1-bob. Bob. Innovatsion faoliyatni boshqarishda inson kapitalining nazariy asoslar


BOB. INNOVATSION FAOLIYATNI BOShQARIShDA INSON KAPITALINING NAZARIY ASOSLARI



Download 202,8 Kb.
bet4/18
Sana05.07.2022
Hajmi202,8 Kb.
#741243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
kirish (1)

1 BOB. INNOVATSION FAOLIYATNI BOShQARIShDA INSON KAPITALINING NAZARIY ASOSLARI
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsion faoliyatning mazmuni va ahamiyati
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanish istiqbollari iqtisodiyotning barcha sohalarida samarali innovatsion faoliyatiga har tomonlama bog’liq bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning asosiy maqsadlaridan biri ustuvor strategik yo’nalishlarni tanlab olishdan iborat. Bunda uzluksiz ravishda davom etadigan ilmiy tadqiqotlarning samarali natijalarini amaliyotga joriy qilish klasteri faoliyatini o’z ichiga olgan milliy innovatsion tizimni (MIT) yaratish iqtisodiyotning dolzarb masalasi hisoblanadi. Bunday tizimning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun bugun nafaqat salohiyatli ilm -fan, ta’lim tizimi va ishlab chiqarish, balki institutsional sharoitlarning butun bir majmuasi mavjud bo’lishi talab etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek «Eng muhim vazifa - xalqda innovatsion fikrlashni shakllantirish. Innovatsiyalar yo’q joyda rivojlanish va raqobat ham bo’lmaydi. Bu sohadagi o’zgarishlarni xalqimizga keng targ’ib qilmasak, odamlarda ko’nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo’lolmaymiz»1.
Aslini olganda, iqtisodiyot fanida milliy innovatsion tizimlar (MIT) konsepsiyasi yaqinda paydo bo’lib, bu konsepsiyada davlat, xususiy va ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalar hamda mexanizmlar yig’indisi aks topadi va ularning yangi bilimlarni va texnologiyalarni yaratish, o’zlashtirish, keng yoyishga qaratilgan faoliyatlari amalga oshiriladigan doiradagi o’zaro aloqalari namoyon bo’ladi. MITmamlakatning milliy ustuvor strategiyasini amalga oshirish maqsadida davlat boshqaruv organlarining hamda tadbirkorlik sektoridagi barcha tashkilotlarning fan va texnologiyalarning ilg’or yutuqlaridan keng foydalanuvchi iqtisodiyot sohalaridagi xatti-harakatlarini birlashtirilishini ta’minlaydi.
Jamoaviy uyg’unlashuv bu ijtimoiy va iqtisodiy sektorlar sohalarida integratsiyalashuv bilan bilimlar konsentratsiyalashuviga erishish, original ixtirolarning vorisiylik asosida namoyon bo’lishiga hamda “ilm orqali bilim” tamoyili qonuniyatiga ko’ra rivojlanib, innovatsiya darajasiga ko’tarilishiga shart-sharoit yaratishdir. Bugungi kun, hayotiy bosqichlari innovatsiya - bilimlarning tugal konsentratsiyalashgan integratsiyalashuvida, muammoning teran anglanishi tufayli paydo bo’lgan g’oyadan boshlanuvchi ilmiy-tadqiqot, soha ilmiy-texnik kadrlarining faol hamkorligi mahsuli, yangilanishga asoslangan to’kin va farovon hayot, ijtimoiy va iqtisodiy yuksalishlarni ta’minlovchi omil, ya’ni bozorda o’z o’rnini topgan ixtiroekanligini isbotladi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish asosida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish borasida sohalar kesimida barcha xududlarda keng ko’lamli islohotlar olib borilmoqda.
Innovatsiyalar iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishning
texnik va texnologik bazasini uzluksiz yangilash, yangi raqobatbardosh mahsulotlarni o’zlashtirish, tovarlar va xizmatlarning jahon bozorlariga samarali kirib borishini ta’minlashga yo’naltiriladi. Innovatsion yo’nalishga asoslangan iqtisodiy o’sish rivojlanishning evolyutsion natijasi bo’lib, uning mohiyatini fundamental fanlar, yangi ilmiy ishlanmalar, nazariy va amaliy kashfiyotlar, boshqaruvning yangicha usullari tashkil etadi. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiy faoliyatdan kutilayotgan maqsad, unga erishish yo’llari, bu yo’nalishda raqobat muhitining mavqei va ta’siriga qaratilmog’i lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan2 “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo’liga o’tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g’oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi” deb qayd etib o’tilganligi mazkur masalaning ahamiyati yuqoriligini anglatadi.
Jahonda xo’jalik yuritish amaliyoti ishlab chiqarishda va takror ishlab chiqarishni muntazam oshirib borishda, iqtisodiy taraqqiyotning
barqarorligini ta’minlashda, ishlab chiqaruvchi kuchlarni tubdan yangilashda
innovatsiyalarning asosiy harakatlantiruvchi kuch ekanligini isbotladi.
Shunga ko’ra, endilikda jahonning barcha mamlakatlarida innovatsion
faoliyat iqtisodiy rivojlanishning barcha bosqichlarida barqarorlikni
ta’minlash asosi bo’lib xizmat qiladi, uning negizida mamlakat iqtisodiy
xavfsizligini himoya qilish, moddiy–texnika bazasini zamonaviy texnologiyalar asosida yangilash, ishlab chiqarishni tubdan modernizatsiya qilish imkoniyatlari yaratiladi. Faqat shu yo’nalish negizidagina ishlab chiqarish xarajatlarini kamayishi, makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning ijobiy holati kuzatiladi. Shu bois, asosiy e’tiborni iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot omili sifatida innovatsion faoliyatga, uning turli bosqichlardagi rivojlanish darajasiga, axborot kommunikatsiya tizimidagi
o’zgarishlarga va ularning samaradorligiga qaratishimiz lozim.
Iqtisodiyot fanida innovatsiya faoliyatiga oid ma’lumotlar shundan
dalolat beradiki, bu yo’nalishning nazariy asoslari juda ko’lamli,
serqirra bo’lib, uning asosiy xususiyatlari dastlab keng ma’noda xorij
olimlaridan A.I.Anchishkin, P.Druker, N.D. Kondratьyev, L.D.Reyman3,
D.Saxal, B.Tviss, Y.Shumpeter va boshqalar tomonidan chuqur o’rganilgan.
“Innovatsiya” atamasi Y.Shumpeter tomonidan1912 yilda«Iqtisodiy
rivojlanish nazariyasi»4 asarida taklif etilgan. Innovatsion nazariyaning eng asosiy qoidalari ham ushbu asarda to’la asoslab berilgan. U innovatsiya deb ishlab chiqarish sohasida qo’llangan yangilik va u bilan bog’liq barcha o’zgarishlarni tushungan. Uning fikricha, innovatsiya foyda olishning asosiy omillaridan biri hisoblanib, ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlash, rivojlanishni yanada tezlashtirish manbasidir.Keyinchalik Y.Shumpeter rus iqtisodchi olimi N.D.Kondratьyevning “iqtisodiy rivojlanishning to’lqinli konsepsiyasi” ni o’zinining innovatsion nazariyasi bilan bog’ladi va natijada u siklli rivojlanish nazariyasini shakllantirdi. Bu nazariyaning asosiy harakatlantiruvchi mexanizmi sifatida, yangiliklarni joriy etish jarayonini hisobladi. Bu yerda harakatlar yoki tebranishlar sabablarini tahlil eta turib, olim iqtisodiyot fanida birinchi bo’lib ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalarini ajratib ko’rsatdi va ularni quyidagi bosqichlar ko’rinishida tavsifladi:
– yangilik, ya’ni iste’molchilarga ma’lum bo’lmagan ne’matni ishlab chiqarish yoki biror ne’matning yangi sifatini yaratish;
– sanoatning muayyan tarmog’ida yangi, amalda hali noma’lum ishlab
chiqarish usulini joriy etish. Bu usulning asosida yangi ilmiy kashfiyot yotadi va u tegishli tovarning tijoratda qo’llanishining yangi usulidan
iborat bo’lishi mumkin;
– sotishning yangi bozorini o’zlashtirish, yani muayyan mamlakat sanoat mahsulotlarining hozirga qadar ishtirok etmagan, yangi bozorlarda sotilish
imkoniyatlarining yaratilishi;
– xom-ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlarning yangi manbalarini o’zlashtirish(bunda mazkur manbaning avval mavjudligi ahamiyatli emas);
техника» тушунчасига қараганда анча кенгроқ тушунчадир, чунки янги техника асосан ишлаб чиқаришда фойдаланиладиган меҳнат қуроллари, эҳтиёт қисмлар, янги материаллар ва ҳоказоларга нисбатан қўлланилади. Инновация ту– ishlab chiqarishni qayta tashkil etishning samarali usullarini qo’llash, monopol mavqeni ta’minlash(trestlar tuzish yo’li bilan) yoki boshqa korxonaning monopol mavqeiga barham berish.
P.Druker innovatsiyaga nisbatan yanada kengroq yondashuvni ishlab
chiqdi. Uning ta’kidlashicha, yangilik kiritish– bu, texnik tushuncha emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy tushuncha, chunki texnik-texnologik yangiliklarni amaliyotga joriy etish natijasida mahsulotning qiymat ko’rinishi va iste’mol xususiyatlari o’zgaradi. P.Druker innovatsiyani tadbirkorlar faoliyatining alohida vositasi sifatida belgilab beradi, ya’ni tadbirkorlar ushbu vosita yordamida biznes yoki xizmatlarning yangi turlarini, mahsulotning yangicha ko’rinishlarini taklif etishga intiladi, deydi. “Yangilik kiritish– bu murakkab tizim bo’lib, uning yordamida g’oyalar va ixtirolar birinchi marta tijorat voqeligiga aylanadi. Bu– mahsulot yoki xizmat turlarini bozorga chiqarish, iqtisodiyotga muvaffaqiyatli joriy etish, demakdir” 5.
R.R.Nazarovaning e’tirof etishicha: “Innovatsiya - bu jamiyat taraqqiyotining ta’siri ostida inson o’zgaruvchan ehtiyojlarini to’laroq qondirish uchun yangilik kiritish, yangiliklarni(yangi amaliy vositani) yaratish, tarqatish va ulardan foydalanish jarayoni” deb ifodalanadi. esa innovatsiya(yangilik kiritish)ni amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot yoki kashfiyot natijasida ishlab chiqarishga joriy etilgan, avvalgisidan sifat jihatdan farq qiluvchi tizim” sifatida ta’riflaydi.
Bizning fikrimizcha innovatsiya– bu nazariya va amaliyotning alohida shakli, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy ob’yekt xususiyatlarini takomillashtirishga yo’naltirilgan harakatlarning yaxlit tizimidir.
“Yangilik” (invention) tushunchasini yangi xizmatchi ko’rinishida ro’yobga chiqarilishi mumkin bo’lgan yangi g’oya, yangi texnologiya, yangi usul va
shu kabilar sifatida ta’riflash qabul qilingan. Texnik taraqqiyotning
bunday ko’rinishlari, ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini takomillashtirish, texnologik jarayonni kuchaytirish, eng asosiysi, qo’shimcha qiymat yaratish manbai hisoblanadi. Innovatsiya tushunchasi«yangi shunchasi esa yangi mahsulotlar yoki xizmatlar, ularni ishlab chiqarish usullari, tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalardagi yangilik, xarajatlarning tejalishini ta’minlovchi yoki iqtisodiy samaraga erishish uchun shart-sharoit yaratuvchi mukammallashgan tizim bo’lib, bu yo’nalishdagi barcha bosqichlarni qamrab oladi.
Korxonalar “Innovatsiyalar va ularni moliyalashtirishga nisbatan tomonidan ham muqobil yondashuvlar bayon etilgan6. Jumladan, innovatsiya degan maqomga ega bo’lishi uchun, avvalo, yangi g’oya quyidagi talablarning ko’p qismiga javob berishi shart, deb hisoblashni taklif etadi: vaqtni tejalishi, xarajatlarni kamaytirishi (resurslarni tejashi), ekologik holatga salbiy ta’sir etmasligi.
Har qaysi innovatsion jarayonning ob’yektiv xususiyatlarini boshqarish usullarini tanlash va innovatsiyaning bir jinsli emasligini aniqlash hamda tuzatishlar kiritish yoki qo’llab-quvvatlashni talab etuvchi innovatsion jarayonlarning yo’nalish va natijaviyligini aniqlashni ob’yektiv, aniq hamda to’liq baholash imkoniyatini beruvchi innovatsiya tasnifi 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval
Innovatsion faoliyatning tasnifi7

Tasnifiy belgilar

Innovatsiyaning tasnifiy guruhlanishi

Innovatsiyalarni qo’llash
sohalari

Boshqaruv, tashkiliy, tadbirkorlik, ijtimoiy, sanoat va boshqalar

Yakuniy natijasi innovatsiya
bo’lgan ilmiy-texnik
tarraqiyot bosqichlari

Ilmiy, texnik,texnologik, konstruktorlik, ishlab chiqarish, axborotlashtirish

Innovatsiyaning intensivlik
darajasi



Bir tekisda, kuchsiz, ommaviy, "bum" holatda

Innovatsiyani amalga oshirish
sur’atlari



Tezkor, sekinlovchi, so’nuvchi, o’sib boruvchi, bir tekis, tebranma shaklda

Innovatsiyani realizatsiya
qilish masshtablari



Transkontinental, transmilliy, hududiy, mintaqaviy, yirik, o’rta, kichik

Ishlanmalar va tarqatish
sohalari bo’yicha



Sanoat, moliya, xizmat ko’rsatish, ilmiy-pedagogik

Innovatsiya samaradorligi

Iqtisodiy, ijtimoiy, integral-ekologik va integral

Tarqatilish bo’yicha

Alohida holatda, diffuziya holatida



Yangiliklarning fan-texnika taraqqiyotiga va ishlab chiqarishning


rivojlanishiga ta’siri nuqtai nazaridan innovatsiya faoliyatining beshta turini ajratish mumkin:
– buyuk innovatsiyalar, ular ishlab chiqarish tarkibi, boshqaruv modeli va iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini tubdan o’zgartiruvchi inqilobiy yangiliklarni o’z ichiga oladi. Rivojlanishning“to’lqinli” nazariyasidan shu narsa kelib chiqadiki, inqilobiy yangiliklar davriy ravishda paydo bo’ladi. Ular odatda fundamental ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishi natijasida yaratiladigan ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar bilan bog’langan. Rivojlanishning turli bosqichlarida ular jumlasiga: yer osti boyliklarini qazib chiqarishdan tortib (1842-1875 yy.), bug’ bilan ishlovchi dvigatellar (1842-1897 yy.); elektr energiyasi, ichki yonish dvigateli (1897-1940 yy.); 1940 yildan e’tiboran va1995 yilgacha atom fizikasi, kosmik texnika va kompьyuterlar; 1995 yildan boshlab esa mikroelektronika, geninjeneriyasi, biotexnologiya, yangi materiallar va energetika sohasidagi yutuqlar kiradi;
– radikal innovatsiyalar - yangi ilmiy g’oyalar va ixtirolar yaratilishiga olib keladi, ular asosida texnologik tizimlar sifat jihatdan o’zgaradi, ishlab chiqarishning yangi tarmoqlari paydo bo’ladi;
– prinsipial innovatsiyalar, ular yirik ixtirolar, ilmiy va texnik tavsiyalar bilan bog’liq bo’lib, bunda asosiy, fundamental ilmiy
tamoyillar saqlanib qolgan holda ilg’or texnologiyalar yangi avlodining
almashinuvi yuz beradi;
– takomillashtiruvchi innovatsiyalar, bunda mavjud yoki ishlab
chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan texnika vositalari, texnologiyalarni yangi, takomillashgan shakli yaratiladi, ularning texnik-iqtisodiy xususiyatlari
yaxshilanadi, sifat va samara ko’rsatkichlari avvalgi avlod vositalaridan
tubdan farq qiladi, ijtimoiy foydalilik sifatlarining yuqoriligi kabi
afzalliklarga ega;
– oddiy innovatsiyalar, ularning maqsadi ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan texnika va texnologiyaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarining ma’lum darajasini saqlab turish yoki dastgohlar va uskunalar parametrlarini yaxshilash va takomillashtirishdan iborat.
Innovatsiyalar iqtisodiy rivojlanishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
innovatsiyalar mehnat faoliyatini intellektuallashtirishga, uning ilmiy sig’imlilik darajasini oshirishga ko’maklashgani holda, ular orqali inson intellektining yutuqlari, ilmiy-texnik natijalar hayotga tadbiq etiladi;
innovatsiya yordamida iqtisodiyotning tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi sektorlari kengayadi, ular sifati yaxshilanadi, bu esa har bir inson va butun jamiyat ehtiyojlarining oshishiga, hamda ushbu ehtiyojlarning qondirilishiga xizmat qiladi;
innovatsiyalar ishlab chiqarishga yangi ishlab chiqaruvchi kuchlarni jalb etish, mehnat, material, energiyani kam sarflagan holda tovarlar va xizmatlarni yaratish imkonini beradi;
innovatsiyalarning u yoki bu sohada jamul-jam bo’lishi takror ishlab
chiqarish tarkibini o’zgargan ehtiyojlar tarkibi va tashqi muhit tarkibi
bilan muvofiqlashtirishga yordam beradi;
innovatsiyalar ayniqsa kichik biznes sohasida tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiruvchi omil bo’lib xizmat qilish bilan birga, raqobat jihatidan ustunliklarga ega bo’lish va bozorning yangi segmentlarini egallash uchun yangi tovarlar va texnologiyalarni izlashga va ularni o’zlashtirishga undaydi.
Mamlakatning turli iqtisodiy qiyinchiliklari davrida innovatsion faoliyatning ahamiyati uning rivojlantirilganligi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Sababi, mamlakat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda oldindan mustahkam iqtisodiy mexanizmlarga ega bo’lishi har qanday murakkablik sharoitida mamlakat iqtisodiyotini saqlab qolishda asosiy omil hisoblanadi.

Innovatsion tizimni shakllantirish va rivojlantirishda inson kapitalining shakllanishi va rivojlanishi


Inson omilining faolligini oshirish, yangicha dunyoqarash va ishlab chiqarish madaniyatining shakllanishi murakkab jarayondir. U inson faoliyatining ongli asosini tashkil etadi. Inson omilining faolligi, turli xil ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonlarini qo’llab-quvvatlash, yoki aksincha, unga o’ziga xos munosabatini bildirish jarayonida shakllanib boradi. Inson omilining faolligi ijtimoiy jarayonlar va unda amal qiladigan ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo’ladi. Ijtimoiy jarayonlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi – xalq ommasining ongli faoliyatidir. Fuqarolar ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol ishtirok etmasalar, mavjud jarayonlar sustlashadi. Keng xalq ommasining faolligisiz mamlakatda islohotlar va rivojlanish ko’zda tutilganidek samara bermaydi.
Ilmiy menejment ta’limotining dastlabki davridan boshlaboq, boshqaruv ishini samarali tashkil etish bo’yicha inson omilini faollashtirishga bevosita va bilvosita ahamiyat qaratilgan. Masalan, “F.Teylor kishi aql-zakovatiga katta e’tibor bergan. U, korxona ustasi quyidagi to’qqiz sifatga ega bo’lishi kerakligini ta’kidlagan: aql-zakovat; muayyan ma’lumot; ish tajribasi; odob; g’ayrat; ziyraklik; halollik; to’g’ri fikr yuritish; yaxshi salomatlik.
Iqtisodiyotni boshqarish sohasining yana bir yirik nazariyotchisi – Garrington Emerson (1853-1931) “Unumdorlikni o’n ikki tamoyili” asarini yozib, bu asarda birinchi bo’lib inson faoliyatini maqbullashtirishga qarashlar tizimini bayon qilib berdi. G.Emerson quyidagi tamoyillarga asoslangan maksimal mehnat unumdorligiga erishish usulini ishlab chiqdi: aniq belgilangan g’oya va maqsadlar; aqli rasolik; asosli maslahat; qat’iy intizom; xodimlarga nisbatan adolatli munosabat; markazlashtirish; tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va doimiy hisob-kitob; me’yor va tartib; sharoitni mo’tadillashtirish; operatsiyalarni me’yorlash; yozma standart qo’llanmalar; unumdorlik uchun rag’batlantirish”8.
Ilmiy boshqaruv rivojlanishiga hisob-kitob va rejalashtirishning chizma usulini ishlab chiqqan Genri Gant (1861-1919) va ishni maqbullashtirish uchun standart harakatlarni qo’llab, ayrim ishlarni bajarish usullarini taklif etgan Frenk Gilьbert (1868-1924)lar salmoqli hissa qo’shishgan. Shuningdek, menejment nazariyasiga fransuz muxandisi Anri Fayol boshqaruv vazifalarini maqbullashtirish – oldindan ko’ra olish, tashkil etish, buyurish, kelishuv, nazorat qilishga tenglashtirgan.
Genri Ford ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishning tashkiliy-texnikaviy tamoyillarini yaratdi. Bu faqat boshqaruv texnikasi va tashkil etishning rivojlanishida emas, balki mehnat unumdorligi o’sishida ham yangi bosqich bo’ldi. G.Ford ham F.Teylor singari kam harajat bilan yuqori mehnat unumdorligiga erishishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsa-da, lekin unga boshqa yo’l bilan erishishga harakat qildi. Ya’ni, F.Teylor inson mehnatini tashkil etishga alohida e’tibor bergan bo’lsa, G.Ford texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni takomillashtirishga e’tibor qaratgan.
Klassik maktab namoyondalari xodimlarga nisbatan qattiqqo’llik tamoyilini qo’llash g’oyasini ilgari surishadi.
Boshqaruvning “mumtoz” maktabi insonni turli-tuman faoliyatini boshqarishga qo’llash mumkin bo’lgan tamoyillarni asoslab berishga harakat qilgan. U boshqaruvni tashkil etishning qator tamoyillarini o’rgangan. Bu maktab haqiqiy ilmiy boshqaruv nazariyasi darajasiga ko’tarila olmadi.
XX asrning o’ttizinchi yillaridan e’tiboran personalni boshqarishning zamonaviy bosqichi boshlandi. U insonning ishlab chiqarishdagi xulq-atvorini o’rganishni, davlat tomonidan personal bilan ishlash sohasini boshqarishni nazarda tutar edi. Insoniy munosabatlar nazariyasining eng yorqin namoyondalariga E.Meyo, F.Rotlisberger, K.Anjeris, R.Likart, R.Bleyk va boshqalar kiradi”9.
Insonni faollashtirish – unda mujassam topgan xususiyatlar, imkoniyatlar va sifatlar evazigagina amalga oshadi. O’ylab topilgan sun’iy yo’l-yo’riqlar uzoqqa bormay, ma’lum masofada qolib ketadi, izini yo’qotadi. Tizgin bilan boshqarish – istalgan natijani bermasligi hayotiy haqiqatdir. Lekin shunday bo’lsa-da, insonlar faolligini oshirish uchun qulay va erkin usulning yo’qligi, bu ishni ma’muriy-buyruqbozlik yo’li bilan amalga oshirishga e’tibor ustuvorroqdir. Har qanday demokratik davlatning rivojlanishidagi asosiy maqsadi – jamiyatini baxtli va farovon hayotini ta’minlashidir. Taraqqiyot nafaqat mamlakat iqtisodiy salohiyatining yuqoriligi bilan, balki har bir insonning kamol topishi va uyg’un rivojlanishiga qanchalik yo’nalganligi bilan ham o’lchanadi, bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga to’xtalib o’tish lozim.
“O’zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi”da mamlakat Inson kamoloti (taraqqiyoti) indeksi reytingini 105-o’rindan 40-o’ringa ko’tarish prognoz qilinmoqda. BMT Taraqqiyot dasturining 2019 yil dekabrь oyida e’lon qilingan hisobotida O’zbekiston ushbu indeks reytingida 108-o’rinni egalladi10.Bu degani, yaqin 10 yilda respublika mazkur reytingda 108-o’rindan 40-o’ringa, ya’ni 68 pog’onaga ko’tarilishi rejalashtirilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun yaqin 10 yil ichida O’zbekistonda o’rtacha umr davomiyligi kamida 3,5 yilga uzayishi (71,6 yoshdan 75 yoshgacha) hamda aholi jon boshiga hisoblangan yalpi milliy daromad miqdori ham kamida 4 barobarga oshishi kerak.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston inson salohiyatining rivojlanish indeksi bo’yicha reytingda 190 ta davlat ichida 114- o’rinni egallaydi. O’zbekistonning bu ko’rsatkich bo’yicha indeksi 0,675 ga teng. Inson salohiyatining rivojlanishi indeksini hisoblashda inson kapitalining asosi sifatida qabul qilinishi mumkin bo’lgan asosiy ko’rsatkichlar, ya’ni salomatlik, ta’lim olish, aholining turmush darajasi yoki aholining real daromadi kabi uchta yo’nalishdagi ko’rsatkichlar indeksi qamrab olingan. Xususan:

1. Umr ko’rish davomiyligining kutilishi indeksi. Bu salomatlik va uzoq umr ko’rishning o’rtacha ko’rsatkichi bilan aniqlanadi.

2. Ta’lim indeksi: ta’lim olishga yaratilgan sharoit, ya’ni katta yoshdagi aholini va maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim olishining o’rtacha davomiyligi bilan aniqlanadi.

3. YaMM indeksi: aholining turmush darajasi yoki aholining real daromadini aks ettiruvchi aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaMM ko’rsatkichi bilan aniqlanadi. Bu uchta yo’nalishdagi ko’rsatkichlar indeksi 0 dan 1 gacha bo’lgan sonlar ko’rinishida standartlashtiriladi va shu sonlar miqyosida yuqoridagi uchta yo’nalishdagi ko’rsatkichlarning o’rtachasi orqali davlatlar ketma-ketligi aniqlanadi.

Inson salohiyatining rivojlanish indeksi bo’yicha yetakchi besh o’rinni Norvegiya (0,944), Avstraliya (0,935), Shveytsariya (0,930), Daniya (0,928), Gollandiya (0,922) kabi davlatlar egallaydi. Bu ko’rsatkich bo’yicha MDH davlatlari ichida Rossiya 50- (0,798), Qozog’iston 56- (0,788), Gruziya 76- (0,754) o’rinni egallagan. Qo’shni Turkmaniston 109- (0,688), Qirg’iziston 120- (0,655), Tojikiston esa 129- (0,624) o’rinda baholangan.

Shuningdek, O’zbekiston axborot-kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi indeksi (ICT Development Index) bo’yicha reytingda 176 ta davlat ichida 95-o’rinni egallaydi. O’zbekistonning bu ko’rsatkich bo’yicha indeksi 10 indeksdan 4,90 ga teng Axborot-kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi indeksi - bu axborot-kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi nuqtai nazaridan dunyo mamlakatlari erishgan yutuqlarni ifodalovchi umumlashgan ko’rsatkichdir. Bu indeks axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasidagi jahon standartlarini aniqlovchi Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus bo’linmasi hisoblangan Xalqaro elektroaloqa ittifoqi metodikasi bo’yicha hisoblanadi.

Indeksdan global, milliy va hududiy darajalarda qiyosiy tahlillarni amalga oshirishda instrument sifatida foydalanilishi mumkin. Bu ko’rsatkichlar tarkibiga AKTdan foydalanish, shuningdek aholining bu texnologiyalardan foydalanishdagi amaliy bilim va ko’nikmalari darajasi kiritilgan. Bu indeks bo’yicha yetakchi besh o’rinni Islandiya (8,98), Janubiy Koreya (8,85), Shveytsariya (8,74), Daniya (8,71), Buyuk Britaniya (8,65) kabi davlatlar egallaydi. Bu ko’rsatkich bo’yicha MDH davlatlari ichida Belorussiya 32- (7,55), Rossiya 45- (7,07), Qozog’iston 52- (6,79), Ozarbayjon 65- (6,20), Gruziya 74- (5,79) o’rinni egallagan.

Makrodarajadagi inson kapitali ko’rsatkichlarini quyidagi bilvosita ma’lumotlar bilan ham ifodalash mumkin: ta’lim, fan va innovatsion faoliyat, raqamli iqtisodiyot sohasidagi bilimlarning takomillashuvi. Inson kapitalini amalda qo’llash jarayonini inson kapitali bozori sub’yektlarining o’zaro munosabatlari sohasi sifatida tasavvur qilish mumkin. Bunda taklif tomondan yuqori malakali mutaxassislar, muhandislar, ixtirochilar maydonga chiqsa, talab tomondan innovatsion jarayonning asosiy qatnashchilari hisoblangan innovatsiyaga yo’nalgan tashkilotlar, korxonalar, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, texnoparklar chiqadilar. Inson kapitali bozoridagi o’zaro munosabatlar predmeti esa kishilarning noyob qobiliyatlari, ijodiy tafakkuri, yangiliklar yaratishga yo’nalgan bilimlari hisoblanadi.

Hozirgi zamon menejmenti ko’rsatadiki hozirgi ishlab chiqarishni o’z vazifasini samarali amalga oshirilishining asosiy sharti innovastion jarayonlarga tayyor ishchining bo’lishidir. Bu jarayonni aniq tahlil etish uchun “ishchi kuchi sifati” tushunchasi kiritildi. Bu tushunchani ko’pchilik iqtisodchilar ishchining ma’lumoti va kasbiy malakaviy darajasi jihatidan tayyorgarligi deb qaradilar. Masalan, B.L.Sipin ishchi kuchining sifatini tahlil etib unga ma’lumoti, kasbi, ish staji (ixtisosligi bo’yicha va umumiy), yoshini kiritgan.

Hozirgi mualliflar yuqorida ta’kidlangan sifatlar bilan birgalikda ishchi kuchining salomatligi, yoshi va jinsini kiritadilar. Bu ijobiy siljishdir, chunki, ishchi kuchining o’z imkoniyatlarini amalga oshirishi uni psixofiziologik xarakteri holatiga bog`liq. Inson kapitali tushunchasi tadqiqotini “kapital” kategoriyasini tahlilidan boshlash maqbul. Chunki inson kapitalini tahlil etuvchi tadqiqotchilar kapitalni turlicha sharhlaydilar.Kapitalni tahlilini birinchilardan bo’lib F.Kene boshladi. Siyosiy iqtisoddagi fiziokratlar maktabi xizmati aslida uning nomi bilan boshlanadi. Kene ishlarining ahamiyati katta, chunki u shunday masalalarni o’rgandiki, keyinchalik ular umumjahon tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Fiziokratlar namoyandasi sifatida Kene erni ishlov berish mehnatini ishlab chiqarish mehnatga kiritadi. Kapital ishlab chiqarish jarayonid vujudga keladi, deydi u.Keyinchalik V.Petti mehnat barcha boyliklar asosi, millat boyligi barcha moddiy ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi, moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnat ham ishlab chiqarish mehnatiga kiradi degan fikrni ilgari suradi. Aholining siyrakligi kamligi davlat kambag`alligining asosiy manbai deydi u.Siyosiy iqtisodni shakllanishi A.Smit va D.Rikardo nomi bilan bog`liq. Aynan A.Smit millat boyligi kaliti sifatida kapitalni jamlash muammosi va “kapital” kategoriyasiga e’tibor qiladi. U millat boyligi darajasi aholini samarali mehnat bilan bandligi miqdoriga bog`liq deydi.

T. Shulьs, G. Bekker, P. Drukker va boshqalar o’z nazariyalarida inson kapitalining asosiy ko’rsatkichi sifatida insonning bilim va intellektini ko’rsatishadi. Xususan, T. Shulьs insonni uning qobiliyati, ta’lim orqali olgan bilimi nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi, ya’ni har bir ma’lumotli inson muayyan daromad olish imkoniyatiga ega bo’lgan faoliyatida foydalanishi mumkin bo’lgan manbaga ega hisoblanadi. Xususan, u shunday yozadi: “Agar ta’lim iqtisodiyot uchun muhim bo’lgan ishlab chiqarishga ta’sir etsa, bu kapital shakli hisoblanadi”11. Olib borilgan tadqiqotlar davomida biz tomonimizdan inson kapitalining evolyutsion modellarini quyidagi ko’rinishida ilgari suramiz:

1.2-jadval.

Inson kapitalining evolyutsiyon modellari12



Download 202,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish