Dasturiy usullar. Bu usullar o’zining samaradorligi hamda tadbiq qilinishining osonligi tufayli eng ko’p tarqalgan usullardan bo’lib, ikkita guruhga: ya’ni sun’iy va tabiiy informatsion ortiqchalikda foydalanuvchi guruhlarga bo’linadi.
Sun’iy ortiqchalikdan foydalanuvchi usullar. Bu usullar, asosan alfavit-raqamli informatsiyalardagi xatolarni aniqlashga xizmat kiladi.
Hozirgi paytda amaliyotda quyidagi usullar keng qo’llanilmoqda:
- raqamlar bo’yicha yig’ish usuli;
- sonlar bo’yicha yig’ish usuli;
- informatsion belgilarni yig’ish usuli;
- raqamli - hisoblash usuli;
- kontrol yig’indilar usuli;
- kontrol natijalar usuli;
- ma’lumotnoma bo’yicha taqqoslash usuli;
- modul buyicha yig’ish usuli;
-turli informatsion manbalardagi ma’lumotlarni taqqoslash usuli;
- balans bo’yicha nazorat qilish usuli;
- gorizantal va vertikal yig’indilar usuli.
Bu usullar bir-biridan “nazorat” yig’indilarni hisoblash algoritmi orqali farq qiladi. SHu sababli “nazorat” yig’indi qanday algoritm bilan hisoblanishiga qarab, ularning samaradorligi (xatolarni aniqlash ehtimoli) ham turlicha bo’ladi.
Tabiiy ortikchalikdan foydalanuvchi usullar.
Bunday usullar uzluksiz informatsiyalarni xatosizligini nazorat qilishda qo’llaniladi.
Amaliyotda quyidagi usullar keng qo’llanilmoqda:
- Optimal chegaralar usuli;
- Orttirmalar usuli;
- Bashorat qilish usuli.
Kodlashtirish usullari. Bunday usullar ikkilik sanoq sistemasiga (ikkilik kodga) o’tkazilgan sonlarni nazorat qilishga mo’ljallangan bo’lib, ma’lumotlarni aloqa kanali orqali uzatishda hamda ularni EHM ga qayta ishlashda keng qo’llaniladi.
Tuzilishining soddaligiga ko’ra, eng ko’p tarqalgan kodlashtirish usullari quyidagilardir.
- Birlar soni juft bo’lgan kod;
- Elementlarni ikkilantiruvchi kod;
- Inversli kod;
Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. O’zingiz ishlayotgan yoki o’qiyotgan joydagi axborot tizimlarining ma’lumot uzatish modelini aniqlang va modelning ishonchliligini baholang;
2. Sizning nazaringizda eng ishonchli bo’lgan axborot uzatish modelini yarating. Bu model bo’yicha axborot uzatilganda qanday xatolar uchrashini tahlil qiling;
3. O’zingiz yaratgan axborot uzatish modelining ishonchliligini oshirish maqsadida xatolarni aniqlash usullarini tanlang va ularning samaradorligini baholang;
4. Informatsiyalar ishonchliligini oshiruvchi yana qanday umullarni (tashkiliy, qurilmali, dasturli, kodli) bilasiz? Misollar keltiring.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari:
1. Manbadan uzatilgan informatsiya iste’molchiga etguncha qanday ishlash bosqichlaridan o’tadi?
2. Bu bosqichlardan o’tish qanday texnikaviy vositalar yordamida amalga oshiriladi?
3. Nima uchun uzatilayotgan informatsiyalar xatolarga uchrashi mumkin?
4. Nima uchun eng ko’p xatoga odam - operator sababchi bo’ladi?
5. Informatsiyaning qayta ishlash bosqichlaridan o’tishda xatoga uchrash ehtimoli qanday hisoblanadi?
6. Xatolarni aniqlovchi va tuzatuvchi qanday usullarni bilasiz va bu usullar bir-biridan qanday farq qiladi?
7. Dasturiy usullar nechta turga bo’linadi va ularning farqi nimada?
8. Qaysi dasturiy usullar eng samarali hisoblanadi?
9. Sun’iy ortiqchalikdan foydalanuvchi qanday usullarni bilasiz?
10. Tabiiy ortiqchalikdan foydalanuvchi qanday usullarni bilasiz?
11. Qanday kodlashtirish usullarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |