13.2. Kibernetika fani Kibernetikaning fan bo’lib shakllanishida jahon olimlarining shu sohadagi ilmiy izlanishlari asos bo’ldi:
G. Leybnits (1646-1716) - kibernetikaning mantiqiy asoslarini ishlab chiqdi;
I.A. Vishnegradskiy (1810-1891) - avtomatik boshqarish nazariyasini yaratadi;
P.A. Chebishev (1821-1894) - mashina mexanizmlarini sintez qilish usullarini ishlab chiqdi;
R. Xartli - 1928 yilda informatsiyalarni miqdoriy baholash mezonlarini yaratadi;
V.A. Kotelnikov - 1933 yilda uzluksiz informatsiyalarni diskret ko’rinishda ifodalash mumkinligi tug’risidagi teoremani isbotladi;
A.Tyuring-1936 yilda cheksiz avtomatlar nazariyasini yaratdi;
V.N.Kolmogorov -1941 yilda informatsiya nazariyasining matematik asoslarini ishlab chiqdi;
V.I.SHestakov - 1941 yilda avtomatlar nazariyasini yaratdi;
K.E.SHennon - 1948 yilda aloqa uzatishning matematik nazariyasini yaratdi;
N.Viner - 1948-1958 yillarda mashinalar va tirik organizmlar olamida informatsiyalarni uzatish, qayta ishlash, saqlash va shu informatsiyalar asosida o’z-o’zini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini ishlab chiqdi.
Zamonaviy kibernetika fani xalq xo’jaligining turli tarmoqlaridagi dinamik sistemalarni boshqarishning, ular o’rtasidagi informatsion aloqalarni o’rganishning hamda shu informatsiyalarni kayta ishlovchi elektron qurilmalar yaratishning nazariy va amaliy muammolari bilan shug’ullanuvchi fandir. yoki akademik A.I. Bergning ta’rifi bilan aytganda, "Kibernetika-murakkab dinamik sistemalarni maqsadga muvofiq boshqarish to’g’risidagi fandir. 13.3. Xalqaro kibernetik tashkilotlar Kibernetika - ilmiy tadqiqot ishlari xalqaro miqyosida olib borilayotgan fandir. Hozirgi paytda bu fan oldida turgan katta-katta muammolarni hal qilish uchun turli davlat olimlari birgalikda ish olib bormoqdalar. Ularning ishlarini bir-biriga muvofiklashtirish, rejalashtirish, ilmiy-uslubiy va texnikoviy vositalarni birlashtirish, zamonaviy informatsion texnologiyalarni birgalikda loyihalash va ishlab chiqish maqsadida bir qancha xalqaro tashkilotlar tuzilgan. Bunday tashkilotlarga quyidagilar misol bo’la oladi:
ANALOG HISOBLASHLAR BO’YICHA XALQARO ASSOTSIATSIYA (Association Internationale pour la Calcul Analogique - AICA). Bu tashkilot 1955 yilda Belgiyaning Bryussel shahrida tashkil qilingan bo’lib, analogli va raqamli-analogli EHMlarni loyihalash va ishlab chiqish muammolari bilan shug’ullanuvchi olimlarni birlashtiradi;
AVTOMATIK BOSHQARISHLAR BO’YICHA XALQARO FEDERATSIYA (International Federation of Automatic Control - IFAC). 1957 yilda Parijda tashkil qilingan bo’lib, avtomatik boshqarish nazariyalari bilan shug’ullanuvchi olimlarni birlashtiradi;
INFORMATSIYALARNI QAYTA ISHLASH BO’YICHA XALQARO FEDERATSIYA ( International Federetion for Information Processing - IFIF). 1959 yilda Parijda tashkil qilingan bo’lib, EHM va ularni ishlab chiqarishga tadbiq qilish muammolari bilan shug’ullanuvchi olimlarni birlashtiradi.