Elektron tarjima qilish va orfografik xatolarni aniqlash komplekslari;
Buxgalteriya - moliya ishlarini avtomatlashtirish komplekslari va elektron darsliklar.
Tayanch iboralar: Dasturiy kompleksslar; Ofis ilovalar; Microsoft Office 2000; Lotus- Troyka; Perfect Office; Utilit – komplekslar; Norton Antivirus; Norton Utilities; Elektron tarjima; Orfografik xatolar; Buxgalteriya hisoblari; Moliyaviy hisoblar; Avtomatlashtirish. Hozirgi paytda kompyuter texnologiyalarining katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan yo’nalishlaridan biri - dasturiy komplekslarni ishlab chiqishdir. Bunday komplekslardan eng ko’p tarqalganlari korxona va tashkilotlarni boshqarishni avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi ofis - ilovalar (ofisnie prilojeniya) va kompyuter texnologiyalari qurilmalarining ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi utilit-komplekslardir.
12.1 Ofis – ilovalar Bunday komplekslar kompyuterlarda asosan quyidagi amallarni bajarishga imkon beradi:
- turli matnli ma’lumotlarni tashkil qilish va qayta ishlash (xatlar, hisobotlar, e’lonlar, prays - varaqlar, taklifnomalar); - moliyaviy va kommertsiya hisoblarini bajarish hamda ularga xos turli jadvallarni, ma’lumotlarni tayyorlash; - buxgalteriya hisoblarini bajarish hamda buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash; - elektron pochta bilan ishlash; - grafik ma’lumotlar bilan ishlash; - kadrlarni hisobga olish va ular to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va h.k. Keyingi yillarda respublikamizda quyidagi ofis - ilovalar keng qo’llanilmoda:
Microsoft Office 2000 (Microsoft firmasi mahsuloti). Tarkibi:
• Word 2000 - matn tahrirchisi;
• Excel 2000 - elektron jadvali;
• Outbook - elektron daftarchasi;
• Power Point - prezentatsiyalar paketi;
• Access - ma’lumotlar bazasi bilan ishlash vositasi;
• Front Page - Web sahifalarini tashkil qiluvchi muharrir;
• Photo Draw - turli rasmlar bilan ishlashga imkon beruvchi muharrir;
• Picture Publisher – grafik muharrir.
Lotus - Troyka (Lotus Development firmasi mahsuloti). Tarkibi:
• AmiPro - matn tahrirchisi;
• Lotus 1,2,3 - elektron jadvallari;
• Lotus Organiser - yozuv daftarchasi.
Perfect Office ( Novell firmasi mahsuloti). Tarkibi:
• WordPerfect - matn tahrirchisi;
• Quattro Pro - elektron jadvali;
• Group Wise - hujjatlarni qayta ishlash vositasi va h.k.