1-bob. Bob. Innovatsion faoliyatni boshqarishda inson kapitalining nazariy asoslar



Download 202,8 Kb.
bet5/18
Sana05.07.2022
Hajmi202,8 Kb.
#741243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
kirish (1)

t/r

Inson kapitali
konseptsiyalari

Inson kapitalining ahamiyatli komponentlari

Inson kapitali modellari

1.

Inson kapitalaning ta’lim konseptsiyasi

Bilim

Ta’lim inson kapitali




Inson kapitalaning informastion konseptsiyasi

Informastiya

Informastion inson
kapitali



3.

Inson kapitalaning innovastion
konseptsiyasi

Innovastiya

Innovaastion inson kapitali



4.

Inson kapitalining mehnat
konseptsiyasi



Ishchilarning
malakasi



Mehnat inson
kapitali



5.

Inson kapitalining biofizikaviy
konseptsiyasi

Salomatlik

Sog`liq inson kapitali



6.

Inson kapitalining vaqt
konseptsiyasi

Inson vaqti

Ratsional inson
kapitali



7.

Inson kapitalining intellektual
konseptsiyasi

Intellektual
qobiliyatlar va
ne’matlar



Inson kapitalining
intellektual modeli



8.

Inson kapitalining tadbirkorlik
konseptsiyasi

Tadbirkorlik qobiliyati



Inson kapitalining
tadbirkorlik modeli


Innovastion mehnatning o’ziga xos sifatini mehnat xarajatlariga nisbatan natijalarning ko’pligi ifodalanadi. Oddiy va domiy ravishda takrorlab turadigan mehnatdan innovastion mehnat o’zining ijodkorligi va navovarligi bilan farqlanadi. Innovastion mehnatning natijasi oddiy mahsulot emas, balki intellektual va innovastion mahsulot shaklida ko’rinadi. Innovastion mahsulotlarga ixtirolar, yangi mahsulotlar, yangi texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi usul va uslublari kiradi. Inson ijodkorlik faoliyati jarayonida innovastion mehnat bilan shug`ullanishi natijasida oddiy va takrorlab turadigan mehnatga nisbatan ko’proq daromadni qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi.


Innovatsion iqtisodiyotning holatini belgilovchi global innovatsion indeks ko’rsatkichi ham mavjudki, u iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida bo’lgan dunyo mamlakatlarining innovatsion rivojlanishini izohlovchi 82 ta ko’rsatkichlar asosida tuziladi. Iqtisodiyotning rivojlanishi mamlakatda innovatsion salohiyatning mavjudligiga va uni amalda qo’llashga yaratilgan sharoitlarga bog’liq.
Innovatsiyalarni qo’llash uchun zarur bo’lgan resurslar va yaratilgan sharoitlar (Innovation Input) xarajatlar: institutlar,inson kapitali va uning tadqiqi, infratuzilma,ichki bozorning rivojlanganligi, tadbirkorlikning rivojlanganligi. Innovatsiyalarni amalga oshirish orqali amaliy natijalarga erishganlik (Innovation Output) samaradorlik: texnologiyalarni va iqtisodiy bilimlarning rivojlanganligi; ijodiy faoliyat natijalari. Shunday qilib, global innovatsion indeks innovatsiyalar uchun sarflangan xarajatlar va uning samaradorligi o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi.
Inson kapitalini boshqarish – bu boshqarishning ob’yekti va sub’yekti o’rtasidagi doimiy o’zaro aloqalar jarayonidir. Bunday aloqalar jarayonida ichki va tashqi omillar ta’siri natijasida kelib chiqadigan doimiy o’zgarishlarga mos ravishda notekis aloqalar yuzaga keladi. Yaxlit holda bu tizimni shakllantiradi. Makrodarajadagi inson kapitali ko’rsatkichlarini quyidagi bilvosita ma’lumotlar bilan ham ifodalash mumkin: ta’lim, fan va innovatsion faoliyat, raqamli iqtisodiyot sohasidagi bilimlarning takomillashuvi.
Inson kapitalini amalda qo’llash jarayonini inson kapitali bozori sub’yektlarining o’zaro munosabatlari sohasi sifatida tasavvur qilish mumkin. Bunda taklif tomondan yuqori malakali mutaxassislar, muhandislar, ixtirochilar maydonga chiqsa, talab tomondan innovatsion jarayonning asosiy qatnashchilari hisoblangan innovatsiyaga yo’nalgan tashkilotlar, korxonalar, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, texnoparklar chiqadilar. Inson kapitali bozoridagi o’zaro munosabatlar predmeti esa kishilarning noyob qobiliyatlari, ijodiy tafakkuri, yangiliklar yaratishga yo’nalgan bilimlari hisoblanadi.
Inson kapitali bu - daromad keltiradigan inson qobiliyatidir. Inson kapitalining tayanch asosini inson kapitali tashkil etadi. U ishchining maxsus ta’lim, kasb - hunarga tayyorlash va ishlab chiqarish tajribasi asosida to’plangan bilimlari, ularni amalga oshirishi va mahoratini ifodalaydi. Inson kapitali tushunchasining vujudga kelishining ilk davrlarida mazkur tushuncha mehnatga layoqat va ko’nikma bilan chegaralanib qolgan. Uzoq vaqtlar davomida inson kapitali ijtimoiy omil sifatida qaralgan, iqtisodiy nuqtai nazardan esa ta’lim - tarbiyaga investitsiya moddiy ahamiyat kasb etmaganligi sababli xarajat deb, hisoblangan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelibgina inson kapitali va ta’limga bo’lgan munosabat o’zgarib bordi. Inson kapitali har bir kishining zahiradagi bilim va malakalaridir. Ta’lim, professional tajriba to’plash, sog’liqni muhofaza qilish, axborotlarni to’plash inson kapitalining manbaidir.
Innovatsion tizimni shakllantirish inson kapitalining rivojlanish modellarini amaliyotda qo’llash uchun xodimlarning ish faoliyatini, ijtimoiy-psixologik salomatligini pandemiya kabi favqulotdagi vaziyatlarda mehnat xuquqlari asosida himoya qilish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish muhim:
1. Bugungi kunda incon kapitali jamiyatning acociy qadpiyati va iktisodiy muhim omili ekanligini unutmaslik.
2. Tashkilot miqyosida malakali psixolog bilan hamkorlikda favqulotdagi vaziyatlarda xodimlarning xavotirlanish hissini yo’qotishga va motivatsion, ruhlantiruvchi, o’z-o’ziga bo’lgan ishonchni oshirishga qaratilgan seminar -treninglarni doimiy amalga oshirish.
3. Tashkilot doirasida soha mutaxassislar tomonidan 5 daqiqadan iborat psixofiziologik jarayonlarni jadallashtirishga qaratilgan ommaviy badantarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish.
4. Har qanday tashkilot yoki korxonada favqulotdagi vaziyatlar uchun stress holatlarini oldini olishga yo’naltirilgan maxsus xonalarni tashkil qilish.
5. Korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning ruhiy sog’lomlikka ta’sir ko’rsatuvchi antropometrik, salomatlikni mustahkamlash ko’rsatkichlari reytingi natijalarini yoritib borish maqsadga muvofiq.

Innovatsion faoliyatni boshqarishda inson kapitalining xorijiy davlatlar tajribasi


Dunyodagi milliy inson kapitali shakllarining taraqqiyotini jahondagi sivilizatsiyalar va mamlakatlarning bosib o’tgan tarixiy taraqqiyot yo’li belgilab berdi. Jumladan, G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida XIX asrda, shuningdek, industrial va postindustrial jamiyatga o’tish davrida ta’lim va ilm-fanga sarflangan investitsiyalar G’arb tamaddunining jadal rivojlanishiga va ularning Xitoy, Hindiston, Islom mamlakatlari va Rossiya kabi boshqa tamaddun va mamlakatlardan har sohada tamomila o’zib ketishiga, Anglosaks irqining dunyoda dominant tamaddun holiga kelishiga yo’l ochdi. Bu esa hatto o’rta asrlarda ham insonga sarflangan investitsiyalarning (inson kapitali tushunchasi muomalaga kiritilmagan bo’lsa-da) oxir-oqibatda u yoki bu tamaddunning rivojiga asos bo’lgani, bu ishni yo’lga qo’ymaganlarning inqiroziga sabab bo’lganini ko’rsatadi.
Inson kapitalining sifati va xalq ta’limining ilg’or darajasi ba’zan taraqqiyotda orqada qolgan mamlakatlarning bir «sakrash bilan» rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirib olishiga ham yo’l ochishi mumkin. Masalan, Yaponiya XVI-XVIII asrlar davomida qariyb 3 asr davom etgan «yopiq eshiklar» siyosatidan keyin, XVIII asrda G’arb sivilizatsiyasi «ne’matlari»ga o’z chegaralarini ochgan edi. Yaponiyada keng tarqalgan an’anaviy buddaviylik maktablari va bu maktablarda ta’limning uzoq vaqt davomida va sifatli berilishi, shuningdek, yapon mentalitetidagi tirishqoqlik va yangiliklarga o’chlik xususiyati G’arbdagi ilm-fanni, texnologiyani va boshqa sivilizatsiya unsurlarini qisqa muddatda o’zlashtirishga, «hazm qilish»ga olib keldi. 1868 yilda Yaponiyada boshlangan G’arb ruhidagi «Meyji islohotlari»dan ko’p o’tmay, atigi 40 yil ichida bu davlat Yevropa mamlakatlari darajasidagi ilm-fan, texnologiyaga va tabiiyki, inson kapitaliga ega bo’ldi. Bu holning pirovard natijasi o’laroq «Kunchiqar yurt» 1905 yilgi Rus-Yapon urushida 200 yillik g’arblashish tajribasiga ega Rossiya imperiyasi ustidan g’alaba qozondi. Fikrimizning dalili sifatida quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik: 1913 yilda Yaponiyada katta yoshli aholi orasida ta’lim olish muddati 5.4 yil edi. Bu ko’rsatkich Italiyada 4.8, Amerikada 8.3 yil edi. Aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi Yaponiyada 51 yosh bo’lib, bu miqdor Yevropa va Amerikadagi ko’rsatkichlar bilan teng edi. Rossiyaning inson kapitali bilan bog’liq bunday ko’rsatkichlari mos ravishda 1-1.2 yil va 33-35 yosh edi. Yaponiyaning zafarining inson faktori va kapitaliga bog’liq sabablari ana shunday edi. Yaponiyaning ilg’or texnologiyalarni va iqtisodiy modellarni o’zlashtira bilish namunasi bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar uchun yaxshi bir o’rnakdir.
Jahon iqtisodiyoti fanining tarixi XX asr boshiga qadar ishlab chiqarish jarayonida jismoniy kapital – ishlab chiqarish vositalari, moddiy resurslar va hokazolar asosiy rolь o’ynaganligidan dalolat beradi. Chunki bu davrda texnologiyaga qo’shimcha resurslardan biri sifatida foydalaniladi-gan tabiiy kuchga ega ish kuchining bo’lishi kifoya qilardi. Xodimlarni o’qitish va ularni bir-biri bilan almashtirish oson edi. Biroq XX asrning o’rtalarida ro’y bergan ob’yektiv jarayonlar vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Fan-texnikaning jadal rivojlanishi bilim va ko’nikmalarni, mahorat va inson qobiliyatini birinchi o’ringa olib chiqdi. Inson iqtisodiyotni rivojlantirishning bevosita harakatlantiruvchi kuchiga aylandi.
Bu ijtimoiy munosabatlar tubdan o’zgarayotganligidan dalolat berardi. Inson omilining kuchayishiga jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar ham ta’sir ko’rsatadi. Xodimlar o’z mehnatlari natijalarini taqsimlashda, mulkda, foydada ishtirok etish tizimi orqali korxonalarni boshqarishda ishtirok eta boshladi, kooperativ korxonalarning soni va ularning samaradorligi ham ortdi.
Inson kapitalining rivojlanishi odamlar, iqtisodiyotlar, jamiyatlar va butun dunyoda barqarorlik uchun ahamiyatga ega. Bu kelgusi avlodlar uchun ham muhimdir. Mamlakatlar inson kapitaliga samarali investitsiya qila olmas ekan, ayniqsa, kambag’allar uchun katta xarajatlar yuzaga keladi. Ushbu xarajatlar kelgusi avlodlarni og’ir ahvolga solib qo’yadi. Katta xarajatlarni talab etuvchi texnologik taraqqiyot tufayli fuqarolari samarali turmush kechirishi uchun zamin yaratishga qodir emaslik, nafaqat yuqori xarajatlar bilan birga kechadi, balki jiddiy tengsizlikni keltirib chiqaradi. Bu esa xavfsizlikka ham tahdid soladi, zero, qondirilmagan talablar tartibsizliklar keltirib chiqarishi mumkin. Eng yaxshi ma’lumot - javobning bir qismi, faqat bir qismi, xolos. Birinchidan, agar mablag’ yetarli bo’lmasa, hukumat sifatli xizmat ko’rsata olmaydi. Shu tariqa inson kapitaliga surunkali tarzda investitsiya kiritmaydigan mamlakatlar soliq nuqsonlari va istisnolarini bartaraf etishga, tushumlar yig’ilishini yaxshilashga va xarajatlarni qayta yo’naltirishga majbur bo’ladi.
Masalan, Misr va Indoneziya so’nggi yillarda energetik subsidiyalarini keskin kamaytirdi va ushbu resurslarni ijtimoiy himoya va sog’liqni saqlash tizimlarini rivojlantirishga qayta yo’naltirdi. 2012 yildan 2019 yilgacha bo’lgan davrda tamaki mahsulotlariga soliqlardan olingan daromad Filippinga sog’liqni saqlash departamenti byudjetini hamda tibbiy sug’urta bilan qamrab olingan aholi ulushini uch barobar oshirish imkonini berdi.
Amerika Qo’shma Shtatlarining Filadelьfiya shahri gazli ichimliklardan undiriladigan soliqni maktabgacha ta’limni moliyalashda foydalanishga intilmoqda. Ammo moliyalashtirish hajmini oshirishning o’zi yetarli emas. Ayrim mamlakatlar ijtimoiy xizmatlar sifatini saqlagan holda, ularning samaradorligini oshirish ustida ishlashga majbur. Masalan, Jahon banki guruhi tomonidan yaqinda Braziliyada o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, mahalliy darajada sog’liqni saqlash sektorida samaradorlikning oshirilishi YaIMning taxminan 0,3 foiziga teng tejamkorlikni ta’minlashi mumkin. Boshqa ayrim mamlakatlarda raqobatlashuvchi tomonlarning manfaatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Chilining ta’lim sohasini isloh qilish borasidagi ko’p yillik tajribasi asosiy maqsadlardan biri: butun e’tiborni ta’lim hamma uchun qoidasiga qaratish yo’lida siyosiy koalitsiyalar tuzishning muhimligini ko’rsatdi.
1949 yilda Jahon banki prezidenti Jon Mak Kloy shunday yozgan edi: «Taraqqiyot - bu taxtaga chizish, so’ngra sehrli tayoqcha va dollar bilan hayotga joriy qilish mumkin bo’lgan narsa emas». Mak Kloyning fikricha, taraqqiyot konsepsiyalari va ularni amalga oshirish o’rtasida ko’p hollarda uzilishlar bo’lgan. Aynan shu uzilishlarni Jahon banki guruhining inson kapitali indeksi yordamida bartaraf etish mumkin bo’ladi. Yangi o’lchovlar mamlakatlarni imkon qadar tezroq inson kapitaliga sarmoya qilishga ishontiradi. Bu barchani kelajak iqtisodiyotiga - u yerda uchrashi mumkin bo’lgan barcha narsalarda raqobatga va farovonlikka tayyorlaydi. Va bu global tizimga barcha birday amal qilishiga ko’maklashadi. Inson kapitaliga investitsiya qilishga qodir bo’lmaslik taraqqiyot uchun, butun insoniyat uchun nihoyatda qimmatga tushadi.
Ijtimoiy kapitalning ikki darajasi ajratib ko’rsatiladi.
1. Tarkibiy kapital – bu xo’jalik yurituvchi sub’yektning bozori o’zgarib boradigan kon’yunkturasiga moslashgan hamda buni korxona uchun manfaatli yo’nalishga qaratgan holda o’z tashkiliy tuzilmasini boshqarish qobiliyati. Hozirgi davr iqtisodiyotida firmalar ish ko’radigan raqobat muhiti innovatsiyalar ta’siri ostida mutassil o’zgarib turadi. Bunday o’zgarishlarning yuqori sur’ati korxona muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo’lgan sharoitlarni murakkablashtiradi. Ana shunday sharoitlardan biri - korxonada salmoqli darajada tarkibiy kapital mavjud bo’lishidir.
2. Tashkiliy kapital. Mohiyat jihatidan bu xo’jalik yuritishning tizimga solish malakasi hamda tashkiliy imkoniyatlardir. Inson kapitali nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi:
innovatsiyalar kapitali – muhofaza qilingan tijorat huquqlari, intellektual mulk hamda boshqa nomoddiy aktivlar va firmaning yangilanishga qodirligini ta’minlaydigan qadriyatlar;
jarayonlar kapitali – masalan, ishlab chiqarish, mahsulotni sotish, mahsulot sotishdan so’ng servis xizmati ko’rsatish tizimlarini, ya’ni ular natijasida mahsulot qiymatini shakllantiradigan kapital.
Shu bilan birgalikda mijozlar kapitali (brend-kapital) ham farqlanadi. Mijozlar kapitaliga ega bo’lgan korxona faoliyatini mahsulot yoki xizmatdan foydalanuvchining «iste’mol qiymatini birgalikda yaratish va takomillashtirishga jalb etish» korxonasi, deb atash mumkin. Bunda xaridor korxona tomonidan yaratilgan barcha mahsulot va xizmatlarning oliy hakami vazifasini bajaradi. Inson kapitalining yuqorida qayd qilingan tarkibi mazkur iqtisodiy kategoriya insonning o’zi serqirra ekanligi bilan izohlanadi. Ishlab chiqarish kapitali doirasidagi ashyoviy va inson kapitali yaxlitligi va ajralmasligiga qaramasdan, inson kapitali tobora mavqei ortib, yetakchi rolь o’ynamoqda. Bevosita inson kapitali iste’mol qilinayotgan jismoniy kapitalning tovarlardagi qiymatini saqlab turadi hamda ish kuchi qiymatini qoplaydigan va kapital egalariga foyda keltiradigan yangi qiymat yaratadi.
Hozirgi vaqtda dunyodagi umumiy boylikning uchdan ikki qismi – 66 % ini (365 trln AQSh dollari) inson kapitali tashkil etadi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ushbu nisbat yanada yuqoriroqdir (1.3-jadval).
1.3-jadval
Dunyo mamlakatlarida inson kapitalining salmog’i13

Mamlakatlar



Inson kapitalining miqdori (trln AQSh dollari)

Milliy boylik umumiy
miqdoridagi salmog’i, %

Amerika Qo’shma Shtatlari

95

77

Xitoy

25

77

Braziliya

9

74

Hindiston

7

58

Hozirgi davrda jahonning deyarli barcha mamlakatlarida inson kapita-lining asosiy tarkibiy qismi – ta’limni rivojlantirishga e’tibor ortgan. Bundan 100 yil muqaddam ta’lim uchun davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotining 1,0 % ni tashkil etar edi. Hozirga vaqtda bu ko’rsatkich 5,1 % ga yetgan. Natijada dunyoda boshlang’ich ta’limga ega bo’lganlar soni jami aho-lining 94,0 % dan ortib ketdi. Ilmiy ishlanmalarga xarajatlar ham inson kapitaliga investitsiyalar hisoblanadi.


Fanning rivojlanishi jarayonida faqat innovatsiyalar, o’ta yuqori unumli mashina-uskunalar yaratilib, ular asosida ishlab chiqarishning yangi texnologiyalari shakllanibgina qolmasdan, balki yangi qobiliyat va extiyojlarga ega bo’lgan odamlarning o’zi ham sifat jihatidan o’zgaradi. Axborot jamiyatida ilm-fan o’ziga xos «inson kapitali generatori»ga aylanadi.
Inson kapitalining ahamiyati tabiiy resurslar, moddiy boylik va vositalarga qaraganda yuqoriroqdir. Shuning uchun inson kapitali iqtisodiy o’sish va samaradorlikning asosiy omili sanaladi. Inson kapitalining iqtisodiy kategoriyasi sifatidagi tushunchasi jahon axborot hamjamiyati va «bilimlar iqtisodiyoti» rivojlanishi bilan birgalikda muntazam ravishda kengayib bormoqda. Hozirgi davrda inson kapitali intellektual va boshqaruv mehnatini, yashash va mehnat faoliyati muhitini qamrab oladigan iqtisodiyotni hamda jamiyat va oilani rivojlantirishning intensiv ishlab chiqarish omilidir. Bu inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqaruvchi omili sifatida samarali va oqilona amal qilishini ta’minlaydi.
Inson kapitali nazariyasiga muvofiq, inson kapitalining to’planishi turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ularning eng asosiylari ta’lim olish hamda kasbiy tayyorgarlik davomida qobiliyatlarni rivojlantirish asosida kapitalni to’plashdir. Odatda, bu qatordan oiladagi tarbiya ham o’rin oladi.
Shu bilan birga kapitalni to’plashning boshqa shakllari ham mavjud. O’z sog’lig’i to’g’risida g’amxo’rlik qilish (investitsiya kiritish), migratsiya, iqtisodiyot, mehnat bozori faoliyati to’g’risida axborot olish hamda insonning intellektual va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, bu qobiliyatlardan foydalanish mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan boshqa shakllar shular jumlasidandir.
Inson kapitalining shakllanishi manbalaridan (davlat, oila, xususiy shaxslar va boshqalar) qat’i nazar undan foydalanish va bevosita daromad olish insonning o’zi tomonidan nazorat qilinadi.
Alohida shaxsning inson kapitali uning salomatligi, sog’lig’i, qobiliyati, bilimi va ko’nikmalaridan iboratdir. «Insonning qiymati» uning hayoti bosqichlarida ortib boradi, bu qiymatdan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi, ayni paytda shaxsiy kapital daromadlarini ko’paytiradi va insonni o’z qobiliyatini yanada oshirishga shaxsiy investitsiyalar kiritishga rag’batlantiradi.
O’rni kelganda inson kapitali nazariyasida ham amaliy, ham nazariy darajada qator bahsli masalalar mavjduligini ham ko’rsatib o’tish lozim. Nazariyaga ko’ra, har bir shaxs inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalar kelgusida ish xaqi ortishi hisobiga qoplanishini to’g’ri baholaydi, deb hisoblanadi. Ammo bunda muayyan ko’nikma va kasblarga ega bo’lganda, ish haqi miqdoriga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan juda ko’pgina iqtisodiy va hatto siyosiy omillar hisobga olinmaydi.
Ikkinchi muammo inson kapitali nazariyasining empirik ahamiyati bilan bog’liq. Ayrim tadqiqotchilar ta’lim sohasi kabi inson kapitaliga xarajatlar odamlar ish haqi miqdori o’zgarishiga ta’sir ko’rsatishi mumkinligini isbotlagan. Agar motivatsiya kabi omillar hisobga olinmaydigan bo’lsa, inson kapitaliga investitsiyalar kiritilishining kelgusida o’zini qoplashiga ortiqcha baho berib yuborilishi mumkin.
Jahon tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra 192 mamlakatda iqtisodiy o’sishning faqatgina 16,0 % jismoniy kapital (jihozlar, infratuzilma va h.k.) ulushiga to’g’ri keladi. Mazkur ulushning yana 20,0 % ni tabiiy resurslar beradi. Qolgan 64,0 % inson omili bilan, shu jumladan iqtisodiy rivojlanishning katalizatoriga aylanishga qodir bo’lgan sifat jihatdan yangi turdagi tadbirkorlarni shakllantirish bilan bog’liq. Ushbu jiddiy dalil turli mamlakatlar hukumatlarini biznes-ta’lim tizimini rivojlantirish orqali biznes sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga undaydi.

“Inson resurslarini boshqarish evolyutsiyasi va uni rivojlantirishdagi kelgusi yo’nalishlarga baho berish uchun yirik korporatsiyalarni boshqaradigan yapon va amerika mutaxassislarining fikrlari bilan tanishib chiqish foydalidir. Yapon menejerlari boshqarish sohasidagi bo’lajak siyosatni quyidagi yo’nalishlarning rivojlanishida deb biladilar”14 (1.4-jadvalga qarang).


1.4–jadval
Yapon menjerlarining boshqarish sohasidagi rivojlanish yo’nalishlari


Inson resurslari (IR) potensiyalining rivojlanishi

86,6

IR potensiyalidan puxta foydalanish

78,9

Download 202,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish