7-Rasm. Porshen barmoqlarining konstruksiyasi va ularni o’qlarga mahkamlash usullari:
a va b-barmoq prujinalanuvchi cheklovchi (stopor) xalqa bilan cheklangan; v-alyuminiy qopqoq bilan tutib turiladi (P-23M); 1-porshen; 2-porshen barmog’i; 3-cheklovchi (stopor) halqa; 4-alyumin tiqin; 5-shatun.
6. Kompression halqa. Porshen va silindr devori orasidagi tirqishni zichlaydi va porshen ustidagi havo, gaz yoki aralashmani karterga o’tmasligini ta’minlaydi va porshen issiqligini silindrga uzatadi.
Porshen halqasidagi ajralgan qismi qulf deyiladi. Halqa silindrga joylashtirilganda qulfdagi tirqish 0,2-0,8 mm bo’lishi kerak.
Xalqa qulflarining shakllari (8-rasm; b); qiya, to’g’ri, to’g’ri cheklagich (stopor) vintli bo’lishi mumkin.
8-Rasm. Kopression porshen halqalari;
a- halqaning zichlanish sxemaslari; 1-silindr gilzasi; 2-silindr kallagi; 3-porshen; b-halqa qulflarining shakli; 1. qiya 2. to’g’ri 3. to’g’ri cheklagich (stopor) vintli.
Kopression halqaning ko’ndalang kesimining shakllari
Tug’ri to’rt burchak (9-rasm; a; 1). Yaxshi zichlaydi, tayyorlash oson, issiqlikni yaxshi uzatadi, (yuqorigi uyaga joylashtiriladi) kamchiligi- uyada qurum ko’p hosil bo’ladi.
Trapesiyasimon (9-rasm; a; 2). Yuqorigi uyaga joylashtiriladi) SMD – 60, A- 41, A-01M, YaMZ, KaMAZ dvigatellarida qo’llanilgan. Radial siljish tufayli halqa bilan uya orasidagi tirqish kamayishi sababli oraga tushgan moyni siqib chiqarilishi yaxshi bo’ladi. Natijada uyada qurum kam hosil bo’ladi. Bu halqani tayyorlash qiyin, sinishga moyilligi yuqori, porshendagi uya va halqaning o’zi ko’p yeylanadi.
Halqa ichki qismi qirqimli, ya’ni o’yilgan yoki faska qilingan
(9-rasm; a; 3 va 4). Ishlaganda silindr devoriga yaxshi va tezroq moslashadi, hamda moyni yaxshi sidiradi. Kamchiligi, porshen uyasida burilganda yoki qiya turganda uyadagi o’qiy tirqish kamayishi hisobiga halqaning kuyib sinish ehtimoli yuqori. Shuning uchun oraliq uyaga o’rnatish maqsadga muvofiq.
Konnussimon (9-rasm; a; 5 va 6) Kompression halqa, ishlaganda yuzaga yaxshi moslashadi, ikkinchi va uchinchi uyalarga qo’yiladi.
Halqa tashqi tomonining yuqori qismida gardish qilingan (9-rasm; a; 7 va 8). Afzalligi, yuqorigi halqani sinishdan saqlaydi, silindr yeylanganda notekislik bo’lsa yaxshi moslashadi va halqani chetini egilishi ko’p bo’lmaydi.
Po’lat lentali halqa (9-rasm; b). Silindr yeylanganda po’lat lentali kompression halqalar ham qo’llaniladi. Uning ko’ndalang kesimining shaklari (8-rasm ) to’g’ri to’rt burchak bo’lib porshendagi har bir uyaga bittadan uchtagacha joylashtirilishi mumkin. Bu xalqa ishlaganda ish yuzasiga yaxshi moslashadi, o’q bo’yicha yaxshi egiladi, lekin porshendagi issiqlikni silindr devoriga yaxshi uzatmaydi.
Kompression halqa yeylanganda o’z vaqtida uni almashtirish dvigatelning 30-50% gacha ko’p (kapital tamirgacha) ishlashini ta’minlaydi.
Kompression halqa materiali yuqori sifatli kulrang cho’yan (xrom, titan, mis, legirlangan molibden, vannadiy va volfram qo’shilgan )dan, 0,12-0,14 mm qalinlikda xrom bilan qoplangan, tashqi g’ovak xrom qatlami 0,03-0,05 mm.
Xrom qatlami bochkasimon ko’rinishda (ishlanganda yaxshi moylanadi) bo’lishi ishlash muddatini oshiradi, ba’zi hollarda xalqa molibden qatlami bilan ham qoplanadi. U moyni yaxshi tutadi va yeyilishga chidamli.
a b
Do'stlaringiz bilan baham: |