1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


Boshqaruv tizimi va ilk davlatlar paydo bo‘lishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari



Download 221,5 Kb.
bet23/23
Sana04.09.2021
Hajmi221,5 Kb.
#164290
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
4.Тарихий реконструкция маруза

Boshqaruv tizimi va ilk davlatlar paydo bo‘lishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari.

Yuzlab ming yilliklarni o‘z ichiga olgan insoniyat tarixida dastlabki davlatlar va shaharlarning tashkil topishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, yozuvning kelib chiqishi - nisbatan keyinroq yuzaga kelgan hodisalardir. Davlatchilik jahon tarixida milloddan avvalgi IV ming yillikning oxirlarida Sharqda vujudga kelgan bo‘lib, insoniyat tamaddudining so‘nggi 5 ming yili bilan bog‘lanadi.

Urug‘chilik jamoalarida boshqaruvning ilk shakli ijtimoiy boshqaruv sifatida so‘nggi paleolit davrida vujudga kelgan. Jahon tarixi davrlashtirilishida bu bosqich inson hayotida qarindoshlarning alohida birlashuvi - urug‘i jamoasiga aylana borishi bilan bog‘lanib, ona urug‘i davri - matriarxat deb ataladi. Mezolit va neolit davrida O‘rta Osiyoning tog‘lar, dashtlar, ko‘l va dengiz bo‘ylarida joylashgan, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullangan aholining ijtimoiy hayotida matriarxat ya’ni yoshi katta ayollarning (katta ona) mavqei erkaklarnikiga nisbatan ancha baland edi. Bu davr urug‘chilik jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojida qon-qarindoshlik tamoyilining muhimligi yuqorida ta’kidlandi.

Matriarxatning xususiyati shundan iborat ediki, qarindoshlik ona tomonidan belgilanib, birinchi galda urug‘, oila ichida namoyon bo‘lgan (bolalarni tarbiyalash, oziq-ovqat mahsulotlarni taqsimlash, ovqat va kiyim-bosh tayyorlash, jamoadagi o‘zaro aloqalarni tartibga solish, ichki munosabatlarni nazorat qilish). Ammo mehnat qurollarini yasash, ovchilik va baliqchilik mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va amalga oshirishda erkaklarning ahamiyati katta bo‘lgan. Shu tariqa tashkiliy-boshqaruv faoliyat vujudga kelgan. Bu borada e’tiqod marosimlarini amalga oshirish zaruriyati ham e’tiborga molik.

Xo‘jalik shakllarini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarni avloddan-avlodga o‘tkazish jarayoni o‘z tajriba va amaliy bilimlari bilan jamoada ajralib turgan mohir qurolsoz, baliqchi va ovchilarni saralanishiga olib kelgan. Urug‘chilik tizimida urf-odatlar va ahloqiy xislatlar ustunlik qilib, huquqiy munosabatlar shakllanmagan.

Ibtidoiy jamiyat tarixida ijtimoiy boshqaruv tamoyillari va vazifalari turli ko‘rinishlarda bo‘lib, ular tashkil qilish, tartibga solish, nazorat, jamoatning ichki munosabatlarini boshqarib turish funksiyalari bilan bog‘langan edi. Shu tarzda ijtimoiy-iqtisodiy talablari, obro‘-e’tiboriga ega, o‘zlarining shaxsiy axloqiy xislatlari, amaliy bilimlari va tajribalari bilan boshqalardan ajralib turgan shaxslarning saralanishiga olib kelgan. Urug‘ oqsoqoli va qabilalar yo‘lboshchilari jamoalar vakillari yig‘inida (“Xalq yig‘ini”) saylangan. Ibtidoiy jamiyat tarixida yo‘lboshchi rahbar ijtimoiy foydali faoliyati bilan band bo‘lib, urug‘-qabila odatlariga asoslangan ijtimoiy hokimiyat dastlab siyosiy davlat maqomi darajasiga yetmagan ijtimoiy tashkilot shaklini o‘zida ifoda etgan.

Qadimgi davlatlar o‘z rivojlanish bosqichlarida, turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlarga ega bo‘lgan. Dastavval, ilk davlatlar xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari - dehqonchilik va chorvachilik qayerda oldin rivoj topgan bo‘lsa, o‘sha yerda vujudga keldi. O‘zlashtiruvchi xo‘jalikka (ovchilik, baliqchilik) asoslangan bironta-bir jamiyatda davlatlar paydo bo‘lmagan.

Ibtidoiy tarixda (ilk urug‘chilik jamoasi davrida) aholining joylashuvi qon-qarindoshlik aloqalari bilan belgilangan. U yoki bu hududda faqat bitta qon-qarindosh urug‘ a’zolarigina yashagan. Xo‘jalik ishlab chiqaruvchi shakllarining taraqqiyoti aholi joylashuvi hududlarning kengayishiga, tashqi aloqalarning uzluksiz rivojlanishiga olib kelgan. Ishlab chiqarish zarurati va boshqa iqtisodiy omillar shuni taqozo etgan. Shu tariqa aholining aralash joylashuvi jarayoni boshlangan. Bunda bir hududda turli urug‘ namoyandalari yashaydigan bo‘lgan. Ana shunday qilib, jamiyatning yangi hududiy tashkiloti vujudga kelgan, o‘zini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan katta oilalar paydo bo‘lgan.

Bu jamoalar vakillari alohida uy-joylar, ekinzorlar va sug‘orish tarmoqlari bilan chegaralangan, ya’ni, to‘la o‘zlashtirilgan va muttasil xo‘jalik hamda ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanib kelingan voha-tumanlarda hayot kechirib, o‘z ichki va tashqi munosabatlarida kelib chiqadigan muammolarni hal qilishda birlashishga harakat qilganlar.

O‘zbek xalqi, O‘rta Osiyo xalqlari va ularning ajdodlari tarixida ilk davlatchilikning vujudga kelishi masalasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilik tuzumiga bronza davridagi sug‘orma dehqonchilik rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik zamin yaratgan edi. Alohida ta’kidlash joizki, O‘rta Osiyoda davlatchilik tizimiga o‘tish jarayoni faqat ichki sabablarga bog‘liq bo‘lmay, Sharqdagi yuqori darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalar hamda migratsiyalar tashqi ta’sir jarayonlari bilan bog‘liq edi. Marg‘iyona-Baqtriya hududidan topilgan yuqori sifatli oltin, kumush va bronza buyumlari, o‘ziga xos me’morchilik an’analari nafaqat tashqi savdo va o‘zaro aloqalarning rivojlanganligidan, shuningdek migratsiyalar natijasida sivilizatsiyaning yangi o‘choqlarining vujudga kelishidan dalolat beradi. Qadimgi Sharq davlat markazlari bilan etnomadaniy va iqtisodiy munosabatlar muammosi dolzarb mavzu bo‘lib, arxeologiya ma’lumotlari o‘zaro aloqalardagi mavjud texnologiya va iqtisodiy innovatsiya – yangiliklarning yoyilish xususiyatlarini ochib beradi.

Ilk davlatlarning hududiy asosini bir-biriga yaqin joylashgan qo‘shni dehqonchilik tumanlari tashkil etgan. Xo‘jalik yuritish maqsadida o‘zlashtirilgan hududlarda aholi zich joylashgan bo‘lib, ular qadimgi dehqonchilik tuman-vohalari deb atalgan. Ularning har birida hosildor yerlar va sug‘orish tizimidan tashqari uy- qo‘rg‘onlar va manzilgohlar, ekin ekilmagan yerlar va yaylovlar mavjud bo‘lgan. Qadimgi dehqon­chilik tumanlarining tuzilishi tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy muhit bilan bog‘liq edi. Bir necha tumanlar viloyatni tashkil etgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan omillar bilan bog‘liq holda boshqaruvning hududiy funksiyalari ham vujudga kelgan. Ushbu funksiyalar ma’lum hududlarda joylashgan o‘troq ziroatchilar jamoalari, dehqonchilik voha-tuman va viloyat (bir necha tuman) aholisining munosabatlarini nazorat qilish va boshqarib turish zaruriyatidan kelib chiqqan.

Shu tariqa ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlangan. Ikkinchi bosqich jamoaning o‘zini-o‘zi boshqaruv muassasalarining yo‘lboshchi hokimiyatiga to‘la bo‘ysundirilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu jarayonda jamoa a’zolari o‘rtasidagi ichki va tashqi aloqalarning huquqiy tartibi yanada takomillashib boradi. Bu holat esa davlat tizimidagi turli vazifalarning huquqiy tartibga solinishi va hokimiyatning huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishiga olib keladi. Ilk davlatchilik tizimida boshqaruv iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va hududiy funksiyalar bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan

Yuqoridagilardan xulosa tarzda ta’kidlash joizki, Qadimgi Sharqning ilk davlatlari (“nomlar”, shahar-davlatlar) tarixi dastlab jamiyatning qullar va quldorlarga bo‘linishidan boshlanmagan ekan. Jamiyatda qarama-qarshi sinflar paydo bo‘lib, ilk davlatlarning vujudga kelishiga asosiy sabab bo‘ldi degan xulosa, ya’ni davlat kelib chiqishiga oid sinfiy nazariya ko‘p jihatdan tahrirga muhtoj. Ushbu jarayonning muhim omillaridan biri sinfiy qarama-qarshilikka aloqasi bo‘lmagan jamiyatning ijtimoiy-amaliy vazifalar jihatidan bo‘linishi, jamoalar uning umumiy manfaatlarini amalga oshirish maqsadida birlashuvi zaruriyatidir. Bu hol, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va diniy omillarga bog‘liq bo‘lgan. Davlatchilik asoslari, siyosiy institutlar shakllangandan so‘ng jamiyatda chuqur mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish jarayonining boshlanishi namoyon bo‘lgan.

Ilk davlatlarning ishlab chiqarish faoliyatida dast­lab ozod jamoa a’zolarining mehnati muhim o‘rin tutadi. Aholi sonining o‘sishi hamda yangi aholi joylasha oladigan hududlarga, bo‘z yerlar va chorva uchun yaylov, ma’danlarga boy manbalarga ega bo‘lish ehtiyoji katta yo kichik urushlarga sabab bo‘lgan. Doimiy harbiy bosqinlar sharoitida ba’zi bir davlatlar tor-mor etilib, ba’zi birlari esa kuchayib borgan. Bosqinchilik urushlari natijasida asirlar va xonavayron jamoa a’zolari qullikka mahkum bo‘lganlar. Qullarning o‘sib borishi bilan ularning mehnatidan binokorlik, sun’iy sug‘orish inshootlarini barpo etish va ishlab chiqa­rish maqsadlarida keng foydalanilgan. Shu tarzda tarixda quldorchilik tuzumi Qadimgi Misr, Shumer-Akkad va Ossuriyadek o‘rtamiyona hududga ega davlatlarda (o‘rta podsholiklar) vujudga kelgan. Ularning iqtisodiy asosini yirik saroy, ibodatxonalar va katta oila jamoalarning xo‘jaliklari tashkil etgan. Jamiyatda boy-badavlat kishilar va ayrim to‘q oilalarning obro‘-e’tibori, ijtimoiy o‘rni baland bo‘lgan. Shuningdek, o‘rta hol va qashshoq aholi guruhlari hamda qullar mavjud edi. Qadimgi davlatlar rivojining bosqichlarida, o‘ziga xos xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlar mansub bo‘lgan. Shu boisdan davlatchilik tarixini davrlashtirish va qadimiy jamiyatlarga oid tarixiy voqealarni qiyosiy o‘rganish dolzarb vazifadir. O‘rta Osiyo hududlarida ham ilk davlatlar quldorlik davlatlar sifatida vujudga kelmagan. Davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalarning turli xilligini tan olib, mazkur mavzuga oid sinfiy nazariyadan voz kechish maqsadga muvofiqdir.

Arxeologik manbalarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk temir davri Baqtriya va Sug‘d jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oilalardan iborat xonadon jamoalari (katta oila vakillari) tashkil etgan. Uy-qo‘rg‘onlar joylashuvining tashqi belgilariyoq, uy-jamoalari aftidan ancha yirik hududiy qo‘shni jamoalarni tashkil qilganidan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida uy egalari, shuningdek, ayrim voha-tumanlarini boshqaruvchilari katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Alohida xonadonlar o‘rtasidagi qarindoshchilik munosabatlari kabi belgilar aftidan, ikkinchi darajali bo‘lib borgan. Bu shunda ko‘rinadiki, har bir katta oila mumkin bo‘lgan qarindoshchilik aloqalariga qaramasdan, alohida xususiy mulkka, o‘z uy-joyiga, ishlab chiqa­rish qurollariga, shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chorvalariga ega bo‘lishgan, bir so‘z bilan aytganda, ular o‘zini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo‘jalikni aks ettirganlar. Katta oilali jamoalar shakli jamoadagi ishlab chiqarish va xo‘jalik xarakteriga bog‘liq bo‘lib, ular jamoatning iqtisodiy jihatdan mustahkamlanishiga olib keldi.


Uy-qo‘rg‘on egalarining huquqlari ancha yuqori bo‘lib, ular oila va jamoadagi ish yurituvchilar sifatida an’anaviy qishloq xo‘jalik shakllarini rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish maqsadida turli munosabatlarni boshqarib turgan. Bu ijtimoiy tuzumda ayrim guruhlar dehqonchilik xo’jaligi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shuningdek, tuzumda uy chorvachiligi, ixtisoslashgan hunarmandchilik, qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchilar, umuman, ishlab chiqaruvchilar bor edi. Undan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lmagan ijtimoiy-iqtisodiy tizimda rejalashtirish, tashkillashtirish, tartibga solish va nazorat qilish vazifalarni amalga oshirgan shaxslar ham mavjud bo‘lib, bu toifa kishilariga uy-qo‘rg‘on egalari, jamoa oqsoqollari, diniy arboblar, tuman va viloyat hokimlari kirgan. Ularning barchasi jamiyat hayoti va ishlab chiqarish tartibida tutgan o‘rni bilan boshqalardan farq qilgan.

O‘zbekiston hududlarida davlatchilik dehqonchilikdan ixtisoslashgan hunarmandchilikning ajralib chiqishi tufayli ilk shahar markazlari asosida rivojlangan. Shahar markazlarining ahamiyati, ayniqsa harbiy to‘qnashuvlar paytida yanada oshib, ulardan tuman aholisi tomonidan boshpana va ijtimoiy mulkning asosini tashkil etuvchi chorva podalari uchun pana joy sifatida foydalanilgan.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ilk temir davrida O‘zbekiston janubidagi jamoalarda “uy egasi”, “qishloq oqsoqoli”, “oqsoqollar kengashi”, “voha-tuman hokimi” kabi mansablar mavjud edi. Ijtimoiy tuzumning bu pog‘onasi ilk davlatchilikning yuqori darajasi bo‘lib, u jamoalarning ijtimoiy hayotida o‘z obro‘- e’tibori va ahamiyatini saqlab qoldi. Jamoa uchun tashkiliy boshqaruv keng ko‘lamdagi qurilish, sug‘orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish paytida zarur edi. Yo‘lboshchi hokimlarning boshqalardan ajralib turishiga qadimgi shaharlarning ichki qal’asida ularning alohida joylashgan saroy qo‘rg‘onlari mavjudligi ham guvohlik beradi. Bu hokimiyat jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini boshqarib turgan.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo janubida (Marg‘iyona - Baqtriya) ilk davlatchilik mil. avv. III mingyillikning oxirlari - II mingyillik boshlarida vujudga kelgan. Ularning markazlari saroy va ibodatxonalarga ega ilk shaharlar bo‘lgan (Gonur, Dashtli). O‘zbekiston hududida ilk davlatchilik tizimiga o‘tish bronza davrida boshlanadi. Surxondaryodagi Ulonbuloqsoy - Sherobod qadimiy ziroatchilik vohasi yodgorliklarning o‘rganilishi (Sopolli, Jarqo‘ton) dehqonchilik, me’morchilik va hunarmandchilikning yuksak taraqqiy darajasini ochib berdi. Jarqo‘tonda alohida joylashgan ibodatxona qadimgi Sharqdagi sajdagohlar singari, e’tiqodga oid vazifasidan tashqari, ibodat-xo‘jalik majmuasi mohiyatiga ega bo‘lgan. Bronza davrida ibodat marosimlarini tashkillashtiruvchi va ijro etuvchi maxsus ijtimoiy guruhlar - kohinlar paydo bo‘ladi.

Qadimgi Sharqdagi ilk davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘pgina umumiy jihatlarga ega ekanligini ta’kidlash joizdir. Aynan shu boisdan ham O‘rta Osiyoda ilk davlatlarning shakllanishi jarayoni Qadimgi Sharq davlatchiligi tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Misol tariqasida, Ikkidaryo oralig‘i (Mesopotamiyada) saroy - ibodatxona - shahar tizimining rivojlanishi ma’lum. Mazkur tizim Gonur, Dashtli va Jarqo‘ton me’morchilik rejasida ham o‘z aksini topgan. Jarqo‘tonda hukmdor saroyi ham bunyod etilgan.

Bronza davridayoq sun’iy sug‘orishga asoslangan dexqonchilik va chorvachilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosini tashkil etgan. Sug‘orma dexqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, dexqonchilik va chorvachilik rivoji natijasida qo‘shimcha mahsulot va xususiy mulk ko‘rinishlari paydo bo‘ldi.

Mil. avv. IX-VIII asrlarda dasht chorvador qabilalari hayotida ko‘chib yuradigan chorvachilik shakli muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ko‘chmanchilar qurol-yarog‘ni rivojlantirish, o‘q otish va suvoriy jang qilish sohasida katta yutuqlarga erishib, o‘troq dehqonchilik aholi uchun juda xavfli kuchga aylanadilar. Bu davrda suvoriy-jangchi va harbiy yo‘lboshchilarning mavqei oshadi. Shu tariqa “harbiy demokratiya” tamoyillariga asoslangan ko‘chmanchi qabilalarning dastlabki uyushmalari vujudga keladi. Bunga o‘xshash uyushmaning markazi quyi va o‘rta Sirdaryo havzasi dashtlarida joylashgan. Mil. avv. VII-VI asrlarda Sharqiy Kaspiy bo‘yi, Janubiy va Sharqiy Orolbo‘yi oralig‘i hududlarida joylashgan sak-massaget qabilalarning harbiy uyushmasi paydo bo‘ladi.

Mil. avv. VII-VI asr o‘rtalarida dehqonchilik voha-tumanlari asosida davlatchilik Baqtriya, Sug‘d, Xorazm va Farg‘ona vodiysida rivojlanadi. Mil. avv. IX-VII asrlar tarixiga oid “Avesto”da yo‘lboshchilar va hukmdorlarning unvonlari belgilab berilgan - “kavi” (hukmdor, podsho), “sastar” (harbiy yo‘lboshchi), “zantupati” (qabila yo‘lboshchisi). Baqtriya va Sug‘d davlatchilik shakli “daxiyusasti” (barcha viloyatlar hududiy birlashuvi)ga ancha yaqin bo‘lgan.

O‘rta Osiyoda davlat uyushmalari sun’iy sug‘orish birmuncha qulay bo‘lgan Amudaryo havzasida (Surxon-Sherobod vohasida) Murg‘ob, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar - Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatishimiz mumkin.

Dastlabki shahar markazlarining paydo bo‘lishi muammolari davlatchilik vujudga kelishi masalalari bilan uzviy bog‘liq mavzu hisoblanadi. Ilk yozma manbalar O‘rta Osiyo hududlarida davlatlar vujudga kelishi haqida nisbatan aniq ma’lumotlar bermaydi. Bu o‘rinda arxeologik ma’lumotlarning ahamiyati beqiyosdir.

Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi - dastlabki shaharlar va davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib ko‘plab bronza va ilk temir davri yodgorliklaridan ishlab chiqaruvchi xo‘jalik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan metall qurollari topib o‘rganilgan. Mehnat qurollarining metalldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi.

Bronza davrida hunarmandchilikning ixtisoslashuvi va alohida xo‘jalik tarmog‘i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyat kasb etib, asosini ilk shaharlar tashkil etgan davlatchilikning shakllanishi uchun muhim omil bo‘lgan. Dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishida ilk shaharlardagi o‘zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy-iqtisodiy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Shuningdek, davlatchilikning kelib chiqishida aholi madaniyati, e’tiqodlari va diniy qarashlarning umumiyligi muhim birlashtiruvchi vazifasini bajargan.

So‘nggi bronza davriga kelib shimoldagi ko‘chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o‘troq dehqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro mol ayrboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Janubiy va shimoliy hududlaridan aniqlangan topilmalardagi ko‘pgina o‘xshashliklar bu hududlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan, qadimgi yo‘llarning taraqqiy etganligidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda eng qadimgi davlatlarning shakllanish jarayoni dehqonchilik va chorvachilik iqtisodiyoti, ixtisoslashgan hunarmandchilik va shahar markazlarining paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘liqdir.



Ilk temir davriga kelib o‘troq aholi sonining ko‘payishi, hosildor bo‘z yerlarning jadal o‘zlashtirilishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi natijasida aholi joylashish uchun hayotiy zarur hududlarini taqsimlanishiga olib keladi. Daryo vohalariga joylashib olgan ziroatchilar nafaqat ekin maydonlarini kengaytirib boradilar, shuningdek, ular o‘z podalarini boqish maqsadida atrofdagi yaylovlardan ham keng foydalanadilar. Ko‘chmanchi chorvadorlar dashtlar hamda o‘troq aholi hududlari chegaralarida (Sharqiy Kaspiybo‘yi va Orol dengizi oralig‘i, Sharqiy Orolbo‘yi, Quyi Amudaryo so‘l sohili yerlari, Quyi Sirdaryo, Pomir vohalari va boshq.) joylashadilar.
Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish