1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


Madaniy aloqalar, aholi va etnik jarayonlar



Download 221,5 Kb.
bet14/23
Sana04.09.2021
Hajmi221,5 Kb.
#164290
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
4.Тарихий реконструкция маруза

Madaniy aloqalar, aholi va etnik jarayonlar.

O‘rta Osiyo tuprog‘idagi qabilalar bir xilda taraqqiy topgan emas. Turli viloyatlarning madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos xususiyatlar aniqlangan. Bu madaniyatlar dehqonchilik, uy chorvachiligi va yarim ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullangan qabilalarga mansubdir. Ular bir-biridan ajralgan holda rivojlanmagan va turli qabilalar o‘rtasida iqtisodiy va ma­daniy aloqalar izchil keng taraqqiy topgan.

Zamonbobo topilmalarida dasht chorvador qabilalari madaniyatiga va janubiy o‘troq dehqonchilik madaniyatlariga oid ayrim xusu­siyatlar saqlanib, ular bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ham bu ikkala madaniy an’analar Quyi Zarafshonda, birinchidan, iqtisodiy va madaniy aloqalar asosida, ikkinchidan, O‘rta Osiyoning janubiy o‘troq va shimoli-sharqiy chorvador qabilalarining yoyilishi bilan ham bog‘liq bo‘lgan.

Bronza davrida aholi sonining o‘sishi natijasida o‘zlashtirilgan yerlar tobora kengayib borgan. Metallur­giya, dehqonchilik va chorvachilikning yuksak darajada rivojlanishi bilan birga tabiiy boyliklar, mis, qalay va qo‘rg‘oshin xomashyo konlari, bo‘z yerlar, suv manbalari va yaylovlarga qadimgi qabilalar muxtoj bo‘lib turgan. Mil. avv. II ming yillikning o‘rtalarida yaylovlarda boqiladigan chorvachilik maxsus xo‘jalik turiga aylangan. Bronza davrida Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Murg‘ob, Vaxsh va Panj daryolari bo‘ylab yangi yerlarga ko‘chish yo‘llari paydo bo‘ldi. Bu yo‘llar yoqasida mavsumiy makonlar, mozor-qo‘rg‘onlar va qabrlar topib o‘rganilgan.

Dashtli-Sopolli madaniyati vakillarining bir qismi Janubiy Tojikiston, Afg‘onistonning shimoli-sharqiy hududlarini o‘zlashtirib, Hind vodiysigacha yoyiladi, boshqa guruhlari esa Zarafshon vohasi va Sharqiy Farg‘ona yerlarida tarqaladi. Mazkur hududlarda ular mahalliy aholi bilan qorishib ketadi.

Marg‘iyonada Gonur-Tug‘aloq va Baqtriyadagi Dashtli-Sopolli madaniyati bilan bir davrda, Janubiy Uralda Arkaim-Sintashta madaniyati paydo bo‘ladi. Mazkur madaniyatni yaratgan aholi mudofaa devorlar bilan o‘ralgan ko‘p sonli istehkomlarni bunyod etib, asosan, chorvachilik, shu jumladan, yilqichilik bilan shug‘ullanganlar. Ularning ijtimoiy tizimida mol boqqan cho‘ponlar, bronza metallsozlar – hunarmandlar va jangchi suvoriylarning mavqei baland bo‘lgan. Biroz keyin Arkaim-Sintashta madaniyati dasht hududlarida keng yoyilgan Andronovo madaniyati qabilalarining madaniyati rivojlanishiga katta ta’sir qilgan.

Farg‘ona vodiysida mil. avv. II mingyillik boshlariga oid bronzadan ishlangan idish, bolta va to‘g‘nog‘ichlardan iborat arxeologik ashyolar topilgan. Ushbu buyumlarga o‘xshagan topilmalar Eron, Janubiy Turkmaniston, Shimoliy Afg‘oniston va Janubiy O‘zbekiston yodgorliklarida keng tarqalgan. Ular Farg‘ona vodiysida savdo-ayirboshlash va migratsiyalar asosida paydo bo‘lgan. Zamonbobo qabristonida topilgan ba’zi munchoqlar Badaxshon lojuvardidan yasalgan. Shuningdek, Zamonbobo manzilgohida O‘rta Osiyo janubiy ziroatchilari madaniyatiga xos mis to‘g‘nag‘ichlar, xoch shakldagi marjonlar va sopol haykalchalar topilgan.

Janubiy Tojikiston bronza davri yodgorliklaridan olingan sopol idishlar ichida Surxon vohasi, Shimoliy Afg‘oniston va Janubiy Turkmanistonda ishlangan idishlarga o‘xshash sopol idishlar uchraydi. O‘rta Osiyo qabilalarini Qadimgi Sharq davlatlari bilan madaniy aloqalar va savdo yo‘llari birlashtirgan. Bronza davrida uzoq masofadagi savdo-sotiq rivojlangan. Badaxshon tog‘laridan boshlangan savdo yo‘llari Eron va Mesopotamiyaga olib borgan. Badaxshonda qazib chiqarilgan qimmatli tosh-lojuvarddan yasalgan buyumlar Misr, Mesopotamiya va Eron yodgorliklarida aniqlangan. Shuningdek, o‘lkamizning ba’zi viloyatlarida Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston hududlaridan keltirilgan sopol idishlar, dengiz chig‘anoqlari, fil suyagi va metalldan ishlangan buyumlar, fil va ajdar tasvirlariga ega muhrlar ham uchraydi. Panj daryosining so‘l sohilida (Afg‘onistonning shimoli-sharqi) Hind sivilizatsiyasi, ya’ni Xarappa-Moxenjodaro madaniyatiga oid Sho‘rto‘qay savdo faktoriyasining kashf etilishi ancha tasodif bo‘ldi. U Hind sivilizatsiyasi markazi Moxenjodarodan 1100 km masofada noyob minerallar va metallarga boy Sharqiy Baqtriyaning tog‘-konchilik tumanlarining yaqinida joylashgan.

O‘rta Osiyo bronza davri tadqiqotchilari ixtiyorida yozuvsiz manbalar mavjud bo‘lib, mazkur zamonning aholisi, ularning qiyofasi antropologik manbalar asosida o‘rganiladi.

Bronza davrida O‘rta Osiyo janubida O‘rtayer dengizi irqining vakillari yoyilgan. Mintaqaning shimoliy dasht qismlarida janub aholisidan antropologik jihatdan farq qiladigan qabilalar yashaganlar.

Mil. avv. II mingyillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmida Surxon-Sherobod vohasiga va Janubiy Tojikistonning hududlariga shimoldan chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan qabilalar bosqichma-bosqich kelib o‘rnashgan. Dasht chorvador qabilalarining moddiy madaniyati haqida Jarqo‘ton yodgorligi va Vaxsh makonidan topilgan sopol buyumlar, bronza qurollari hamda qadimgi qabrlar o‘rganilishi natijasida aniqlangan dafn marosimlari dalolat beradi. Sopol idishlar qo‘lda ishlangan va ularning sirti murakkab geometrik o‘yma naqshlar bilan qoplangan. Bu idishlar mil. avv. II mingyillikda G‘arbiy Sibir, Janubiy Ural va Qozog‘istonning dashtlarida yoyilgan Andronovo madaniyatiga doir idishlarga o‘xshab ketadi.

Janubiy Tojikistonning bronza davri aholisi tarkibida yangi etnik guruhlar paydo bo‘lganligi arxeologik manbalar asosida isbotlandi. Teguzak va Kongurtut makonlaridan topib tekshirilgan uy-joy qoldiqlari, sopol idishlar, mehnat qurollari va zeb-ziynat buyumlari O‘rta Osiyoning janubiy o‘troq ziroatchi va dasht chorvador qabilalarining yoyilishi bilan izohlanadi. Bu qabilalar Kofirnihon, Vaxsh va Panj daryolari vohalariga, tog‘ yonbag‘irlariga yoyilib ketgan. Chorvador qabilalarga oid bronza davri yodgorliklari Janubiy Xorazm, Kopetdog‘ oldi, Murg‘ob vohasi hududlarida hamda Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod qishlog‘i atrofida aniqlangan. Mil. avv. II mingyillikning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo dasht va tog‘ oldilariga chorvador qabilalar keng miqyosda kelib o‘rnasha boshladi. Ularning moddiy madaniyati Uraloldi, Sibir va Qozog‘istonning dashtlarida yoyilgan Andronovo madaniyatiga mansubdir. Kelgindi dasht qabilalari joylashganidan, ayniqsa sopol idishlar, metall buyumlar va chorvador qabilalarga oid qadimgi qabrlar hamda chorvadorlarga xos bo‘lgan dafn marosimlari dalolat beradi.

Andronovo madaniyati qabilalari Janubiy Xorazm vohasidan o‘tib, Quyi Zarafshon, Quyi Murg‘ob, Kopetdog‘ oldi va Shimoliy Afg‘onistonda paydo bo‘ladilar. Ularning boshqa bir katta to‘lqini Toshkent vohasi, O‘rta Zarafshon, Surxon vohasi va Janubiy Tojikiston hududlarida yoyiladi. Baqtriya hududlaridan chorvador qabilalari Hind vodiysiga yo‘l oladilar.

Chorvadorlarning ba’zi bir guruhlari dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholining chegaralarida joylashib, o‘troq bo‘la boshlagan. Qadimgi qabilalar daryo sohillari bo‘ylab, tog‘ yonbag‘irlarida va vohalarida tarqalgan. Bu holat aholi chorva boqish hamda dehqon­chilik bilan shug‘ullanish maqsadida qulay geografik yerlarni o‘zlashtirganligini ko‘rsatadi.

Zarafshon, Hisor, Bobotog‘ va Pomir tog‘lari yonbag‘irlaridagi yaylovlarda qabilalar asosan mayda chorva boqqanlar. Ular vohalarda yashovchi ziroatchi aholi bilan keng ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda bo‘lgan.

Mavzuga oid xulosalar quyidagilardan iborat:



  • bronza davrida ziroatchilik mintaqaning yangi hududlarida vujudga keldi (Surxondaryo vohasi, Quyi Zarafshon, Xorazm vohasi, Farg‘ona vodiysi);

  • Shuningdek, dasht hududlarda chorvachilik bilan shug‘ullanish dehqonchilikka nisbatan yetakchi mashg‘ulotga aylanadi, turli arxeologik belgilarga ko‘ra, dashtlardagi mahalliy aholi, muayyan tabiiy sharoitga mos ko‘p asrlar avval neolit davrida vujudga kelgan moddiy madaniyat an’analarini saqlab turdi (kulbasimon uy-joylar, sopol idishlarni qo‘lda yasash);

  • bronza davri tarixi qabilalarining keng hududiy ko‘chishlar – migratsiyalar bilan izohlanadi. Shu bois Marg‘iyona-Baqtriya hududlaridagi bo‘z yerlar tashqi migratsiyalar natijasida aholi tomonidan o‘zlashtiriladi hamda bu aholi guruhlarining migratsiyalari mintaqaning sharqiy va shimoli-sharqiy yo‘nalishda davom etdi;

  • O‘rta Osiyodan shimolda joylashgan dasht va o‘rmon-dasht hududlarda (Janubiy Ural, Shimoliy va Markaziy Qozog‘iston, G‘arbiy Sibir) mis, qalay, qo‘rg‘oshin xomashyolariga boy viloyatlar konchilik ishlari va bronza metallurgiyasi markazlariga aylandi;

  • bronza metallurgiyasi, dasht qabilalari uchun, bronzadan turli xil mehnat qurollari, ro‘zg‘or buyumlari va yarog‘-aslahalarni ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi. Natijada, xomashyo va tayyor mahsulot bilan ayirboshlash zaruriyati vujudga keldi;

  • dasht chorvador qabilalari tomonidan otni xonakilashtirish va yilqichilikni rivojlantirish hamda aravani ixtiro qilish tufayli, ularning turmush tarzida uzoq hududlarga ko‘chish ko‘nikmalari paydo bo‘ldi;

  • ziroatchilar orasida aholi sonining ko‘payib borishi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sabablarga ko‘ra, yangi hosildor yerlar va suv manbalarini o‘zlashtirish ehtiyojlari singari chorvadorlar orasida ham o‘z podalarini keng yaylovlarda boqish zarurati doimiy ravishda hayotiy muhim omil bo‘lgan;

  • mil. avv. II mingyillikning o‘rtalariga kelib, shimoliy dashtlarda qurg‘oqchilik boshlanishi natijasida, chorvadorlarning janub tomon, ya’ni ayirboshlash va o‘zaro iqtisodiy aloqalar tufayli ilgari ma’lum bo‘lgan O‘rta Osiyo janubiy hududlariga ommaviy ko‘chish jarayoni boshlangan;

  • mazkur migratsiyalar kelgindi chorvadorlar va tub joyli o‘troq aholi guruhlarining etnik va madaniy jihatdan qo‘shilish, kirishib ketishiga zamin yaratadi va oqibatda mintaqada yangi etnomadaniy jarayonlar rivojlanadi. Ular, ayniqsa, ilk temir asriga o‘tish davrida (mil. avv. X-VIII asrlarda) yaqqol namoyon bo‘ldi.


Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish