1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


Ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi



Download 221,5 Kb.
bet22/23
Sana04.09.2021
Hajmi221,5 Kb.
#164290
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
4.Тарихий реконструкция маруза

Ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi.

O‘rta Osiyo o‘ziga xos tarixiy-geografik va tarixiy-madaniy hudud hisoblanib, ikkita yirik daryo - Amudaryo va Sirdaryo tufayli bu hududlarda ko‘p asrlar davomida sivilizatsiya taraqqiy etib borgan. Mazkur hududda paydo bo‘lgan davlatlar qadimgi davrlarda va o‘rta asrlarda ham o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turgan. Qadimgi davrlarda Xorazm, Sug‘d, Baqtriya viloyatlaridagi etnik, moddiy madaniyat, til va yozuv bir-biriga yaqin bo‘lgan. Bu holat har bir viloyatning tarixiy-madaniy shakllari hamda madaniy taraqqiyot darajasi bilan izohlanadi.

So‘nggi yillar tarixshunosligida O‘zbekiston tarixidagi qadimgi davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi ishlab chiqildi (E.V.Rtveladze). Ushbu davrlashtirish tarixiy hamda arxeologik tadqiqotlar natijalariga asoslangan bo‘lib, mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmidan milodiy III-IV asrlargacha bo‘lgan quyidagi 6 ta davrga ajratiladi:

Birinchi davr-mil. avv. II mingyillikning ikkinchi yarmi. Bu davrda shimoliy Baqtriya (Surxon vohasi)da davlatchilikning ilk ko‘rinishi shakllanib, uning tepasida oqsoqollar kengashi va saylanadigan hukmdor turgan bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘rinishdagi ilk davlatlar bu davrda Baqtriya hududlarida shakllangan nisbatan yirik uyushmalar tarkibiga kirgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Nisbatan taraqqiy etgan iqtisod, jumladan, sug‘orma dehqonchilik, sopol va metall hunarmandchiligi, ichki va tashqi savdo munosabatlari bunday uyushmalarning davlatchilik xususiyatidan dalolat beradi. Ammo davlatchilikning muhim belgisi hisoblangan yozuvning bu hududlarda mavjudligi hozirga qadar to‘la isbotlanmagan.

Ikkinchi davr - mil. avv. I mingyillik boshlari - mil. avv. 540-y. Bu davrda Baqtriya, Sug‘d va Xorazm kabi tarixiy-madaniy viloyatlar shakllanadi. “Avesto” ma’lumotlariga tayanib, tadqiqotchilar ularni ijtimoiy toifalar tizimiga asoslangan siyosiy hokimiyat ko‘rinishidagi davlatlarning ilk shakli sifatida izohlaydilar. Bu davrda nisbatan hududiy yirik mulklar-qadimgi Baqtriya va qadimgi Sug‘d davlatlari, shuningdek, shimolda sak-massagetlarning qabilalar konfederatsiyalari tashkil topgan.

Uchinchi davr - mil. avv. 540-330-yillar. Ahamoniylar bosqini tufayli O‘rta Osiyo viloyatlarining ular qadimgi Fors davlati tarkibida kirishi natijasida mahalliy davlatchilik taraqqiyotidagi uzilish davri. Ulkan Ahamoniylar saltanati satrapliklarga bo‘linib boshqarilgan hamda uchta O‘rta Osiyo satrapliklari - Baqtriya, Sug‘d, Xorazm to‘laligicha yoki qisman hozirgi O‘zbekiston hududlariga to‘g‘ri keladi.

Satrapliklar tarkibiga kirgan viloyatlarning hukmdorlari, xususan, Oksiart, Xorien, Sisimitr, Katan, Avstan singari Baqtriya va Sug‘d zodagonlari Nautaka, Ksenippa, Paretaka kabi o‘zlarining merosiy mulklarini ma’lum ma’noda mustaqil boshqarganlar. Sak qabilalarining ahamoniylarga qarshi uzoq kurashlari natijasida mil.avv.IV asrning boshlariga kelib Xorazmda mustaqil davlat tashkil topadi.



To‘rtinchi davr -mil. avv. IV asrning oxiri - II asr ikkinchi yarmining boshi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan so‘ng Salavkiylar davlati davri va yunon-Baqriya davlatining inqirozigacha bo‘lgan, o‘z xususiyati va shakliga ko‘ra ikki xil - Shimoliy Baqtriya va qisman So‘g‘dda ellinistik, qolgan hududlarda esa, xususan Xorazmda mahalliy davlatchilik an’analari rivojlanadi, O‘rta Sirdaryo havzasida Qang‘ va Farg‘ona vodiysida Davan davlati vujudga keladi. Bu davrda paydo bo‘lgan Salavkiylar va yunon-Baqtriya davlatlarida davlatchilikning ellinistik siyosiy mezonlari o‘rnatilgan tarzda, ayrim yirik shaharlarda polis boshqaruvi mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin. O‘rta Osiyo Ikkidaryo oralig‘ining shimoliy va Sharqiy qismida - Xorazm, Sug‘d va Farg‘onada mahalliy davlatchilik tizimining rivojlanishi bo‘lib, tadqiqotchilar bu jarayon bosqichini shartli ravishda “xorazm-qang‘”, deb ataydilar.

Mil. avv. IV asrda Xorazm ahamoniylardan mustaqil bo‘lgan bo‘lsa, mil.avv. III-II asr bo‘sag‘asida Sug‘dda Antiox I va Yevtidem tangalariga taqlidan tangalar zarb etgan alohida mulklar shakllanadi. Shu davrda markaziy va shimoliy hududlarda Qang‘ davlati konfederatsiyasining ham shakllanish jarayoni bo‘lib o‘tadi.



Beshinchi davr - mil. avv. II asrning ikkinchi yarmi - milodiy birinchi asr boshlari. Ko‘chmanchi qabilalar hujumi natijasida O‘rta Osiyo Ikkidaryo oralig‘ining barcha hududlarida davlatchilik mavjud bo‘lib, ko‘chmanchi davlatchilik an’analari mahalliy davlatchilik an’analari bilan aralashib ketadi. Bu hududlarga kirib kelgan yuechji-toxarlar Sug‘d va Shimoliy Baqtriya hududlariga joylashib, beshta mulkdan iborat mustaqil davlat konfederatsiyasini tashkil etadilar.

Bu davrda Qang‘ davlati konfederatsiyasiga Sug‘d va Choch mulklari ham kiradi. Bu mulklar avval yunon-baqtriya tangalariga taqlid qilib tanga zarb etgan bo‘lsalar, keyinroq, mustaqil tanganlar zarb etadilar.

Bu davrdagi barqaror davlatchilikning muhim belgilaridan biri - oromiy alifbosi asosidagi yozuvning keng yoyilishi hisoblanadi.

Oltinchi davr - milodiy I asr boshi - III asr o‘rtalari. Bu davrdagi eng muhim voqealardan biri - qudratli Kushon davlatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi hisoblanadi. O‘zbekistonning janubi Kushon davlatining bir qismi edi. Aynan shu davrda Surxon vohasida shaharlarning gullab-yashnashi, aholi manzilgohlarining ko‘payishi, madaniy hayot, iqtisod, savdo-sotiqning taraqqiyoti kuzatiladi.

Shuningdek bu davrda Buxoro Sug‘dning janubi-g‘arbida (“Girkod” sulolasi), Samarqand Sug‘dida (“Kan” sulolasi), Janubiy Sug‘dda Kesh (“Artat” sulolasi), Farg‘ona va Chochda mustaqil ichki va tashqi siyosat olib boruvchi mulk-davlatlar rivojlanadi.

E.V.Rtveladzening fikricha, O‘zbekiston hududlaridagi qadimgi davlatchilik davri quyidagi muhim jihatlari bilan ajralib turadi:

- tangalarda davlat ramzi bo‘lgan sulolaviy belgilarning mavjudligi;

- yozuvning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi;

- mustaqil tanga zarb etishning paydo bo‘lishi, tovar-pul munosabatlarining taraqqiy etishi;

- davlatchilikning barcha funksiyalariga ega bo‘lgan alohida mulklarning shakllanishi;

- bu mulklar o‘rtasida diplomatik munosabatlarning kengayishi;

- davlatlar va xalqlarning ma’naviy boyishi, xalqaro aloqalari, maxsulot ayirboshlashiga keng yo‘l ochib bergan Buyuk Ipak yo‘lining shakllanishi.

So‘nggi ilmiy tadqiqotlar natijasida, yuqorida ko‘rib chiqilgan ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishiga ayrim qo‘shimchalar kiritish mumkin. O‘rta Osiyo janubida davlatchilik tizimiga o‘tish davri mil. avv.III ming yillikning oxiri - mil. avv. II mingyillikning boshlari, ya’ni bronza davri bilan belgilanadi. Baqtriya va Sug‘d misolida hududiy jihatdan o‘rtamiyona davlat mil. avv.VII asrda vujudga keladi.



Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish