Naxshav Nasaf yodgorliklari (Nasaf va Kesh tarixi manbalari) Reja



Download 58 Kb.
Sana12.07.2021
Hajmi58 Kb.
#116546
Bog'liq
Naxshav Nasaf yodgorliklari Nasaf va Kesh tarixi manbalari


Naxshav Nasaf yodgorliklari

(Nasaf va Kesh tarixi manbalari)


Reja:
1. Kesh (ksenippa) va nasaf (naxshab) shahrining genezisi va rivojlanishi (mil.av.

I ming yillik - mil. Vi asrlarda).

2. Samarqand va qashqadaryo sug‘di tarixi .

3. Yerqo‘rg‘on – qarshi shahrining birinchi poytaxti xarobasi.

4. Nasaflik taniqli alloma abul mu’yin an-nasafiyning Hayoti va ilmiy merosi.

5. Yerqo‘rg‘on - qarshi vohasining birinchi poytaxti xarobasi.

Miloddan avvalgi I ming yillik - milodning VI asrigacha bo‘lgan davrda Kesh (Ksenippa) va Nasaf (Naxshab) shahrining genezisi va rivojlanishi.
Miloddan avvalgi II ming yillik oxiri va I ming yillik boshlari O‘rta Osiyoda qabila va xalqlarning keng ko‘lamli ko‘chishi, ilk temir davrining boshlanish davri bo‘lgani bilan e’tiborlidir.

Bu davrda O‘rta Osiyoning asosiy tarixiy-madaniy hududlari - Baqtriya, Marg‘iyona, So‘g‘d, Xorazm shakllangan. Bu davrda ushbu mintaqada dastlabki shaharlar - dehqonchilik vohalarining markazlari paydo bo‘ladi, ilk davlatlar tashkil topadi. Shu davrdan boshlab O‘rta Osiyoda shahar madaniyati uzluksiz, jadal sur’atlar bilan rivojlanib boradi.

Sirdaryo va Amudaryo oralig‘ida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida qadimgi so‘g‘d elati va o‘troq dehqonchilik madaniyati shakllanadi. Qashqadaryoda miloddan avvalgi birinchi asrning boshidan ikkita asosiy voha - Qarshi va Shahrisabz vohalari shakllanadi. Aleksandr Makedonskiy bilan birga yurtimizga kelgan yunon tarixchilari milodning IV asri oxirida Qashqadaryo vodiysidagi ikkita tarixiy-madaniy viloyat - Nautaka va Nikshapani eslab o‘tishadi.

Qarshi vohasining qadimiy poytaxti - Yerqo‘rg‘on shahristoni hozirgi Qarshi shahri Shayxali mahallasidan 2 kilometr shimolda joylashgan tuproq qal’a bo‘lgan. Yerqo‘rg‘on 50-60-yillarda dastavval S.Kabanov va M.Masson tomonidan o‘rganilgan. XX asrning 70-80-yillarida esa O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining ekspeditsiyasi tomonidan bu yerda ilmiy arxeologik tadqiqotlar olib borilgan. Yerqo‘rg‘on hududi turli hajmdagi tepaliklar bilan qoplangan bo‘lib, ular sobiq shahar vayronalaridir. Eng yirik tepalik hukmdor saroyi ekani aniqlangan. Shuningdek, qazuv ishlari davomida shahar butxonasi, maqbara, zardushtiylik dahmasi, hunarmandlar mahallalari topilgan. Yerqo‘rg‘ondagi shahar taxminan VI asrning ikkinchi yarmida Turk xoqonligi va Sosoniylarning birlashgan kuchlari tomonidan eftalitlar davlatini yakson qilish paytida vayron qilingan.

Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalarida shahar kengayib boradi. U 35 gektarlik maydonni egallaydi. Taxminan miloddan avvalgi VI asrda qurilgan yangi mudofaa devorining balandligi 8 metr, poydevori 3 metr kenglikda bo‘lgan. U shaharni sak chavandozlaridan himoya kilgan. Vaqt o‘tishi bilan u bir necha marta ta’mirlangan va kengaytirilgan, IV asrning o‘rtalariga kelib, uning qalinligi 20 metrga yetgan.

Miloddan avvalgi III-II asrlarda Yerqo‘rg‘on o‘rnidagi shahar rivojlanib borgan, buni arxeologik topilmalar tasdiqlaydi. Jumladan, sopol buyumlarning shakli o‘zgara boshlagan. Bular nafis jomlar, ovqat solinadigan idishlar, laganlardir, ayni paytda bu davrda vohada koroplastika san’ati vujudga kela boshlaydi. Bu davrdagi noyob terrakota rasmlar va bezaklar ellincha usulda yasalgan. Qazilmalar mobaynida topilgan momaqaldiroq xudosi Zevs tasviri tushirilgan miloddan avvalgi V-IV asrlarga mansub etruskcha gemmaintaliya ham shu davrga oiddir. Soqolli yalang‘och mavjudot yarim burilgan holda chap qo‘lida Zevsning hamrohi - burgut qo‘ngan asoni ushlab turgan tarzda tasvirlangan.

Miloddan avvalgi II asrning birinchi yarmida Qarshi vohasi Sharqiy Orolbo‘yi hududidan chiqqan saklar sulolasi hukmronligi ostida kolgan. O‘sha davrda Yerqo‘rg‘ondan 15 kilometr janubda qal’a shaklidagi yangi shahar - Qal’ai Zahhoki Moron barpo etilgan. U yagona arxitektura inshooti sifatida qurilgan. Uning markazida tomonlari yuzga yuz metr bo‘lgan, 15 metrgacha balandlikdagi ulkan minora joylashgan. Ushbu inshootni uch kator devor kurshab olgan.

Qal’ai Zahhoki Moron va uning o‘n metr qalinlikdagi devorlari Yerqo‘rg‘on kabi bir necha marotaba qayta qurilgan. Devor tarkibini o‘rganish ularning eng dastlabkilari miloddan avvalgi II-I asrlarga mansubligini ko‘rsatdi. Milodning IV-V asrlarida shahristonni qayta tiklash paytida devor ichidagi yo‘laklar barpo etilgan. Milodning VIII asriga kelib shaharning asosiy qismida hech kim yashamay qo‘ygan, markaziy minoraning tepasida kichik qo‘rg‘on bunyod etilgan.

Miloddan avvalgi dastlabki asrlarda Yerqo‘rg‘on o‘rnidagi shahar kengaytirilgan hamda 150 gektarlik maydon tashqi devor bilan o‘ralgan.

Yerqo‘rg‘onning tashqi devori ichki yo‘lkalari bor mustahkam mudofaa inshooti bo‘lib, uning hududida har 60 metrdan so‘ng minoralar o‘rnatilgan.

Miloddan avvalgi II-I asrlarda Yerqo‘rg‘onning ichki shahrida VIII-VII asrlarga mansub eng qadimgi devor xarobalari o‘rnida kulollar mavzesi barpo etilgan, tashqi shaharda esa - Samarqand tomonga olib boruvchi qadimgi yo‘l yoqasida - temirchilar mavzesi bo‘lib, ular shahar VI asrda vayron bo‘lguncha mavjud bo‘lgan.

Yerqo‘rg‘onning bu davrga oid sopol idishlari ko‘pincha qo‘ng‘iroqsimon oyoqli nafis jomlar sifatida ishlangan. Idishlar bilan bir qatorda kulolchilik ustaxonalarida turli ma’budalar, harbiylar, otliqlar, shuningdek, ot, qo‘y, echki, kamdan-kam holatda esa yovvoyi yirtqich hayvonlar haykalchalari yasalgan.

Qazilgan madaniy qatlamlarni o‘rganish davomida shu narsa ayon bo‘ldiki, Yerqo‘rg‘onda faol bunyodkorlik ishlari milodning III asrigacha davom etgan.

Yerqo‘rg‘on-Naxshabning yangi rivojlanish davri milodning III-IV asriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan, shahar ibodatxonasining muhtasham binosi, hukmdor saroyi, maqbara binolari barpo etilgan, tashqi va ichki mudofaa devorlari tubdan ta’mirlangan, kulollar va temirchilar mavzelari kengaytirilgan.

Xioniylar va eftalitlar davri - IV-VI asrlarda Yerqo‘rg‘on Markaziy Osiyoning eng yirik va gullab-yashnagan shaharlaridan biri bo‘lgan. Poytaxt shahar atrofida keng ko‘lamli qurilmalar aglomeratsiyasi qaror topgan. Shahar infratuzilmasi alohida tarmoqlarga birlashgan murakkab tusga ega bo‘lgan. Ko‘chalar ibodatxonaga, saroy va makbaraga olib borgan.

III-IV asrlarda Yerqo‘rg‘on ikki qavat baland devor bilan o‘ralgan bo‘lib, diniy marosimlar o‘tadigan monumental binolarni o‘z ichiga olgan. Ular shahar jamoatchiligi hayotida hududiy belgilar sifatida xizmat qilgan, vazifasiga ko‘ra ma’muriy, diniy marosimlar o‘tadigan joy va mudofaa markazi rolini o‘tagan.

Yerqo‘rg‘onning kulollar va temirchilar mavzelarining so‘nggi ustki qatlamiga ko‘ra, milodning V asrida shaharda yong‘in va halokat sodir bo‘lgan, keyinchalik hayot yana o‘z iziga tushgan. Milodning VI asrida shahar butkul vayron bo‘lgan, bu hol Turk xoqonligi va Eron Sosoniylarining birlashgan harbiy koalitsiyasi hujumi ostida Eftalitlar davlatininge mirilishi bilan bog‘lik bo‘lsa kerak. Shundan so‘ng milodning VI asri oxiri va VII asrning boshida shahriston ustida, bir paytlar yirik kulollar mavzesi bo‘lgan joyda kichik kulollar ko‘rg‘oni tiklangan. Shaharning huvillagan ibodatxonasidagi bir paytlar ilohiy ma’buda o‘rnatilgan joyda to‘g‘ri burchakli otashkada o‘rnatilgan. Ibodatxonaning ushbu so‘nggi davri VII asrning o‘rtalariga mansub Kesh tangasida ham o‘z aksini topgan.

Qarshi O‘zbekistonning janubida joylashgan eng yirik shaharlardan biri bo‘lib, 70-80 yillari bu vohada olib borilgan yirik sug‘orish inshootlari markazi bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda juda tez rivojlanib borayotgan O‘zbekiston neft va gaz sanoatining tayanchidir.

Yozma manbalarda ma’lumki, Qarshi shahri XIV - asrda Chig‘atoy ulusidan bo‘lgan Kepekxon saroyi atrofida vujudga kelgan. Shaxar mudofaa devori bilan hali yosh Amir Temur endigina tarix sahnasiga tushayotgan paytlarda urab olingan edi. Keyinchalik Qarshi – Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Buxoro amirlari davrida voxaning yirik savdo, hunarmandchilik markazi sifatida faoliyat yurgizib keldi.

Ma’lumki, voxaning qadimda poytaxt shaxri hozirgi Qarshi shahridan 5 km janubda joylashgan bo‘lib, qadimda Naxshab (arabcha Nasaf) deb atalgan va bu shahar XIII asrda Chingizxon tomonidan kuydirilib yo‘q qilingan. Lekin uning nabirasi Kepekxon. Nasafga yaqin yerda Qarshi shahriga asos soldi.

Nasaf shaxri o‘rta asrlarda gullagan va rivojlangan shahar edi. Yozma manbalarda bu shahar VII - VIII asrlardagi suronli yillar davrida mudofaa devorlari bilan mustahkamlangan shahar sifatida tilga olinadi.

Shahar xududida olib borilgan qazishma ishlari yozma manbalardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqladi. Nasaf shahri milodning IV - V asrlarida Qashqadaryo suvining butun vohaga tarqaladigan yerida mustahkamlangan qa’la sifatida paydo bo‘lib, VII - VIII asrlarda vohaning poytaxtiga aylangan. Qarshi vohasida VI - VII asrlargacha shaharlar bo‘lganmi, yoki yo‘qmi, yozma manbalar bular to‘g‘risida bizga biron - bir ma’lumot bermaydi.

Lekin, XIX asrdayoq vohada bo‘lgan olimlar Buxoroga boradigan yulning 8 - 9 km da qadimgi yirik shaharning xarobalari borligini yozib qoldirishgan. Bu shaharning tarixi yaqin kunlargacha ma’lum emas edi. Mahalliy aholining xotirasida bu shahar to‘g‘risida uzuk - yashiq va aniq bo‘lmagan afsonalardan tashqari hech narsa saqlanmagan va bu shahar xarobalari Yerko‘rg‘on deb atalgan.

O‘zining yirik xududi buyuk qadimgi Baqtriyadagi Balx va Mesopotamiyadagi Suza shaharlari bilan bemalol bellasha oladigan bu shahar xarobalari A. I. Terenojkin, S. K. Kabanov, M. YE. Masson kabi arxeolog olimlar tomondan o‘rganildi. Lekin, bu arxeologlarda katta arxeologlarda qazishma ishlari olib borish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli shaharning yoshi va uning rivojlanish jarayoni masalalari noaniqligicha qoldi. Shunga qaramay bu shahar xarobasining o‘ziyoq, uning Qarshi vohasida eng qadimgi poytaxt shahri ekanligidan darak berar edi.

1970 yillarning o‘rtalaridan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Arxeologiya Institutida Yerqo‘rg‘on xarobalarini o‘rganish uchun maxsus ekspeditsiya tashkil etildi va bu yerda muntazam ravishda qazishma ishlari boshlab yuborildi. Yerqo‘rg‘on xarobalarining fan oldidagi xizmati shundaki, u VI asrda tashlab ketilgandan buyon XX asrgacha buzilmay saqlanib kelgan.

Shuni aytish kerakki, Yerqo‘rg‘on eramizning VI asrigacha Janubiy So‘g‘dnnng poytaxt shahri edi. So‘g‘diyona - janubda Baqtriya va shimolda skiflar yashashgan xududlar o‘rtasida joylashgan “Markaziy Osiyoning yuragi" deyishadi. Qadimgi So‘g‘diyona mamlakati tarkibiga asosan Zarafshon va Qashqadaryo vohalari kirgan va bu yerda yashagan xalqlar arablar kelib bu yerda islom dini tarqalgunga qadar o‘zlarinn so‘g‘dlar deb aytishgan. So‘g‘diylar (o‘zbeklar va tojiklarning qadimgi avlodlari) o‘ziga xos qadimgi sivilizatsiya tuzgan, o‘zining erki, mustaqilligi uchun kurashgan xalq, hisoblanadi.

So‘g‘d va so‘g‘diylar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar otashparastlarning muqaddas kitobi avestoda va yirik imperiya tuzgan, "shoxlar shoxi” nomini olgan Eron shohi Doroning qoyatoshlarda koldirgan yozuvlarida uchraydi.

Aleksandr Makedonskiy xarbiy yurishlari ishtirokchilarining guvoxlik berishlaricha, Yaqin Sharq, shimoliy Afrika va Eronni bosib olgan Aleksandr qo‘shinlari So‘g‘diyona xududida birinchi marotaba Spitamen boshchiligidagi mahalliy axolining qattiq qarshiligiga duch kelishgan. Shunga qaramasdan kuchlar teng emas edi va xuddi shunday paytda amalga oshirilgan xiyonat o‘rtadagi jang taqdirining hal bo‘lishida asosiy rol o‘ynadi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, janglardan va kurashlardan charchagan Spitamenning xotini o‘zi, xamda bolalarini saqlab qolish maqsadida erining boshini olib, uni Aleksandrga jo‘natgan. Boshqa bir ma’lumotlar buyicha esa, Spitamenni uning sobiq ittifoqchilari - skiflar tutib berishgan.

Aleksandr buyuk daho sifatida qat’iylik va mardlikni baholay bilgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘p o‘tmay Spitamenning qizi Apamani mashhur sarkarda Seleak o‘ziga xotinlikka olgan. Aleksandr o‘limidan keyin Selevk Sug‘diyonadan to Messopotamiyagacha bo‘lgan xududlarni egallagan selevkiylar davlatini tashkil etgan va o‘z mamlakatidagi eng yirik shaharlardan birining nomini xotini Apama nomi bilan atagan.

Bundan tashqari Aleksandrning o‘zi ham so‘g‘diylar bilan uzoq va og‘ir janglardan faqat diplomatik chekinish yo‘li bilan Roksanaga (Ruxshona) uylanib, uning otasi Oksiart (Vaxshuvar) yordamida mamlakatda tinchlikni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Aleksandr tarixchilaridan birining xabar berishicha yosh Iskandar saroyida uyushtirilgan bayram tantanalar davrida go‘zal Ruxshonani sevib qoladi. Aleksandr bir guruh so‘g‘diylarni o‘limga mahkum qilganda uni xayron qoldirgan bir holat sodir bo‘lgan. Tarixchining yozishicha jallod kundasiga borayotgan so‘g‘diylar ruhlangan holda qo‘shiq aytib borishadi. Bundan nihoyatda hayratlangan Aleksandr tarjimondan asirlarning qo‘shiq aytishini sababi nimada deb so‘raganda, ular o‘lim tufayli asirga tushib sharmanda bo‘lishlikdan qutulishganlariga xursand bo‘lishayotganliklarini tushuntiradi. Bunday oliyjanoblikdan ruhlangan Aleksandr asirlarni ozod qilibgina qolmasdan, ularni o‘zining eng yaqin odamlariga aylantiradi.

Keyinroq, milodning I ming yilligining birinchi yarmi va o‘rtalarida so‘g‘diylar tarix sahnasida yirik savdogarlar sifatida namoyon bo‘lishadi. Ular qit’alararo ipak savdosini o‘z qo‘llariga olishadn. So‘g‘dlarning savdo yo‘lidagi turar joy makonlari sharqda Koreyadan g‘arbda Konstantinopolgacha bo‘lgan xududlarni egallaydi. Hatto Vetnamda tug‘ilgan so‘g‘diylar bo‘lgan. Qora dengizning shimolida joylashgan o‘rta asrlarga mansub Sudak shahrining nomi So‘g‘d etnonimi bilan bog‘liq va So‘g‘dak shaklida saqlangan. Buyuk Ipak yo‘lidagi Xitoyda ham bir qator so‘g‘d shaharlari bo‘lganligi yozma manbalardan ma’lum. Ularning biridan arxeologlar birinchi asrlarga oid vafot etgan pochtalyon suyaklarini topishgan. Uning yonidagi sumkasidan so‘g‘diylarning Samarqanddagi qarindoshlariga yozgan xatlari topilgan. Ularning ichida yosh so‘g‘dlik juvonning o‘z onasiga yozgan xati diqqatni tortadi va bu so‘g‘dlik ayollarning madaniyati naqadar yuqori bo‘lganligidan dalolat beradi. Bu nodir topilmalar Xitoyning Dunxuan (aslida bu so‘g‘d shahri bo‘lib Druan deb atalgan) shahridan ekanligi ma’lum.

So‘g‘dlar budda dinining Hindistondan Xitoyga va undan Koreya va Yaponiyaga tarqalishi jarayonida ham muhim rol o‘ynaganliklari ma’lum.

Qadimgi so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar sharqiy Eron tillari guruhiga mansub bo‘lib ,fors – tojik tilidan katta farq qilgan. O‘rta Osiyoga fors – tojik tillari VIP - IX asrlardan boshlab arablarning siquvi ostida ko‘plab forslarning Xurosonga ko‘chishi jarayonidan boshlab tarqalgan.

Fanda O‘rta Osiyoning ko‘chmanchi - chorvador qabilalari, saklar va Qora dengizining shimoliy xududlarida tarqalgan skiflar sharqiy eron tillarining turli lahjalarida so‘zlashishgani ma’lum. O‘rta asrlardan boshlab bu xududlarda turkiy tillarning tarqalishi oqibatida sharqiy eron tillari "o‘lik tillar” qatoridan o‘rin oladi. Hozirgi paytda bu tillarga mansub xalqlar juda ham kam qolgan bo‘lib, ular qisman Pomir tog‘laridagi bir qancha qishloqlarda, Afg‘onistondagi pashtunlarda va shimoliy Kavkazdagi osetinlarda qolgan.

XX asrning o‘rtalarigacha qadimgi so‘g‘dlarning san’atini o‘ziga xos tomonlari va uning moddiy - madaniyati tarixi xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar fanda juda kam edi. So‘g‘dning qadimgi madaniyatini ananalarini yo‘qolishiga sabab mamlakatning arablar tomonidan bosib olinishi va uning xalqini islomlashtirilishi sabab bo‘ldi. Islom qadimgi dinlar o‘rnini egalladi. Mamlakat esa, Movaraunnaxr deb atala boshlandi va VIII - IX asrlardan boshlab so‘g‘d tili o‘rnini fors - tojik tili egalladi. Bu jarayonda qadimgi madaniy qadriyatlar – tasviriy san’at, ko‘p xudolilik mafkurasi endilikda gunox, hisoblangan. Lekin Sug‘diyona nomi xalq xotirasida ko‘p vaqt saqlanib qolgan. X asr geografi Ibn Xaukalning yozishicha, "So‘g‘d - olloh, yaratgan eng hosildor yurt bo‘lib, unda eng yaxshi daraxtlar va mevalarni, barcha qishloq va shaharlarda bog‘lar, hovuzlar va oqar suvlarni uchratish mumkin". Lekin bu davrda So‘g‘d deganda faqat Samarqand vohasi tushunilar edi.

Qadimgi So‘g‘d madaniyatining yodgorliklari yaqin vaqtlargacha o‘rganilmay kelindi. Buning sababi So‘g‘dning eng yirik shaharlari Samarqand va Buxoro ming yillar davomida o‘zining o‘rnini o‘zgartirmasdan rivojlanadi va bu shaharlarning o‘rta asrlardagi intensiv rivojlanishi jarayoni ko‘plab antik davrga oid ostki qatlamlarning keyingi davrlar arxitektura qoldiqlari va madaniy qatlamlar tagida qolib yo‘q bo‘lib ketishiga olib keldi.

O‘zining qimmati jihatidan Italiyaning Gerkulanum va Pompey shaharlaridan topilgan tasviriy san’at asarlaridan qolishmaydigan So‘g‘dning VI - VIII asrlarga oid devoriy suratlarni uning biroz chetroqdagi shaharlari Panjikent va Varaxsha shaharlari xarobalaridan topildi. So‘g‘dning o‘rta asrlarga kelib keskin rivojlanishining asosiy sabablaridan biri, qadimgi So‘g‘d madaniyati potensialligi nihoyatda yuksak bo‘lganligidadir. Keyingi yillarda So‘g‘dning qadimiy yirik poytaxtlarida olib borilgan arxeologiya ishlari natijasida So‘g‘d madaniyatining yerlari biroz ochilganday bo‘ldi. Bunday muvaffaqiyatlardan biri VII - VIII asrlarga oid Samarqand hukmdorlaridan biri Varxuman saroyi devorlari
ga chizilgan suratlarning topilishidir. Lekin asosan qadimgi So‘g‘d madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari Yerko‘rg‘on xarobalarini o‘rganish jarayonida aniqlandi.

Aleksandr Makedonskiy tarixchilari Qashqadaryo vodiysida ikkita viloyatni - Ksenippa va Nautakani tilga olinadi. Ularning biri Qarshi voxasiga to‘g‘ri kelsa, ikkinchisi Keshga to‘g‘ri keladi. Lekin olimlar o‘rtasida bu shaharlarnnng qaysi biri Nautaka va qaysi biri Ksenippa ekanligi ustida yaqin 100 yildan buyon bahs ketmokda.

Qarshi vohasining yoki qadimgi Naxshabning eng qadimgi shahri Yerqo‘rg‘on xarobalari o‘rnida bo‘lgan. Bu shahar,ikki qator maxobatli mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Kup yillik qazishma ishlari natijasida shu 1 narsa aniq bo‘ldiki, shahar mudofaa devorining ichkaridagisi miloddan avvalgi VI - asrlarda qurilgan, yoki bu shaharning paydo bo‘lganiga 2500 yildan kam bo‘lmagan. Aleksandr Makedonskiy davridan so‘ng shahar ikkinchi mudofaa devori bilan o‘rab olinadi va uning maydoni 150 ga atrofida bo‘lgan. Ko‘p yillik qazishma ishlari natijasida shahar va voha hokimining saroyi, shahar ibodatxonasi, daxma, kulollar, hamda temirchilar mahallalari, maqbara (mavzoley) kabi ko‘plab inshootlar ochildi. Yuqorida eslatilgan binolarning ko‘plari shahar xarobalarining faqat yuqori qatlamlarida ochilgan. Lekin alohida shurflar yordamida aniqlangan qo‘yi qatlamlarning xarakteri shuni ko‘rsatadiki, yuqori qatlamlarda aniqlangan shahar strukturasining shakllanishi uning eng dastlabki etaplaridayoq vujudga kelgan.

Shaharning qadimiy aholisining madaniy aloqalari kishi diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Undagi memoriy inshootlari, san’at asarlarining nusxalari va shularga o‘xshash asori - atiqalar g‘oyat ulkan tarixiy mintaqalarda tarqalgan. Qazishmalarda g‘arbda etruslar va greklardan boshlab, sharqda Xindiston va Sibirgacha bo‘lgan xududlardagi qadimgi madaniyatlar bilan aloqada bo‘lganliklaridan dalolat beruvchi ko‘plab faktlar qo‘lga kiritildi. Qadimgi so‘g‘dlarning keng savdo va diplomatik aloqalarini olib borganliklari to‘g‘risidagi yozma manbalaridagi ma’lumotlarni Yerqo‘rg‘ondan topilgan arxeologik ashyolar bilan ham tasdiqladilar. Qadimgi shahar xududida topilgan eng qadimgi arxitektura yodgorligi daxma bo‘lib, u ikki zinali piramida ko‘rinishiga o‘xshab ketuvchi burj sifatida ko‘tarilib, gardishi kungra bilan bezalgan. Umuman daxma qadimgi Sharq, arxitektura ananalariga to‘liq, amal qilgan holda bunyod etilgan.

Shaharning eng yirik ibodatxonasi esa ikki ustunli qilib qurilgan asosiy sajdagoh, to‘rt ustunli peshayvon va hovlidan iborat bo‘lgan. Ibodatxonaning tarxining kelib chiqishini ildizlari megaron tipidagi qadimgi yunon ibodatxonalariga borib taqaladn.

Yerqo‘rg‘on hukmdorlarining maqbarasi III asrlarda zinapoyasimon piramida shaklida, o‘n metr balandlikda ko‘tarilgan inshootdir. U o‘zining memoriy tarixi jihatidan Afg‘onistondagi kushonlar davriga oid Surx Kotal ibodatxonasini eslatadi. Bu yerdan topilgan amaliy san’at asarlari Naxshab aholisining boshqa xalqlar bilan ham keng aloqalar olib borganligidan darak beradi. Ayniqsa bu shahardan topilgan muhrlar - gemmalarda saqlangan tasvirlar shular jumlasiga kirib, ularning biri qadimgi etrussklar tomonidan V - asrlarda yasalgan va unda Zevsning tik holda burgut ushlab turgan holati tasvirlangan. Ikkinchi gemmada kushon podshosining filda ketayotganligi tasvirlangan (Kushon imperiyasi Surxondaryo vodiysidan to Janubiy Hindiston va Qashqargacha bo‘lgan xududlarni egallagan).

Turli dinlardagi ma’budalarning sopoldan yasalgan ko‘plab haykalchalari, afsonaviy qahramonlar,mashhur kishilarning tasvirlari, ayniqsa ularda tasvirlangan liboslar modalarining o‘zgarishi, tasvirlardagi sochning holati va boshqa belgilarni hammasi qadimgi so‘g‘dlarning grek, skif, fors va Hindiston kabi mamlakatlarning xalqlari bilan keng aloqalar olib borilganliklari to‘g‘risida darak beradi.

Bu yil Yerqo‘rg‘ondagi qazishma ishlari Qarshi shahri va Qashqadaryo viloyati hokimlarining har tomonlama yordami tufayli qayta boshlandi. Qazishma ishlarini o‘tkazishdan asosiy maqsadlardan biri, Yerqo‘rg‘on o‘rnida vujudga kelgan shaharning yoshini aniqlashdan iboratdir. Qashqadaryo ekspeditsiyasi qazishmalarining birinchi yillaridayoq Yerqo‘rg‘on o‘rnidagi shaharning ichki mudofaa devori ichidan to‘g‘ri burchakli g‘ishtda ko‘tarilgan va miloddan avvalgi VI asrlarga oid mudofaa devori topilgan edi. Shu devor atroflaridagi madaniy qatlamlardan miloddan avvalgi ming yillikning o‘rtalariga oid sopol idishlarning parchalari topildi. Lekin shaharning bir necha joyida olib borilgan qazishma ishlari shuni ko‘rsatgan ediki, ushbu mudofaa devori ko‘rilguniga qadar bu yerda ilk temir davriga oid dehqonlarning turar - joy makonlari mavjud bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rta Osiyoning deyarli barcha vohalarida tarqalgan bu kabi sopol buyumlar kulolchilik charxisiz qo‘lda tayyorlanar va uni oftobda qo‘ritib, xumdonda pishirishdan avval idishning tashqi yuzasiga jigarrang buyoqlarda uchburchak,rombasimon yoki geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Bunday idishlar Kesh va Naxshab vohalari bilan birga Samarqand xududida xam ko‘plab topilgan.

Shu paytgacha Yerqo‘rg‘on o‘rnidagi shahar miloddan avvalgi VIII - VII asrlarga oid qishloq o‘rnida, miloddan avvalgi VI asrda shahar paydo bo‘lgan degan tasavvur mavjud edi. Ammo 1999 yili baxor oylarida Yerqo‘rg‘onda olib borilgan ishlar natijasida bu shaharning eng qadimgi biz bilmagan devori qoldiqlari topildi, Lekin, bu obyektdagi ishlar oxiriga yetmagan. Agar shu topilgan devor shaharning birinchi muhofaza inshooti bo‘lib chiqsa, Yerqo‘rg‘onning shahar sifatidagi yoshi 2700 yilga borishi mumkin.

Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, Qarshi shahri Kepekxon tomonidan qurilganligiga qaramasdan uning qadimgi tarixi uzoq asrlar qa’riga borib taqaladi. Yerqo‘rg‘on, Nasaf, Qarshi shaharlari vohaning markazida bir - biriga yonma - yon holda, va eng muhimi dastlabki rivojlanish jarayonida biridan keyin ikkinchisi paydo bo‘lgan. Bu shaharlar turli davrlarda turli nomlar bilan atalishiga qaramasdan vohaning asosiy poytaxt sifatida shahar rivojining uch bosqichini tashkil etadilar.

Tarixda bunday o‘rni o‘zgarib turuvchi shaharlar to‘g‘risida ko‘plab misol keltirish mumkin. Toshkent shahri bundan ikki ming yil avval vokzal yaqinidagi Mingo‘rik istehkomi atrofida vujudga kelgan bo‘lishiga qaramasdan arab istilosidan keyin hozirgi Yunusobod atrofidagi Oqtepa, keyinrok Chorsu atrofida paydo bo‘lgan Binket shahri o‘rniga o‘tib, ularning har biri o‘z davrida vohaning siyosiy va iqtisodiy markazi vazifasini o‘taganlar. Qadimiy dunyo va o‘rta asrlarda shu kabi katta va kichik shaharlarning vaqti - vaqti bilan o‘z joylarini o‘zgartirib turganliklarini kuzatish mumkin.

O‘zbekiston janubiy sarhadlaridagi Qashqadaryoning quyi oqimida joy-lashgan qadimiy shajaraga ega bo‘lgan Nasaf viloyati va uning poytaxt shahri Nasaf Markaziy Osiyodagina emas, balki Musulmon Sharqida, hamda umumbashariy tamaddunida ham salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan.

Miloddan avvalgi IX–VII asrllarda Keshk rudining o‘rta oqimida shakllangan manzil taraqqiy etgan va shahar maqomini olib, Naxshab deb atalgan, hamda bu shahar atrofida turli madaniyatlar uyg‘unlashgan. Naxshabdan so‘ng uning vorisi Nasaf vohaning eng asosiy poytaxt shahri sifatida qad rostlab, gullab yashnagan.

So‘g‘diyonaning Samarqanddan keyingi poytaxti sifatida nasafning tan olinganligi bejiz emas. Mug‘ullar istibdodigacha mazkur shahar musulmon dunyosining yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylangan. Keyinchalik XIV asrning birinchi choraklarida Nasafning sharqida uchinchi vorisi Qarshi shahri bunyod etildi va madaniy an’analar yanada rivojlanib, so‘ngi o‘rta asrlarda bu shahar Buxoro xonligidagi salohiyatli shaharga aylangan.

Moziy sahifallarida uyg‘onish davri deb tilga olingan IX- XII asrlarda Nasafda iqtisodiyot va ilmu fan ravnaq topgan. Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida bu shaharda islomiy ilmlar yuqori taraqqiyot darajasiga erishib, qur’onshunoslik, hadisshunoslik, islom huquqi, filologiya, tarixnavislik an’analari qaror topgan. Bu davrda Nasafda intellektual hayot barq urib rivojlangan.

X asrda Nasaf shahri yirik ilmiy – madaniy markazlardan biri darajasiga ko‘tarilib, musulmon olamidagi 8 ta madina (shahar) maqomini olgan shaharlardan edi: Madinai munavvara, Bag‘dod, Balx, Isfahon, Nishopur, Marv, Buxoro, Samarqand, Nasaf. Shuningdek, O‘rta Osiyoda 4 ta hadisshunoslik maktablari mavjud edi: Marv, Buxoro, Samarqand va Nasaf.

X asrda Nasafda xalqaro kongress - “Majlisi tadris” o‘tkazilgan. Buyuk hadisshunos olim Ismoil al-Buxoriy Nasaf shahrida bir muddat yashab, hadislar uchun ma’lumotlar to‘plagan va yoshlarga saboq bergan. Sharqshunos olimlar ma’lumoticha VIII-XII asrlarda Movarounnahrda 3000 dan ortiq muhaddislar faoliyat ko‘rsatishgan bo‘lsa, ulardan 400 dan ortig‘i Nasafda yashashgan. O‘rta Osiyo madrasalarida Nasafiylarning asarlari asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilgan.

Nasaf vohasida al-Kasbaviy, al-Kosoniy, al-G‘ubdiniy, al-Ibsaniy, al- Pazdaviy, al-Maymurg‘iylar ham samarali ijodiy faoliyat yuritishgan. Nasaflik adiblar va xattotlar ham Movarounnahrda nom qozonishgan.

Nasafiy, Naxshabiy nisbali olimlar va adiblar Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlarda, Hindiston kabi Sharq mamlakatlarida ham yashashib, barakali ijod qilishgan.

Qashqadaryo vohasi buyuk allomalarining ibratli hayoti va boy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish hamda xalqimizga keng ko‘lamda yetkazish maqsadida viloyat hokimi N.Zayniyevning shaxsan tashabbusi bilan 2007 yilning 3-martida hokimning “Nasafiy va Keshiylar merosini o‘rganish ilmiy Markazi tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra ilmiy Markaz Qarshi Davlat universiteti qoshida tashkil etilib, unga rahbar qilib taniqli manbashunos olim professor U.Uvatov tayinlandi. Markaz ishchi guruhi tarkibiga yetakchi tarixchi, qadimshunos, elshunos, manbashunos, adabiyotshunos olimlar, taniqli adiblar va diniy ulomolar jalb etilgan.

Ushbu ilmiy Markaz o‘z Nizomiga ega bo‘lib, unga ko‘ra Qashqa vohasidagi Nasaf va Kesh viloyatlarida hamda dunyoning boshqa yirik mamlakatlarida yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz merosini teran o‘rganish, nashrga tayyorlash va ularni xalqimizga yetkazish, vohadagi tarixiy qadriyatlar va muqaddas qadamjolarni teran tadqiq etish bo‘yicha samarali faoliyat yuritilmoqda.

2007 yil bahorida professor U.Uvatov Angliyaga qilgan ilmiy safarida Britaniya muzeyida saqlanayotgan Abdulloh ibn Ahmad an-Nasafiy, Muhammad ibn Ali an-Nasafiy, Najmiddin an-Nasafiy, Muhammad ibn Umar an-Nasafiy, Maymun ibn Muhammad al-Makhul an-Nasafiy, Lutfulloh an-Nasafiy al-Fozil al-Kaydoniy an-Nasafiy kabi Nasafiy nisbali vatandoshlarimizning 100 ga yaqin qo‘lyozmalarini topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu kabi qo‘lyozmalarni xorijiy davlatlarning boshqa yirik shaxarlaridagi markaziy kutubxonalarda ham uchratish mumkin. Bu sohadagi ilmiy izlanishlar izchil davom ettirilmoqda.

Quyida nomi tilga olinadigan Nasaf vohasida voyaga yetgan yirik alloma Abul Mu’yin an-Nasafiy (1027-1114) “Al-Moturidiya kalom maktabining himoya qilib turuvchi buyuk shaxs” deb ta’riflangan. Zamonasining yirik olimi Najmiddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy (1068-1142) bu zodga shunday baho bergan edi: “Sharqu G‘arbning olimu ulamolari Abul Mu’yin an-Nasafiy ilmining dengizidan bahra topib, ul taratgan ziyo nurlarini ko‘zlariga to‘tiyo qilib surtganlar”.

Abul Mu’yin an-Nasafiy ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha dastlabki natijalarga erishildi. U.Uvatov, Sh.Sharopovlar alloma hayoti va merosiga bag‘ishlangan risolalarini nashr ettirdilar. Sh.Sharopov drama tayyorladi. Bu sohada nomzodlik dissertatsiyasi ham yozildi. Alloma xilxnasi joylashgan Qarshi tumani Qovchin qishlog‘idagi yodgorlik majmuasini ta’mirlashga va ul zotning tavalludini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.



Keling azizlar, hukmingizga havola qilinayotgan yurtdoshimiz ulug‘ alloma Abul Mu’yin an Nasafiyning boy boy ilmiy merosi haqidagi radio lavhalar turkumiga diqqat bilan quloq tutsangiz uning barakali ijodi sarchashmasi-dan bahramand bo‘lasiz. Bularning hammasi milliy iftihortuyg‘usini yanada boyitishga xizmat qilishi shak-shubhasizdir.
АDАBIYOTLАR:
1.Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. Т.,2008 .

2.Каримов И.А. "Тарихий хотирасиз келажак йўқ Т., 1998.

3.Каримов И.А. "Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли". Т. 1992.

4.Каримов И.А. "Ватам саждагох каби муқаддасдир" Т. 1996.
Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish