1§. Jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish muammolari


§. Axborot texnologiyalarining qo’shimcha qurilmalari



Download 1,08 Mb.
bet55/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#599443
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   98
Bog'liq
Aa.tex maruza (2-3 kurs)

10§. Axborot texnologiyalarining qo’shimcha qurilmalari


  • Ta’minlash bloki;

  • Uzluksiz ta’minlash bloki;

  • Antielektrostatiklar;

  • Himoya filtrlari;

  • Ovoz kolonkalari, mikrofonlar va naushniklar;

  • Multiproektorlar, raqamli video va fotokameralar.

Tayanch iboralar
Ta’minlash bloki; Uzluksiz ta’minlash bloki; PSU; UPS; Elektrostatiklar; Himoya filtrlari; To’rli; SHishali; Plyonkali; Akustik kolonkalar; Mikrofonlar; Naushniklar; Multiproektor; Raqamli videokamera; Raqamli fotokamera.
 Ta’minlash bloki (PSU-Power Supply Unit) - 220B (amerika standartida 110V) kuchlanishdagi o’zgaruvchan tokni 5V yoki 12V (kompyuterning turiga ko’ra) kuchlanishdagi o’zgarmas tokga aylantirib buruvchi qurilmadir. Aslida kompyuterning asosiy qurilmalaridan biri hisoblanadi va tizimli blokga o’rnatiladi. Raz’yomi - shu blokning orqa tomoniga chiqarilgan bo’lib, unga elektr tarmog’iga o’lanuvchi maxsus kabel biriktiriladi. Uning ichki kabellari esa kompyuterning energiya bilan ishlovchi qurilmalariga (qattiq va yumshoq disk diskovodlari, sistemali plata va h.k.) ulanadi. Ishlash mobaynida tez qizib ketganligi sababli maxsus vetilyator bilan ta’minlangan. Bu ventilyator shu bilan birga kompyuterning boshqa qurilmalarini ham sovutib turadi. Ventilyatorning havo almashtiruvchi teshigi ham tizimli blokining orqasidadir.
 Uzluksiz ta’minlash bloki (UPS - Uninterrupted Power Supply) - akkumulyator vazifasini bajaruvchi qurilma bo’lib, bir tomondan elektr tarmog’iga va ikkinchi tomondan ta’minlash blokiga ulanadi. Undan elektr toki o’ta boshlaganda maxsus elementlari zaryadlanib boradi. Vazifasi - elekt toki uzulib qolgan taqdirda kompyuterni 5 minutdan 30 minutgacha (turlariga ko’ra) elektr energiyasi bilan ta’minlab turishdir. Ko’pincha BIP (Bespereboyniy istochnik pitaniya) deb ham ataladi.
 Antielektrostatiklar. Har qanday kompyuterning elektron mikrosxemalariga statik elektr zaryadlari halokatli ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham bunday qurilmalarga qo’l bilan teginish ta’qiqlanadi (chunki, odam tanasi statik elektr zaryadlarining manbaidir). Agar shunday mikrosxemalarga qo’l bilan teginish zarurati tug’ilsa (masalan, kompyuterni tamirlash jarayonida) statik elektr zaryadini kamaytirish uchun antielektrostatiklar deb ataluvchi quyidagi qurilmalardan foydalaniladi:
 Antistatik bilaguzuklar. Bilakga taqiladigan maxsus bilakuzuk bo’lib, simining bir uchi erga ulanadi. Natijada tanadagi ortiqcha statik elektr zaryadlari shu o’tkazgich orqali erga o’tadi.
 Antistatik gilamchalar. Maxsus antistatik materialdan yasalgan gilamcha bo’lib, qo’l yoki oyoq ostiga to’shaluvchi turlari ishlab chiqilgan. Simlari erga ulangan bo’lib, tanadagi ortiqcha zaryadlarni erga o’tkazishga xizmat qiladi.
 Zamonaviy antielektrostatiklar asosan Radio Shack kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
 Himoya filtrlari - foydalanuvchini monitorlarning elektron-nurli trubkasidan taralayotgan nurlanishlardan (elektromagnit, rentgen, infraqizil, ultrabinafsha, radiochastotali) himoya qiluvchi vositalar bo’lib, to’rli, plenkali va shishali turlarga bo’linadi.
 To’rli filtrlar - nurlanishlardan yaxshi himoya qila olmaydi. Lekin ular ko’zni tashqi yoritish shu’lalaridan va ekranning miltillashidan himoya qilishi mumkin.
 Plyonkali filtrlar - elektromagnit nurlanishlardan to’la himoya qiladi. Infraqizil va ultrabinafsha nurlarni yutadi. Rentgen nurlarining ta’sirini kamaytiradi.
 Shishali filtrlar - filtrlarning eng ko’p tarqalgani bo’lib, oddiy shishali, erga ulanuvchi shishali va to’liq himoya filtrlariga bo’linadi.
 Oddiy shishali filtrlar ning samaradorliga to’rli filtrlar kabidir.
 Erga ulanuvchi shishali filtrlar -elektrostatik zaryadlarni yutadi, boshqa nurlanishlarning esa ta’sirini sezilarli darajada kamaytiradi. Eng ommaviy filtrlardandir.
 To’liq himoya filtrlari - eng yuqori sifatli filtrlardan bo’lib, maxsus qoplamali oynadan tayyorlangan. Barcha nurlanishlarning ta’sirini 70-80% gacha kamaytiradi.
 Zamonaviy antielektrostatik filtrlarga AQSH, Tayvan, Rossiya, Daniya, Avstriya kabi mamlakatlarda ishlab chiqilayotgan quyidagi filtrlar misol bo’la oladi:
 Polaroid CP, Polaroid CP Universal 3M PF -400 (AQSH);
 Defender GL14B, Sepomt F-14SB, Unus AC -143 (Tayvan);
 Global Shield Platinium, Global Shied Silver (Rossiya);
 Akustik (ovoz) kolonkalari. Kompyuter xotirasidagi ovozli ma’lumotlarni tovush to’lqinlariga aylantiruvchi qurilmalar bo’lib, ikkinchi nomi – audiokolonkalardir. Ular aktiv va passiv kolonkalarga bo’linadi. Aktiv kolonkalarda ovozning balandligi va tiniqligi rostlovchi (ovozni ko’taruvchi va pasaytuvchi) murvatlar orqali boshqariladi. Passiv kolonkalarda esa bunday murvatlar bo’lmaydi, ularda ovozni eshittirish balandligi va tiniqligi ular ulangan audioplataning imkoniyatlari darajasida bo’ladi.
 Bunday kolonkalarga Genius G-06, Genius G-10, Genius Sabwoofer, Microlab M-800 kabi qurilmalar misol bo’la oladi.
 Mikrofonlar. Ovozli ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilmalar bo’lib, aktiv va passiv mikrofonlarga bo’linadi. Bunday qurilmalarga stolga qo’yiladigan Werbatim mikrofonlari misol buladi.
 Naushniklar. Quloqqa o’rnatiladigan mini-kolonkalardir. Bunday qurilmalarga Werbatim 41645, AIWA va keyingi yillarda ishlab chiqilayotgan mikrofonli naushniklar misol bo’ladi.
 Multiproektorlar. Kompyuterlardagi, DVD disklaridagi, TV – priyomniklardagi, videomagnitofonlardagi ma’lumotlarni devorga osiladigan maxsus ekranda kattalashtirib aks ettirishga xizmat qiluvchi qurilmalardir. Bunday qurilmalarga SANYO PLV-30, SANYO PLC-SU20, Hitachi CP-S220 multiproektorlari misol bo’ladi.
 Ularning og’irliklari 2,5 kg. gacha bo’lib, tasvirlarni diogonallarining o’lchamlari 0,75 metrdan, 16 metrgacha bo’lgan ekranlarda aks ettirishi mumkin.
 Raqamli videokameralar. Tevarak atrofni tasvirga olib, olingan tasvirlarni raqamli kodlarga aylantirib kompyuter xotirasiga, magnit disklariga yozuvchi yoki to’g’ridan-to’g’ri multiproektorlarga uzatuvchi qurilmalardir. Bunday qurilmalarga Canon DM-MV400 videokamerasi misol bo’ladi.
 Raqamli fotokameralar. Tasvirlarni suratga olib, so’ngra ularni raqamli kodlarga aylantirib magnit disklariga yozuvchi qurilmalardir. Bunday qurilmalarga HP Photo Smart 215 fotokamerasi misol bo’ladi.
 Kompyuterlarni va ularning ichki, tashqi va qo’shimcha qurilmalarini tanlash bo’yicha ba’zi maslahatlar 2-ilovada keltirilgan.
Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. Ta’minlash va uzluksiz ta’minlash bloki bir-biridan qanday farq qiladi? Ularning asosiy vazifalari nimada? Ular istalgan kuchlanishdagi elektr toki bilan ishlay oladimi? Zamonaviy kompyuterlarning elektr ta’minoti bilan ishlovchi qurilmalarini ayting va ularni sharhlang.
2. Antielektrostatiklarning asosiy vazifalarini va turlarini ayting. Antielektrostatiklarning vazifalarini yana qanday qurilmalar bajarishi mumkin? Misollar keltiring va ularni sharhlang.
3. Audiokolonkalar, mikrofon va naushniklarning vazifalari va turlarini qanday? Ulardan ta’lim jarayonida qanday foydalanish mumkin? Misollar keltiring va ularni sharhlang.
4. Multiproektorlar, mikrofon va naushniklarning vazifalari va turlarini qanday? Ulardan ta’lim jarayonida qanday foydalanish mumkin? Misollar keltiring va ularni sharhlang.
5. Axborot texnologiyalarining yana qanday zamonaviy qo’shimcha qurilmalarini bilasiz? Ulardan qaysi sohalarda foydalanish mumkin? Misollar keltiring va ularni sharhlang.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari:
1. Qanday elektr ta’minoti qurilmalarini bilasiz?
2. Ularning vazifalari, imkoniyatlari va bir-biridan farqlari qanday?
3. Antielektrostatiklarning turlari va vazifalari qanday?
4. Himoya filtrlari qanday vazifalarni bajaradi? Turlari va imkoniyatlari qanday.
5. “Aktiv” va “passiv” akustik kolonkalarning farqi nimada?
6. Qanday mikrofon va naushniklarni bilasiz? Ular oddiy naushnik va mikrofonlardan nimasi bilan farq qiladi?
7. Multiproektorlardan qanday foydalanish mumkin?
8. Raqamli videokamera va fotokameralar nima uchun kerak? Ular nima uchun “raqam”li?

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish