1-Амалий машғулот
Mavzu: Avtotraktor dvigatellarining krivoship - shatun mexanizmi, tuzilishi va ishlashini o’rganish
Ishdan maqsad: KShMning vazifasi, tuzilishi, ishlashi, qismlarga ajratish va yig’ish tartibini, uchraydigan buzuqliklar va ularni bartaraf etishni o’rganish.
Ish jihozlari: Dvigatel D-144, A-01M, KShMning detallari, kalitlar jamlanmasi, ko’rgazmali qurollar, adabiyotlar.
ishni bajarish tartibi:
1) KShMning vazifasi va tuzilishini o’rganing.
2) Blok-karterning vazifasi, qaysi materialdan va qanday shaklda tayyorlanishini o’rganing.
3) Silindr va gilzaning vazifasi, gilzaning turlari, qanday materialdan tayyorlanishini o’rganing.
4) Silindrlar kallagining vazifasini, qanday (D-144, D-240, A-01M, ZIL-130, GAZ-52 dvigatellarida) tayyorlanganligini va qaysi materialdan tayyorlanishini, ulardagi yonish kamerasining shaklini va uni blokga qotirish tartibini o’rganing.
5) Porshenning vazifasi, tuzilishi, porshen tubidagi yonish kamerasi-ning shakllari, qaysi materialdan tayyorlanishi, uning tubi va babishkasiga qo’yiladagan belgilarni ahamiyatini o’rganing.
6) Porshen barmog’ining vazifasi va uni porshenga joylashtirish tartibi, o’lchami bo’yicha belgisining ranglarini o’rganing.
7) Kompression va moy sidirgich xalqalarning qanday materialdan tayyorlanishi, xalqalarning ko’ndalang kesimining shakllari va ularni porshenga joylashtirishda nimalarga etibor berish kerakligini o’rganing.
8) Shatun va shatun podshipnik(vkladыsh)larini vazifasi, tuzilishi, shatun pastgi kallagining ajraluvchi qismini qanday shaklda tayyorlanishi, shatun podshipniklariga qo’yiladagan belgilarning ahamiyati va qanday materiallardan tayyorlanishini o’rganing.
9) Tirsakli valning vazifasi, tuzilishi, materialining turi, undagi moy kanallarini ahamiyati, tirsakli val o’zak podshipnigini shatun podship-niklaridan farqi, D-144, A-01M, ZIL-130 dvagatellarida uning tirsaklari necha gradus burchak ostida joylashganligi va buning sababini o’rganing.
10) Tirsakli valning bo’ylama o’q bo’yicha siljishini cheklovchi xalqalarning vazifasi va uning materialini turini o’rganing.
11) Maxovikning vazifasi, uni dvigatel tirsakli valiga qotirishda nimaga ahamiyat berish kerakligini, GAZ-52-04 dvigatelida qanday belgi qo’yilishini va bu belgining ahamiyatini o’rganing.
12) Qistirmalarning ahamiyati va ularning qanday materiallardan tayyorlanishini o’rganing.
13)Dvigatel (D-144)ni qismlarga ajratib, so’ng qayta yig’ish tartibi-ni o’rganing.
14) Maxsus muvozanatlovchi mexanizm va burovchi momentni so’dirgich-larni o’rganing.
15) KShMda uchraydigan buzuqliklar va ularni bartaraf etishni o’rganing.
Do'stlaringiz bilan baham: |