1§. Jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish muammolari



Download 1,08 Mb.
bet58/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#599443
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98
Bog'liq
Aa.tex maruza (2-3 kurs)

N

MS DOS turi

Yaratilgan yili

Asosiy xarakteristikalari

1.

MS DOS 1.0

1981

IBM XT, IBM AT kompyuterlariga mo’ljallangan.

2.

MS DOS 3.0
MS DOS 3.3

1986
1987

IBM 286 kompyuterlariga mo’ljallangan

3.

MS DOS 5.0
MS DOS 6.0

1989
1990

IBM 386 va undan yuqori markadagi kompyuterlarga mo’ljallangan bo’lib, kengaytirilgan va qo’shimcha xotiralardan foydalanish imkoniyatiga ega

4.

MS DOS 6.20

1991

MS DOS 6.0 ning takomillashtirilgan ko’rinishi bo’lib, unga nisbatan ishonchliroq va tezroq ishlaydi. Qattiq diskka ma’lumotlarni Stack Elektronics firmasi tomonidan ishlab chiqilgan usul bilan qisib yozish imkoniyatiga ega. Zamonaviy Pentium kompyuterlariga mo’ljallangan.

5.

MS DOS 6.21
MS DOS 6.22

1992
1993

MS DOS 6.20 ning takomillashtirilgan ko’rinishi bo’lib, unda qattiq diskka ma’lumotlarni qisib yozishda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan samarali usullar qo’llanilgan. Zamonaviy Pentium kompyuterlariga mo’ljallangan.

 OS/2 operatsion tizimlari (Operating Systems/2) – 1987 yilda IBM kompaniyasi tomonidan PS/2 kompyuterlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan tizim bo’lib, ko’p dasturlar bilan bir vaqtning o’zida ishonchli tarzda ishlashi mumkin. Qulay grafik interfeysga ega. MS DOS ning ko’pgina ilova-dasturlaridan ham foydalanish imkonini beradi. Ko’pincha lokal kompyuter tarmoqlarida hamda loyihalash-konstruktorlik tashkilotlarida qo’llaniladi. Asosiy kamchiliga – uning boshqaruvida ishlaydigan dasturiy vositalarning kamligidir.
 Keyingi yillarda bu operatsion tizimning quyidagi samarali turlari ishlab chiqarilgan:
 OS/2 Warp 3.0 – xotiradan foydalanishi takomillashtirilgan va grafik interfeysi yanada qulaylashtirilgan;
 OS/2 Warp Connect – kompyuter tarmoqlari bilan ishlash imkoniyatiga ega;
 OS/2 Warp Server – serverlarni boshqarish imkoniyatiga ega.
 Windows 95 – Microsoft kompaniyasining eng universal va eng ko’p tarqalgan operatsion tizimidir. Ofislarda, korxona va tashkilotlarda, shaxsiy maqsadlar uchun uylardagi kompyuterlarda muvaffaqiyat bilan foydalanish mumkin. Ko’plab ilova-dasturlariga ega. Dasturlarning xavfsizligini ta’minlovchi usullarga mavjud.
Asosiy kamchiliklari - talab qilingan darajada ishonchli emasligi va Internet bilan ishlashga mo’ljallanmaganligidir.
 Windows 98 - Windows 95 ning takomillashgan ko’rinishi bo’lib, o’zining ishonchliligi, dasturlarni himoya qilish vositalarining ko’pligi hamda grafik ma’lumotlar bilan katta tezlikda ishlay olish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Birorta ham qo’shimcha qurilmaviy yoki dasturiy vositalarsiz Iinternet dan keng foydalana olish xususiyatiga ega. SHuning uchun ham hozirda eng ko’p tarqalgan operatsion tizimdir.
 Windows NT – kichik va katta kompyuter to’rlarini boshqarish maqsadida ishlab chiqilgan. Ishonchli tarzda ishlashini ta’minlovchi va kompyuter qurilmalarini hamda dasturlarni muhofaza qila oluvchi samarali vositalarga ega. 1999 yilda ishlab chiqarilgan.
Asosiy kamchiligi – shaxsiy maqsadlarda har kuni foydalanadigan dasturlar bilan ishlashda ayrim noqulayliklarni keltirib chiqaradi (masalan, ishlash sur’ati kamayadi). SHuning uchun ham yakka kompyuterlarda kamdan-kam hollardagina qo’llaniladi.
 Windows 2000 - Windows 98 va Windows NT operatsion tizimlarining barcha imkoniyatlarini o’zida mujassamlashtirgan tizimdir. Ayniqsa, bu tizimning qulayligi multimedia ma’lumotlari bilan, kompyuter to’rlari va Internet bilan ishlaganda yaqqol seziladi.
 Windows Millenium - Windows 2000 ning takomillashtirilgan turidir. 2001 yilda ishlab chiqarilgan bu tizim kompyuter qurilmalarini boshqarishni va murakkab dasturlar bilan ishlashni tezlashtiruvchi ko’plab zamonaviy vositalarga ega bo’lib, haqiqiy professionallarga mo’ljallangandir.
 Windows XP - Windows operatsion tizimlarining eng yaxshi xususiyatlarini o’zida jamlagan tizimdir. Grafik hamda multimedia ma’lumotlari bilan ishlash sur’atini oshiruvchi eng zamonaviy vositalarga ega. 2002 yilda ishlab chiqarilgan.
 UNIX – ko’p vazifali va bir vaqtning o’zida ko’plab foydalanuvchilarga xizmat ko’rsata oladigan tizimdir. Qulaylik tomoni shundaki, bu tizimdan shaxsiy kompyuterlardan boshlab super kompyuterlargacha foydalanish mumkin. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, lokal tarmoqlardan tortib to global tarmoqlargacha oddiy modem yordamida ulana olish imkoniyatlarini beradi. Ko’plab ilova-dasturlari mavjud.
 Yuqorida keltirilgan operatsion tizimlardan tashqari hozirgi paytgacha jahondagi ko’zga ko’ringan firma va kompaniyalar tomonidan ko’plab boshqa tizimlar ham ishlab chiqarilgan bo’lib, ularga IBM kompaniyasining PS DOS (Personal Computers Disk Operating System), IBM LAN, Digital Research kompaniyasining DR DOS (Digital Research Disl Operating System), Nowell kompaniyasining Nowell Netware va boshqa kompaniyalarning Solaris, Linux, Mak 05, Banyan Vines tizimlari misol bo’la oladi.
 Operatsion “qobiqlar” – grafik interfeys va multidasturlashtirish vositalari yordamida foydalanuvchining MS DOS bilan muloqot qilishiga imkon beruvchi vositalardir. Boshqacha qilib aytganda, grafik interfeysli zamonaviy operatsion tizimlarning eng dastlabgilaridir. Bunday vositalarga Microsoft Widows 3.1, Desq Wiew, GEM, Geo Works kabi tizimli dasturlar misol bo’la oladi.
 Fayl-menedjerlar (File-menegers) – foydalanuvchining MS DOS boshqaruvida kompyuter bilan qulay va ko’rgazmali ravishda muloqot olib borishini ta’minlovchi dasturiy vositalardir. Ko’pincha “qobiq” dasturlar deb ham aytiladi. Bunday vositalar MS DOS ning ko’pgina buyruqlarini klaviaturaning funktsional va boshqa xizmatchi tugmachalari orqali kiritish imkonini beradi.
 Hozirgi paytda keng qo’llanilayotgan bunday vositalarga Norton Commander (NC), Volkov Commander (VC), Windows Commander (WC), PC Tools, Magellan, Far, XTree, Pro Gold, PC SHELL, MS DOS SHELL kabi tizimli dasturlar misol bo’la oladi.
 Drayverlar (Drive) – kompyuter bilan boshqa qurilmalar o’rtasidagi muloqotni o’rnatishga xizmat qiluvchi dasturiy vositalardir. Ular har bir qurilma (klaviatura, “sichqoncha”, printer, kompakt disk diskovodlari drayverlari va h.k.). uchun alohida-alohida ishlab chiqarilgan bo’lib, shu qurilmalarning kompyuter bilan hamkorlikda ishlashini ta’minlaydi va nazorat qilib boradi.
 Masalan, quyidagilar eng asosiy drayverlarga misol bo’la oladi:
 Mouse.com – kompyuter bilan “sichqoncha” o’rtasidagi muloqatni o’rnatadi va ularning birgalikda ishlashini nazorat qilib boradi;
 Keyrus.com – klaviaturadagi kirillcha harflar bilan ishlashni tashkil qiladi.
 Agar birorta qurilmaning drayveri kompyuter xotirasida bo’lmasa kompyuter bu qurilmaning ulanganini sezmaydi ham, bu qurilma bilan ishlay olmaydi ham. SHuning uchun ham, har bir yangi qurilma xarid qilinganda shu qurilmaning drayveri yozilgan disketa ham qo’shib beriladi.
 Zamonaviy operatsion tizimlar esa kompyuterning barcha ichki va tashqi qurilmalari bilan ishlay oladi. Chunki barcha zamonaviy qurilmalarning drayverlari shu operatsion tizimlarning tarkibida bordir.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish