14.4. Boshqarishning umumiy modeli
Har qanday tizimni boshqarish jarayoni quyidagi asosiy bo’limlarni o’z ichiga oladi: boshqarishning maqsadi; boshqarish organi va boshqariluvchi tizim
BOSHQARISHNING MAQSADI - boshqarish jarayonining eng muhim va tarkibiy qismidir. Boshqarishning sifati ko’p jihatdan aynan shu bo’limda qo’yiladigan maqsadning aniqligi, ob’ektivligi va samaradorligiga bog’liqdir. SHuning uchun ham boshqarishning maqsadini aniqlash va ishlab chiqishda:
- boshqarilayotgan tizimning statik (quvvati; tabiiy, texnikoviy, xomashyo, energetik va h.k. resurslar bilan ta’minlanishi), dinamik (tizimda faoliyat ko’rsatayotgan parametrlarning ishlash va o’zgarish tezliklari), informatsion (boshqaruv informatsiyalarining etishmasligi, ortiqchaligi, ishonchliligi va h.k. kattaliklari), texnikaviy (boshqarishning elektron qurilmalar bilan ta’minlanish darajasi) imkoniyatlarini hisobga olish;
- tizim faoliyatining matematik modellar bilan tasvirlanish darajasini hisobga olish;
- fan va texnikaning eng so’nggi yutuqlarini, tajribalarini hisobga olish zarurdir. SHundagina boshqarish maqsadi zamon talabiga javob beradigan, aniq va tizimning imkoniyatlariga mos ravishda qo’yilgan bo’ladi.
BOSHQARISH ORGANI - sistemani qo’yilgan maqsadga muvofiq boshqarish uchun zarur tadbirlar, buyruqlar ishlab chiquvchi hamda ularning bajarilishini nazorat qilib turuvchi bo’limdir. Bu bo’lim:
- minimal informatsiyaga asoslanib optimal tadbirlar va buyruqlar ishlab chiqa olish;
- ishlab chiqilgan tadbir va buyruqlar ichidan eng samaralilarini tanlay olish;
- buyruq va tadbirlarni boshqarilayotgan ob’ektga o’z vaqtida etkaza olish;
- boshqaruv davomida yuz beradigan tasodifiy o’zgarishlarga moslasha olish kabi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim. Bu esa boshqaruv organlariga zamonaviy boshqarish uslublarini, informatsion texnologiyalarni, elektron boshqaruv qurilmalarini keng joriy qilish talablarini qo’yadi.
BOSHQARILUVCHI TIZIM - boshqarish organlar tamonidan berilayotgan tadbir yoki buyruqlarga asosan o’z faoliyatini talab darajasida tutib turuvchi yoki o’zgartuvchi va shu orqali qo’yilgan maqsadni amalga oshiruvchi moddiy sistemadir. Boshqarishning bu bo’limlari o’rtasidagi bog’lanish va aloqa ko’rsatilgan.
14.1-rasm.
Kibernetik boshqarish tizimlari ichida eng muhimlari avtomatlashgan va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlaridir. AVTOMATLASHGAN BOSHQARISH TIZIMLARIda boshqarish insonning ishtirokisiz, faqat kontrol-o’lchov asboblari, hisoblash va boshqarish qurilmalari orqali amalga oshiriladi. Inson bu erda tizimning ishini kuzatuvchi vazifasini bajarib, boshqarish faoliyatiga faqat favqulotdagi holatlardagina (boshqarish faoliyatida jiddiy nuqsonlar yuz berganda, unga jiddiy o’zgarishlar kiritish zaruriyati tug’ilganda) boshqarishga aralashishi mumkin.
Bunday tizimlar asosan boshqarish jarayonida insonning ishtiroki cheklangan (masalan, erning sun’iy yo’ldoshlarini boshqarish) yoki insonning ishtiroki uning sog’ligi va hayoti uchun xavfli bo’lgan (zaharli yoki radioaktiv moddalar bilan ishlash, yuqori harorat sharoitida ishlash) jarayonlarni boshqarishda qo’llaniladi. Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari (TJ ABT) xuddi shunday tizimlardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |