14.5. TJ ABT modeli
Bunday tizimlarda boshqarish ob’ekti – texnologik jarayonlar; boshqarish organi - hisoblovchi va boshqaruvchi qurilmalardir (EHMlar, avtomatlar). Boshqarish maqsadi esa - texnologik jarayon parametrlarini belgilangan me’yorda tutib turish hamda ichki va tashqi kuchlar ta’siriga mos-lashuvini, bardoshliligini ta’minlashdir.
AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARISH TIZIMLARI esa - insonning kibernetik usullar, vositalar va elektron qurilmalar yordamida boshqarishga faol ishtirok etishini ta’minlovchi tizimlardir. Bunday tizimlarga korxonani avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (KABTlar) misol bo’la oladi.
14.6. KABT modeli
Bunday tizimlarda boshqariluvchi ob’ekt - korxona yoki tashkilotlarning bo’limlari, tsexlaridir. Boshqarish organi - zamonaviy informatsion texnologiya vositalari (EHMlar, aloqa vositalari va h.k.) bilan jixozlangan korxona va tashkilot rahbariyatidir. Boshqarish maqsadi – korxona, tashkilotlarning faoliyatini maromida ushlab turish, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmini, sifatini, turlarini me’yorida saqlash yoki reja buyicha oshirishdir.
KABT larning umumiy ko’rinishdagi modeli 14.2-rasmda ko’rsatilgan.
2.2 - rasm
Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. Boshqarish tizimlari deganda nimalarni tushinasiz? Ularning turlarini ayting va har bir turiga misrllar keltiring va sharhlang.
2. Boshqarishning qanday turlarini bilasiz? Ular bir-biridan qanday farq qiladi? Siz ta’lim olayotgan yoki ishlayotgan muassasa boshqarishning qanday turiga kiradi? Misollar keltiring va sharhlang.
3. Boshqarishning umumiy modelini sharhlang. SamDU boshqarish tizimining umumiy modelini tuzing.
4. TJ ABT va KABT boshqarish tizimlarining bir-biridan farqini hamda ularning asosiy vazifalarini ayting. Modellarini sharhlang. Samarqanddagi shunday boshqarish tizimlariga misollar keltiring.
5. O’zingiz yashab turgan joydagi jamoa xo’jaligi, zavod yoki fabrikadagi mavjud boshqarish tizimining modelini keltiring va bu boshqarishning qaysi turdagi boshqarish ekanligini aniqlang.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari:
1. Tizimlar nima va ularning qanday turlarini bilasiz?
2. Statik va dinamik, oddiy va murakkab tizimlarning farqi nimada?
3. Boshqarish nima? Ularning qanday turlarini bilasiz?
4. Ijtimoiy, biologik va texnikoviy boshqarishlarning farqlari qanday? Ular qaysi sohalarda qo’llaniladi?
5. Stixiyadi va ongli, kibernetik boshqarishlarning farqi nimada?
6. Boshqarishning umumiy modeli qanday?
7. TJ ABT va KABT larning umumiy modellarida qanday farqlar bor?
8. TJ ABT va KABT lardan qaysi sohalarda foydalanish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |