6-Rasm. Porshenlar.
a-A-41 dvigatelining porshen gruppasi; 1-tubi; 2-yonish kamerasi; 3-zichlovchi qism; 4-yo’naltiruvchi qism; 5-shatun sterjenidagi moy kanali; 6-shatun; 7-shatun yuqori kallagini vtulkasi; 8-babishka; 9-moy sidirgich xalqa uchun uya; 10-porshen barmog’i; 11-cheklovchi xalqa; 12-kompression xalqalar uchun uya; 13-xalqasimon uya; 14-moy oqishi uchun kanal; b-porshen kallagi; 1-D-144 va D-21A1; 2-SMD-60, A-41, A-01, YaMZ va KamAZ dvigatellarining barchasida; 3-D-240 va D-160 dvigatellarida; v-ZMZ dvigatelining porsheni
Porshen tubiga ta’mirlash o’lchami [M – kichik (malenkiy), S – o’rta (sredniy), B – katta (bolshoy)] va og’irlik gruppasini ifodalovchi belgilar qo’yiladi.
Porshenning babishka qismiga qizil, sariq, qora rangli belgilardan biri qo’yiladi, bu belgi barmoqning tamir o’lchamini ifodalaydi.
Porshen asosan alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi. ZIL–130 dvigatelida yuqorigi kompression xalqa ostiga, ariqcha yeyilishini kamay-tirish uchun cho’yan halqa qo’yilgan. Ba’zan porshen tubi keramik material bilan qoplanadi. Ichki qismidagi belbog’idan (porshen og’irligini teng-lashtirishda) yo’nish mumkin, babishka qismining qalinligidan porshen qizib silindrga yopishmasligi uchun va bir tekis yeylanishi uchun u elleptik shaklda tayyorlanadi, elleptik yupkaning kichik va katta o’qlari farqi 0,14 – 0,52 mm.
Porshenning tubini diametri belbog’i yupka qismining diametridan kichik, farqi 0,14-0,52 mm. chunki yuqori qismi ko’p qiziydi. Porshen qizib kengayishi natijasida ko’p yeylanmasligi uchun yupka qismida qirqim qilinadi (6-rasm; v). ZMZ – 53, ZIL -130 dvigatellari porshenining ishqalanishda yeyilib moslashishi yaxshi bo’lishi uchun 0,004-0,006 mm qalin-likda qalay (olova) bilan qoplanadi.
Porshen barmog’idagi eshitiladigan shovqinni hamda yeyilishini kamaytirish uchun barmoq o’qi porshen o’qiga nisbatan siljitiladi. Odatda ko’p zo’riqish tushadigan tomonga siljitiladi. SMD – 60 dvigatelida 3 mm ga siljitilgan.
VAZ dvigateli porshenining yupka qismini qizib kengayishini cheklash uchun uning yupkasi qo’shimcha material bilan birga quyilgan. Bu material porshen soviganda va o’ta qiziganda o’lchamini oshishiga qarshilik qiladi.
Porshenni yaxshi sovishini ta’minlash uchun ba’zi dvigatellarda porshen ichki qismiga moy sachratuvchi moslama qilingan.
Yonish kamerasini va porshen tubini issiqlikga bardoshligini oshirish uchun maxsus issiqlikga bardoshli material bilan qoplanadi yoki termik ishlov (tverdiy anodirovanniye) berilgan.
5. Porshen barmog’i. Porshen bilan shatunni sharnirli birik-tiradi. Massasini ozaytirish uchun o’rtasi teshik qilib tayyorlanadi. Uning tashqi qismi yuqori sifatli po’latdan tayyorlanib sementasiya qilinib toblangan va so’ng shlifovka va jilvirlash ishlari bajarilgan.
Porshenga biriktirilishi bo’yicha uch xil bo’ladi:
a) Cheklovchi xalqa bilan cheklangan, porshen babishkasiga cheklovchi halqa qo’yilgan, ya’ni suzuvchi erkin aylanadi..
b) Shatunning yuqori kallagiga qotirilgan, ya’ni qizdirib kiydiril-gan (VAZ dvigatellarida).
v) Porshen babishkasi qisib turadi, ya’ni porshen qizdirilib bar-moq kiydirilgan.
SMD, AMZ, YaMZ, KaMAZ, D- 240, ZIL – 130, D – 144, dvigatellarida porshen 100 – 120 0S qizdirilib so’ng barmoq joyiga o’rnatiladi.
Barmoqda qizil, qora va sariq rangli belgilar qo’yilishi mumkin, bu uning ta’mirlash gruppasini belgisini ifodalaydi. Bu belgilar porshen bobishkasiga ham qo’yiladi. Ikki taktli karbyurator dvigatellarida barmoq o’rtasiga tiqin qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |