Hozirda Internet orqali yozishmalar, videoqo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun oddiy holdir. Hattoki, hukumat ham o‘z vazifalarining muayyan bir qismini Internet orqali bajarmoqda. Global tarmoqning imkoniyati bu bilan cheklanib qolayotgani yo‘q. Nafaqat insonlar, balki insoniyatning kashfiyoti hisoblanmish turli xil maishiy texnikalar ham hozirgi kunda Internetdan foydalanmoqda. Shu sababli ham axborot texnologiyalari sohasiga «Buyumlar Interneti » atamasi kirib keldi.
«Buyumlar Interneti » (Internet of Things – IoT) – bu yagona fizik obyektlar tarmog‘i bo‘lib, tashqi muhit orqali o‘z parametrini o‘zgartirish, ya’ni ma’lumotni to‘plab boshqa turdagi moslamalarga uzatish.
«Buyumlar Interneti » (IoT) – moslamalar o‘rtasidagi o‘tkazuvchan yoki o‘tkazmaydigan tarmoq bo‘lib, o‘z-o‘zini ta’minlovchi, zamonaviy (aqlli) tarmoqni boshqaruvchi, yuqori darajali tarmoq ta’minlovchi, Internetni o‘zi yoqadigan, ma’lumotlarni uzatib, hamda ularni qabul qilib, tahlil qila oladigan texnologiyadir.
Qisqacha aytsak, bu shunday tarmoq ki unda foydalanuvchilar o’rtasida emas, balki qurilmalar o’rtasida muloqot ta’minlanadi. Britaniyalik texnolog Kevin Eshton 1999 yilda “buyumlar interneti ” atamasini muomalaga kiritib, uni quyidagicha tasvirlaydi:“ Agar yigirmanchi asrda ma’lumotlar kompyuterga faqat inson orqali kiritilgan bo’lsa, 21 asrda o’zi ma’lumotlarni yig’ib jonatadigan gadjetlarga duch kelamiz. Masalan, smartfoningizni ko‘ring. U qaerda ekanligini, qaysi yoʻnalishda harakat qilayotganligini aniqlay oladi. Unda bosim, vaqtni o‘zgartirish to‘g‘risida fikrlar mavjud. U hatto ob-havoni oldindan aytib berishi mumkin. Ushbu ma’lumotlarning barchasini kiritish orqali unga xabar berishingiz kerak emas, mobil dasturlar orqali smartfon ularni o‘zi yig‘adi. Buyumlar internetining mazmun-mohiyati bundan iborat. Ma’lumotlar inson ishtirokisiz yig‘iladi, ishlanadi va etkazib beriladi ".
«Buyumlar Interneti» konsepsiyasi hamda atamasi dastlab, 1999-yil Massachusets texnologiya instituti xodimi Kevin Ashton ning fikriga ko‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy ro‘zg‘or buyumlari: choynak, muzlatgich, dazmol singari maishiy texnikalardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan texnikalar: ko‘cha chiroqlari, avtomobil to‘xtash joylari va shahar xavfsizlik xizmatlari hamda tibbiyotda qo‘llanilib kelayotgan zamonaviy texnologik qurilmalargacha bo‘lgan sohalarni ham Internet bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan. Mazkur sohalarning Internet qamrovi deganda, inson ishtirokisiz buyumlarning o‘zaro Internet orqali muloqot qila olishi nazarda tutilgan.
Buyumlar orasidagi ilk Internet orqali muloqotni amalga oshirgan maishiy texnika bu – tosterdir. Bu texnologiyani ilk bor Massachusets texnologiya instituti bitiruvchisi Jon Romkin amalda sinab ko‘rgan. U 1990-yilda TCP/IP protokoli orqali tosterni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalangan.
1999-yil Massachustes texnologiya institutida «Avtomatik identifikatsiya Markazi» (Auto-ID Center) radiochastotali identifikatsiya va yangi sensor texnologiyalari tashkil qilindi. Ushbu markaz bo‘limlaridan biri Cisco IBSG (Internet Business Solutions Group) fikricha: «Shunday vaqt bo‘ladiki, Internetga ulangan buyumlar soni insonlardan ham ko‘p bo‘ladi». 2003-yilda Yer yuzida 6,3 mlrd. aholi, Internetga ulangan, buyumlar esa 500 mln.ga yaqin edi. Har bir aholiga 0,08 tadan texnikalar to‘g‘ri kelgan. 2004-yil «Scientific American» ilmiy jurnalida «Internet ashyo» haqida maqola chop etilgan. Unda maishiy mahsulotlar (budil’nik-soat, konditsioner), uy tizimi (xavfsizlik, o‘simliklarni sug‘orish, yoritish), datchiklar (issiqlik, yoritish) va boshqa turli texnikalarning o‘zaro tarmoq orqali kommutatsiyasi va to‘liq avtomatik boshqarilishi haqida ma’lumotlar berilgan.
2010-yilga kelib haqiqatdan ham Internet orqali boshqariladigan buyumlar soni aholi sonidan oshdi. Yer yuzi aholisi 6.8 mlrd.ni tashkil etgan bo‘lsa, «Buyumlar Interneti» esa 12,5 mlrd., ya’ni har bir kishiga 1,84 ta shunday texnikalar to‘g‘ri kelgan. Rob Van Kranenburg mashhur nazariyotchi fikriga ko‘ra,
«Buyumlar Interneti» to‘rt avlodidan iborat bo‘lib, uning bosqichlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |