1-dars Fan : O`qish Sana: Mavzu


Sana: Mavzu: “Ona yer” Ibrohim Rahimov



Download 189,01 Kb.
bet9/9
Sana13.01.2020
Hajmi189,01 Kb.
#33660
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-sinf (o`qish) konspekt

Sana:

Mavzu: “Ona yer” Ibrohim Rahimov

1)O`quvchilarni “Ona yer” hikoyasi mazmuni bilan tanishtirish, o`quvchilarni matn ustida ishlashga o`rgatish.

2) O`quvchilarda ona zaminni ulig`lash, o`z yeriga bo`lgan mehr- muhabbatni, tabiatga bo`gan muhabbatni oshirishga harakat qilish

3) O‘quvchilarning erkin fikrlash doirasini kengaytirish, ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish. Navbatchi axborotini tinglash. O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.

1Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.



  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

Uy vazifasi “Maqtanchoq g`oz” hikoyasi o`quvchilarga ifodali o`qittiriladi, mazmuni so`zlatiladi, savol-javob o`tkaziladi

  1. Go`z nima deb maqtandi?

  2. Qurbaqa unga nima dedi?

  3. Sizning fikringiz qanday?




  1. Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. “Ona yer” hikoayasi o`quvchilar bilan birga o`rganilishi aytib o`tiladi.

O`quvchilar bilan tabiiy boyliklar aks etgan videolavhalar tomosha qilinadi.

So`ng o`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`on qilinadi. Yangi mavzu matni `oqituvchi tomonidan ifodali o`qib beriladi, mazmuni tushuntiriladi.

Anvarjon maktandan uyiga keta turib onasidan yer shuncha narsani bir o`zi ko`tarib turishi, uning beli o`grimasligi, uzluksiz ko`tarishnatijasida charchab qolmasligi haqida so`raydi. Ona si unga yer bizni sevishi , bizga turli xil tabiiy in`omlar berishi shuning uchun biz uni ona yer deyishimiz haqida tushuncha berdi.

Onasining gapidan so`ng Anvarjonning yerga yanada mehri ortganday, unga mehribon boqadigan, yerni aziz deb biladigan, jahli chiqqanda yerni depsimaydigan bo`ldi.


  1. Mustahkamlash.

Yangi mazu “Zanjir” usulida izohli o`qitiladi. Har bir o`quvchi ikki yoki uchtadan gap o`qib, o`qiganini bilganicha, erkin so`zlab beradi.

Lug`at ishi o`tkaziladi:

O`qituvchi tomonidan berilgan savolga mos javobni o`quvchilar matndan topib o`qiydilar.


  1. Anvarjon onasiga nima deb savol berdi?

  2. Onasi Anvarga nima deb javob qaytardi?

  3. Anvarning fikri qanday o`zgardi?

  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnahgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O`quvchilarga “Ona yer” hikoyasini ifodali o`qib kelish va so`zlashga tayyorlanish topshiriladi.Dars yakunlandi.

67-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: Yurak (Rivoyat)

Maqsad: 1)O`quvchilarni “Yurak’ rivoyati bilan tanishtirish , o`quvchilarni matn ustida ishlashga o`rgatish, tana a`zolarining faoliyati, bir-biriga uzviy bog`langanligini tanishtirish.

2) O`quvchilarda o`zgalar mehnatini qadrlash, o`z salomatligiga g`amho`rlik qilish hislarini tarbiyalash.

3) O`quvchilarning og`zaki va yozma nutqi, lug`at ustida ishlash, mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

Uy vazifasi “Ona yer” matnini ifodali o`qitiladi, zanjir usulida o`quvchilardan mazmuni so`raladi, o`quvchilar bilan savol-javob o`tkaziladi.

  1. Anvarjon onasiga nima deb savol berdi?

  2. Onasi Anvarjonga nima deb javob qaytardi?

So`ng test topshiriqlari o`quvchilar bilan birga bajariladi. Natijada “Yurak” so`zi hosil bo`ladi..

  1. Yer boylikning onasi bo`lsa, otasi....

  1. Mehr b) aql d) mehnat E) tinchlik

  1. Eshik .... bo`lsa ham, so`rab ker.

  1. Ochiq b) yopiq d) qulf e) oddiy

  1. So`g tanda sog`lom .....

  1. Tana b) aql d) harakat e) fikr

  1. Pishsa bemmaza, pishmasa maza

  1. Sabzi b) bodring d) tarvuz e) behi

  1. .... suvda o`zingni ko`r.

  1. Ifloz b) oqar d) oqmas e) toza

  1. Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

  • Demak, aziz bolajonlar, bugun siz bilan “Yurak” rivoyati bilan tanishamiz.

Aqliy hujum.

  • Bolajonlar, aytingchi, siz o`zingizdagi qaysi a`zoni eng kerakli deb hisoblaysiz?

O`quvchilar fikri tinglanadi.

Videolavha orqali “Yurak’ rivoyati namoyish qilinadi.



  • Rivoyat nima haqida ekan?

  • Rivoyatda qaysi tana a`zolari qatnashgan?

  • So`ng o`qituvchi tomonidan ifodali o`qib beriladi. Lug`at ishi o`tkaziladi.

Tarvaqaylab- yoyilib, kerilib

Betinim- tinimsiz, dam olmay

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.


  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matn o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,,mazmuni so`zlatiladi, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.

  1. Qo`l nima deysi?

  2. Oyoq nima deydi?

  3. Bosh nega hammadan zo`rman deydi?

  4. Yurak nima deydi?

Matn o`quvchilarga rolga bo`lib o`qitiladi.

  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnahgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O`quvchilarga “Yurak” matnini ifodali o`qish, mazmunini qayta hikoya qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.

68-dars

Fan:O`qish

Sana:

Mavzu: Bo`lim yuzasidan takrorlash , savol va topshiriqlar.

Darsning maqsadi:

  1. O`quvchilarning bo`lim yuzasidan egallagan bilimlarini va malakari kompetentsiyalarini rivojlantirish;

  2. Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy kompеtеntsiyalarni tarbiyalash

  3. O`quvchilarnin she`rni yoddan aytish ko`nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: Takrorlash

Dars uslubi: Savol-javob, “Aqliy hujum”
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Darsga tayyorgarlik ko’rish;

Darsning maqsadini aytish



  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

Uy vazifasi “Yurak” hikoyasi o`quvchilarga ifodali o`qittiriladi, mazmuni so`zlatiladi, savol-javob o`tkaziladi.

  1. Qo`l nima deysi?

  2. Oyoq nima deydi?

  3. Bosh nega hammadan zo`rman deydi?

  4. Yurak nima deydi?




  1. Mavzu bayoni

O`qituvchi tomonidan bo`lim yuzasidan egallagan bilimlarini tekshirish uchun turli topshiriqlar beriladi.

I topshiriq boshqotirma. Katakchalarni to`g`ri to`ldirsangiz , “Yer nima der?” she`riga oid jumla kelib chiqadi. (ona yer)

II topshiriq. Rebusni yechadilar.

Rebusni yechsangiz “Aqlli bog`bon” ertagidagi hikmatli gap kelib chiqadi.,

Oltin yerda emas, mehnatda.

III topshiriq: savol-javob o`tkaziladi.


  1. “Bog` ichiga oltin ko`mib qo`yganman”, - deganda bog`bon nimani nazarda tutgan?

  2. “Yer nima der?” she`rini yoddan ayting.

  3. Erkinjon nega tanbeh eshitdi?

  4. “Maqtanchoq g`oz” matnidan qanday xulosa chiqardingiz?

  5. Ona yer bizlarga nimalar beradi

O`quvchilarning javoblari tinglanadi va o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi, xulosa qilinadi.

  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash, uyga vazifa berish.

Uyga vazifa barcha o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.

Dars yakunlandi.




66-dars

Fan:O`qish

Sana:

Mavzu: 7-nazorat ishi. “Ona yer”

Darsning maqsadi:

  1. O`quvchilarning bo`lim yuzasidan egallagan bilimlarini va malakari kompetentsiyalarini rivojlantirish;

  2. Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy kompеtеntsiyalarni tarbiyalash

  3. O`quvchilarnin she`rni yoddan aytish ko`nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: Nazorat darsi.

Dars uslubi: Savol-javob, “Aqliy hujum”
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Darsga tayyorgarlik ko’rish;

Darsning maqsadini aytish




  1. Nazorat o`tkazish.

O`qituvchi tomonidan mavzu e`lon qilinadi. “Ona yer” hikoysaini uzviy, mazmunini yo`qotmagan holda qayta hikoya qilish topshirig`i beriladi.So`zlash jarayonida quyidagi BKMlarga e`tibor qaratiladi.

  1. Matnning mazmunini so`zlab berish

  2. To`liq mustaqil so`zlab berish

  3. Ketma-ketlikka rioya qilish

  4. So`zlashda his-hayajonlilikka amal qilish

  5. Matndagi so`zlar va ifodalardan foydalanish




  1. O`quvchilarni bahoalsh.

O`quvchilarning matnni qayta hikoyalashiga qarab baholab boriladi.


  1. Darsni yakunlash, uyga vazifa berish.

Uyga vazifa barcha o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.

Dars yakunlandi.
Download 189,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish