O’zbekiston Aloqa Axborotlashtirish,
Telekommunikatsiya texnologiyalari
Davlat Qo’mitasi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Qarshi filiali
Axborot texnologiyalari fakulteti
31-IAT guruh talabasining “Operatsion tizim va ofis
ilovalar” fanidan
Bajardi: F.Nazarov
Qabul qildi: A.Cho’ponov
Qarshi 2013
Mavzu: Milliy operatsion tizimlar. Respublikamizda olib
borilayotgan istiqbolli ishlar.
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1.Milliy operatsion tizimlar.
2.Respublikamizda olib borilayotgan
istiqbolli ishlar.
III. Xulosa .
VI. foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Operatsion sistemalar hozirgi kundga kelib foydalanuvchiga keng qulayliklar
yaratib bermoqda. Ularning turi, versiyalaridan qattiy nazar interfeysi sodda va
tushunarli holatga keltirilgan.Bu esa operatsion sistemalarni rivojlanganligi va
bundan keyin ham rivojlanishi, yanada qulayliklar, tushunarli bo`lishidan darak
beradi.hozirgi kunda operatsion sistemalar ochiq kodli va yopiq kodli turlarga
ajratiladi. Ochiq kodli operatsion sistemalarga Linux, Unix,Dopix kabilarni misol
keltirishimiz mumkin.Yopiq kodli O.Sga Windows operatsion sistemalarini
keltirishimiz mumkin. .
UNIX OT lar oilasi.
UNIX, eng yaxshi amalga oshirilgan, multidasturli va va ko`pfoydalanuvchili
oddiy OT dir. O‘z vaqtida, u, dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchi instrumental
tizim sifatida loyixalashtirilgan edi. UNIX ning har xil xususiyatlarga ega bo‘lgan
versiyalari, uning qiymatini oshiradi. Birinchi versiyasi, juda kichik operativ
xotiraga ega bo‘lgan, kompyuterlarda foydalanish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, uning
ikkinchi versiyasini ishlab chiqishda, mutaxassislar, assembler tizimidan voz
kechib, nafaqat tizimli, balki amaliy dasturlarni ham ishlab chiqish mumkin
bo‘lgan, yuqori darajali tilni (stili) ishlab chiqdilar. Shuning uchun ham nafaqat
UNIX tizimli, balki unda bajariluvchi ilovalar ham yengil ko‘chirib o‘tkaziluvchi
(mobil) xususiyatiga ega bo‘ldi. Si tilidan o‘tkazuvchi kompilyator, hamma
dasturlarga, tizimdagi resurslardan samarali foydalanish imkonini beradigan kodni
beradi.
1980 yillarda paydo bo`lgan Microsoft operatsion tizimi bilan qurollangan
shaxsiy kompyuterlar 1990 yillarga kelib kompyuter bozorida ustunlikka erishdi
shaxsiy kompyuterlarning texnik imkoniyetlari yetarli quvvatga ega bo`lmay
Unix turli tizimlarini bunday kompyuterlarda qo`llab bo`lmas edi. Modomiki,
shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari shiddatli ravishda o`sar ekan, bunday
kompyuterlar uchun Unix turli tizimlari paydo bo`lishi tabiiy hol bo`lgan
1987 yili Linux tizimining yaratilishiga o`ziga xos hissasini qo`shgan
Gollandiyalik prfessor Andro Tanenbaum Unix turli tizimlarini yaratadi.
Tizimga muallif Minix nomini berib ,uni shaxsiy kompyuterlarda o`quv quroli
sifatida ishlatishni tavsiya qiladi. Albatta, Minix mukammal va benuqson
operatsion tizim bo`lmagan,lekin uning dastlabki kodi ochiq bolib, Tanenbauming
“operatsion tizimlar” kitobini tizimning ishlash jarayonlarini batafsill yoritilgan.
Bu esa operatsion tizimni o`rganishni xohlivchilar uchun bebaho o`quv
qo`lllanma bo`lgan , shuning uchun Yevropa oliygohlarining talabalari bosh
ko`tarmay Minix tizimining 12 000 keltirilgan satr kodini astoydil o`rganishgan.
Shunday talabalar qatori Linus Torvalds bo`lgan.
professor A. Tanenbaum va uning kitobi.
Linus Benedikt Torvalds (1969 y. tug`ilgan) Finlandiya poytaxti Xelsinki
Universiteti kompyuter fanlari fakultetining talabasi bo`lib, professor Tanenbaum
kitobini sotib olgan . “Tasoddifiy inqilobchining hikoyasi” xotiranomasida Linus:
“Kirish qismini o`qiganimdayoqq, Unix mohiyatiga tushinib uni qudratli,
mustahkam va guzal operatsion tizim ekanligiga iqror bo`lganman, hamda o`sha
zahotiyoq Unix ishlay oladigan kompyuter sotib olgim kelgan,” – deb yozadi.
Linus Torval’ds
1991 yili Linus bo`lib –bo`lib tolash sharti bilan Intel 80386 prosessri asosida
yangi kompyuter sotib oladi .Kompyuterga Minix Operatsion tizimini o`rnatib
miriqib bir oy o`rganadi, lekin foydalanish jarayonida unda tizimning ishlashiga
juda ko`p shikoyatlar paydo bo`ladi. Ulardan asosiysi masofadan ishlab malimot
kirituvchi terminal qismidir. Bu qism yordamida Linus uyidan universitet
kompyuteriga ulanib ,yangiliklar uqimoqchi bo`lgan. Bu muommoni yechish
uchun yosh haker o`zining terminali ,shaxsiy dasturini yozishga kirishadi. U
Minix tizimiga tayanmagan holda, kompyuterning apparat qismlariga muofiq
yangi, mustaqil dastur yaratadi . Modomiki, yana fayllarni universitetdan uyga
tortib olmoqchi bo`lganligi sababli , yo`l-yo`lakay yangi fayl tizimini yaratadi.
Minix tizimida nafaqat masofada kiritish qismi yomon ishlar ,balki
ishlayotgan dasturni vaqtincha foydalanmasdan ,boshqa dasturni ishga tushirish
imkoniyati ham yo`q edi . Tizimning bu kamchiligni to`g`irlash uchun Linusga
boshqa haqiqatdan yang operatsion tizim tuzish kerak bo`ladi. dastlab ,u sistemali
chaqiruvchilarni (yangi tizim qismlarini) ketma-ket dasturlashga urinadi. Lekin
malimot yetishmaganligi va chaqiruvchilar ko`pligi sababli Linus ishni uddalay
olmay, o`zining operatsion tizimining yadrosi bilan bilan Internetda erkin
tarqaliyayotgan bosh – buyruqlar qobiq dasturini ishga tushirmoqchi buladi.
qobiq dastur ishga tushayotgan vaqtda tizimning kerakli qismiga murojaat
qilinganda to`xtab qolishi sodir bo`lgan.Bu holda yosh hakker o`zi yaratgan
tizimning yetishmovchi qismini aniqlab, yasagan. Natijada, ish juda qiziqarli
jarayonda olib borilib, 1991 yilning avgust oyi oxirlarida qobiq dasturi ishga
tushadi . Bu natija juda katta ahamiyatga ega bo`ladi,chunki Linus murakkab
qobiq dasturini ishga tushirgach ,yana bir necha kerakli dasturlarni yasashga
muvofiq bo`ladi. Shunday qilib ,yangi operatsion tizimning asoslari tayyor
bo`ladi.
1991 yil 25 avgustda Torval’ds o`zining tajribalari haqida comp.os.minix
konferentsiyaga xabar beradi:
Xabarda Linus bepul operatsion tizimni yaratgani, qanday dasturlar
tayyorlaganligi va yana qanday dasturlar kerak bo`lishi haqida maslahat so`rab
yozadi. 17 sentyabr’ kuni esa serverga erkin ko`chirish uchun yangi tizimning 0.01
raqamli naqlini qo`yyadi. Linus operatsion tizimga FREAX nomini bermoqchi
bo`lganda, Ari Lemke ftp serverida boshqalar ko`chirishlari uchun qo`yilgan
tizimning fayllar jildiga pub/OS/Linux deb nom beradi. Keyinchalik ayni shu
tizimni Linux(Linuks) nomi bilan atashadi.
1992 yilning fevral’ oyida Linus, qiziqishga, Linuks tizimni ishlatgan
ishlatayotgan foydalanuvchilarga pochta orqali ochiq xat jo`natishlarini so`raydi.
Natijada, dunening har tomonidan yuzlab ochiq xat keladi. Linuksning ishqibozlari
Yangi Zellandiya, Yaponiya, Gollandiya, AQSH mamlakatlarida borligi ayon
bo`ladi. Linuks yadrosi barcha xoqlovchilarga GNU GPL litsenziyasi ostida
tarqatilgani sababli, tizimning muxlislari keskin ravishda ko`payib boraveradi.
Loyiqaning boshida Linusga yuzlab, keyin minglab, keyinroq esa yuz minglab
ko`ngilli yordamchilar tizimni yaxshilashga ko`mak bera boshlaydi. Linuks GNU
loyihasining doirasiga kirib, juda ko`p dasturlar bilan to`ldiriladi va xakerlar
o`yinchoqidan amalda qo`llaniladigan jiddiy operatsion tizimga aylanadi. hozirgi
kunlarda yangi operatsion tizimning nomi “GNU/Linux” deb ham atalmoqda.
Linus Benedikt Torval’ds
1996 yil Internetda bir necha Linuks foydalanuvchilari yangi operatsion
tizimning emblemasini (tamg`asini) tanlashni taklif qilishadi. Maslahatlashish
jarayonida Torval’ds pingvinlarni yoqtirishini bildirganida bahslashuv to`xtatalib,
faqat pingvin hayvonining tasvirlari tanlovda qoldiriladi. Linus xohishi bo`yicha
emblemada pingvincha qorni to`q va baxtli ko`rinishda bo`lishi kerak. Texas shtati
universitetining ilmiy xodimi Larri Ivingning (Larry Ewing) grafikasi tanlov
g`olibi deb topilgan. Tasvir yaratilishi haqida batafsil ma`lumot olish uchun
Internetning quyidagi sahifasini tafsiya qilishadi: http://www.sjbaker.org/tux/.
Larri Iving
SHunday qilib, rasman Linuks operatsion tizimning emblemasi bo`lib “Tuks”
(Tux) nomli pingvincha qabul qilingan. Pingvinglar xuddi nimcha, jilet kiyganday
bo`lganliklari uchun emblemadagi tasvirga Tuks – tuxedo (inglizchadan – “jilet”)
nomi berilgan. Lekin boshqa tushuntiruvi ham mavjud: (T)orvalds (U)ni(X) -->
TUX!
TUX – Linuks emblemasi.
Linuks tarixining shu joyida hozircha yakun yasab, kelgusida yana davom
ettirishni niyat qilib, O`zbekiston erkin va Ochiq Kodli Dasturiy Ta`minotini
rivojlanishi uchun vaqt va kuchini sarflayotgan fidoiy vatandoshlarimizga omad va
yangi zafarlar tilab, keyingi uchrashuvgacha xayrlashamiz.
Arxitektura umumiy xarakteristikasi va xususiyatlari.
Bu tizimni ishlab chiqishda birinchi asosiy maqsad soddalikka erishish va
funksiyalarni minimal miqdori bilan ish olib borish edi. Hamma real muammolar,
foydalanuvchi dasturlarga qolidirildi.
Ikkinchi maqsad esa - umumiylikdir bu degani ko‘p hollarda, bir xil usul va
mexanizmlardan foydalanishlik xususiyati, m-n:
-
fayllarga, kiritish-chiqarish qurilmalari va jarayonlar aro ma'lumotlar
buferiga murojaatlar, bir xil primitivlar yordamida bajariladi;
-
nomlovchi, alternativ nom beruvchi va xuquqsiz (nesanksionirovanniy
dostup) murojaat mexanizmlari, ham ma'lumotlar fayllariga, ham katalog va
qurilmalarga ham ishlatiladi;
-
bir xil mexanizmlar, ham dasturli, ham integrallanuvchi uzilishlarga
nisbatan ham ishlatiladi.
Uchinchi maqsad esa, murakkab masalalarni yechishda, mavjud kichik
dasturlardan birgalikda foydalanib, ya'ni ularni yangidan ishlab chiqmasdan
yechish imkoniyatini yaratish edi.
Va nihoyat 4-chi maqsad esa, nafaqat protsessor vaqti, balki qolgan boshqa
resurslarni ham taqsimlovchi, samarali mexanizmli-multiterminal OT ni
yaratishdan iborat edi. Multiterminal OTlarda, birinchi o‘rinda, hisoblash
jarayonlarini boshqa hisoblash jarayonlari aralashuvidan himoya masalalari turadi.
UNIX OTi, fayl tizimiga bog‘liq bo‘lmagan kuchli va sodda komanda tiliga
egadir. Bunday imkoniyatni amalga oshirishning eng muhim hususiyati, shundan
iboratki, bir dastur natijasi, ikkinchi dastur uchun boshlang‘ich ma'lumot bo‘lishi
mumkin. Bu degani, katta dastur kompozitsiyalari, mavjud kichik dasturlar
yordamida yaratilishi mumkinligidir. Bunda yangi dastur yaratishga xojat
yo‘qligidir.
UNIX-tizimi tizimli va amaliy dasturlariga, matn redaktorlari, komanda tilining
dasturlovchi interpretatorlari, bir nechta ommaviy dasturlash tillari kompilyatori
(S, S++, assembler, PERL, FORTRAN va h.k.lar), kompanovkachilar
(dasturlararo aloqa redaktorlari), sozlovchilar (otladchiki), ko‘psonli tizimli va
foydalanuvchi dasturlari kutubxonasi, ma'lumotlar bazasini yuritish va ajratish
vositalari, ko‘p sonli administrlovchi va xizmat qiluvchi dasturlar kiradi. Bu
dasturlarning anchayin qismi uchun xujjatlar mavjud bo‘lib, dastur matnlari yaxshi
izoxlangandir. Bundan tashqari, xujjat va tavchiflardan foydalanuvchi interaktiv
rejimda foydalana olish mumkin.
To‘liq himoyaga ega bo‘lgan fayl tizimidan foydalaniladi, qurilmalar
mustaqilligi ta'minlanadi.
UNIX tizimi markaziy qismi-yadrodir (kernel). U ko‘p sonli modullardan iborat
bo‘lib, arxitektura jihatdan monolit hisoblanadi. Ammo, yadroda har doim 3 ta
tizimni ajratish mumkin: jarayonlarni boshqarish; fayllarni boshqarish; markaziy
qism va priferik qurilmalar o‘rtasida kiritish va chiqarish amallarini boshqarish.
Jarayonlarni boshqarish tizimi jarayonlarni dispetcherlash, va bajarishni, ularni
sinxronlashtirishni va har turli jarayonlar aro aloqani tashkil etadi. Jarayonlarni
boshqarish asosiy funksiyasi - bu operativ xotirani boshqarish va (zamonaviy
tizimlar uchun) virtual xotirani tashkil etishdir.
Fayllarni boshqarish tizimi, jarayonlarni boshqarish tizimi bilan ham, drayverlar
bilan ham qat'iy bog‘langandir. Kompyuter tarkibidagi qurilmalarga va
yechilayapgan masalalarga qarab, yadro qayta kompilyatsiya qilinishi mumkin.
Hamma drayverlar ham yadro tarkibida bo‘lmasligi mumkin, bir qismi yadrodan
chaqirilishi mumkin. Bundan tashqari, tizimli funksiyalarining juda ko‘pchiligi,
yadroga kirmaydigan, ammo yadrodan chaqiriladigan tizimli dastur modullari
yordamida bajariladi.
Yadro, boshqa tizimli modullar bilan bajarishi kerak bo‘lgan funksiyalar qat'iy
ravishda standartlashtirilgan.
Yuqorida aytilganlar hisobiga, UNIX ning turli versiyalari va turli apparat
ta'minoti o‘rtasidagi kodlarni ko‘chirib o‘tkazuvchanlikka erishiladi.
Linux bu zamonaviy UNIX ga o‘xshash, POSIX standartini qondiruvchi shaxsiy
kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun yaratilgan OT dir. Linux bu erkin
tarqatiladigan UNIX - tizimi versiyasidir. Bu tizimni Linux Torvald ishlab chiqqan
bo‘lib, u kodlarni ochiq qilib yaratish shartini taklif qildi. Ixtiyoriy foydalanuvchi
kodday foydalanishi va o‘zgartirishi mumkin, ammo bu holda albatta u tizimning
modullariga kiritgan kodini ochiq qoldirishi shart. Tizimning hamma
komponentalari (hatto berilgan matnlar ham) erkin nusha olish va
chegaralanmagan sonli foydalanuvchilarga o‘rnatish sharti bilan, litsenziyali
tarqatiladi.
Shunday qilib, Linux tizimi ko‘p sonli dasturchilar va internet orqali bir-biri bilan
muloqot qiluvchi UNIX tizimi fidoyilari yordamida yaratildi.
Boshida Linux tizimi, “qo‘lbola” UNIX ga o‘xshash tizimi sifatida i80 386
protsessorli IBM PC tipidagi mashinalarga mo‘ljallangan edi. Ammo keyinchalik
Linux - shu darajada ommaviylashib ketdiki, ularni shu darajada ko‘p komaniyalar
qo‘llab-quvvatladiki, hozirgi vaqtda bu operatsion tizimning amaldagi versiyalari
deyarli hamma tipdagi protsessor va kompyuterlar uchun ishlab chiqildi. Linux
asosida superkompyuterlar ham yaratilayapti. Tizim klasterlashtirish, zamonaviy
interfeys va texnalogiyalarni qo‘llaydi.
Linux - ko‘p masalali, ko‘p foydalanuvchili to‘la qonli operatsion tizimdir (xuddi
UNIX boshqa versiyalari kabi). Bu, bir vaqtning o‘zida, bitta mashinada, ko‘p
foydalanuvchilar, parallel holda, ko‘pgina dasturlarni bajargan holda ishlashi
degan so‘zdir.
Milliy operatsion tizimlar.
Axborot texnologiyalaridan muntazam foydalanadiganlar Windows
operatsion tizimi haqida yaxshi biladilar rus va ingliz tilini bilmaydigan, sof
o`zbek tilida ishlay oladiganlar uchun bu operatsion tizimdan foydalanish biroz
qiyin kechadi. To`g`ri, bu tizimda ishlash baxonasida xorijiy tillar borasidagi
bilimlarimizni mustahkamlab olishimiz mumkin. Ammo monitoringizda sof
o`zbek tilidagi atamalar "porlab" tursa, qanday yaxshi.olimlarimiz tomonidan
o`zbek milliy operatsion tizimi yaratilgan.
Zamonaviy dunyoda hayotimizni kompyutersiz tasavvur qila olmaymiz. Kundalik
turmushimizning barcha yo`nalishlari (ta`lim tizimi, ishlab chiqarish, tibbiyot,
iqtisod va hokazo)da axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish ishlarini
tez va soz amalga oshirishda, kompyuter texnologiyalaridan keng
foydalanmoqdamiz.
Kompyuter texnologiyasi ma`lum bir operatsion tizim (sistema) asosida ishlaydi.
Kompyuterni foydalanuvchi ishga tushirishi (yoqishi) bilan ishga tushuvchi ushbu
dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o`rinlar, mavjud
dasturlar va hokazo) boshqaradi. Foydalanuvchi bilan kompyuter va uning
qurilmalari o`rtasida qulay mulomotni tashkil etib, foydalanuvchi uchun kerakli
dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
Dunyo bo`ylab axborot texnologiyalari sohasida alohida izlanishlar olib
borilmoqda. Kompyuter yaratilganidan toki bugungi kungacha bir nechta
operatsion tizim (OT) ishlab chiqilgan. Ularning har birining o`ziga yarasha
yaratilish tarixi bor. Kun sayin dastur va operatsion tizimlar murakkablashib,
zamonaviylashib, qo`llanish borasida qulaylashtirish ishlari olib borilishi
natijasida ularning yangi (tip yoki tur)lari ishlab chiqarilmoqda. hozirda bir-biri
bilan raqobatlashib kelayotgan ikkita operatsion tizim bo`lib, ular Windows va
Linuxlardir.
Windowsning juda keng qo`llaniladigan versiyalari Windows NT, Windows98,
Windows2000, WindowsXP, Windows2003, WindowsVista operatsion tizimlar
bo`lib, ular yopiq kodli, ya`ni foydalanuvchilar o`zlari istagan holda o`zgartirish
imkoniyatiga ega emaslar. Bu operatsion tizimlardan rus va ingliz tilini biluvchilar
qulay foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Rus val inglish tilini bilmaydigan, sof
o`zbek tilida ishlay oladiganlar uchun bu operatsion tizimdan foydalanish qiyin
kechadi.
1991 yilda Finlyandiya poytaxti Xel’sinki universiteti kompyuter fanlari
fakul’tetining talabasi Linus Benedikt Torval’dsning dissertatsiya ishi natijasida,
UNIX operatsion tizimi asosida yangi operatsion tizim yuzaga keldi va u Linux
operatsion tizimi deb nom oldi. U ochiq kodli operatsion tizim qisoblanib,
foydalanuvchilarning imkoniyatlariga qarab dasturga istalgancha o`zgartirishlar
kiritish mumkin. Bu ishi bilan Linus Benedikt Torval’ds dunyoga OT yadrosini
sovg`a qiladi.
Operatsion tizim Internet tarmog`iga joylashtirilishi natijasida tez orada o`z
foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo`ldi va ko`pgina dasturchi
(programmist)larni o`ziga jalb qilishi Linux operatsion tizimining keskin
rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi. Bugungi kunda dunyo
miqyosidagi operatsion tizimlar ichida o`ziga xos o`rniga egadir. Ayni vaqtda
Linux ni Red Hat, Suse, Fedora va Slackware, Ubuntu kabi versiyalari mavjud.
Kirill yozuvini yaxshi bilmaydigan o`quvchi-yoshlar buyruqlar, axborotlar
mazmunini tushunishda qiyinchiliklarga duch keladilar, oxir-oqibat dasturiy
ta`minot mohiyatini tushunmaydilar. Buni hisobga olib, 2007 yilda O`zbekiston
aloqa va axborotlashtirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan YOsh
dasturchilarni tayyorlash va qo`llab-quvvatlash markazi tomonidan ochiq hamda
erkin tarqatiladigan milliy operatsion tizimni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Markaz huzurida Linux-laboratoriya tashkil etilib, malakali mutaxassislar jalb
etildi. Markaz mutasaddilari 2008 yilda L.B.Torval’dsning Linux OT yadrosi
asosida Doppix nomini olgan tizimni yaratish va sinovdan o`tkazish nixoyasiga
etganini ma`lum qildilar. (Aytishlaricha, Doppix - o`zbek milliy bosh kiyimi
do`ppi so`zidan olingan). Bu operatsion tizim faqat o`quvchilar uchun emas, balki
fermerlar, quruvchilar va sanoat xodimlari, ishbilarmonlar, maktab o`qituvchilari
uchun kompyuter bilan tillashishdagi to`siqlarni yo`qotadi. Ular endi qo`rqmasdan
monitor oldida o`tirib, odatiy so`zlar paydo qiladigan tanish belgilarni ko`rishlari
mumkin.
Doppix operatsion sistemasini embelemasi quyidagicha ;
Vaqt o`tib borishi bilan Doppix mustahkam oyoqqa turmoqda, loyiha
respublikamiz maktablarida uni sinov (pilot) sifatida tatbiq etilishi buning
isboti hisoblanadi. Tatbiq etish natijalari bo`yicha xushchaxchaq , mehribon
Doppix bolalarga yoqishi aniqlandi. O`rtacha 2-3 soatda bolalar milliy
operatsion tizimni o`zlashtirib oladilar, u bilan do`stlashib qoladilar. O`qituvchilar
va o`quvchilar tomonidan aniqlangan kichik kamchiliklar yo`qotildi va
loyihachilar keyinchalik ham foydalanuvchilarning istaklarini darhol bajarishga
harakat qiladilar. Shunday qilib, Doppix butun kuchi va ishonchliligi bilan o`zini
namoyon qildi. qo`yilgan asosiy maqsadga erishildi. endi o`zbekistonlik
foydalanuvchilar o`z ona tillarida kompyuterdan foydalanishning barcha
sharoitlari va imkoniyatlariga egadirlar. hozirgi vaqtda foydalanuvchilar boshqa
(rus, ingliz tillaridagi) OT bilan bir qatorda davlat tilidagi yagona bepul Doppix
milliy OT o`rtasida tanlash imkoniyati paydo bo`ldi.
Biz Doppix milliy OTning Linux operatsion tizimi yadrosi asosida yaratilganligini
hisobga oladigan bo`lsak, undan foydalanishda antivirus dasturlari, internet
xavfsizligi dasturlarini talab etmasligi, ya`ni viruslarning yuqmasligi,
ishonchliligining yuqoriligini ham Linuxdan meros qilib olganligining guvohi
bo`lamiz.
Bugungi kunda Doppix foydalanuvchiga o`zbek (kirillcha va lotincha yozuvda),
rus va ingliz tillarida ishlash imkonini beradigan qulay tizim hisoblanadi. OT
tarkibiga oddiy va tushunarli KDE grafika muhiti, ofis paketi, veb-brauzerlar,
ta`lim dasturlari to`plami, audio va video apparatlar, grafika fayllari muharriri,
mahalliy tarmoq va internetni sozlash hamda ularda ishlash uchun mo`ljallangan
dasturlar kiradi.
Ta`kidlash joizki, Doppix milliy operatsiya tizimi ochiq litsenziya asosida bepul
tarqatiladi. Doppix OT "BestSoft Uzbekistan 2008" ko`rgazmasida "Eng yaxshi
dasturiy mahsulot" nominatsiyasini qo`lga kiritdi. Ko`rgazmaning juda ko`p
ishtirokchilari bu OT haqida o`zlarining fikrlarini bildirdilar.
SINAN (Ozarbayjon) korporatsiyasi prezidenti Elchin Aliev milliy tilda yaratilgan
ushbu OT jamiyatning faol qismi bo`lgan yoshlarni, qolaversa butun aholining
axborot texnologiyalaridan keng foydalanishlarini ta`minlashi, jamiyatni
axborotlashtirishga hissa qo`shishi, bu Ozarbayjon xalqi uchun ham muhim
masala bo`lib turganligini aytib o`tdi.
Osiyo, SHarqiy Evropa - IBM davlat dasturi direktori, texnika fanlari doktori,
professor M.A.Gurievning ta`kidlashicha, o`zbek milliy operatsion tizimi
Doppixning yaratilishi O`zbekiston Respublikasi aholisini dunyo axborot
maydoniga qiziqishini oshirib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
rivojlanishiga katta hissa qo`shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |