiyalarni yig’ish, bir turdan boshqa turga o’tkazish va dastlabki qayta ishlash (saralash, informatsiya tashuvchi vositalarga o’tkazish va h.k);
- informatsiyalarni boshqaruv organlariga uzatish;
- informatsiyalarni EHM ga kiritish, ularni qayta ishlash va xotiralarga joylashtirish;
- qayta ishlash natijalarini iste’molchilarga etkazib berish va tasvirlash.
Informatsion manbai va informatsion tizimdagi texnikaviy vositalarning tarkibiga qarab, ma’lumotlarning yuqoridagi bosqichlardan o’tishi turli usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- informatsiyalar hujjatlar ko’rinishida tayyorlanib, EHM xotirasiga operator tomonidan klaviaturadan kiritilishi;
- dastlab magnit disklariga yozilib, EHM xotirasiga diskovodlar orqali kiritilishi;
- aloqa kanallaridan EHM xotirasiga modemlar orqali kiritilishi;
- informatsiyalarning bir qismi hujjatlar ko’rinishida, bir qismi magnit disklari orqali, bir qismi esa aloqa kanallaridan kiritilishi;
- qayta ishlash natijalari iste’molchilarga hujjatlar ko’rinishida, magnit disklariga yozilgan holda yoki aloqa kanallari orqali uzatilishi mumkin.
Dastlabki informatsiyalarni EHMda qayta ishlaganda esa, turli matematik modellar, programmalar paketi va h.k usullar qo’llanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |