1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar



Download 221,5 Kb.
bet13/23
Sana04.09.2021
Hajmi221,5 Kb.
#164290
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
4.Тарихий реконструкция маруза

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Bronza davrida O‘rta Osiyo Qadimgi Sharqning muhim madaniy markazlaridan biriga aylandi. Daryolar vohalarining qulay geografik sharoitida rivoj topgan dehqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslandi. Qadimgi manzilgohlarning atroflarida sug‘orish yerlari keng maydonlarga ega bo‘lgan. Daryolardan kanal chiqarish usullari ancha rivojlanib, bronza davri sug‘orilish xo‘jaligi dastlabki dehqonchilikdan ancha farq qilib, yerni haydab dehqonchilik qilishga asoslangan

Ziroatchilik bilan birga odamlar hayotida voha o‘tloqlarida hamda tog‘oldi va dasht yaylovlarida chorvani boqish muhim ahamiyatga ega edi. Manzilgohlardan qo‘y, echki va sigir suyaklari topilgan. Misol tariqasida, Sopollitepada 16 mingtacha hayvon suyaklari topib, tekshirildi. Ularning asosiy qismi qo‘y va echki suyaklari, boshqalari esa tuya va sigir suyaklaridir. Shu bilan birga odamlar hayotida yovvoyi qushlar va hayvonlarni ovlash o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Sopollitepadan topilgan bug‘u, jayron, qulon, yovvoyi cho‘chqa, quyon, o‘rdak, kaptar va boshqa ko‘pgina hayvon va parranda suyaklari qoldiqlari bu fikrni tasdiqlaydi. Ovchilik odamlarning qo‘shimcha mashg‘uloti bo‘lgan. Ular asosan yovvoyi cho‘chqa, bug‘u va qulonni ovlaganlar.

Arxeologik topilmalar bronza davri hayvonot dunyosi hozirgi faunaga nisbatan ancha boy bo‘lganligini ko‘rsatadi. Daryo vohalari, tog‘lar va dashtlar xilma-xil hayvonlar va qushlar tarqalishi uchun qulay tabiiy muhit yaratgan.

Tog‘oldi va dashtlarda yashovchi aholining asosiy tirikchilik manbai chorvachilik edi. Ayniqsa, Orol dengizi sohillariga yaqin dashtlarda va Quyi Zarafshon hududlarida yashovchi aholining iqtisodiy hayotida chorvachilik muhim ahamiyat kasb etgan. Bu qabilalar asosan mayda chorva, qoramol va otlarni ham boqqanlar.

Metallurgiya rivojlanishi uchun xomashyo konlari zarur bo‘lgan. Qizilqumda bronza davriga mansub qadimgi mis konlari va ma’dan eritish xumdonlari topib o‘rganilgan.

Bronza asrida metallchilikning keng yoyilishi va mehnat qurollarini ishlab chiqarish uslublari ancha o‘zgarishi bilan odamlar yangi mis konlarini qidirishga majbur bo‘lganlar (ayniqsa, misni qalay va qo‘rg‘oshin bilan birga eritib qotirish uslubini o‘rganib olgandan so‘ng). Lekin ilk metall davrida mis qimmatli ashyo bo‘lib, sof mis faqat ayrim joylarda uchragan. Qabilalarning uzoq viloyatlarga yoyilishi, yangi yerlarni o‘zlashtirishdan tashqari, mis, qalay va qo‘rg‘oshin konlarini kashf etish bilan bog‘liqdir.

Bronza davrida manzilgohlar yangi yerlarda vujudga kelgan. Xorazm vohasi, Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo vohasidagi ma’lum yodgorliklarning asosiy qismi daryo irmoqlari yaqinida joylashgan. Tog‘ oldi va dasht chegaralaridagi unumdor yerlar hosildor dehqonchilik tumanlariga aylangan.

Bronza davriga oid buyumlar ixtisoslashgan hunar kasbi qatorida xonaki hunarmandchiligi ham yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Odamlar loydan, suyakdan, toshdan, yog‘ochdan va charmdan xilma-xil buyumlar yasaganlar. Ushbu davrda kiyim jun va zig‘ir tolasidan to‘qilgan. Manzilgohlardan to‘qimachilik sohasida ishlatilgan sopol va toshdan yasalgan urchuqlar topilgan.

Ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar va hunarmandchilikning rivojlanishi asosida aholining ijtimoiy hayotida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Dehqonchilik va chorvachilik ortiqcha mahsulot va mol ayirboshlashni tartibga solishda asosiy vazifani bajargan edi.

Patriarxal urug‘ning rivojlanishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi bilan katta jamoa oilalarning oziq-ovqat mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zamin yaratilgan.

Sopollitepa va Jarqo‘tondan topilgan bronza muhr-tamg‘alar burgut, ilon, tuya va boshqa tasvirlar bilan naqshlangan. Ular ayrim katta patriarxal oilalar va urug‘larning ramzlari bo‘lgan.

Zamonbobo qadimgi qabristonida erkaklar qabrlaridan topilgan buyumlar orasida ko‘proq sopol idishlar, chaqmoqtoshdan ishlangan o‘q uchlari va nayza paykonlari hamda pichoqsimon parrakchalar uchraydi. Ayollar qabrlaridan qimmatbaho toshlardan (lojuvard, feruza, sardolik) yasalgan turli shakldagi munchoqlar, marjonlar va mis ko‘zgular topilgan.

Bronza davri manzilgohlarida o‘rganilgan jamoa uy-joylari, oltindan ishlangan zeb-ziynatlar, boy qabrlardan topilgan bronza idishlar va yarog‘lar, qimmat toshlardan yasalgan marjon va urug‘ boshliqlarining shaxsiy tamg‘alari ijtimoiy munosabatlardagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar beradi. Katta patriarxal oilalarning mulki uy-joylar, hunarmandchilik buyumlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chorva mollaridan iborat bo‘lgan. Kulolchilik va bronza buyumlari savdo-sotiq mahsulotiga aylangan.

Biroq xususiy mulkchilik va mol ayirboshlash qaysi darajada rivojlanganligi haqida tarix fani aniq ma’lumotlarga ega emas. Qabilalar hayotida qadimgi urug‘chilik xususiyatlari, shu jumladan, katta oila a’zolari tomonidan xo‘jalikni birgalikda olib borish, yerga birgalikda ishlov berish, umumiy turar joyda (katta jamoa uylarida) yashash an’analari saqlanib qolgan. Bu uy-joylarda yakka kichik oilalarga 2-3 xonali turar joylar tegishli bo‘lsa-da, lekin ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti – “umumiy tom ostida”, oila, urug‘ boshlig‘i rahbarligida o‘tganligi bilan izohlanadi. Yerga egalik qilish jamoatchilik xususiyatiga ega bo‘lgan. Sun’iy sug‘orish inshootlarini qurish, kanal va ariqlarni tozalab turish kabi muhim ishlar jamoalar tomonidan birgalikda amalga oshirilgan. Shuningdek, bu davrda Marg‘iyona va Baqtriya hududlarida saroy va ibodatxonalar xo‘jaliklarining ajralib chiqqanligini taxmin qilish mumkin.

Bronza davri ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari mavzusiga tegishli turli qarashlar va yondashuvlar mavjud. Mazkur masalaga oid yozma manbalar ma’lum bo‘lmaganligi sababli, bronza davridagi mintaqa hududlarida yerga egalik qilish, yaylovlar, suv manbalari va sug‘orish inshootlaridan foydalanish xususiy mulkchilikka nisbatan jamoatchilik mazmuniga ega bo‘lishi ko‘proq haqiqatga to‘g‘ri keladi. Bu davrda yer qonuniy jihatdan xususiy mulk sifatida rasmiylashtirilgan deb talqin qilish shubhalidir.

Tarixda yerga xususiy mulkchilik soliq tizimi rivojlanishiga zamin yaratgan. O‘rta Osiyoda soliq tizimi mavjudligi haqida ilk bor qadimgi fors bitiklari, Persepol saroyidagi bo‘rtma rasmlar, Gerodot hamda antik davr Parfiya va Xorazm yozuvlari xabar beradi. Bulardan qadimiyroq bo‘lgan “Avesto”da pul va soliq tizimi haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘q.

Shuningdek, bronza davrida turli mahsulot ishlab chiqaruvchi hunarmandlar o‘zlari ayirboshlash va savdo-sotiq bilan shug‘ullanganlar. Savdo-sotiq maxsus kasb-hunar sifatida birdan hunarmandchilikdan ajralib chiqmagan. “Avesto”da ham xususiy mulkdorlar – savdogarlar tilga olinmaydi.

Mil. avv. IV mingyillikning oxirlariga kelib, Qadimgi Sharqda (Old Osiyo, Misr, Ikkidaryo oralig‘i) ilk davlatlar shakllandi. Mazkur jarayon bu hududlarda juda erta ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar, binokorlik va me’morchilik, hunarmandchilik va ayirboshlashning jadal rivojlanishi hamda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarning murakkablashuvi bilan belgilandi.

Eneolit va ilk bronza davrida O‘rta Osiyo janubiy viloyatlarida ham urug‘chilik tuzumida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Metall eritish, mis va bronzadan qurollar ishlab chiqarish, omoch bilan yer haydab ziroatchilik qilish, sug‘orma dehqonchilik, chorvachilik, binokorlik va hunarmandchilikning turli sohalari rivojlanishi natijasida, jamiyatda erkaklar yetakchilik qilib, ijtimoiy-iqtisodiy tizimda ularning mavqei oshib bordi (oila, urug‘ni yetarli mahsulotlar bilan ta’minlash erkak qo‘liga o‘tdi, uy xo‘jaligi yumushlari ayollar zimmasida qoldi). Shu tariqa, urug‘chilik oilasida erkak muhim ijtimoiy o‘ringa ega bo‘lib, patriarxat davri boshlandi (yunoncha, pater – ota va arche – hokimiyat). Qarindoshlik erkak nomi bilan belgilanadigan bo‘ldi.

Katta patriarxal oilasi ota tomonidan yaqin qarindoshlarni birlashtirib, ular umumiy uy-joy, ishlab chiqarish vositalari, ro‘zg‘or buyumlari, taqsimlangan dala yerlarga ishlov berib va chorvaga egalik qilib, yetishtirilgan umumiy oziq-ovqat mahsulotlarini birgalikda iste’mol qilganlar. Patriarxal oilalarning o‘sib borishi natijasida yangi oilalar paydo bo‘lgan.

Yuqoridagi ta’riflangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bronza davrida Marg‘iyona – Baqtriya jamoalariga ham xos bo‘lgan. Mazkur tarixiy-madaniy viloyatlar jamiyatida turli ijtimoiy guruhlar ajralib chiqqan va ilk davlatchilik tizimiga doir jarayonlar rivoj topgan. Marg‘iyona – Baqtriya sivilizatsiyasi fanda “Oks - Amudaryo sivilizatsiyasi” deb e’tirof etilgan. Tadqiqotchilar uning kelib chiqishini Akkad - Elam hududlaridan Sharqiy Eron va O‘rta Osiyo janubiga (Kopetdog‘ oldi, Marg‘iyona, Baqtriya) aholi migratsiyalari bilan bog‘laydilar. Boshqa hududlarda (Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, Quyi Zarafshon va Xorazm vohalari) ishlab chiqaruvchi kuchlarning sust taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan notekis rivojlanishi tufayli, urug‘-qabila tuzumi munosabatlarning an’analari ilk temir davriga qadar o‘z ahamiyatini saqlab kelgan.


Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish