1-dars Fan : O`qish Sana: Mavzu



Download 189,01 Kb.
bet5/9
Sana13.01.2020
Hajmi189,01 Kb.
#33660
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-sinf (o`qish) konspekt


Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. O`quvchilarga alla kuyi eshittiriladi.

  • Bolajonlar aytingchi kuy sizga qanday ta`sir qildi?

  • Kuy eshitgan insonning holati qanday bo`lar ekan?

  • Bu kuyni eshitgan ayrim insonlar, hatto yig`lagan ham ekanlar.

  • Qanday qilib deysizmi? Keling , buni darsligimizdagi “Ona allasi” rivoyati bilan tanishib , bilib olamiz.

  • “Ona allasi’ rivoyatini o`qituivchi ifodali o`qib beradi. O`quvchilar matn mazmunini tushunganliklarini bilish maqsadida savollar beriladi.

  • - qadim zamonda kim bo`lgan ekan?

  • Ular nima qilishni buyuribdi?

  • Oxiri kimni keltiribdilar?

  • Onaxon nima aytishni boshlabdi?

  • Podshoh kuyni eshitib nima qilibdi?

  • Bu kuy unga kimni eslatibdi?

So`ng o`qituvchi o`quvchilarga “Bo`lishi mumkin emas” o`yinini o`ynatadi.

Lug`at ishi o`tkaziladi:

Kuy- ohang, murod- maqsad, armon- ushalmagan orzu.

Dam olish daqiqasida “Ona allasi’ qo`shig`i eshuittiriladi.



  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun o`quvchilar bilan “Bu meniki” o`yini o`ynaladi. O`qituvchi 1-qator o`quvchilariga matnning bir nechta garlarini tarqatma holida tarqatadi.2-3-qatoir o`quvchilari matndan ayrim so`z birikmalarini o`qiydilar. Shunda 1-qatordagi o`quvchilar “Bu- meniki” deb javob berishlari lozim.

Matn yuzasida savol-javoblar o`tkaziladi, “Zanjir’ usulida o`quvchilarga o`qittiriladi.



  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnahgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O`quvchilarga “Ona allasi.” Rivoyatini ifodali o`qib kelish va so`zlashga tayyorlanish topshiriladi.

Dars yakunlandi.



26-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: Mehribon oyijonim. Po`lat Momin

1)O`quvchilarga onaning buyuk zot ekanligini, onaning muqaddasligini tushuntirish. O`quvchilarda to`g`ri, ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini shakllantirish.

2) O`quvchilarni ezgu fazilatlarga yo`g`rilgan milliy ruhda tarbiyalash, o`zgalar fikriga hurmat bilan qarashni o`rgatish. 3) O‘quvchilarning erkin fikrlash doirasini kengaytirish, ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

Uy vazifasi “Ona allasi ” rivoyati yuzasidan qisqacha takrorlash o`tkaziladi.Savol-javoblar tekshiriladi.

Matn o`quvchilar tomonidan ifodali o`qib beriladi. Mazmuni yoritiladi. So`ng har bir o`quvhi matnni “Zanjir” usulida ifodali o`qib beriladi.



  1. Podshoh nimani buyuribdi?

  2. Onaxon qanday qo`shiq kuylabdi?

  3. Nima uchun podshoh yoig`labdi?

  1. Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi..Dunyoda eng ulug` zot kim ekanligi so`raladi. So`ng rivoyat aytib beriladi.

Qadimda bir inson payg`ambarimiz huzurlariga borib : Men kimga birinchi bo`lib yaxshilik qilay?- deb so`rabdi.

Payg`ambarimiz : Avval onagga yaxshilik qil!- deb javob qaytaribdilar.

U kishi 3 marotaba shu savolni bergan ekanlar, payg`ambarimiz 3 marotaba ham : Onangga yaxshilik qil!- deb javob beribdilar.

Oxirgi bor savol berganlarida esa, “Otangga yaxshilik qil!”-deb javob qaytaribdilar.

Demak rivoyatdan xulosa qiladigan bo`lsak, onalarimiz qadimdan e`zozlanib kelganlar. Ular jajji vujudni dunyoga keltiradilar,oq sut berib parvarishlaydilar, oq yuvib, oq taraydilar, yemay yediradilar, betob vaqtlarida boshimzida parvona bo`ladilar. Shuning uchun ularni doimo e`zozlashimiz darkor.

So`ng o`qituvchi tomonidan Po`lat Mo`minning “Mehribonim oyijonim’ she`ri o`qituvhi tomonidan ifodali o`qib beriladi. She`r mazmuni yoritiladi, tarbiyaviy ahamiyati izohlanadi.

Dam olish daqiqasida “Ona allasi’ qo`shig`i eshuittiriladi.



  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun o`quvchilar bilan “Bu meniki” o`yini o`ynaladi. O`qituvchi 1-qator o`quvchilariga matnning bir nechta garlarini tarqatma holida tarqatadi.2-3-qatoir o`quvchilari matndan ayrim so`z birikmalarini o`qiydilar. Shunda 1-qatordagi o`quvchilar “Bu- meniki” deb javob berishlari lozim.

Matn yuzasida savol-javoblar o`tkaziladi, “Zanjir’ usulida o`quvchilarga o`qittiriladi.



  1. Nima uchun onalar e`zozlanadi?

  2. Onajonlar bayrami qachon nishonlanadi?

  3. Siz onajoningizni qanday tabriklaysiz?

Darslikdagi topishmoqlar o`quchilarga yodlatiladi.

  • Aytsalar oyim bizga

Uyqu keladi ko`zga. (alla)

  • Na boshi bor, na tani,

Na joni, na vatani.

Eshitsa biror ovoz,

Javob qaytarar shovvoz. (Aks-sado0


  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnahgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O`quvchilarga “Mehribonim oyijonim.” She`rini yod olish topshiriladi. Dars yakunlandi.

28-dars

Fan:O`qish

Sana:

Mavzu: 3-nazorat ishi. “Mehribon oyijonim” she’rini yoddan aytish.

Darsning maqsadi:

  1. Тinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish kompetentsiyalarini rivojlantirish;

  2. Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy kompеtеntsiyalarni tarbiyalash

  3. O`quvchilarnin she`rni yoddan aytish ko`nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: Nazorat darsi.

Dars uslubi: Savol-javob, “Aqliy hujum”
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Darsga tayyorgarlik ko’rish;

Darsning maqsadini aytish




  1. Nazorat o`tkazish.

O`qituvchi tomonidan she`rni ifodali o`qish texnikasi aytib o`tiladi. So`ng o`quvchilardan Po`lat Mo`minning “Mehribon oyijonim” she`ri yoddan so`raladi.

O`quvchilar she`rni o`qishda sarlavha va muallifini ham tanishtirishiga e`tibor beriladi.

O`quvchilarning yodlagan sh`eriga qarab baholab boriladi.Eng namunali qilib yodlagan o`quvchilar rag`batlantiriladi.


  1. Darsni yakunlash, uyga vazifa berish.

Uyga vazifa barcha o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.

Dars yakunlandi.



29-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: “Bekinmachoq” Anvar Obidjon

1)O`quvchilarga o`qish fani haqida ma`lumot berish, nutq, og`zaki nutq haqidagi bilimlarini hosil qilish. Ifodali o`qish ko`nikmalarini o`quvchi ongiga singdirish, to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish, “Bekinmachoq” she`ri bilan tanishtirish.

2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga, tabiat in`omlaridan oqilona fpydalanishga o`rgatish..

3) O‘quvchilarning ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqacha takrorlash o`tkaziladi.Savol-javoblar tekshiriladi.

  • Bahor qachon keladi?

  • Bahorda qanday o`zgarishlar bo`ladi?

  • Bahor boshqa fasllardan qanday farq qiladi?

  1. Yangi mavzu bayoni:

O`quvchilar bilan bahor haqida, bahorda bollarning o`yinlari haqida suhbat uyushtiriladi. Bahorda tabiat o`zgarishi hawqida o`quvchilar so`zlab beradilar, yaxshi rasm chizadigan o`quvchilarga o`z fikrlarini ram asosida bayon qilish topshirig`i beriladi. Bir nechta o`quvchilar bu shartni bajaradilar.So`ng o`qituvchi tomonidan fikrlar umumlashtiriladi va yangi mavzu e`lon qilinadi. Anvar Obidjonning “Bekinmachoq” she`ri o`qituvchil tomonidan ifodali qilib o`qib beriladi.

Birgalashib uch o`rtoq-

Men, Aziza va Qo`shoq.

Keng lolazor qo`ynida

O`ynardik bekinmachoq.
Bekinmoqchi bo`lsam men,

Har lola imlab sekin,

Deydi: “Kelaqol , o`g`lon”

Bizning makonga bekin.

She`rning har bir misrasi o`qituvchi tomonidan izohlanadi.


  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni musthakamlash uchun berilgan she`r matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.

  1. She`r nima haqida?

  2. Sizga she`rning qaysi misralari yoqdi?

  3. Lolalar qaysi faslda ochiladi?

  4. Bahorda qanday gullar ochiladi?.

  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnahgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O`quvchilarga “Bekinmachoq.” she`rini ifodali o`qib kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.




30-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: “Navro`z” Rauf Tolib

1)O`quvchilarga o`qish fani haqida ma`lumot berish, nutq, og`zaki nutq haqidagi bilimlarini hosil qilish. Ifodali o`qish ko`nikmalarini o`quvchi ongiga singdirish, to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish, “Navro`z” she`ri bilan tanishtirish.

2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga, tabiat in`omlaridan oqilona fpydalanishga o`rgatish..

3) O‘quvchilarning ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

Uy vazifasi “Bekinmachoq ” she`ri yuzasidan qisqacha takrorlash o`tkaziladi.Savol-javoblar tekshiriladi.

She`r o`quvchilar tomonidan yoddan aytib beriladi Mazmuni yoritiladi. So`ng har bir o`quvhi matnni “Zanjir” usulida ifodali o`qib beriladi.



  1. She`r nima haqida?

  2. Sizga she`rning qaysi misralari yoqdi?

  3. Lolalar qaysi faslda ochiladi?

  4. Bahorda qanday gullar ochiladi?.

  1. Yangi mavzu bayoni:

O`quvchilar bilan bahor haqida, bahorda bolalarning o`yinlari haqida suhbat uyushtiriladi. Bahorda tabiat o`zgarishi hawqida o`quvchilar so`zlab beradilar, yaxshi rasm chizadigan o`quvchilarga o`z fikrlarini ram asosida bayon qilish topshirig`i beriladi. Bir nechta o`quvchilar bu shartni bajaradilar.So`ng o`qituvchi tomonidan fikrlar umumlashtiriladi va yangi mavzu e`lon qilinadi. Bahorda nishonlanadigan Navro`z bayrami haqida o`quvchilarga tushuncha beriladi.Rauf Tolibning “Navro`z ” she`ri o`qituvchil tomonidan ifodali qilib o`qib beriladi.

Ko`hna Turon elida

Navro`zi olam.

Yellar tutar qo`limdan:

“Qani , yur, oshnam!”
Nur sochadi mo`lu-ko`l

Navro`z quyoshi.

Sayilgohda yurtimning

Keksayu yoshi.


Qozonlarda sumalak,

Yoziq dasturxon.

Navro`z bayram muborak,

Ey O`zbekiston!

She`rning har bir misrasi o`qituvchi tomonidan izohlanadi.


  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni musthakamlash uchun berilgan she`r matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.

  1. She`r nima haqida?

  2. Navro`zda tabiatda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?

  3. Bahorda qanday taomlar pishiriladi?

  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnahgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O`quvchilarga “Navro`z.” she`rini yod olib kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.


31-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: Navro`z bayrami

1)O`quvchilarga Navro`z bayrami haqida ma`lumot berish, “Navro`z bayrami” matni bilan tanishtirish.

2) O`quvchilarga milliy qadriyatlarimizga hurmat hissini singdirish, ularda insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash.

3) O‘quvchilarning erkin fikrlash doirasini kengaytirish, ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

Uy vazifasi “Navro`z” she`ri yuzasidan qisqacha takrorlash o`tkaziladi.Savol-javoblar tekshiriladi.

She`r o`quvchilar tomonidan ifodali o`qib beriladi. Mazmuni yoritiladi. So`ng har bir o`quvhi she`rni “Zanjir” usulida ifodali yodlab beriladi.



  1. She`r nima haqida?

  2. Navro`zda tabiatda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?

  3. Bahorda qanday taomlar pishiriladi?

  1. Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. O`quvchilarga “Navro`z bayrami” matni o`qituvchi tomonidan ifodali o`qib beriladi.

Navro`z – yangi kun demakdir. 21-mart- Navro`z bayrami. Navro`zda tabiat uyg`onadi. Birinchi bo`lib chuchmoma, boychechaklar ochiladi. Onalarimiz sumalak pishiradilar. Yalpiz, jag-jag`, ismaloq kabi ko`katl;ardan terib, ko`k somsalar yopadilar. Ko`chatlar ekilib, hovli-joylar supuriladi. Ko`xhlaar tozalanib, yasatiladi. Urishganlar yarashadilar. Bayramda turli tomoshalar bo`ladi. Hamma birgalikda o`ynab-kuladi.

Navro`z keldi, soz keldi.

Turna keldi, go`z keldi.

Yam-yashil chorbog`lardan

Bilbulday ovoz keldi.

Lug`at ishi o`tkaziladi:

Soz- yaxshi, juda yaxshi, chorbog`lar- atrofdagi bog`lar..

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.


  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamalsh uchun matnni zanjir usulida o`qittitriladi. Savollarga javob beriladi.

  1. Navro`z qachon bayram qilinadi?

  2. Navro`zni odamlar qanday nishonlaydilar?

  3. Bahorgi taomlarga solinadigan ko`katlar nomini ayting.

“Sirli sandiqcha” o`yini o`ynatiladi.

So`ng darslikdagi topishmoqlar ustida ishlanadi.



  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnahgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O`quvchilarga “Navro`z bayrami.” Matnini ifodali o`qib kelish va mazmunini so`zlashga tayyorlanish topshiriladi.

Dars yakunlandi.



32-dars

Fan:O`qish

Sana:

Mavzu: 4-nazorat ishi. Bo`lim yuzasidan takrorlash , savol va topshiriqlar.

Darsning maqsadi:

  1. O`quvchilarning bo`lim yuzasidan egallagan bilimlarini va malakari kompetentsiyalarini rivojlantirish;

  2. Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy kompеtеntsiyalarni tarbiyalash

  3. O`quvchilarnin she`rni yoddan aytish ko`nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: Nazorat darsi.

Dars uslubi: Savol-javob, “Aqliy hujum”
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Darsga tayyorgarlik ko’rish;

Darsning maqsadini aytish




  1. Nazorat o`tkazish.

O`qituvchi tomonidan b`olim yuzasidan egallagan bilimlarini tekshirish uchun test topshirig`i o`tkazilishi aytib o`tiladi.

  1. “Vatan- bu...” she`rining muallifini yozing. (o`qish va yozish kompetensiyasi)

J:

  1. Ayoz bobo qachon keladi?

  1. Bahorda b) yozda s) qishda

  1. “Kuch- adolatda” degan hikmatli so`z qanday ma`noni anglatadi?

  1. Kuchli bo`lishi b) adolatli bo`lishi s) xushmuomalalikni

  1. “Kitonga mehr” asari kim haqida?

J:

  1. Husayn Boyqaro dunyodagi eng xushbo`y narsa deb nimani aytadi?

  1. Qalampir munchoqni b) gulni s) nonni

  1. “Buyuk munajjim”- deb kimni aytamiz?

J:

  1. Shoh va shoir deb kimni aytamiz?

  1. Ulug`bek b) Bobur s) Navoiy

  1. Navro`z bayrami qachon nishonlanadi?

J:

  1. Bahorda qanday gullar ochiladi?

  1. Binafsha, lola b) chinnigul s) kartoshkagul, nomozshomgul

  1. “Qo`chqor kecha ko`chatni ko`chirdi”. Bu nima?

  1. Topishmoq b) tez aytish s) maqol




  1. Darsni yakunlash, uyga vazifa berish.

Uyga vazifa barcha o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.

Dars yakunlandi.



33-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: “Maktab- oftob qo`shig`ig`i” Quddus Muhammadiy

1)O`quvchilarga”Maktab- oftob qo`shig`i” she`ri bilan tanishtirish, ifodali o`qishga o`rgatish.

2) O`quvchilarda maktabning qadriga yetish, maktab mulkini avaylab-asrash hissini singdirish.

3) O‘quvchilarning erkin fikrlash doirasini kengaytirish, ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

Uy vazifasi “Navro`z bahor bayrami ” matni yuzasidan qisqacha takrorlash o`tkaziladi.Savol-javoblar tekshiriladi.

She`r o`quvchilar tomonidan ifodali o`qib beriladi. Mazmuni yoritiladi. So`ng har bir o`quvhi matnni “Zanjir” usulida ifodali o`qib beriladi.



  1. Navro`z qachon bayram qilinadi?

  2. Navro`zni odamlar qanday nishonlaydilar?

  3. Bahorgi taomlarga solinadigan ko`katlar nomini ayting

  1. Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. O`quvchilarga “Maktab – oftob qo`shig`i” she`ri o`qituvchi tomonidan ifodali o`qib beriladi.

She`r so`ngida maktab binosi, undagi shart-sharoitlar aks etgan videolavha namoyish etiladi. Maktab mulkini asrab-avaylash kerakligi singdiriladi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.


  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamalsh uchun she`r zanjir usulida o`qittitriladi. So`ng o`quvchilar bilan test topshiriqlari bajariladi.

  1. Bilim beruvchi maskan qayer?

A) bog`cha B) maktab D) teatr E) kitob

  1. “Maktab-oftob qo`shig`i” she`rining muallifi kim?

  1. Po`lat Mo`min B) Rauf Tolib D) Quddus Muhammadiy E) Erkin Malikov

  1. Maktabda nimalar o`rgatiladi?

  1. Tartiblilikka

  2. chiroyli gapirish

D) qoshiq kuylash

  1. Ilmu odob

O`quvchilar bilan “Ichda o`qish” mashq qilinadi.

So`ng “Ilm maskaniga yo`l” o`yini o`ynatiladi. Bu o`yinda qizcha maktabga borish uchun bo`g`inlarnito`g`ri qo`shib o`qish gap gosil qilish kerak bo`ladi. “Ustoz otangdek ulug`” hikmatli gapi hosil bo`ladi. Qizcha oldiga maktabga shoshayotgani ma`lum bo`ladi. Shu o`rinda o`qituvchi ustoz ulug` zot ekanligi , ularni ranjtmaslik haqida ham gapirib beradi.



  1. Download 189,01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish