1§. Jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish muammolari


§. Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti to’g’risida umumiy tushinchalar



Download 1,08 Mb.
bet56/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#599443
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98
Bog'liq
Aa.tex maruza (2-3 kurs)

11§. Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti to’g’risida umumiy tushinchalar.


  • Zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy taminoti;

  • Tizimli dasturlar;

  • Utilitlar;

  • Amaliy dasturlar;

  • Translyatorlar.

Tayanch iboralar:
Dasturiy ta’minot; Tizimli dasturlar; Utilitlar; Amaliy dasturlar; Translyatorlar; Operayion tizimlar; Operayion “qobiq”lar; Fayl - menejerlar; Drayverlar; Arxivlvsh; Formatlash; Virus-dasturlar; Antiviruslar; Diagnostika; Optimallashtirish; Matn muharrirlari; Grafik muharrirlar; Elektron jadvallar; Ma’lumotlar bazasi; Assembler,
11.1. Zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti
 Ma’lumki, kompyuter texnologiyalari faqat chegaralangan amallarnigina bajarishga mo’ljallangan boshqa elektron qurilmalar (telefon, magnitofon, televizor va h.k.) dan farq qilib, kiritilgan ma’lumotlar ustida xilma-xil amallarni bajarishi mumkin. Buning uchun shu texnologiyalarning asosi bo’lmish kompyuter tushinadigan tilda kerakli ko’rsatmalar (dasturlar) tuzib, uning xotirasiga kiritish kerak. Shunday dasturlarning majmui kompyuter texnologiyalarining dasturiy ta’minotini tashkil qiladi va ularning imkoniyatlarini, quvvatlarini aks ettiruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
 Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining dasturiy ta’minoti, asosan tizimli dasturlardan, utilitlardan yoki boshqacha qilib aytganda servis dasturlardan, amaliy dasturlardan hamda translyatorlardan tashkil topadi
 Tizimli dasturlar (system programs) - foydalanuvchi bilan kompyuter o’rtasidagi muloqotni o’rnatishga, kompyuterning samarali ishlashini ta’min¬lashga, kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari faoliyatini nazorat qilish hamda boshqarishga xizmat qiluvchi dasturlardir.
 Vazifalariga ko’ra, tizimli dasturlar ham o’z navbatida bir nechta guruhlarga bo’linadi

Dasturiy ta’minot, Tizimli dasturlar Utilitlar, Amaliy dasturlar, Translyatorlar


Tizimli dasturlar , Operatsion tizimlar Operatsion “qobiqlar” Fayl menedjerlar , Drayverlar
 Utilitlar (utilities) - tizim dasturlar safiga kiruvchi dasturiy vositalarlar bo’lib, kompyuterning hamda uning qurilmalarining samarali ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.
 Vazifalariga ko’ra utilitlar ham o’z navbatida bir nechta guruhlarga bo’linadi
Utilitlar (servis dasturlar), Kommunikatsiya vositalari, Avtonom bosmaga chiqarish vositalari
Xotirani boshqaruvchi vositalar, Ekrandagini bosmaga chiqarish vositalari, Kompyuter to’rlarini boshqaruvchm vositalar , Optimallashtirish vositalari, Diagnostika vositalari, Antiviruslar, Formatlash vositalari, Arxivlash vositalari
 Amaliy dasturlar (application programs) - foydalanuvchilarga kompyuterda ma’lum amallarni bajarishga imkon beruvchi dasturiy vositalardir. Hozirgi paytda yuz mingdan ortiq bunday vositalar ishlab chiqilgan bo’lib, ularni vazifalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
- kompyuterda matnli ma’lumotlarni tayyorlashga imkon beruvchi matn muharrirlari;
- grafik muharrirlar;
- elektron jadvallar bilan ishlashga xizmat qiluvchi jadval protsessorlari;
- ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi vositalar;
- ilmiy va ish grafikasi vositalari;
- avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari

Amaliy dasturlar,Matn muharrirlari, Grafik muharrirlar, Elektron jadvallar, Ma’lumotlar bazasi bilan ishla vositalari, Ilmiy va ish grafikasi vositalari, Avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari


 Translyatorlar (Translators) – yuqori tartibdagi dasturlash tillari yordamida foydalanuvchi tomonidan tuzilgan amaliy dasturlarni kompyuter tushina oladigan quyi tartibdagi mashina kodlariga tarjima qilib, ularni ishchi dasturlarga aylantiruvchi dasturiy vositalardir.
 Vazifalariga ko’ra translyator-assemblerlar, translyator-interpretatorlar va translyator-kompilyatorlar ga bo’linadi.
 Translyator-assemblerlar (translatop-assemblers) – tuzilgan dasturlarni mashina kodlariga aylantirish qulay bo’lishi uchun, dastlab ularni mashina kodiga yaqin bo’lgan tilga, ya’ni assembler tiliga tarjima qiladi;
 Translyator-interpretatorlar (translator-interpreters) – assembler tiliga aylantirilgan dastur matnini qadamma-qadam, ya’ni satrma-satr mashina kodiga tarjima qila boshlaydi. Tarjima qilish jarayonida matndagi orfografik va mantiqiy xatolarni ham nazorat qilib boradi. Agar shunday xatolar uchrasa shu zahotiyoq foydalanuvchiga xabar beradi va shu xatolarni tuzatishni so’raydi;
 Translyator-kompilyatorlar (translator-compilers) – mashina kodidagi dasturni dastlab ob’ektli modullar ko’rinishiga aylantiradi, so’ngra esa har bir modul bajarayotgan amallar o’rtasidagi va modullar orasidagi mantiqiy bog’lanishlarni tekshirib chiqadi. Agar biror joyda shunday bog’lanish buzilgan bo’lsa bu haqda foydalanuvchiga xabar beradi va nuqsonlarni tuzatishni so’raydi. Oxirida esa, modullarning barchasini birlashtirib yagona ishchi dastur ko’rinishiga keltiradi.
 Bu translyatorlarning ishlash tartibi va ularning ishi natijalarini quyidagicha tasvirlar mumkin
YUqori tartibli algoritmik tillarda tuzilgan dasturlar
Translyator-assemblerlar,Translyator-interpretatorlar, Translyator-kompilyatorlar,Mashina kodidagi ishchi dasturlar
 Bugungi kunga kelib, jahonda turli firma va kompaniyalar tomonidan yuzdan ortiq dasturlashtirish tillari ishlab chiqilgan. Har bir til uchun esa maxsus translyatorlar ham yaratilgan va bu translyatorlar aynan shu dasturlashtirish tilining nomi bilan ataladi. YAratilgan barcha translyatorlarni qaysi operatsion tizim muhitida ishlashga mo’ljallanganligiga ko’ra oddiy va grafik interfeysli translyatorlarga bo’lish mumkin.
 Hozirgi paytda eng ko’p qo’llanilayotgan ba’zi translyatorlar 11.6-rasmda ko’rsatilgan.

MS DOS boshqa-ruvida ishlovchi translyatorlar (oddiy inter-feysli)


BASIC, Pascal, Turbo Pascal, Java, C++, Meple, Translyatorlar
Windows\boshqa-ruvida ishlovchi translyatorlar (grafik inter-feysli)
Visual Basic,Borland Pascal , Delphi, Visual Java, Borland C++, Visual Cafe


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish