Marketing orientatsiyasi
Marketing orientatsiyasi marketingning falsafiy yo’nalishidir. U xizmatdan kutilgan natija va xaridor ehtiyojlaribilan to’qnashish vaqtida tashkilotning barcha harakatlariga diqqat etiborini qaratadi. Bu yo’nalishning tub mohiytida iste’molchilarni qancha bilish mumkin bo’lsa shuncha tushunish munosabati yotadi: iste’molchilarning motivatiyalari va xarid qilish xatti-harakatlari xarakteirstikasida, ularning imtiyozlari va xizmatlar, maxsulotlar, brendlar va aniq pozitsiyalardagi munosabatlari. Bu masalalarning ko’pchiligi I bobda ko’rib chiqilgan. Bu bo’limda e’tibor tashkiliy resurslar qanday markazlashgnligiga va iste’molchilar ehtiyojlari bilan to’qnashgan vaqtda qiymatning paydo bo’lishiga yo’naltirilganligiga qaratilgan.
5.2-shakl istemolchilar ehtiyojlari va kutilayotgan natijalar tashkilotning barcha harakatlari yurak qaridan ekanligini ko’rsatmoqda. bularning barchasini xizmatlarning 7elementiga birlashtiramiz ( Zeithaml va Bitner, 1996: b. 25):
5.2-rasm. Marketing mo’ljali (orientatsiyasi) konsepsiyasi.
Aralash mahsulotlar(mahsulot rivojlanishi va yangilanishlarini qamrab oluvchi), narxlash strategiyalari, taqsimot, odamlar, hodisalar, targ’ibot va protsesslar – bularning barchasi boshlang’ich va qiymat zanjirining yordamlashuvchi elementlaridir. Bu harakatlar o’z navbatida tashkilotning ustunlari, strategik maqsadlar, imedj va qiymat orientatsiyasi tomonidan shakllantirlgan bu bosqichda tashkilot qarorlari ichki sikldagi harakatlarni strategik shakllar bilan ta’minlaydi. Ammo ular iste’molchilar ehtiyojlari va kutilayotgan natija to’qnashuvi tomon yo’naltirilgan qarorlardir. tashkilot o’zining orientatsiyasini xaridorlarga kengaytirilgan media, ulushlar, egiluvchanlik, va raqobatbardoshlik, savdo- sotiq asotsiyalari, hukumat va mahalliy boshqaruv organlarini qamrab olgan o’zinig ustunlarini namoyon eta olishi juda muhim.
Bunga yana bir misol texnologiyalardan foydalanishdir. Texnol;ogiya biznesning juda samarali bo’lishini ta’minlay oladi va u xaridor talablari, imtiyozlari yoki avvalgi haridlar haqida malumot yig’ishga qodir. Shunday ekan tashkilot o’zining xaridorlari bilan samarali aloqa qilishga erishadi. Texnologik tizim yana rejalashtirishning yanada qulayligini va qatlamlarning yanada samarali boshqarilish va talablarning stimullashtirishga qaratilgan maxsulotlarning moslashuvchan yoki “suyuq” narxlanishini o’z ichiga qamrab olgan turizm paketlari rivojlanishini samarali yoyishda qo’llanilishi mumkin.
Bundan tashqari u xaridor bilan to’g’ridan to’g’ri aloqa qilishda yoki katta miqdordagi istemolchilar afzalliklarini ta’minlash va sayohat vositachilarisharoitida ta’minlovchi va xaridor o’rtasidagi javob tezligini oshirishda foydalaniladi. ( Buhalis va Licata, 2002). Texnologik tashkilotning istemolchi ehtiyojlarini qondirishga hissa qo’shishi, ularning kutgan natijasiga javob beruvchi va protseslardan foydalanuvchi bu sath tashkilot xaridorning umidi (kutayotgan natijasi) haqida bilimga ega ekanligiga bog’liq. Qisqacha qilib aytganda, agarda aloqani ta’minlash va talabni qondirish yoki talab qilingan xizmatni tarqatishga hissa qo’shilmasa yoki xaridorlar tomonidan baholanmasa Axborot Aloqa Texnologiyalari (ICT) tizimini yanada rivojlantirish mohiyatiga ega. Va barcha turizm tashkilotlarining hajm va bozor orientatsiyasiga ahamiyat qaratmasdan xaridor bilan to’g’ridan to’g’ri ICT aplikatsiyalari orqali virtual tarzda samarali muloqot qilish va aloqa o’rnatishda texnologiyalardan foydalanib kelinmoqda. Shubxasiz, ko’p hollarda xaridorga yo’naltiriladigan narxlarni saqlab qolishda ham texnologik applikatsiyalar tarqatiladi.shunday ekan texnologiya narxni kamaytirish jarayonida xaridor bahosini yetkazishga bilvosita hissa qo’shishi mumkin.
Bu holatda, marketing orientatsiyasi xaridor ehtiyojlari to’qnashgan vaqtda hissa qo’sha oladigan vaziyatlarda ularning barcha so’ralgan izlanishlar va rejalar, harakat va operatsiyalar, protseslar va tizimlarning o’rganilib chiqilishiga yo’l ochib beradi. Xaridorlar keyinchalik, barcha harakatlar, operatsiyalar va tashkilotning tizimlarini ushlab turishda maydon markazida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |