1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


- mavzu. Hayot sharoiti, inson turmush tarzi va madaniyatini tiklash



Download 221,5 Kb.
bet18/23
Sana04.09.2021
Hajmi221,5 Kb.
#164290
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
4.Тарихий реконструкция маруза

8- mavzu. Hayot sharoiti, inson turmush tarzi va madaniyatini tiklash.

Paleolit davrida inson tomonidan O‘rta Osiyoning turli hududlarini o‘zlashtirish jarayoni boshlangan. Mintaqaning sharqiy viloyatlaridagi makonlar ( Seleng‘ur, So‘x, Chashma) tog‘ daralari va soy bo‘ylarida yoyilgan. Ba'zi bir joy makonlar dengiz sathidan 1800-2000 metr balandlikda joylashgan. Misol uchun, Janubiy Tojekistonda topib tekshirilgan Qoratog‘ va Havolang makonlari, shular jumlasidandir. Turkmanistonning janubi-g‘arbida aniqlangan ibtidoiy makonlar tog‘ oldi va pasttekisliklarda joylashgan Markaziy Qizilqum va Ustyurt hududlarida ham tosh davri yodgorliklari aniqlangan.

Eng qadimgi davrlardan boshlab, aholi go‘ro‘xlarining to‘rlicha tabiy-geografik sharoitda joylashuvchi, hayt uchun qulay hududlarni tanlab olish, insonning zarur ehtiyojlarini qondirish maqsadida suv manbalari va xom ashyo konlari, xayvonlar va o‘simliklar olami serob o‘lkalarini egallash bilan belgilangan.

Maskur mavzuga doir muhim ilmiy masalalarni ochib berishda olimlar arxeologiya va etnografiya manbalaridan xamda qadimiy yodgorliklardan topilgan paleobatanika va paleozoologiya materiallardan foydalanishadi.

Tabiy sharoit, uning geografif xususiyatlari odamlarning xo‘jalik sohalari, turmush tarzi, moddiy va ma'naviy madaniyatga ta'sir qilgan. O‘z navbatida inson faoliyati oqibatida atrof-muhit o‘zgarib to‘rgan antropagen (madaniy) lantshaft rivojlangan. Tabiy lantshaftdan farqli ravishda uning dastlabki ko‘rinishlari uy-joylar va manzilgohlar, ularning bir-biri bilan bog‘lagan so‘qmoqlar, mehnat qurollarini yasyash va tosh konlari joylarida o‘z aksini topgan.Tabiatda mavjud oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zlashtirish davrlarda, qadimgi ovchilar, baliqchilar va termachilar urug‘ jamoalari o‘z ehtiyojlarini talab darajasida qondirgan o‘lja miqdorini qo‘lga kiritishga harakat qilgan. Shu tariqa axoli zich yashagan xududlarda ovchilik resurslari-hayvonlar miqdori kamayib borgan. Natijada turli aholi guruhlari an'anaviy yashash joylarini o‘zgartirib, yangi hududlarni o‘zlashtirganlar.

Sun'iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi va ko‘p sonli chorva podalarini yaylovlarda boqish natijasida atrof-muhitga antropogen ta'siri ko‘chayib borga.

Ilgari davrlarga nisbatan insonning xayot sharoiti turmush tarzi jadal darajada o‘zgarib borgan. Qishloq xo‘jaligi va suniy so‘g‘orish tarmoqlari landshafti hamda katta-kichik manzilgohlar, ishlab chiqarish maskanlar va aloqa savdo yullari landshafti rivoj topgan. Ilk bor ko‘p asrlar mobaynida foydalanilgan dala yerlarining shurlanishi va axoli tomonidan tashlab qoldirilgan joylarning cho‘lga aylanib borishi namoyon bo‘lgan.

Xayot sharoiti va inson turmush tarzi tarixining rekonstruksiyasi jarayonida paleogeografiya va pleoekologiya manbalaridan foydalanish, arxeologik yodgorliklarning geografiyasiga oid xaritalarini to‘zish mo‘him ahamiyatga ega. Shuningdek aholining o‘troq, yarim o‘troq va ko‘chmanchi to‘rmush tarzini aniqlash, hududlarni o‘zlashtirish darajasi, hududiy joylashuvning chegaralari va xususiyatlarini ochib berish, aholi va geografik muhitning o‘zaro ta'siri kabi masalalarni o‘rganish dolzarb maqsadni tashkel etadi.

Insonning moddiy va ma'naviy madaniyati tarixiy rekonstruksiyasi arxeologiya, etnografiya, yozma manbalar va tasviriy san'at obidalarining namunalari asosida amalga oshiriladi.


Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish