1§. Jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish muammolari



Download 1,08 Mb.
bet60/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#599443
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   98
Bog'liq
Aa.tex maruza (2-3 kurs)

11.4. Amaliy dasturlarlar
 Matn muharrirlari. Kompyuterda turli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini tayyorlash, tahrir qilish va ularni sahifalashga xizmat qiluvchi vositalar bo’lib, imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
 • oddiy matnli ma’lumotlarni, turli formulalarni yozish, tahrir qilish va bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga LUX, Leksikon, PE2, Chiwriter, WD, Multi-Edit kabi dasturlar misol bo’la oladi;
 • yuqori sifatli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini (reklama varaqalari, blankalar, vizit kartochkalari va h.k.) tayyorlash va ularni bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga WinWord, Word Perfect, Word Star, XYWrite, AmiPro kabi dasturlar misol bo’la oladi;
 • murakkab nashriyot mahsulotlarini sifatli tayyorlash va ularni sahifalash imkonini beruvchi vositalar. Bularga Corel Wentura, Page Maker, Ventura Publisher, Quark Xpress kabi dasturlar misol bo’la oladi.
 Grafik muharrirlar. Kompyuterda turli chizmalardan, tasvirlardan va suratlardan tashkil topgan grafik ma’lumotlarni tayyorlashga va ularni tahrir qilishga imkon beruvchi vositalardir. Bularga Paintbrush, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Corel Photopaint, Boieng Graf, Fantavision kabi dasturlar misol bo’la oladi.
 Elektron jadvallar. Kompyuterda turli jadvallarni tashkil qilish va shu jadvallar ustida turli amallarni (guruhlash, tartibga solish, nusxa olish va h.k.) bajarishga imkon beruvchi vositalardir. Bunday vositalarga Super Calc, Quadro Pro, Lotus, Microsoft Excel kabi dasturlari misol bo’la oladi.
 Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash vositalari. Turli ma’lumotlar bazalarini tashkil qilish, ularni boshqarish, ular ustida turli amallarni bajarish (guruhlash, tartibga solish, nusxa olish va h.k.) hamda zarur ma’lumotlarni turli mezonlar orqali (kalit so’zlar, sanalar, fan yo’nalishlari, mavzular, muallifning ismi va sharifi va h.k.) tezda izlab topib berishga xizmat qiluvchi vositalardir.
Bunday vositalarni imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
 • katta bo’lmagan ma’lumotlar bazasini tashkil qiluvchi hamda ular ustida murakkab bo’lmagan amallarni bajaruvchi vositalar. Ularga PC-File, Reflex, Q&A dasturlari misol bo’la oladi;
 • katta hajmdagi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishga va ular ustida murakkab amallarni bajarishga xizmat qiluvchi vositalar. Ularga DBase, RBase, FoxPro, Paradox, Access dasturlari misol bo’la oladi.
 Ilmiy va ish grafikasi vositalari. Kompyuterda turli funktsiyalarning qiymatlarini hisoblab, natijalarni ekranga yoki bosmaga grafik, jadval va diagrammalar ko’rinishida chiqarishga xizmat qiluvchi vositalardir. Bularga Microsoft Chart, Boieng Graf, Harvard Graphics, Grapher, Surfer, Mathematica dasturlari misol bo’la oladi.
 Avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari. Kompyuterda turli qurilmalar, mexanizmlar va binolarning doyihalarini yaratishga xizmat qiluvchi vositalardir. Bularga Autocad, PCAD, Kompas dasturlari misol bo’la oladi.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish