9-Rasm. Porshen kopression halqaning ko’ndalang kesimining shakllari.
a-cho’yandan tayyorlangan;1-to’g’ri to’rtburchak; 2-trapesiyasimon; 3 va 4-ichgi qismi qirqimli (torsion); 5 va 6-konussimon; 7 va 8-qirg’ich tipida; b-po’latdan tayyorlangan; 9-po’lat lentali.
7. Moy sidirgich halqa. Silindr devoridagi moyni sidiradi va porshen yuqoriga harakatlanganda silindr devoridagi ortiqcha moyni karterga tushirishga imkon yaratadi.
Ba’zi dvigatellarda moy sidirgich halqa porshen barmog’ining yuqorisida va yupkasida jaylashgan bo’ladi (SMD-14, D-240, A-41, A-01M, YaMZ-240B)
Ko’p dvigatellarda bitta moy sidirgich halqa porshen barmog’ining ustki qismiga qo’yilgan.
Moy sidirgich halqa turlari; korobkasimon (10-rasm; a), cho’yandan tayyorlangan ingichka ish gardishi bor (SMD-60, SMD-14, A-41, YaMZ, KaMAZ). Qirg’ich tipidagi (10-rasm;b) moy sidirgich halqalar ( D-240, D-144). Po’lat lentali moy sidirgich halqa ( 10-rasm;v), ishlaganda (ZIL-130, ZMZ-53) ish yuzasiga yaxshi moslashadi.
Silindrlar devoriga beradigan bosimini oshirish uchun radial o’q bo’yicha kengaytirgichlar qo’yiladi.
Cho’yandan tayyorlangan moy sidirgich halqaning ishlash muddatini oshirish uchun g’ovak xrom qatlami bilan qoplanadi.
а
б
10-Rasm. Moy sidirgich halqalar:
a-cho’yandan tayyorlangan korobkasimon moy sidirgich halqa; b-qirg’ich tipidagi moy sidirgich halqa; v-po’lat lentali moy sidirgich halqa; 1-po’lat lentali halqa; 2- o’q bo’yicha kengaytirgich; 3-radial kengaytirgich;
8.Shatun. Porshen bilan tirsakli valni sharnirli tutashtiradi.
Tuzilishi yuqorigi kallagi, sterjen, pastgi kallagi (11-rasm)
Yuqorigi kallakga ( bronza yoki bronza qoplangan po’lat halqa) vtulka presslab kiydiriladi. Shatun kallagining babishkalar oralig’idan 2-3 mm kichik bo’lishi, uni babishkaga tegmasligini ta’minlaydi ya’ni ishqalanmaydi.
Ba’zi hollarda shatun sterjenida teshik qilinadi va bu teshik orqali porshen barmog’iga moy borib uning sirtini moylaydi (ZIL-130, ). Shatun sterjenining ko’ndalang kesimi qo’shtavr (dutavr) shaklida bo’ladi. Sterjen va krivoship kallagi simmetrik joylashgan (ZIL-130, D-240, D-144, A-41, A-01M) bo’ladi.
Ba’zi hollarda sterjen krivoship kallagi o’qiga nisbatan siljitilgan bo’ladi (ZMZ-53, SMD-60,YaMZ). Bu silindr o’qlari orasidagi masofani va dvigatel uzunligini kamayishiga imkon beradi. D-144 va D-160 dvigatellarida moy kanalidan porshenni tubini sovituvchi moy o’tadi.
Shatunning pastgi kallagi iloji boricha kichik bo’lishi zarur, ya’ni shatun massasi kam bo’lishi hamda uni tirsakli valga o’rnatish va olish oson bo’lishi uchun kallak ajraladigan qilingan. Shatun pastgi kallagi uning o’qiga nibatan 900 burchak ostida ajraladi, ba’zi hollarda (V simon dvigatellarda) 550 buchak ostida ajraladigan qilingan. Kallak biriktiriladigan qism tekis (SMD-60) yoki shlisali (YaMZ, A-41, A-01M) bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |