MUNDARIJA MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI………………..2 Kirish………. ……..………………………………..…………………..........5 1-BOB. 1 BOB. INNOVATSION FAOLIYATNI BOShQARIShDA INSON KAPITALINING NAZARIY ASOSLAR…………..………..……11 2-BOB. INSON KAPITALINI BOShQARIShNING HOZIRGI HOLATINI TAHLIL QILISH………………,,,…………………………………….........40 3-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA BOSHQARUVNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH …………… ……………………………………71 Xulosa ………………………………………..………..……………………..105 Foydalanilgan adabiyotlar………..……………………..………………….109
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Hozirgi vaqtda, innovatsiyalarni boshqarish milliy iqtisodiyotni tashkiliy-iqtisodiy boshqarish mexanizmining kam rivojlangan qismlaridan biri sifatida bo'lib qolmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalar iqtisodiyotni intensiv rivojlantirishga imkon beradi, fan va texnikaning so'nggi yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilishning jadallashtirilishini ta'minlaydi, iste'molchilarning turli xildagi yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlarini yanada to'laroq qondirishga imkon yaratib beradi.
Globallashuv sharoitida yangilanish va yuksalishlar har bir sohada interatsiyalashuv, innovatsion tafakkurni va ularga asoslangan jamoaviy uyg'unlashuv hamda innovatsion muhitni talab etadi. Jamoaviy uyg'unlashuv bu ijtimoiy va iqtisodiy sektorlar sohalarida integratsiyalashuv bilan bilimlar kontsentratsiyalashuviga erishish, original ixtirolarning vorisiylik asosida namoyon bo'lishiga hamda “ilm orqali bilim” tamoyili qonuniyatiga ko'ra rivojlanib, innovatsiya darajasiga ko'tarilishiga shart-sharoit yaratishdir. Bugungi kun, hayotiy bosqichlari innovatsiya bilimlarning tugal kontsentratsiyalashgan integratsiyalashuvida, muammoning teran anglanishi tufayli paydo bo'lgan g'oyadan boshlanuvchi ilmiy-tadqiqot, soha ilmiy-texnik kadrlarining faol hamkorligi mahsuli, yangilanishga asoslangan to'kin va farovon hayot, ijtimoiy va iqtisodiy yuksalishlarni ta'minlovchi omil, ya'ni bozorda o'z o'rnini topgan ixtiro ekanligini isbotladi.
Muammoning o'rganilish darajasi. innovatsion faoliyatni boshqarishda inson kapitalini rivojlantirish muammolari dunyoning qator mamlakatlarida, ayniqsa bozor munosabatlari shakllangan mamlakatlarda tadqiq qilingan.
Tadqiqot maqsadi Dissertatsiyaning asosiy maqsadi innovatsion faoliyatni boshqarishda inson kapitalini rivojlantirishni takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Qo'yilgan maqsadga muvofiq dissertatsiyada quyidagi ilmiy masalalar o'z yechimni topgan:
- milliy innovatsion tizimni shakllantirish va rivojlantirish omillarining ko'rstakichlarini o'rganish;
- inson kapitalni rivojlantirishning nazariy asoslarini o'rganish, «Inson kapitali» atamasining tushunchasini tavsiflash;
- boshqaruv tizimida korxonalar salohiyatini aniqlash bo'yicha inson inson kapitalining rivojlanish modellarini guruhlashtirish;
- inson kapitaliga qilingan investitsiyaning tarkibiy tuzilishini aniqlash;
- kadrlar siyosatida inson kapitalini baholashning amaldagi mexanizmlaridan foydalanishni takomillashtirish usullarini tavsiya etish;
- boshqaruv tizimida inson kapitali va inson taraqqiyoti mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ob'ekti bo‘lib, Jizzax viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Bahor shop MChJ hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti bo‘lib, korxonalar faoliyatini boshqarish tizimida inson kapitalini rivojlantirish va uni baholash jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan iborat.
Tadqiqot uslublari. Qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, iqtisodiy
statistika asosida nazariy tadqiqotlar o'tkazilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi innovatsion faoliyatni boshqarishda inson kapitalining shakllanishi va rivojlanish jarayonlari nazariy jihatdan tadqiq qilingan;
- inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalar miqdorini tartibga solish va uning imkoniyatlarini oshirish yo'nalishlari ilgari surilgan;
- inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqarish omili sifatida samarali va oqilona amal qilishini ta'minlash vositalari ko'rsatib berilgan;
- inson kapitali hamda institutsional muhitning o'zaro bog'liqligini mazmunan va tarkibiy jihatdan tadqiq etish va talqin qilishga kompleks hamda tizimli yondashuv taklif qilingan;
- inson kapitali sifatining oshishi, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida insonning intellektual va ijodiy salohiyati kabi xususiyatlar bilan aniqlanadigan innovatsion rivojlanish strategiyasi bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati
Asosiy xulosa va natijalar hududiy Dasturlar ishlab chiqilishiga hamda incon kapitali jamiyatning acociy qadpiyati va iktisodiy muhim omili ekanligini hisobga olib “Inson taraqqiyoti Dastur”larini amalga oshirilishiga ko‘maklashadi, yangi ish o‘rinlari yaratish, shu orqali aholi daromadlarini oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ulardan mamlakatimiz boshqaruv tizimida inson omilini faollashtirish va inson taraqqiyoti indeksini baholashga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqishda va inson omilini yanada rivojlantirishga bo'yicha qabul qilinayotgan huquqiy-me'yoriy hujjatlarni va kompleks chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Shuningdek, ilmiy ishdagi ayrim tavsiyalardan iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida talabalarga “Inson resurslarini boshqarish”, “Mehnat iqtisodiyoti”, “Korxonalarda boshqaruv faoliyati” kabi fanlarni o‘qitishda, o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar tayyorlashda ilmiy manba sifatida foydalaniladi.
Umumiy xulosa va takliflar. Dissertatsiya ishida inson kapitali sifatining oshishi, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida insonning intellektual va ijodiy salohiyati kabi xususiyatlar bilan aniqlanadigan innovatsion rivojlanish strategiyasi bo'yicha taklif va tavsiyalarni qamrab olgan tadbirlar kompleksi taklif qilingan.