15.2. Axborot tizimlaridagi informatsiyalarning turlari
Har qanday hisoblash sistemasini informatsiyasiz tasavvur kilish qiyin. Informatsion nuqtai nazaridan qaraganda, boshqarish - boshqarilayotgan ob’ektning faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish, saralash, qayta ishlashga uzatish; EHMlar yordamida qayta ishlash hamda boshqaruvchi buyruq va ko’rsatmalar ishlab chiqish; bu buyruq va ko’rsatmalar asosida ob’ektga ta’sir o’tkazishdir. SHuning uchun boshqarishdagi informatsiyalar oqimini quyidagicha tasvirlash mumkin (15.1-rasm).
15.1 - rasm
Kiritilayotgan informatsiyalar – boshqarilayotgan ob’ekt parametrlarining holatini, ichki va tashqi tasodifiy kuchlar ta’sirini, boshqarish jarayonining borishini ifodalovchi hamda vaqt o’tgan sayin o’zgarib, to’ldirilib boruvchi ma’lumotlardir. Bunday ma’lumotlarning paydo bo’lishi, o’zgarishi, saqlanishi va uzatilishi o’ziga xos xususiyatlarga egadir. CHunki, ularning ayrimlari uzluksiz hosil bo’lib turishi, ayrimlari esa belgilangan yoki tasodifiy vaqt oraliqlarida paydo bo’lishi mumkin.
Kiritilayotgan informatsiyalar asosan birlamchi hujjatlar asosida tashkil qilinib, o’nlik sanoq sistemasi raqamlari hamda harflar yoki signallar ko’rinishida ifodalanadi. SHuning uchun ham ularni to’g’ridan-to’g’ri EHM ga kiritishning iloji bo’lmaydi. Buning uchun ular dastlabgi qayta ishlashdan (yig’ish, saralash, informatsiya tashuvchi vositalarga yozish, signallarni EHM ga kirituvchi qurilmalarni qo’llash) o’tkazilishi kerak.
Ichki informatsiyalar - kiritilayotgan informatsiyalarni qayta ishlab, boshqaruvchi buyruq va ko’rsatmalar ishlab chiqishga xizmat qiluvchi informatsiyalar bo’lib, o’z navbatida doimiy, yordamchi, oraliq hamda xizmatchi informatsiyalarga bo’linadi.
Doimiy informatsiyalar - direktiv ko’rsatmalar,normativ ma’lumotlar, matematik modellar kabi kam o’zgaruvchi informatsiyalardan iborat bo’lib, boshqarishning maqsadiga muvofiq aniklanadi va tashkil qilinadi. Bunday informatsiyalar boshqariluvchi ob’ekt parametrlari uchun har xil mezonlar, chegaralar ishlab chiqishga xizmat qiladi;
Yordamchi informatsiyalar - doimiy informatsiyalarni saralash, tanlash, birlashtirish, natijasida hosil qilinib, boshqarishning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
Oraliq informatsiyalar - boshqarish jarayonining bosqichlari orasida paydo bo’ladigan informatsiyalardir. Bunday informatsiyalar bosqichlar o’rtasidagi muvofiqlikni, uzluksizlikni ta’minlashga, bosqichlarning faoliyatini doim nazorat qilib turishga hamda boshqarishning tezkorligini ta’minlashga xizmat qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |