|
47,1
|
Katta yoshdagi ish bilan bandlarning rivojlanishiga e’tibor berish
|
42,4
|
Malaka darajasidagi xilma-xillikni kengaytirish
|
38,3
| |
35,3
| Mehnatning boyitilishi va rotatsiya |
33,9
| Motivatsiya fondlarining to’ldirilishi |
29,6
| Mehnat sharoitlarining yaxshilanishi |
9,4
|
Bulardan shunday xulosa kelib chiqadiki, fuqarolik jamiyatini, ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyotni tashkil etishda eng oliy maqsad – inson omilidan keng foydalanib, komil insonni shakllantirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni vujudga keltirishdan iboratdir. Ana shundagina ko’zlangan marralarga erishish imkoniyati kengayib boraveradi.
Odatda, faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida kiritiladigan investitsiyalar shaklidagi jismoniy kapitaldan farqli ravishda, inson kapitaliga investitsiyalar qisman samarasiz foydalanilishi mumkin. Shuning uchun bu xarajatlarning hammasini investitsiyalarga kiritib bo’lmaydi. Masalan, tarix, tasviriy san’at va adabiyot bilan shug’ullanadigan talabalarning ko’pchiligi buni o’z mehnati samaradorligini oshirish maqsadida qilmaydi. Shu bilan bir qatorda, har qanday investitsiyalar bozori kabi inson kapitali bozori ham kamchiliklardan xoli emas:
– ish kuchining nisbatan erkin harakatlanishi ish beruvchilarni ish kuchi-ni rivojlantirishga mablag’ sarflashga intilishlarini kamaytiradi;
– yoshlar o’rtasida ta’limning qimmati to’g’risidagi axborotning yetishmasligi inson kapitaliga yetarli bo’lmagan darajada yoki noto’g’ri investitsiya kiritilishiga olib keladi;
– aholining kattagina qismida o’ziga investitsiya kiritish uchun mablag’ yetishmaydi.
Inson kapitaliga investitsiyalar bozorining bu va ayrim boshqa kamchi-liklari sababli bozor mexanizmlari o’z-o’zidan buni eng maqbul tarzda tartibga soladi, degan fikrga olib kelmasligi kerak. Shuning uchun ham davlatning inson kapitaliga investitsiyalar kiritishda bevosita ishtirok etishi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday yondashuvning o’ta muhimligini Jahon bankining tadqiqotlari isbotlab turibdi. Jahon banki ekspertlari 192 ta mamlakatda amalga oshirgan tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosalarga kelgan:
– iqtisodiy o’sish umumiy miqdorining 64,0 % dan ko’prog’i inson kapitali bilan bog’liq;
– mamlakatning tabiiy resurslari iqtisodiy o’sish umumiy miqdorining faqat 20,0 % gacha bo’lgan qismini ta’minlaydi;
– o’tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati iqtisodiy o’sish umumiy miqdorining faqat 16,0 % ini ta’minlaydi. Ushbu dalillar hozirgi davr jamiyatida inson kapitalining roli va ahamiyatini yaqqol ko’rsatib turibdi.
So’ngi paytlarda rivojlangan mamlakatlarning milliy boyligi strukturasida ishlab chiqarish kapitali o’rnini inson kapitali egallamoqda. XXI asr boshida dunyo iqtisodida ro’y bergan eng muhim o’zgarishlardan biri ham ana shu holat: ishlab chiqarish kapitali va boshqa kapital turlariga qaraganda inson kapitalining ahamiyati va qiymati behad darajada oshganidir. Endilikda inson kapitali milliy boylikning eng qiymatli turidan biriga aylanishi bilan bir qatorda davlat va jamiyatning taraqqiyotini va kuch - qudratini belgilab beradigan faktor rolini o’ynamoqda.
Inson potensiali yalpi ichki mahsulot, o’rtacha umr ko’rish darajasi va katta yoshdagi aholining savodxonligi kabi ko’rsatkichlarlarga tayanadi va mohiyatan u inson kapitali tushunchasiga nisbatan tor bir ma’noni ifodalaydi. Masalaning yana bir o’ziga xos tarafi bor: u ham bo’lsa G’arb va Sharq jamiyatlarining inson kapitali uchun mezonlaridir. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan farqli ravishda an’anaviy qadriyatlarga bog’liq Sharq jamiyatlarida, shu jumladan, mamlakatimizda xalqimizning urf-odatlari, an’analari va milliy mentalitetning o’ziga xos taraflariga ko’ra inson kapitalining qiymati faqat moddiy manfaat, yuksak turmush darajasi hamda shon-shuhrat bilan o’lchanmasligi tabiiydir. An’anaviy qadriyatlarga sodiq qolgan mamlakatlarda inson kapitalining shaxsga beradigan ne’matlari ma’naviyma’rifiy boylik, oilaviy faxr-iftixor, ijtimoiy himoya, faxriy unvon yoki orden - medallar bilan mukofotlash, ya’ni el-yurt hurmati kabi faktorlarda namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |