13.4. Kibernetika va uning sohalari
Hozirgi vaqtda kibernetik qurilmalar va mashi-nalar, boshqarishning kibernetik usullari xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida keng joriy qilinmoqda. SHu sababli kibernetikaning yangi-yangi sohalari paydo bo’lmoqda. Texnikaviy, iqtisodiy va biologik kibernetikalar eng asosiy sohalardan hisoblanadi:
TEXNIKAVIY KIBERNETIKA. Samarali g’oya va usullar asosida boshqarishning texnikaviy vositalarini, sistemalarini loyihalash, ishlab chiqish va tadbiq qilish muammolari bilan shug’ullanuvchi soha. Bu sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanmoqda:
-zamonaviy elektron - boshqaruv qurilmalarini (kontrol-o’lchov asboblari, aloqa uzatish vositalari, EHMlar, xotirada saqlash qurilmalarini va h.k.) loyihalash va yaratish;
- texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish qurilmalarini (robotlar, avtomatlar, manipulyatorlarni va h.k) loyihalash va yaratish;
- tasvirlarni tanuvchi va tushinuvchi qurilmalarni (matnlarni o’quvchi, tovushlarni anglovchi va h.k. avtomatlarni) loyihalash va yaratish.
IQTISODIY KIBERNETIKA. Iqtisodiy jarayonlarni matematik modellar yordamida ifodalash va shu jarayonlarni boshqarishga kibernetik usullarni tadbiq qilish muammolari bilan shug’ullanuvchi soha. Bu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanmoqda:
- iqtisodiy jarayonlarni boshqaruvchi matematik modellar (jarayonlarni ifodalovchi, tekshiruvchi, nazorat qiluvchi, tahlil qiluvchi va h.k modellar) yaratish;
- iqtisodiy informatsiyalarni tekshirish (oqimlari, turlari, xususiyatlari, hajmlari va h.k. parametrlarini aniqlash ), ularni EHMda tahlil qilish va boshqaruvchi informatsiyalarni ishlab chiqish usullarini yaratish;
- korxonalarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini (KABTlarni) va texnologik jarayonlarni avtomatlashgan boshqarish tizimlarini (TJABTlarni) loyihalash va tadbiq qilish.
BIOLOGIK KIBERNETIKA. Biologik tizimlarda informatsiyalarni uzatish, qayta ishlash va saqlashning umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi soha. Asosan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanmoqda:
- kasalliklarning paydo bo’lishi va tarqalishining statistik modellarini yaratish hamda bu modellardan hisoblash diagnostikasi va meditsina tamograflarida foydalanish (meditsina kibernetikasi);
- hujayra va organlar faoliyatining matematik modellarini yaratish ( fiziologik kibernetika);
- nerv tizimlarida signallarni uzatish va qayta ishlash jarayonlarining matematik modellarini ishlab chiqish (psixologik kibernetika);
- texnikaviy kibernetika usullari va vositalarini biologiyaga tadbiq etish ( bionika).
Do'stlaringiz bilan baham: |