1-dars Fan : O`qish Sana: Mavzu



Download 189,01 Kb.
bet1/9
Sana13.01.2020
Hajmi189,01 Kb.
#33660
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-sinf (o`qish) konspekt


Aim.Uz


1-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: Vatan – bu...

1)O`quvchilarga o`qish fani haqida ma`lumot berish, nutq, og`zaki nutq haqidagi bilimlarini hosil qilish. Ifodali o`qish ko`nikmalarini o`quvchi ongiga singdirish, to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish.

2) O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o`qish faniga muhabbat uyg`otish, oila va uning a`zolariga hurmat bilan munosabatda bo`lishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Yangi mavzu bayoni:

O`quvchilarga o`qish ko`nikmalarini o`rganishda savod o`rgatish davri alohida yordam bergani va bu davr mobaynida biz “Alifbe” bilan hamkorlik qilganligimiz, barcha harflarni o`rganganimizdan so`ng bizning o`qish ko`nikmalarimizni yanada rivojlantirish, bizning og`zaki nutqimizni yanada boyitish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarimizni yanada rivojlantirish uchun “O`qish” kitobi yordamga kelishi haqida aytib o`qtiladi.

O`qituvchi tomonidan “O`qish kitobi”ning muqovasi. Unda aks etgan rasmlar, rasmlarning tarbiyaviy jihatlari to`liq namoyish etiladi va shular asosida suhbat o`tkaziladi. O`quvchilarga bu kitobning mualliflari tanishtiriladi. So`ng bugungi mavzu “Vatan- bu...” she`ri o`qituvchi tomonidan o`qib beriladi va mazmuni tushuntiriladi. She`rning har bir satri yuzasidan tushuntirish ishlari olib boriladi.

O`quvchilar bilan Vatanni e`zozlash haqida suhbat o`tkaziladi. Nima uchun Vatanni ko`z qorachig`imizdek asrashimiz zarurligi tushuntiriladi, hozirgi kuda boshqa davlatlardagi noxush voqealar qisqa aytib otiladi va o`quvchilar qalbida shukronalik tuyg`ulari hosil qilinadi.


  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan she`r matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.

O`quvchilar bilan doskada klasster usulida vatan so`zining mohiyati yozib boriladi.





  1. O`quvchilarni baholash.

  2. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O`quvchilarga “Vatan- bu...” she`rini yod olib kelish topshiriladi.

2-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: Buyuklar vatani.

1)O`quvchilarga o`qish fani haqida ma`lumot berish, nutq, og`zaki nutq haqidagi bilimlarini hosil qilish. Ifodali o`qish ko`nikmalarini o`quvchi ongiga singdirish, to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish, “Buyuklar vatani” matni bilan tanishtirish.

2) O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o`qish faniga muhabbat uyg`otish, oila va uning a`zolariga hurmat bilan munosabatda bo`lishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rash va o`tilgan mavzuni mustahkamlash.

“Vatan-bu...” she`rini yoddan so`rab baholanadi.

“Quvnoq harflar” o`yini o`ynatiladi.Bu o`yinni o`tkazish uchun she`rni eng ifodali yoddan aytgan 8 nafar o`quvchi tanlanib, doska yoniga taklif qilinadi. Ular o`qituvchi stolida teskari holatda qo`yilgan Q, O`, R, G`, O, N, I, M kesma harflardan bittadan tanlab olishadi. “Qo`rg`onim” so`zini o`quvchilar qarsak yordamida tovush chiqarib hosil qiladilar.

O`quvchilarga quyidagicha umumlashtiruvchi savollar beriladi.


  • “Qo`rg`onim” so`zi nechta harf va tovushdan iborat? (8 ta harf, 8 ta tovush)

  • So`z necha bo`g`inli ekan? (3 bo`g`inli, demak 3 ta unli bor)

  • 8 va 3 ning ayirmasini toping. (5-ushbu so`zdagi undoshlar soni)

  • “Qo`rg`onim” so`zining ma`nosi nima ekan? (Vatan)

  1. Yangi mavzu bayoni:

Bugun biz sizlar bilan Qutlibeka Rahimboyevaning “Buyuklar vatani” matni bilan tanishamiz. Shoira haqida ma`lumot beriladi.Matn mazmuniga mos audio va video lavhalar namoyish qilinadi.So`ng o`qituvchi tomonidan darslikdagi matn ifodali va tushunarli tarzda o`quvchilarga o`qib beriladi.

Matn yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi.



Atoqli davlat arboblari- elga tanilgan mashhur odamlar.

Madrasa- qadimdagi bilim maskani

Barpo qildirgan- yaratgan

Dam olish daqiqasida “Erkatoy” guruhining “O`zbekiston” qo`shig`i eshttiriladi va qo`shiqqa mos harakatlar bajartiriladi.



  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi matn o`quvchilar tomonidan o`qiladi va savollarga javob beriladi.

So`ng sinfdagi o`quvchilar kichik guruhlarga bo`linadi. O`quvchilarga rasm va gaplar tarqatiladi, o`quvchilar rasmga mos gaplarni tanlab olishlari aytiladi va bu o`qin o`ynatiladi, o`qituvchi tomonidan yo`l qo`yilgan xatolar to`gi`rab boriladi.

Multimediya orqali “Fazoviy sayohat” o`yini o`ynatiladi.

Aziz, bolajonlar! Yosh fazogirlar fazoviy kemada sayohatga chiqmoqdalar. Savollarga to`g`ri javob bersangiz, yosh fazogirlar sayohatga yo`l oladilar. Ekran orqali namoyish etiladigan topshiriqli o`yin o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi.



  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

Uyga vazifa “Buyuklar vatani” matnini ifodali o`qib, so`zlash va maqolni yod olish.


3-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: Yurt qalqonlari

1)O`quvchilarga o`qish fani haqida ma`lumot berish, nutq, og`zaki nutq haqidagi bilimlarini hosil qilish. Ifodali o`qish ko`nikmalarini o`quvchi ongiga singdirish, to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish, “Yurt qalqonlari” she`ri bilan tanishtirish.

2) O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o`qish faniga muhabbat uyg`otish, oila va uning a`zolariga hurmat bilan munosabatda bo`lishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

Uy vazifasi “Buyuklar vatani’ matni zanjir usulida o`quvchilarga o`qitiladi, matnning qisqacha mazmuni so`raladi, o`quvchilar bilan savol-javob o`tkaziladi.

  1. Buyuk bobolarimiz haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. Buyuk ajdodlarimizdan yana kimlarni bilasiz?

  • Ona yurting – oltin beshiging.- maqolining mazmuni izohlanadi.

Multimediya orqali “Fazoviy sayohat” o`yini o`ynatiladi.

Aziz, bolajonlar! Yosh fazogirlar fazoviy kemada sayohatga chiqmoqdalar. Savollarga to`g`ri javob bersangiz, yosh fazogirlar sayohatga yo`l oladilar. Ekran orqali namoyish etiladigan topshiriqli o`yin o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi.



  1. Yangi mavzu bayoni:

O`quvchilar bilan Vatanni e`zozlash haqida suhbat o`tkaziladi. Nima uchun Vatanni ko`z qorachig`imizdek asrashimiz zarurligi tushuntiriladi, hozirgi kuda boshqa davlatlardagi noxush voqealar qisqa aytib otiladi va o`quvchilar qalbida shukronalik tuyg`ulari hosil qilinadi. Yaqinlashib kelayotgan “Vatan himoyachilari kuni” bilan barcha yigitlarni tabriklaydi, so`ng vatan himoyachilarining fidokorona mehnatlari, harbiylar hayoti haqida qisqacha ma`lumot beriladi.

So`ng yangi mavzu Dilshod Rajabning “Yurt qalqonlari” nomli she`ri ifodali o`qib beriladi. She`rning har bir satri izohlanadi, mazmuni yoritiladi.

O`zbekiston – hur vatan,

Baxtimiz ayvonidir.

Armiyamiz mustahkam,

Ona yurt qalqonidir.

Harbiy xizmat faxrimiz-

Bu mardlar maydonidir.

Jasur askar akalar

Ona yurt qalkqonidir.

Qalqon- so`zining ma`nosi tushuntiriladi.


  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan she`r matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qaiqa savol-javob o`tkaziladi.

  • Ona yurting omon bo`lsa,

Rangi ro`ying somon bo`lmas.- maqolining mazmuni yoritiladi,

O`quchilarga tez aytish o`qittiriladi.



  • Bahodir bayroqni Botirga berdimi,

Botir Bahodirga bayroqni berdimi?

  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnahgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O`quvchilarga “Yurt qalqonlari.” she`rini yod olib kelish topshiriladi.
4-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: “Ota rozi- Vatan rozi” Eson Rahimov

1)O`quvchilarga o`qish fani haqida ma`lumot berish, nutq, og`zaki nutq haqidagi bilimlarini hosil qilish. Ifodali o`qish ko`nikmalarini o`quvchi ongiga singdirish, to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish, “Ota rozi – Vatan rozi ” she`ri bilan tanishtirish.

2) O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o`qish faniga muhabbat uyg`otish, oila va uning a`zolariga hurmat bilan munosabatda bo`lishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

Uy vazifasi “Yurt qalqonlari’ she`ri zanjir usulida o`quvchilarga yodlatiladi, she`rning qisqacha mazmuni so`raladi, o`quvchilar bilan savol-javob o`tkaziladi.

  1. 14-yanvar qanday kun?

  2. Vatan himoyachilari kimlar?

  • Ona yurting omon bo`lsa,

Rangi ro`ying somon bo`lmas.- maqolining mazmuni izohlanadi.

“Quvnoq harflar” o`yini o`ynatiladi.Bu o`yinni o`tkazish uchun she`rni eng ifodali yoddan aytgan 8 nafar o`quvchi tanlanib, doska yoniga taklif qilinadi. Ular o`qituvchi stolida teskari holatda qo`yilgan Q, O`, R, G`, O, N, I, M kesma harflardan bittadan tanlab olishadi. “Qo`rg`onim” so`zini o`quvchilar qarsak yordamida tovush chiqarib hosil qiladilar.

O`quvchilarga quyidagicha umumlashtiruvchi savollar beriladi.


  • “Qo`rg`onim” so`zi nechta harf va tovushdan iborat? (8 ta harf, 8 ta tovush)

  • So`z necha bo`g`inli ekan? (3 bo`g`inli, demak 3 ta unli bor)

  • 8 va 3 ning ayirmasini toping. (5-ushbu so`zdagi undoshlar soni)

  • “Qo`rg`onim” so`zining ma`nosi nima ekan? (Vatan)

  1. Yangi mavzu bayoni:

O`quvchilar bilan Vatanni e`zozlash haqida suhbat o`tkaziladi. Oila ham bir kichiik vatan ekanligi o`quvchilar ongiga singdiriladi. Har bir oila a`zolari oilada yashayotganda bir-birlarini hurmat qilishlari, oila tinchligi uchun kurashiishlari, uni asrsb-avaylashga majburligi ta`kidlanadi. Har doim ota-onani rozi qilib , ularning duoasini olisb yashahsga harakat qilishlari aytiladi.

So`ng Eson Rahimovning “Ota rozi- Vatan rozi” she`ri o`qituvchi tomonidan ifodali o`qitiladi.

Yaxshi farzand ona yerning

Jon fidosi deydilar,

Yaxshi farzand dono elning

Ko`z ziyosi deydilar.


Ota rozi- Vatan rozi,

O`g`lonlarim, qizlarim.

Vatan rozi- ota rozi,

Yashang, o`chmas izlarim.



  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan she`r matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qasqa savol-javob o`tkaziladi.

  1. Kimlar yaxshi farzand deyiladi?

  2. Vatnni rozi qilish uchun avvalo kimlarni rozi qilish kerak?

  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnahgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O`quvchilarga “Ota rozi – Vatan rozi.” she`rini yod olib kelish topshiriladi.

5-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: “Suv shifo” Erkin Malik

1)O`quvchilarga suvning ahamiyatliligini tanishtirish, matnni to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish.o

2) O`quvchilarga o`z so`gligi uchun qayg`urishni o`rgatish, sport bilan shug`ullanishga qiziqtirish, suvnui tejashga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

Uy vazifasi “Ota rozi- Vatan rozi’ she`ri zanjir usulida o`quvchilarga yodlatiladi, she`rning qisqacha mazmuni so`raladi, o`quvchilar bilan savol-javob o`tkaziladi.

  • Kimlar yaxshi farzand deyiladi?

  • Vatnni rozi qilish uchun avvalo kimlarni rozi qilish kerak?

O`quvchilar bu savollarga javob beradilar.O`quvchilarga savollar ortida yashiringan harflardan so`z tuzish aytiladi. Yashirilgan harflardan “SUV” so`zi hosil qilinadi.

-Bolajonlar aytingchi, suv bizga nima uchun kerak? (O`quvchilarning javobi tinglanadi. Xulosa o`rnida “Suv- tabiat in`omi” ekanligi tushuntiriladi.)

- Suvning bizga qanchalik zarurligini bilib oldik. Endi suvning shifo ekanligi haqida ham bilib olamiz.


  1. Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu o`qituvchshi tomonidan e`lon qilinadi. Yozuvchi haqida ma`lumot beriladi. O`qituvchi hikoyani darslikdan ifodali o`qib beriladi.O`quvchilar kuzatib tinglaydilar. Matnda uchragan notanish so`zlar ustida tushuntirish ishlari olib boriladi.
Lug`at ishi.

Xavitir olma- qo`rqma, tashvishlanma

Tavsiya etgan- ko`rsatma bergan

Sport majmuasi- sport to`garaklari faoliyat yuritadigan maskan.


Ekran orqali suv sportining bolalar salomatligi uchun ahamiyati haqidagi lavha namoyish etiladi.

Suhbat uchun savollar beriladi.



  • Suv sportining qanday foydasi bor ekan?

  • Siz ham suv sporti bilan shug`ullanishni xohlaysizmi?

Musiqali harakat bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.



  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matin o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qasqa savol-javob o`tkaziladi.

  1. Shifkor nega Ravshanga suzishga qatnashishini maslahat berdi?

  2. Siz sportning qanday turi bilan shug`ullanasiz?

“Topib o`qi” mashqi o`tkaziladi.

Bu mashqda o`quvchilar harflardan so`z tuzish, darslikdagi “Suv -shifo” matnidan shu so`z ishtirok etgan hgapni topishlari va o`qib berishlari lozim. Topilgan gapni ekran orqali tekshirish mumkin bo`ladi.Suvni tejash hjaqida o`quvchilar bilan ko`rgazmalar asosida suhbat o`tkaziladi.



  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnahgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O`quvchilarga “Suv - shifo.” Matnini ifodali o`qib kelish topshiriladi.
6-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: “Qish” Tusrsunboy Adashboyev

1)O`quvchilarga qish fasli haqida ma`lumot berish. matnni to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish.

2) O`quvchilarda tabiatga muhabbat hissini tarbiyalash.

3) O‘quvchilarning ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

Uy vazifasi “Suv- shifoi’ matni zanjir usulida o`quvchilargao`qittiriladi, matnning qisqacha mazmuni so`raladi, o`quvchilar bilan savol-javob o`tkaziladi.

  1. Shifkor nega Ravshanga suzishga qatnashishini maslahat berdi?

  2. Siz sportning qanday turi bilan shug`ullanasiz?

Tarmoqlash usulida suvning foydali xususiyatlari doskada yozish topshirig`i so`raladi.


SUV




  • Bolajonlar , suv qachon muz holatida bo`ladi? (Qish faslida)

“Mozayika” mashqi:

O`quvchilarga 4 kishilik guruhlarga bo`linadi. O`qituvchi “Qish” manzarasi tasvirlangan rasmli konvertlarni tarqatadi. O`quvchilar”Mozaika” usulida rasmni yig`adilar.



  1. Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. – Bolajonlar siz qanday manzarani yig`dingiz?

O`quvchilarning javoblari tinglanib, yangi dars mavzusi e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan qish tabiati , qishki o`yinlar yuzasidan suhbat o`tkaziladi.



  • Qish faslida tabiat qanday ko`rinishda bo`ladi?

  • Bolalar qanday o`yinlar o`ynaydilar?

O`quvchilar javobi to`ldirilib, mavzu tushuntiriladi.

“Qish” haqida videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “:Qish ” she`rining matni o`qiladi.

O`qituvchi “Qish” she`rini ifodali o`qib beradi. Shoir haqida qisqacha ma`lumot beriladi.
Lug`at ishi o`tkaziladi:

Oq choyshabga o`ralib- tabiatni oppoq qor bilan qoplanishi

Tinim bermas- dam bermaslik

Dam olish daqiqasida o`quvchilar musiqaga qarab “Qish’ she`rini qo`shiq qilib kuylaydilar.



  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matn o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qasqa savol-javob o`tkaziladi.

  • Qish fasli sizga nimasi bilan yoqadi?

  • Qishda qanday o`yinlar o`ynaysiz?

  • O`quvchilarning javoblari to`ldirilib umumlashtiriladi.

Ekran orqali “Qish” o`yini o`ynatiladi.

  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnahgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

O`quvchilarga “Qish. ” she`rini ifodali o`qish, maqol va topishmoqlarni yodlash uyga vazifa qilib beriladi..
7-dars

Fan : O`qish

Sana:

Mavzu: “Oy allasi” Odil Abdurahmon

1)O`quvchilarga Odil Abduraxmonning “Oy allasi” she`ri bilan tanishtirish, matnni to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish.

2) O`quvchilarni ota-onaga hurmatda bo`lishlarini va ularning ishonchlarini oqlash, yaxshi o`qish va xulqi go`zal inson bo`lish ruhida tarbiyalash.

3) O‘quvchilarning ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. Uy vazifasini so`rab baholash.

Uy vazifasi “Qishi’ she`ri zanjir usulida o`quvchilarga yodlatiladi, matnning qisqacha mazmuni so`raladi, o`quvchilar bilan savol-javob o`tkaziladi.

  1. Nima uchun qish kunlari sovuq bo`ladi?

  2. Quyosh va oy haqida nimalarni bilasiz?

( quyosh- nur sochadi. Olamni yoritadi, issiqlik beradi. Oy- olamni yoritadi)

  • Quyosh bo`lmasa hayot ham bo`lmaydi. Hamma yoq qorong`i va sovuq bo`ladi.

  • Oyning atrofida nimalar bo`ladi?

  • Demak, Oyning bolalari ham bor ekan-da.

O`quvchilar bilan “So`z o`yini” mashqi bajariladi.

  • Oy o`z bollari bilan dam olgani kirib ketmoqda. Oy yulduzlarni yoniga chorlamoqda. Aziz bolajonlar, yulduzlarni oy oldiga tezroq borishiga yordam berib yuboring. Buning uchun alifbodagi tartib raqamlari bo`yicha , yulduzlardagi harflardan foydalanib so`zlar hosil qiling.

  • 2-boy, 7- hoy, 9-joy, 11-loy, 12-moy, 15-poy, 18-soy, 19-toy, 21-voy, 28-choy.

  1. Download 189,01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish