14-Rasm. SMD-14 dizelining o’zak vkladыshlari:
a-uchunchi o’zak vkladыshi; b-ikkinchi va to’rtinchi o’zak vkladыshlari; 1-blok-karterdagi ariqcha bilan mos tushadigan teshik; 2-halqa ariqcha; 3-taqsimlash vali podshipnigiga moy kelish teshigi; 4-tutib turuvchi tirnoq; 5-uchunchi o’zak podshipnik yarim halqasi.
GAZ-52, A-01M dvigatellarida krivoshiplar 1200 burchak ostida joylashgan, silindrlarning ishlash tartibi 1-5-3-6-2-4.
SMD-60 dvigateli(V simon)da og’ish burchagi 900 , silindrlarni ishlash tartibi 1-4-2-5-3-6.
GAZ-53, ZIL-130, YaMZ-238 dvigatellari 8 silindrli V simon krivo-shiplar 900 burchak ostida, silindrlarni ishlash tartibi 1-5-4-2-6-3-7-8.
YaMZ-240Bdvigateli Vsimon 12 silindrli (1-12-5-8-3-10-6-7-2-11-4-9).
Shatun bo’ynining diametri kattaroq qilib tayyorlanganda o’zak bo’ynilarining bir qismini yon tarafi yopiladi, bu esa tirsakli valning mustahkamligini oshishiga imkon beradi.
11. O’zak vkladыsh(podshipnik)lar.
O’zak vkladыshlar qalinligi, karbyuratorli dvigatellarda 2-3 mm, dazel dvigatellarida 3-5 mm.
O’zak vkladыshlarda blokdan tirsakli valdagi moy kanaliga moyni o’tishi uchun maxsus ariqchalar qilinadi.
12. Cheklovchi yarim xalqalar. Tirsakli valning bo’ylanma o’q bo’yicha siljishini cheklaydi.
Ko’pchilik dvigatellarda maxovik tarafga o’rnatiladi, ba’zilarida esa gaz taqsimlash mexanizmiga harakat uzatuvchi moslama joylashgan qismida yoki o’rtadagi o’zak podshipniklari yonida joylashgan bo’ladi.
D-240 dvigatelida po’lat-alyuminiyli lentadan tayyorlangan to’rt dona yarim xalqalar orqangi o’zak podshipnikning ikki tarafiga joylashtirilgan.
ZIL-130, ZMZ-53 dvigatellarida qo’zg’almas po’lat shaybalar birinchi o’zak podshipniklarning ikki tarafiga qo’yilgan.
Vkladыsh o’rnida dumalash podshipnigi qo’llanilsa ishqalanish uchun kuch kam sarf bo’ladi, lekin yuqori aylanish chastotasida gidrodinamik qarshilik oshadi, shuning uchun ular kam qo’llaniladi.
13. Maxovik. Kengayish taktida o’ziga knetik enegiyani qabul qiladi qolgan taktlarni bajarilishi uchun bu kinetik energiyani sarflab dvigatelni ravon ishlashini ta’minlaydi.
Kulrang cho’yandan tayyorlangan, uning gardishiga tishli halqa presslab kiygizilgan (startyor shesternyasidan harakatni qabul qilib dvigatelni o’t oldirish uchun).
Maxovik tirsakli val bilan birga muvozanalashtirilgan. Uning gardishiga ba’zi dvigatellarda (GAZ-52-04) Yu.Ch.N. (yuqori chekka nuqta) va P.Ch.N. (pastgi chekka nuqta) larni, yoqilg’ini purkash burchagini (D-240),A-01M ) yoki uchqun berish burchagini (GAZ-52-04) aniqlovchi belgi qo’yilishi mumkin.
14. Karter osti poddoni. Karterga chang va ifloslik karishidan saqlaydi hamda moy uchun idish vazifasini bajaradi. U po’lat listdan yeki alyumaniy qotishmasidan tayyorlanadi va karterning ostgi qismiga boltlar bilan qotiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |