Chuqur mazmunlilik xossasi. Informatsiya-ob’ekt faoliyatini, uning ichki va tashqi aloqalarini chuqur qamrab olgan bo’lishi kerak. Bu esa boshqarish jarayonini to’la tahlil qilinishini va uni keng ko’lamda olib borilishini ta’minlaydi;
Ishontira olishlik xossasi. Har qanday informatsiya boshqarish organi ishona oladigan darajada ya’ni boshqarilayotgan ob’ektning imkoniyati darajasida bo’lishi kerak. Imkoniyat darajasidan chetga chiquvchi har qanday informatsiya boshqarish jarayonining buzilishiga olib keladi;
To’lalik xossasi. Informatsiyalar sharoitga qarab, jahon fan va texnikasining so’ngi yutuqlari hamda boshqarish jarayonida to’plangan tajribalarni hisobga olib, uzluksiz ravishda o’zgartirilib, yangilanib, to’ldirilib borilishi kerak. Bu esa boshqarishda zamonaviy usullardan keng foydalanish imkonini beradi va ob’ektning har qanday o’zgarishlariga bardoshligi, moslashishi darajasini oshiradi;
Qimmatlilik xossasi. Bir maqsadga xizmat qiluvchi bir nechta informatsiya ichidan eng maqsadga muvofiqlari, ya’ni qimmatlilari tanlab olinishi kerak;
Boshqarish tizimlaridagi informatsiyalarni kuzatish, tahlil qilish va o’rganish quyidagi xulosalarga olib keldi:
- Informatsiyalarning ayrimlari to’lasincha, ayrimlari esa qisman boshqarish maqsadlariga xizmat qiladi. Ayrim informatsiyalardan esa umuman foydalanilmaydi. Masalan, zamonaviy boshqarish tizimlarida informatsiyadan foydalanish darajasi o’rtacha 50 - 60 % ni tashkil qiladi. Bu esa boshqarish tizimidagi informatsiyalar ichidan foydalilari miqdorini aniqlash, o’lchash muammosini keltirib chiqaradi;
- Boshqarish tizimlari rivojlana borgan sayin ulardagi informatsiyalar mikdori keskin oshib bormoqda. Masalan, hozirgi tizimlardagi informatsiya miqdori 50 - yillardagiga qaraganda qariyib 400 marta oshgan. Bu esa boshqarishdagi texnikoviy vositalardan samarali foydalanish usullarini ishlab chiqish xamda takomillashgan vositalarni loyihalash va yaratish muammolarini keltirib chiqardi;
- Boshqarishda informatsiyalarni qayta ishlovchi, o’lchovchi va nazorat qiluvchi turli elektron qurilmalar ishlatilmoqda. Bu esa informatsiyalarni bu qurilmalarga ular tushunadigan ko’rinishda, qulay holatda etkazib berish muammolarini keltirib chiqardi.
Bu muammolarni hal qilish sohasida olib borilgan izlanishlar yangi fan tarmog’ining ya’ni "Nazariy informatika", "Tadbiqiy informatika" va umuman "Informatsiya nazariyasi" fanlarining vujudga kelishiga asos bo’ldi.
Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. Axborot tizimlariga kiritilayotgan, ichki va chiqarilayotgan informatsiyalarning bir-biridan farqi nimada? Informatsiyalarni kiritish va chiqarish uchun qanday zamonaviy qurilmalarni bilasiz? Har bir turdagi informatsiyalarga misollar keltiring va ularni sharhlang;
2. O’zingiz ishlayotgan kompyuterdagi doimiy, yordamchi, oraliq, xizmatchi informatsiyalarni ko’rsating. Ularning bir-biridan farqlarini va asosiy vazifalarini ayting. Bunday informatsiyalarga misollar keltiring va ularni sharhlang;
3. Axborot tizimlarida faoliyat ko’rsatayotgan informatsiyalarning asosiy xossalarini ayting. Bu xossalar qayta ishlash natijalariga qanday ta’sir qilishini sharhlang va misollar keltiring;
4. Axborot tizimlarida qayta ishlanayotgan informatsiyalar qanday etaplardan o’tishini va har bir etapda shu informatsiyalar qanday kodlanishini ayting. Misollar keltiring va ularni sharhlang;
5. O’zingiz yashab turgan joydagi jamoa xo’jaligi, zavod yoki fabrikadagi mavjud axborot tizimlarida qayta ishlanayotgan informatsiya turlariga misollar keltiring va ularning xossalarini sharhlang;
6. Ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, fan-texnikoviy, matnli, grafik-rasmli va ro’yxat hamda jadvallar bilan berillgan informatsiyalarga beshtadan misol keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |