9.3.Digitayzerlar
Digitayzerlar(digitizer) - tasvir va chizmalarni o’qib, so’ngra ularni mashina kodlariga aylantirib kompyuterga kirituvchi qurilmalardir. Ikkinchi nomi grafik planshetlar. Ular ikki qismdan, ya’ni asosi bo’lgan planshetdan va shu asos sathi bo’ylab siljuvchi pero yoki kursordan iboratdir. Pero yoki kursor tugmachasi bosilgan holda planshet bo’ylab siljitilgandi, uning holati koordinatalari ketma-ket qayd qilinib kompyuterga uzatilib boriladi.
Digitayzerlardan planshetga o’rnatilgan qog’ozga foydalanuvchi chizayotgan rasmni ham parallel ravishda kompyuterga kiritish mumkin. Bu kiritilayotgan ma’lumotlar ingichka o’tkazgichlardan tashkil topgan to’r yordamida qayd qilinadi va signallarga aylantirilib kompyuterga kiritiladi.
Digitayzerlar ikki turga elektrostatik va elektromagnit digitayzerlarga bo’linadi.
Elektrostatik digitayzerlar - kursor ostidagi o’tkazgichlar to’rining elektrostatik potentsialining o’zgarishiga asoslangan.
Elektromagnit digitayzerlar - harakatlanayotgan kursorning o’tkazgichlar to’rida elektromagnit signallarni hosil qilishiga asoslangan.
Zamonaviy digitayzerlarga CalComp DrawingFax 333644, CalComp DrawingBoapd 3400, GTCO Roil-up 2024R, Summa Grid, Kurta XLC, GTCO Super 1.22 (qattiq asosli, 1220x1524 mm. formatli), CalComp Drawing Board III 34180, Hitachi Puma Pro, GTCO Ultima, XLP (A3 formatli) qurilmalari misol bo’la oladi.
Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. Har bir turkumdagi xotiralash qurilmalarining bir-biridan farqi nimada? Ular qanday texnologiyalar asosida ma’lumotlarnii o’zlarida saqlashi mumkin? Ularning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari qanday? Misollar keltiring;
2 . Asosiy xotiralash qurilmalarining turlari qanday? Ular qanday texnologiyalar asosida ma’lumotlarnii o’zlarida saqlashi mumkin? Ularning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari qanday? Misollar keltiring;
3 . Nima uchun tezkor xotira o’z navbatida tarkibiy qismlarga bo’lingan? Ularning texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlarini qanday aniqlash mumkin? Misollar keltiring;
4 . Qattiq magnit disklarining turlari qanday? Ular qanday texnologiyalar asosida ma’lumotlarnii o’zlarida saqlashi mumkin? Ularning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari qanday? Misollar keltiring;
5. YUmshoq magnit disklarining turlari qanday? Ular qanday texnologiyalar asosida ma’lumotlarnii o’zlarida saqlashi mumkin? Ularning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari qanday? Misollar keltiring;
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari:1. Xotiralash qurilmalarining vazifalari qanday?
2 . Xotiralash qurilmalari qanday ko’rsatgichlari asosida turkumlanadi?
3 . Energiyaga bog’liq va energiyaga bog’liq bo’lmagan xotiralash qurilmalarining farqi nimada?
4 . Xotiralash mikrochiplari bilan mikrosxemalarining farqi nimada?
sektori, klasteri va yo’lagi tushunchalari nimalarni anglatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |