1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni



Download 221,5 Kb.
bet1/23
Sana04.09.2021
Hajmi221,5 Kb.
#164290
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
4.Тарихий реконструкция маруза


1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni

Yozma manbalar va etnografik tadqiqotlar qadimgi jamiyatlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Biroq, yozuv noma'lum bo‘lgan va ilk yozuv rivojlangan davrlar tarixini qayta tiklash ko‘proq arxeologik ma'lumotlari bilan bog‘liqdir. Ular ashyoviy manba sifatida muayyan o‘tmish bosqichlar mahsuloti bo‘lib, turli tarixiy davrlar haqida turlicha axborotni o‘zida aks etgan.

Shu bois mazkur axborotni qo‘lga kiritish, o‘rganish va talqin qilish, tarixiy masalalariga oid rekonstruksiya usullarini ishlab chiqishi arxeologiya tadqiqotlarida o‘z dolzarbligi bilan ajralib turadi. Bu borada fanlararo manbalardan foydalanish, shu jumladan paleogeografiya, paleobotanika, paleozollogiya, tarixiy va etnik geografiyasi, yodgorliklar kartografiyasi manbalarini hisobga olish muhimdir.

Tarixning eng qadimgi davrlaridan boshlab, inson mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlar doirasida amalga oshirilgan. Ishlab chiqarish va ijtimoiy aloqalar mehnatning muhim sharti bo‘lgan. Tabiatda mavjud oziq – ovqat mahsulotlarining o‘zlashtirish jarayoni quyidagicha: inson-moddiy ishlab chiqarish – tabbiy muhit – foydalanish obektlari – mehnat qurollari – fauna va flora turlari kabi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishda rivoj topgan.

Arxeologiya fanida inson va atrof muhitning o‘zaro munosabatlari, paleogeografiya va antropogen landshaftning taraqqiyoti omillari, insonning faoliyati va turmush tarziga tabiy – geografik sharoitning ta'siri, shuningdek aksincha, odamlar jamiyatning ishlab chiqarish va tabiy resurslardan foydalanish oqibatida atrof muhitga ijtimoiy – iqtisodiy ta'sir darajasini aniqlash dolzarb vazifaga aylangan.

Uzoq o‘tmishdan boshlab, aholining turlicha tabiy – geografik sharoitda joylashganligi ma'lum. Tabiy muhit jamoa ishlab chiqarish, moddiy va ma'naviy madaniyati rivojlanishining asosi bo‘lib, turli shakllaridagi xo‘jalik – madaniyatlarni vujudga keltirgan edi. (termachilar, baliqchilar, ovchilar, ziroatkorlar va chorvadorlar madaniyatlari) xo‘jalik madaniy tiplarning birligi yaqin tabiy – geografik muhit bilan bog‘liq bo‘lgan holda, bir xil ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilangan.

XX asrning 70- yillariga kelib, O‘rta Osiyo arxeologiyasi fanida hayot sharoiti, inson turmush tarzi va madaniyatining rekonstruksiyasi, ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot, ayriboshlash va savdo – sotiq tizimi, ilk shaharlar va davlatlar tarixini qayta tiklash masalalari muhim ahamiyat kasb etdi.

Shu bois, turli manbalarga asoslangan holda, etnik aloqalar va etnomadaniy jarayonlar rekonstruksiyasi, ijtimoiy va iqtisodiy tuzilishi hamda e'tiqodlar, diniy qarashlar, ya'ni ma'naviy madaniyatning qayta tiklash uslublaridan keng foydalanish boshlandi.

Manbashunoslik, arxeologiya, etnografiya asosida shakllangan etnogeografiya fanning vazifalari xalqlar (etnik birliklarning) geografik joylashishi, uning xususiyatlari va boshqa xalqlar bilan o‘zaro munsabatlari xududiy joylashishi, uning xususiyatlari va boshqa xalqlar bilan o‘zaro munosabatlari, hududiy joylashish chegaralari, hududlarni o‘zlashtirish darajasi, aholining zichligi va boshqa masalalarni o‘rganish iboratdir. Mazkur masalalarning rekostruksiyasida etnik jarayonlari kartografiyasiga mo‘ljallangan manbalarni mukammal o‘rganish, turlicha mazmunga ega materiallardan keng foydalanish va tarixiy voqyelikka yaqin natijalar beruvchi kartografiya qoidasini tanlab olish – dolzarb vazifa.

Tarixiy rekonstruksiya masalalari obektini fanlararo manbalar va ilmiy ma'lumotlar tashkil etganligi sababli tarixiy – madaniy jarayonlarni qayta tiklashda fanlararo usullari va 3 D (uch o‘lchamli) texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega shu bois tarixiy rekonstruksiya masalalariga oid manbalarni tizimlashtirish, o‘rganish qiyosiy tahlil qilish hamda tarixiy ma'lumotlarni umumlashtirish va xulosalar chiqarish o‘z dolzarbligi bilan ajralib turadi.



Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish