1§. Jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish muammolari


§. Axborot tizimlaridagi informatsiyalarning turlari va xossalari



Download 1,08 Mb.
bet73/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#599443
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98
Bog'liq
Aa.tex maruza (2-3 kurs)

15§. Axborot tizimlaridagi informatsiyalarning turlari va xossalari


  • Informatsiya to’g’risidagi dastlabgi tushunchalar

  • Axborot tizimlaridagi informatsiyalarning turlari

  • Axborot tizimlaridagi informatsiyalarning xossalari


Tayanch iboralar:
Informatsiya; Asosiy tushunchalar; Kiritilayotgan, ichki, chiqarilayotgan, doimiy, yordamchi, oraliq, xizmatchi informatsiyalar; Asosiy xossalari: o’z vaqtida uzatilishlik, aniqlilik, qisqalik, xatosizlik, tushunarlilik, chuqur mazmunlilik, ishontira olishlik, to’lalik, qimmatlilik.
15.1. Informatsiya to’g’risidagi dastlabgi tushunchalar
INFORMATSIYA - lotincha informatio (xabar, tushuntirish) so’zidan olingan bo’lib, uni amaliyotda birinchi marta bundan 2 ming yil avval Rim siyosiy arbobi, notig’i va yozuvchisi Mark TSitseron (miloddan avvalgi 106-43 yillar) o’z nutqlari va asarlarida "biror voqeani tushintirib, izohlab berish" ma’nosida ishlatgan.
Kibernetikada esa informatsiya - bu boshqarilayotgan ob’ektning faoliyatini, xususiyatlarini, parametrlarining holatini hamda boshqarish jarayonining borishini aks ettiruvchi ma’lumotlardir. EHMda boshqarish masalalarini hal etishda bu ma’lumotlar raqamlar ko’rinishida; informatsiyalarni izlash, tahrir qilish, tarjima qilish va shunga o’xshash masalalarni echishda – matnlar, rasmlar, belgilar, ro’yxat va jadvallar ko’rinishida aks etadi.
Axborot tizimlarida informatsiya to’g’risidagi quyidagi tushunchalardan ham keng foydalaniladi.
MANBA -dastlabki ma’lumotlarni hosil qiluvchi va ularni iste’molchilarga uzatuvchi ob’ekt ( masalan, boshqarilayotgan ob’ekt);
ISTE’MOLCHI - manbaning ma’lumotlarini qabul qiluvchi va undan o’z maqsadlarida foydalanuvchi ob’ekt ( masalan, boshqarish organi yoki EHM );
INFORMATSIYA - qabul qilingan ma’lumotlarning iste’molchi tomonidan foydalanilayotgan qismi, yoki boshqacha aytganda, iste’molchidagi noaniqlikni yo’qotishga xizmat qiluvchi qismi;
INFORMATSIYA MIQDORI - ma’lumotlardagi informatsiyaning qismini, hajmini baholovchi kattalik;
STATIK INFORMATSIYALAR - ob’ektning barqaror (o’zgarmas) holatini aks ettiruvchi informatsiyalar (masalan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning turini, nomini ifodalovchi shifrlar);
DINAMIK INFORMATSIYALAR - ob’ektning vaqt o’tishi mobaynida o’zgarib turuvchi holatini aks ettiruvchi informatsiyalar (masalan, texnologik jarayon parametrlari holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar);
UZLUKSIZ INFORMATSIYALAR - ma’lum vaqt oralig’ida o’z qiymatlarini cheksiz ko’p o’zgartiruvchi informatsiyalar (masalan, uzluksiz texnologik jarayon parametrlari holatini qayd etuvchi kontrol-o’lchov asbob-larining ko’rsatmalari );
DISKRET INFORMATSIYALAR - ma’lum vaqt oralig’ida o’z qiymatlarini sanoqli ravishda o’zgartiruvchi informatsiyalar (masalan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar soni );
KOD - informatsiyalarni yig’ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash jarayonida ularni harf, raqam yoki belgilar yordamida ma’lum bir qoidalar asosida ifodalash usuli (masalan, o’nlik sanoq sistemasi kodi, Morze alfaviti kodi va h.k.);
BIRLAMCHI ALFAVIT- manba tomonidan ishlab chiqilayotgan dastlabki informatsiyalarni aks ettiruvchi belgilar majmui (masalan, dastlabki hujjatlardagi o’nlik sanoq sistemasi raqamlari );
IKKILAMCHI ALFAVIT - iste’molchiga uzatish uchun kodlashga xizmat qiluvchi belgilar majmui (masa- lan, informatsiyalarni kompyuter o’qiy oladigan holatga keltirishga xizmat qiluvchi ikkilik sanoq sistemasi raqamlari);
Informatsiyalar o’z maqsadlariga ko’ra ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iktisodiy va fan-texnikoviy informatsiyalarga bo’linadi.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish