1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


Ibtidoiy e’tiqodlar va tasviriy san’at



Download 221,5 Kb.
bet8/23
Sana04.09.2021
Hajmi221,5 Kb.
#164290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
4.Тарихий реконструкция маруза

Ibtidoiy e’tiqodlar va tasviriy san’at. Mehnat qurollarini yasash, ovchilik va yovvoyi mevalarni terib olish, tabiat hodisalarini kuzatish hamda hayvonlar hayoti va odatlarini o‘rganish jarayonlari eng qadimgi odamlarning fikrlash va so‘zlash qobiliyatini o‘zgartirib bordi. Bu o‘zaro ta’sir asosida rivojlanib, ayniqsa avloddan-avdlodga o‘tish jarayonida bilim, tajriba va ko‘nikmalarni oshirishda fikrlash qobiliyati, tafakkur ancha taraqqiy topgan.

O‘rta paleolit davrida odamlar marhumdan qo‘rqqanliklari tufayli, unga mehribonlik qilish, jasadni yirtqich hayvonlardan saqlash va ehtimol, o‘likdan xalos bo‘lmoq zaruriyati sabablarga ko‘ra marhumlarni yerga ko‘mish marosimi vujudga kelgan. Bu jarayon ibtidoiy odamlarning aqliy jihatdan rivojlanganligidan dalolat beradi. Neandertal odamlar dafn etilgan qabrlar (Teshiktosh g‘ori, Fransiyadagi Le Muste g‘ori va boshq.) arxeologiya fanida ma’lum eng qadimgi qabrlardir. Ular sayoz qazilgan bo‘lib, g‘or-makonlarning chetida joylashgan. Jasadlar yonboshlab, bukchaytirilgan holda, uyquga botgan odam sifatida ko‘milgan. Qabrlar ichiga tosh qurollar qo‘yilgan. Jumladan, Teshiktosh g‘oridagi neandertal bolaning jasadi kiyik shohlari bilan o‘ralgan.

O‘rta Osiyoda paleolit davri e’tiqodlariga doir ma’lumotlar ko‘p emas. Shu boisdan, adabiyotlarda ko‘pincha so‘nggi paleolitda vujudga kelgan totemizm (urug‘ jamoalari a’zolarining ma’lum hayvon zoti, qushlar va o‘simliklar bilan qalin aloqadorligiga ishonish), animizm (insonni o‘rab turgan muhitda jonlar, ruhlarning mavjudligiga ishonish), fetishizm (omad va farovonlik keltiruvchi yoxud balo-qazoni bartaraf etuvchi, “yomon ko‘zdan” saqlovchi narsa tumor, munchoq, hayvon shoxi, tishi va h.k. ga ishonish hamda magiya (sehrgarlikka e’tiqod qilish) haqida gapiriladi. Bu e’tiqodlar inson tabiat hodisalarini tushunib yetmaganidan kelib chiqqan.

Taraqqiyot jihatdan orqada qolgan qabilalar va elatlar hayotini, urf-odatlari va diniy qarashlarini hamda zamonaviy xalqlar madaniyatida ibtidoiy etiqodlar izlarini tadqiq etish natijasida turli davrlarda rivojlangan e’tiqodlarning mazmun mohiyatini o‘rganish mumkin.

So‘nggi paleolit davriga oid g‘orlar devorlaridagi rangli rasmlar (Altamir, Lasko, Kapova g‘ori) ibtidoiy e’tiqodlarning o‘rganishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, Yevroosiyo hududlarida bu zamonda mamont suyagidan hamda loydan yasalgan ma’buda-ayol haykalchalari tarqalgan.

O‘zbekistonda qoyatosh rasmlarini o‘rganishda A.P.Okladnikov, A.R.Muhammadjonov, J.Kabirov, R.Ravshanov, X.Botirov, M.Xo‘janazarov va boshqa olimlarning xizmatlari kattadir.

XXI asrga qadar yurtimizda aniqlangan tasviriy san’at obidalari orasida mezolit davriga oid Zarautsoy (Zarautkamar) rasmlari eng qadimgi deb hisoblanardi. Biroq, 2001-yili Kitob shahridan 25 km shimol-g‘arbda Zarafshon tizimi yonbag‘irlarida o‘rganilgan Siypantosh rasmlari taxminan mezolit va neolit davrlariga oid (R.H.Sulaymonov) ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mineral bo‘yoq-oxra, jigar, qizil va oq rangdagi geometrik rasmlar (xalqa, xoch, romb va chiziqlar), quyoshning ramziy tasviri, yovvoyi buqa va ayol barmoqlari izlari, umuman Siypantosh rasmlari samoviy e’tiqodni o‘zida aks ettiradi degan taxminga asos bo‘ldi. Ko‘p jihatdan mazkur tasvirlar tushunarli emas, ammo ularning qadimiyligi shubha uyg‘otmaydi. Rasmlarning mazmuni va tasviriy uslubiga ko‘ra, ular mezolit davriga mansub bo‘lishi mumkin.

Zarautkamar va undan biroz so‘ng paydo bo‘lgan Sarmishsoy, Bironsoy, Ilonsoy va boshqa qoyatosh rasmlar ajdodlarimiz tasviriy san’ati va ma’naviy madaniyati tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Ularning mazmuni va manzaralar ma’nosi quyidagilarni o‘rganishda manba bo‘lib xizmat qiladi:



  • hayvon ovi qurollari va usullari;

  • qadimgi davr kishilarining xo‘jaligi, hayvonlarni xonakilashtirish va chorvachilikning paydo bo‘lishi;

  • insonning e’tiqodi va diniy qarashlari;

  • odamning san’at sohasidagi iste’dodi, tevarak dunyo va o‘z hayoti, turmush tarzi, mashg‘ulotini hamda hayvonot olamini ifodalashga intilish.

O‘tmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari orasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va tog‘li tumanlarda keng tarqalgan bu qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xildir. Ularning bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, boshqalari esa urib-o‘yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar - petrogliflardir.

Qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi hayvonot olamining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular buqalar, sherlar va yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo‘rilar, bug‘u va jayronlar kabilardir. Rasmlar orasida o‘q-yoy, qopqon kabi qurollar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Mavjud qoyatosh rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatdan xilma-xildir. Unda odamlar tasviri, ov va yirtqich hayvonlar to‘qnashuvlari manzaralari tasvirlangan.

Qoyatosh rasmlari o‘ziga xos an’analari, insonning estetik iste’dodi, go‘zalikka intilish g‘oyalarini aks ettiruvchi tasviriy san’at obidalari bo‘lib, O‘zbekistonda Ko‘xitang, Zarafshon, Nurota va Chotqol tog‘larida topib o‘rganilgan.

Toshkent vohasi qoyatosh tasvirlari G‘arbiy Tyanshandagi (Tangritog‘) eng ko‘p tarqalgan qadimgi san’at turi hisoblanadi. Bu hudud tasviriy san’at yodgorliklarga juda boy. Ular mavzularning turli-tumanligi, yuqori badiiy darajasi manzaralari bilan ajralib turadi. Toshkent vohasidagi petrogliflar O‘rta Osiyoda mashhur hisoblanadi. O‘ziga xos va betakror qoyatosh suratlariga Xo‘jakent, Boshqizilsoy va Chotqol kabilar kiradi.

Ushbu yodgorliklardagi qoyatosh rasmlarining xronologik sanasi - eneolit - bronza davridan antik davrgacha boradi. Mazkur suratlar mazmun va mavzu jihatdan ancha boy va rang-barangdir. Ular orasida ot va tuya, echki, tog‘ takasi va arxar hamda bo‘ri, tulki, qoplon kabi hayvonlar tasvirlari, shuningdek, ma’nosi hozirgacha noma’lum bo‘lgan turli shakl va belgilar saqlanib qolgan. Rasmlar orasida yakka holda, to‘da holda va raqsga tushayotgan holatda, biror - bir odatni ijro etayotgan holatdagi kishilarning tasvirlari ham uchraydi.

Xullas, O‘zbekiston tog‘li hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlarini o‘rganish katta ilmiy ahamiyatga ega. Chunki, ular ham boshqa moddiy manbalar qatori qadimgi ajdodlarimizning turmush tarzi, ijtimoiy hayoti, madaniyati va san’ati, diniy tasavvurlari haqidagi muhim manba hisoblanadi. Rasmlar urug‘chilik jamoalarining e’tiqodlari, hayotiy muhim mashg‘ulotlari, inson tevarak olamni shu yo‘sinda tasavvur etgani haqida dalolat berib, qimmatli tarixiy manba hisoblanadi.



Mavzuni o‘rganish jarayonida talabalar quyidagi yakuniy xulosalarga e’tibor berishlari kerak:

  • mezolit davriga kelib O‘rta Osiyo urug‘chilik jamoalari turlicha tabiiy sharoitga moslashib joylashadilar (dengiz va ko‘llar bo‘ylari, tog‘lar va tog‘oldi hududlari, daryo vohalari);

  • tabiiy-geografik sharoit insonning mashg‘ulotlari, turmush tarzi va moddiy madaniyatiga ta’sir qilgan;

  • neolit davrida o‘z xususiyatlariga ega tabiiy-geografik sharoitda turlicha xo‘jalik-madaniy xillar (tiplar), ya’ni muayyan tevarak-atrof muhit bilan bog‘liq urug‘chilik jamoalariga xos xo‘jalik va madaniyat shakllanadi (misol uchun, o‘troq ziroatchilar va xonaki chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan jamoalar, ovchilar - baliqchilar, ovchilar - termachilar);

  • O‘rta Osiyo mintaqasida neolit davriga oid bunday xo‘jalik- madaniy tiplarning rivojlanishini Joytun, Kaltaminor, Hisor madaniyatlari misolida ko‘rish mumkin, eneolit davrida turlicha xo‘jalik madaniy xillar keng hududlarda yoyila boshlaydi;

  • Xo‘jalik-madaniy xillarning taraqqiy etishi hamda yangi etnomadaniy jarayonlarning vujudga kelishi natijasida, so‘nggi eneolit va bronza davriga kelib mintaqa hududlarida tarixiy-madaniy viloyatlarining rivojlanishi boshlanadi. Tarixiy-madaniy viloyat - bu xronologik jihatdan uzoq tarixiy davr mobaynida o‘zaro munosabatda bo‘lgan aholi tarixiy taqdirining birligi natijasida qabilalar va so‘ngra elatlar tomonidan yaratilgan muqarrar madaniyat umumiyligi bilan ajralib turgan hududdir;

  • insoniyat tarixining so‘nggi paleolit davrida eng qadimgi tasviriy san’at (haykaltaroshlik va rassomchilik) paydo bo‘lgan. Qoyatosh rasmlarida dastlab hayvonlarning suratlari va keyingi davrlarda (mezolit, neolit) ov manzaralari tasvirlangan;

O‘rta Osiyo janubida dehqonchilik vujudga kelishi natijasida yer, suv va hosildorlik bilan bog‘liq e’tiqodlar shakllanadi, shuningdek, olovga sig‘inish odatlari yoyiladi, Kaltaminor madaniyatiga oid Jonbos 4 kulbasi o‘rtasidagi topilgan katta markaziy o‘choq ham bundan dalolat beradi;

  • mintaqa janubidagi eneolit davri ziroatchilari madaniyatiga oid sopol haykalchalari (ayollar va hayvonlar tasviri) hamda sopol idishlarning sirtidagi qush, ilon, echki, qoplon va buqalar hamda quyosh ramzi tasvirlari hosildorlik e’tiqodi, Quyoshga sig‘inish va totemizmga doir odatlarning keng tarqalishidan guvohlik beradi. Natijada, navbatdagi tarixiy bosqich bronza davrida tabiiy kuchlar, olov va Quyoshga bag‘ishlab, maxsus yirik inshootlar - ibodatxonalar barpo etiladi.



Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish