1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


- mavzu. Dafn marosimlarini o‘rganish va qadimgi jamiyatlar ijtimoiy-iqtisodiy tarixini umumlashtirish usullari



Download 221,5 Kb.
bet16/23
Sana04.09.2021
Hajmi221,5 Kb.
#164290
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
4.Тарихий реконструкция маруза

7- mavzu. Dafn marosimlarini o‘rganish va qadimgi jamiyatlar ijtimoiy-iqtisodiy tarixini umumlashtirish usullari.
Qadimgi qabrlar, qabristonlar va alohida joylashgan mozor qo‘rg‘onlar, ba'zi mintaqalar, ma'daniyatlar va qabilalar (ayiqsa ko‘chmanchilar) tarixini qayta tiklashda asosiy yodgorliklar va arxeologik manbalarga aylangan. Dafn marosimlarda turli omillar, shu jumladan, etnik, ijtimoiy omillar, e'tiqod jixatlari, dafn odatlari va usullari hamda qabrlarning tuzilishi aks etilgan.

Ma'lumki, ilk qabrlar, jasadni ko‘mish odatlari yevropa va Osiyo hududlarida o‘rta poleolit davrida vujudga kelgan Teshiktosh g‘ormakoni qabrida ibtidoiy (neandertal) odamning suyaklari bilan birga nayzasimon tosh qurollari topilgan. Odamning jasadi yonidan tartib bilan terib qo‘yilgan bir necha juft tog‘ echkisi shoxlari ham topilgan.

Tarixning taraqqiyoti, inson hayoti va madaniyatining bosqichli o‘zgarib borishi mobaynida dafn marosimlari, turli omillar tasirida o‘zgargan. Etnografik tadqiqotlarga ko‘ra, ibtidoiy odamlar qarashlarida o‘lim hayotining oxiri emas, balki hayot yulidagi xodisalaridan biri, boshqa xolatga o‘tish sifatida baholangan. Shu sababli, dafn udumlari murakkablashib turgan, qabrlar ichiga, marhumga narigi dunyoda kerak bo‘lib qolishi mumkin, uning shaxsiy buyumlari va qurollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari qo‘yilgan, sajda qilingan ko‘rinmas ma'naviy kuchlarga, ma'budalarga qurbon keltirilgan.

Arxeologiya fanida turli davrlarga oid dafn jihozlarining o‘rganilishi asosiy xo‘jalik va hunarmandchilik sohalari, moddiy va ma'naviy madaniyat hamda ijtimoiy munosabatlar qayta tiklanadi.

Misol tariqasida, bronza davri O‘rta Osiyo janubida (Marg‘iyona-Baqtriyada) mayitlar uy-joylarning xonalari va devorlari tagidagi chuqurlarda hamda ularning atrofida maxsus qabristonlarda dafn etilganligi aniqlangan. (Sopolli, Gonur, Tug‘aloq, Jarqo‘ton yodgorliklari). Jasadlar sopol idishlar, qurol-yarog‘lar va zeb-ziynat buyumlari bilan birga ko‘milgan. Erkaklar qabrlaridan bronza qurollari, ayollar qabrlaridan xalqalar, bilaguzuklar, bronza ko‘zgular va munchoqlar topilgan.

Bronza davri qabrlarida aniqlangan buyumlarning miqdori va sifati shundan darak beradiki, mazkur davrda katta patriarxal oilalarga tegishli xususiy mulk va ortiqcha mahsulot paydo bo‘lib, ijtimoiy va mulkiy tabaqalanish vujudga kelgan. Sopollitepadagi ba'zi bir qabrlardan ko‘p sonli sopol idishlar qatorida, metall qurollar va qimmatbaho buyumlar topilgan, boshqa qabrlarda esa faqat sopol idishlar mavjud bo‘lgan.

Shuningdek Marg‘iyonadagi bronza davri ilk shahar markazi Gonurdav dafn jixozlariga boy “podsho” qabrlarida oltin, kumush va bronzadan ishlanganturli buyumlar va to‘rt g‘ildirakli arava qoldiqlari aniqlangan. Gonur qabristonidan qurbonlik qilingan jonivorlar-qo‘chqor, echki, buzoq va ayg‘irlar hamda itlar dafn etilgan qabrlar topilgan. Shulardan birida yettita halok bo‘lgan yosh erkak kishilar skiletlari ustidan yettita katta baquvat itlarning skileti topilgan. Laxadning ustki qismida yana bitta itning suyagi qoldiqlari aniqlangan, go‘yoki bu it mozor qo‘riqlovchisi hisoblangan. Marg‘iyonadagi to‘g‘aloq bir ibodathonasi tevaragida ayol, erkak kishi va ikkita buqa umumiy qabrda dafn etilishi aniqlangan. Jarqo‘tondagi e'tiborga molik arxeologik kashfiyotlardan biri-bu 5 ta it dafn etilgan go‘rning topilishidir.

Qo‘lga kiritilgan ma'lumotlar asosida bronza davri Marg‘iyona va Baqtriyada dafn marosimlari, e'tiqodlar, diniy qarashlar va ijtimoiy munosabatlar tarixi qayta tiklangan.

Shuningdek ilk temir davri ko‘chmanchi chorvador qabilalarning dafn marosimlari o‘rganilishi natijalari e'tiborga molik. Masalan, ular orqali sak-masagetlarning turmush tarzi, urf-odatlari va e'tiqodlarining o‘ziga xos hususiyatlarini ochib berishi mumkin. Marxumlar maxsus jixozlangan yerto‘la va kulbasimon uy-joylarga o‘xshash qabrlarga dafn etilgan. Qabrlar ichiga yaroq-aslaxalar, zeb-ziynatlar, ro‘zg‘or buyumlari va ot anjomlarini qo‘yishgan. Orol bo‘yidaga Uygarak va Sakargacha kabi saklarning mozor-qo‘rg‘onlarida ronza o‘q uchlaridan iborat o‘q donlarining qoldiqlari aniqlangan. Ularning ilgaklari tosh, suyak, bronza va yog‘ochdan yasalgan. Yarog‘lar ichida bronza va temir pichqlar, xanjarlar, xarbiy boltalar va o‘tkir nayzalar uchlari mavjud.

Ot anjomlarini bezatgan bronza taqa va qubbalar alohida topilmalar guruxini tashkil etadi. Ayollar dafn etilgan qabrlarida ot anjomlari topilgan. Shuning kxinlar jasadlari yoniga qurbonlik marosimlariga oid turli buyumlar, hosildorlik ramzi bo‘lmish yorg‘uchoqlar qo‘yilgan. Ayol koxinlarxonadon o‘chog‘i va olov xomiylari hisoblangan. Sag-massagetlar ayollari qabrlaridan ot anjomlari va yarog‘larning topilishi suvoriy-jangchi ayollarning mavjudligi xaqida ma'lumot beradi. Umuman olganda dasht chorvador qabilalari jamoalarida ayollarning ijtimoiy mavqyeyi bo‘lgan.

Mil.avv. VI-VII asrlarda Dnepr bo‘ylari Qora dengizning shimoliy sohillaridan tortib janubiy Sibirgacha cho‘zilgan Sayxon dasht va o‘rmon-dasht xududlarida ko‘p sonli ko‘chmanchi qabilalar-skiflar, sarmatlar va saklar yashagan. Ularning ijtimoiy va boshqaruv tizimi xarbiy demokratiya tamoyillariga asoslanib, chorvadorlar jamiyatida jangchilar, xarbiy zodagonlar va yo‘lboshchilar ajralib chiqgan.

Geradotning yozishicha vafot etgan skiflar yo‘lboshchilari-podsholari katta chuqur qabrlarda dafn etilgan, qabr yon tomonlarida bo‘g‘ib o‘ldirilgan kanizak oshpaz, sharobchi, otboqar, xizmatkor, xabarchi chorva zotlari hamda qurol-yarog‘lar va oltin buyumlar ko‘milib, mozor ustidan tuproqdan iborat baland qo‘rg‘on bunyod etilgan. Mazkur dafan etish marosimidan so‘ng, yunon tarixining xikoyasiga ko‘ra podsho mozor qo‘rg‘onini bo‘yab yerga kavlab o‘rnatilgan katta yog‘och qoziqlarga singib 50 ta xizmatkor va 50 ta ot chavandozlar xolatida joylashtirilgan.

Ilk ko‘chmanchilar xarbiy yo‘lboshchilari mozorqo‘rg‘onlaridan ikki g‘ildirakli aravalar bronza va temirdan ishlangan yarog‘lar va qimmatbaho buyumlar topilgan. Tuvadagi ilk temir davriga oid katta mozor qo‘rg‘oni-Arjan qabrlarida 84 ta ot skiletlari aniqlangan. Mazkur ma'lumotlar ko‘chmanchilar jamiyatidagi ijtimoiy tuzum darajasidan darak berib, shuningde boshqa ashyoviy manbalarni hisobga olgan holda, moddiy va madaniyat, ho‘jalik va hunarmandchilik sohalarini qayta tiklash jarayonida muhum ahamiya kasb etadi.


Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish