1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni



Download 221,5 Kb.
bet7/23
Sana04.09.2021
Hajmi221,5 Kb.
#164290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
4.Тарихий реконструкция маруза

Eneolit davri. Eneolit - mis-tosh davridir. Mil. avv. IV ming yillikka qadar odamlar faqat toshdan, yog‘ochdan va suyakdan yasalgan qurollardan foydalanganlar. Mis metallurgiyasining kashf etilishi, misdan ishlangan qurollar va buyumlardan foydalanish insoniyat tarixida yana bir taraqqiyot bosqich bo‘lib, kishilik madaniyatining yangi asoslarda rivojini tezlashtirishga imkon bergan.

Eneolit davriga o‘tish ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada yuksalganligini ko‘rsatadi. Misdan ishlangan qurollar tosh qurollarga nisbatan ancha takomillashgan bo‘lsada, lekin og‘ir qurollar yasash uchun mis yaroqsiz bo‘lgan. Shu sababdan, eneolit davri qabilalari tosh qurollardan ham keng foydalanganlar. Mis va tosh qurollarning birgalikda ishlatilishi qadimgi xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Qadimgi Sharqda ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar va hunarmandchilikning rivojlanishi asosida katta, sersuv daryolar vodiylarida shahar-davlatlar paydo bo‘ldi. Bu yerda qulay tabiiy sharoitdan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ham ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotining umumiy rivojini tezlashtirishga imkon bergan.

Qabilalarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo‘lmagan. Neolit davri qabilalari orasida vujudga kelgan iqtisodiy va madaniy notekislik eneolit zamonida ancha kuchaydi. Mazkur davrda Yevropa va Osiyo aholisi xilma-xil xo‘jalik turlari bilan ajralib turgan. Shu asosda ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etgan.

Ovchilik va baliqchilik asosida rivojlangan jamiyatlar iqtisodiy va madaniy jihatdan orqada qolgan. Ularning ijtimoiy munosabatlarida tosh davri tuzumiga xos xususiyatlar saqlangan. Biroq qadimgi Sharq shahar-davlatlari chegaralarida yashovchi dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan qabilalar ham (Kavkazorti, O‘rta Osiyo­ning janubi) qadimgi urug‘chilik tuzumining ko‘pgina xususiyatlarini saqlab qolganlar. Mazkur viloyatlarda dehqonchilik xo‘jaligi ortiqcha mahsulotni keng darajada yaratilishiga asos bo‘lmagan. Urug‘, qabilaviy tuzumi xususiyatlari saqlanib qolgan holda, jamoalar oziq-ovqat maxsulotini umumiy mulkka aylantirib, mahsulotlar baravar taqsimlangan edi. Iste’mol vositalarining baravarligi, mehnat unumdorligining pastligi va xo‘jalik ishlarini butun urug‘ a’zolari tomonidan birgalikda amalga oshirilishi an’analari-ibtidoiy tuzumning asosiy belgilaridir.

Eneolit davri qabilalarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo‘lmagani tufayli arxeologik ma’lumotlar O‘rta Osiyo aholisining iqtisodiy-madaniy jihatdan notekis rivojlanganidan dalolat beradi.

Shuning uchun ham mintaqaning turli viloyatlarida neolit bilan eneolit xronologik jihatdan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Turkmanistonning janubida mis-tosh davrining boshlanishi mil. avv. IV mingyillikka mansub bo‘lgan bo‘lsa, xuddi o‘sha zamonda O‘rta Osiyoning shimoliy dasht va sharqiy tog‘li viloyatlarida qadimiy qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug‘ullanganlar. Bu ikki davr (neolit va eneolit) madaniy-xo‘jalik darajalari jihatdan bir-biridan farq qilgan. Madaniy-xo‘jalik turlari qadimgi mashg‘ulotlar, turar joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ishlab chiqarish qurollari asosida o‘rganiladi.

Metallning kashf etilishi va xo‘jalikda mis qurollar­ning joriy qilinishi bir necha asrlar davomida sodir bo‘lgan. Odamlar o‘z mehnat qurollarini yasash uchun har xil toshlar qidirish jarayonida tabiiy misga duch kelishgan. Dastlabki mehnat qurol­lari yerdan sof holda topilgan misdan yasalgan. Kuchli olovda mis rudasini suyuqlikka aylantirish metallchilikning rivojlaninshga sabab bo‘lgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning viloyatlarida ochiq mis konlari, ular atrofida metall eritish qo‘ralari topildi.

Misdan harbiy qurollar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va zeb-ziynatlar ham tayyorlangan. Ammo, mis yumshoq metall sifatida, qabilalarning xo‘jalik hayotida toshdan ishlangan qurollarni siqib chiqarolmagan, hatto butun ilk metall asri davomida tosh qurollardan keng foydalanilgan. Shuning uchun ham bu davr mis-tosh davri deb ataladi.

O‘rta Osiyo eneolit davrining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlari moddiy topilmalar asosida o‘rganiladi. Bu hududning janub qismida Joytun madaniyatining an’analari yangi asosda ancha yuksak darajada rivoj topib, yangi madaniy-tarixiy jarayonlar bilan bog‘lanadi.

Ilk va rivojlangan mis-tosh davrida qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta farqlar va notekisliklar saqlanadi. Yangi xo‘jalik turlari - dehqonchilik va uy chorvachiligi avvalgidek O‘rta Osiyoning janubi-g‘arbida qulay geografik sharoitda rivojlanishi tufayli, bu yerdagi qabilalarning madaniy-xo‘jalik va ishlab chiqarish taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanadi. Quyi Zarafshon va quyi Amudaryo havzalarida yashovchi qabilalar ziroatchilikka o‘tmaganlar. O‘rta Osiyoning sharqiy qismidaga tog‘li tumanlar aholisi xo‘jaligida ovchilik ustunlik qilar edi.

O‘rta Osiyoning shimoliy va sharqiy viloyatlarida Kaltaminor va Hisor madaniyatlariga mansub madaniy-xo‘jalik an’analari taraqqiy etgan. Dasht va tog‘ makonlaridan topilgan xilma-xil moddiy manbalarni o‘rganish natijalari (sopol idishlar, tosh qurollar, hayvon va qushlar suyaklari) qabilalarning iqtisodiy hayotida ovchilik va baliqchilik tirikchilikning asosiy manbai bo‘lganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga dasht qabilalari tarixida chorvachilikning ilk bosqichi boshlangan. Aholining asosiy qismi daryolarning irmoqlari sohilida va kullar atrofida yashagan. Tabiiy boyliklar eneolit davri odamlari uchun hayot manbai edi.

Kopetdog‘ atrofidagi yerlar o‘zining tabiati va iqlimi jihatidan (yerlari quruq va issiq iqlimli) dehqonchilik uchun qulay edi. Eng qadimgi sug‘orish tarmoqlari shunday sharoitga ega bo‘lgan soylar etaklarida vujudga kelgan. Tog‘ daryolari bo‘ylarida yashovchi qabilalar qadimdan arpa, beda va boshqa ekinlarni sug‘orishda, asosan soy suvlaridan foydalanganlar.

Janubiy Turkmanistonda eneolit davriga oid 32 ta qadimgi makon malum. Ularning asosiy qismi Ashxabodga yaqin joyda va Geoksur vohasidan topib tekshirildi. Geoksur vohasi 8 ta qadimgi manzilgohdan iborat bo‘lib, eneolit davrida o‘troq dehqonchilik tumaniga aylangan edi. Qadimiy vohaning aholisi 4000-5000 kishidan iborat bo‘lgan.

Geoksurtepa I atrofidagi qadimgi sug‘orish maydonlari 50-75 gektar bo‘lib, kanallarning uzunligi o‘rtacha 3 km.ni tashkil etgan. Qabilalarning hayotida chorvachilik ham katta ahamiyagga ega bo‘lgan. Makonlardan yovvoyi qushlar va hayvonlar suyaklari topilgan. Ov­chilik dehqonchilik qabilalari hayotida saqlangan bo‘lsa ham, le­kin xo‘jalik turi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lmagan.

Eneolit davri madaniyatini yaratgan qadimgi dehqonlar atrofi devorlar bilan o‘ralgan manzilgohlarda, xom g‘ishtdan qurilgan uylarda yashaganlar. Uy-joylar dumaloq va to‘rtburchak shaklda bo‘lgan. Uylarning devorlari somonli qorishma bilan suvalgan. Dastlab eshiklar uchun yog‘och ishlatilmay, ular hayvon terilari bilan to‘silgan, so‘nggi eneolit davrida yog‘och eshiklar paydo bo‘lgan. Bazi manzilgohlar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan.

Qurilish uslublari ancha rivojlangan. Uylar ichida to‘rt burchakli yoki xalqa shaklidagi o‘choqlar o‘rnatilgan. Turar joylar yonida don saqlash uchun xo‘jalik xonalari va maxsus molxonalar qurilgan. Aholi ko‘proq mayda chorva - qo‘y-echkilarni boqqanlar.

Janubiy Turkmaniston eneolit davri sopol buyumlari qadimgi hunarmandchilik kasbini o‘rganishda g‘oyat qimmatli moddiy manba hisoblandi. Sopol idishlar rangdor bo‘lib, naqshlar ichida geometrik chiziqlar va hayvon yoki qush rasmlari uchraydi. Sopol buyumlar har xil shakllarda yasalgan, ko‘pchilik sopol idishlarning tagi yassi. Don saqlash uchun xumsimon idishlar ishlatilgan. Ular bilan birga tovoqsimon, piyola va kosasimon mayda idishlar ham bo‘lgan. Sopol buyumlarning qizil, qora va sariq rangli naqshlari mineral buyoqlar bilan ishlangan.

Moddiy topilmalar orasida mis pichoqlar va ignalar, toshdan yasalgan o‘roq va pichoq qadamlari, qirg‘ichlar, nayza va o‘q paykonlari, yorg‘uchoqlar va boshqa qurollar uchraydi.

Eneolit davri qadimgi jamiyatning ijtimoiy, xo‘jalik va madaniy rivojlaninshda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. So‘nggi eneolit ona urug‘i - matriarxat tuzumidan patriarxat - ota urug‘iga o‘tuvchi davr bo‘lib hisoblanadi, lekin ota urug‘i hukmronligi faqat bronza asrida o‘rnatilib, qadimgi qabilalar orasida keng yoyildi.

Arxeologik qazishmalari natijasida topilgan manbalar e’tiqod va diniy qarashlardan ham dalolat beradi. Eneolit davri ibodatxonalarida rangli devor naqshlari topilgan. Inshootlar o‘rtasidagi markaziy o‘choq diniy marosimlar o‘tkazishga xizmat qilgan. Bu o‘tga sig‘inishning dastlabki shakllari bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Chunki odamlar ibodatxonadagi markaziy o‘choqni ovqat pishirish uchun emas, balki tabiiy kuchlarga sig‘inish maqsadida ishlatganlar. Dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qabilalar orasida olovdan tashqari quyoshga, yerga, suvga, hosildorlik bilan bog‘liq jarayonlarga sig‘inish keng tarqalgan. Ibodatxonalar eneolit davri ijtimoiy hayotining diniy markazlari hisoblangan.

Loydan ishlangan hayvon haykalchalari va rangli sopol idishlardagi hayvon rasmlari totemizm (hayvonlarga sig‘inish) shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan.

Metal buyumlarning ishlab chiqarilishi va mehnat qurollari yasash uslubi o‘zgarishi bilan odamlar mis konlarini qidirishga majbur bo‘lganlar. Ilk mis-tosh davrida mis juda qimmatli, noyob ashyo bo‘lib, sof mis faqat ayrim joylarda uchragan.

Dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qabilalarning uzoq hududlarga tarqalishi yangi yerlarni o‘zlashtirishdan tashqari, tabiiy qazilma boyliklar, mis konlarini izlash zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu masalada, yuqori Zarafshonning Panjikent shahridan 15 km. g‘arbda topilgan Sarazm manzilgohi muhim yodgorlikdir.

Sarazm manzilgohiga mil. avv. IV mingyillikning oxirlarida asos solingan. Qadimgi inshootlar ko‘p xonali uylardan iborat bo‘lib, uylar kichik oilalarga mo‘ljallanib, 2-3 xonali qilib qurilgan. Ular uy-joy va ro‘zg‘or-xo‘jalik vazifasini bajargan. Turar joyga moslangan xonalardan dumaloq shaklda ishlangan o‘choqlar topilgan.

Zarafshon vohasining yuqori qismida dehqonchilik madaniyati yoyilishiga Janubiy Turkmanistonning Geoksur turidagi aholisi sabab bo‘lgan. Shuningdek, Sarazm moddiy topilmalari orasida Janubiy Afg‘oniston va Kaltaminor madaniyatlariga mansub buyumlar ham bor. Ular eneolit davri qabilalari o‘rtasidagi keng madaniy va iqtisodiy aloqalar va shu davrga oid qabilalar migratsiyalaridan, ya’ni bir joydan ikkinchisiga ko‘chishlaridan dalolat beradi. Shahrisabz atrofida topilgan, mil. avv. IV mingyillikning oxirlari - III mingyillikka oid misdan ishlangan xanjar va bolta aynan mazkur migratsiyalar yo‘nalishini ko‘rsatib beradi. Sarazm madaniyati bronza davrida ham rivojlandi.

O‘rta Osiyodagi eneolit davri jamiyati neolit zamoni jamiyatidan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiyoti darajasi yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi. Eneolit davri aholisining eng katta ishlab chiqarish yutug‘i, bu sun’iy sug‘orish - irrigatsiyaning rivoj topishidir.

Boshqa bir madaniy yangiliklardan biri - bu so‘nggi mis-tosh davri qurilishida me’moriy rejalashtirishga amal qilinishidir. Ko‘chalar, maydonlar va katta jamoa binolari tartib bilan qurilgan. Binokorlikda xom g‘isht ishlatila boshlangan.

Qabilalar mahsulotlari umumiy mulkka aylantirilgan bo‘lib, jamoadagi ayrim oilalarning o‘rtasida baravar taqsimlanar edi. Uy jamoasining a’zolari umumiy turar joyda yashaganlar, birgalashib mehnat qilganlar, qurollar, ro‘zg‘or buyumlari va xo‘jalik mahsulotlari umumiy bo‘lgan.

Eneolit davri tarixiy-madaniy munosabatlarini o‘rganishda O‘rta Osiyo, Eron va Mesopotamiya aholisining madaniy aloqalariga e’tibor berish lozim. O‘rta Osiyo janubidagi mis-tosh davri me’morchiligida va tasviriy san’atida qadimgi Sharq shahar-davlatlarining madaniy ta’sirini ko‘rish mumkin. Tashqi savdo va ayirboshlash asosida O‘rta Osiyo janubida misdan ishlangan idishlar, qurollar va zeb-ziynatlar ko‘payib borgan.

O‘rta Osiyo janubiy hududlarida quyidagi yangi tarixiy-madaniy jarayonlar eneolit davri bilan bog‘liqdir:


  1. xo‘jalikning boshqa shakllariga nisbatan dehqonchilikning ustunlik qilishi, sun’iy sug‘orishning vujudga kelishi;

  2. toshdan ishlangan qurollar mavjud bo‘lgan holda mis qurollarning paydo bo‘lishi;

  3. katta-katta jamoalarning uy-joylari, me’morchilikda rejaga amal qilinishi;

  4. kulolchilikning muhim yutug‘i - xumdonlarning paydo bo‘lishi;

  5. o‘troq xo‘jaligining rivojlanishi, yirik manzilgohlarning vujudga kelishi, jamoa birlashmalarining katta uylari va qurilishda xom g‘ishtdan foydalanilishi;

  6. turli hayvonlarning loydan yasalgan va ona urug‘i tuzumiga (matriarxatga) xos ayol haykalchalarining yasalishi;

  7. rangdor sopol buyumlar, ya’ni turli tasvirlar ishlangan sopol buyumlarning mavjudligi.


Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish