Тошкент шаҳар ҳокимияти 2021 йил 25 январдаги қарори билан
“Майкоп сервис” МЧЖга қарашли савдо мажмуаси биносини уни
огоҳлантирмасдан туриб бузиб ташлаган. Бунинг натижасида МЧЖга 11 75
000 000 сўм зарар етказилган. Мазкур зарарни ундириш мақсадида “Майкоп
сервис”
МЧЖ
иқтисодий
судига
мурожаат
қилиб,
Ўзбекистон
Республикасининг “Хусусий мулкни ҳимоя қилиш ва мулкдорлар
ҳуқуқларининг кафолатлари тўғрисида”ги Қонунига асосан ҳокимиятдан
зарарни тўлиқ ундириб беришни сўраган.
Тошкент шаҳар иқтисодий судининг биринчи ва апелляция
инстанциялари қарори билан “Майкоп сервис” МЧЖнинг даъво талабларини
қаноатлантириш рад этилган.
Тошкент шаҳар ҳокимиятининг ҳаракатлари қонуний ҳисобланадими?
Жавобингизни асосланг.
Тадбиркорлик субъектларининг хусусий мулкини ҳимоя қилиш борасида
қонун ҳужжатларида қандай кафолатлар берилган?
“Майкоп сервис” МЧЖнинг иқтисодий судга мурожаат ҳамда важлари
қонуний ҳисобланадими?
Суд мазкур низони қандай ҳал қилиши лозим. Фикрингизни қонун
ҳужжатларига мувофиқ асослаб беринг.
Hozirda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini
buzib, o‘z uy-joyidan majburiy ko‘chirish holatlari aks etgan video xabarlar ko‘payib
bormoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatlarini yuritishlari uchun
qator qulaylik va imkoniyatlar yaratilmoqda. Tadbirkorlarga yaratilgan imtiyoz va
yangilliklar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, tadbirkorlarga berilayotgan
imkoniyatlarni kengaytirish, xususiy mulkni himoya qilish, biznes muhitini turli
bosimlardan xoli qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Prezidentimiz qo'lga
kiritilgan ulkan yutuqlar barobarida o'z yechimini kutayotgan muammolar ham
borligiga e'tibor qaratdi. Xususan, ayrim hollarda mahalliy davlat hokimiyati va nazorat
organlari
tomonidan
xususiy
mulk
huquqlarining
buzilishi
holatlari
takrorlanayotganligini ta'kidladi.
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”
Qonunning
7-moddasida
“Mulkdorning
davlat
organlari
bilan
o‘zaro
munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq
qonun hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga
keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning
foydasiga talqin etiladi” deb belgilangan.
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatlarini yuritishlari uchun qator
qulaylik va imkoniyatlar yaratilmoqda. Tadbirkorlarga yaratilgan imtiyoz va
yangilliklar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini
ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik
muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-418-son Qonuni tasdiqlandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabridagi 911-sonli “Jismoniy
va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer
uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq:
1.
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish,
shu jumladan, muayyan hududning arxitektura qiyofasini o‘zgartirish va yaxshilashga
qaratilgan davlat dasturlari hamda investitsiya va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega
bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib
qo‘yish yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan
kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari
Kengashlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar
Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshiriladi;
2.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
yoki tuman (shahar) hokimliklarining olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida
joylashgan ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori adliya
organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi;
3.
yer uchastkasini olib qo‘yish tashabbuskori hamda olib qo‘yilayotgan yer
uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektining mulkdori o‘rtasida tuziladigan
yerni
olib
qo‘yish
munosabati bilan kompensatsiya berish to‘g‘risidagi
kelishuv majburiy tarzda notarial tasdiqlanadi;
4.
ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga olib
qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyekti mulkdoriga
kelishuvda, nizo mavjud bo‘lgan hollarda esa sud qarorida, belgilangan kompensatsiya
to‘liq taqdim etilgandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi;
5.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning yer
uchastkalarini ajratib berish to‘g‘risida avval qabul qilingan qarorini bekor qilish yoki
unga o‘zgartirish kiritish, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, hokimliklar yoki boshqa davlat organi tomonidan maʼmuriy tartib-
taomillarga rioya etilmaganligi sababli bekor qilish yoki unga o‘zgartirish kiritish yo‘li
bilan yer uchastkalarini olib qo‘yish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Uy-joy nizolari
bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 2001 yil 14 sentyabr 22-sonli Qarorining 8-bandiga
asosan, yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati
bilan fuqarolar mulki bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mazkur fuqarolarga,
ularning oila aʼzolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy
yashayotgan fuqarolarga ularning tanlovi bo‘yicha va taraflar kelishuviga ko‘ra, uy-joy
maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo‘lgan,
avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning
bozor qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar
va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning
bozor qiymati to‘liq hajmda to‘lanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan
“Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan
ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”
Nizomning 5-bobida mulkdor va tashabbuskor o‘rtasida yuzaga keladigan nizo bo‘yicha
kelishuvga erishilmagan taqdirda — ushbu nizo sud tartibida ko‘rib chiqilishi hamda
ushbu nizo bo‘yicha sudning qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar yer uchastkasi olib
qo‘yilishi to‘g‘risidagi qaror hamda olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan
ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishiga yo‘l
qo‘yilmasligi belgilangan.
Shuningdek, mazkur Nizomga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi
(mansabdor shaxs)ning noqonuniy maʼmuriy hujjati qabul qilinishi oqibatida
yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda tegishli organlarning byudjetdan
tashqari mablag‘lari hisobiga qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida
undirib olinadi.
Ushbu muammoli vaziyatda ham Toshkent Shahar hokimligi bir qator jiddiy
xatoliklarga yo’l qo’ygan. Jumladan, yer uchastkasini olib qo‘yish tashabbuskori hamda
olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektining mulkdori
o‘rtasida tuziladigan yerni olib qo‘yish munosabati bilan kompensatsiya berish
to‘g‘risidagi kelishuv majburiy tarzda notarial tasdiqlanmagan. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar)
hokimliklarining olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk
obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori adliya organlarining ijobiy xulosasi
olinmagan. Ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga
olib qo‘yilayotgan yer uchstkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyekti mulkdoriga
kelishuvda, nizo mavjud bo‘lgan hollarda esa sud qarorida, belgilangan kompensatsiya
to‘liq taqdim etilgan holda MCHJga tegishli mulk buzib tashlangan.
MCHJ bu o’rinda taalluqligi bo’yicha iqtisodiy sudga emas balki m’muriy sudga
murojaat qilishi zarur edi. Yuqoridagi normativ-huquqiy qonun hujjatlariga tayanib
mening fikrimcha ma’muriy sud MCHJning foydasini ko’zlab qaror qabul qilishi kerak.
Foydalanilgan qonun hujjatlari
1.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi
2.
O'zbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” Qonuni
3.
O‘zbekiston
Respublikasining
"Tadbirkorlik
faoliyatining
jadal
rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga
va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar
qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-418-son Qonuni
4.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabridagi 911-sonli
“Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash
hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori
5.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-son qarori bilan
tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer
uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga
kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida” Nizomi
Do'stlaringiz bilan baham: |