1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


Mezolit, neolit va eneolit davri tarixi



Download 221,5 Kb.
bet5/23
Sana04.09.2021
Hajmi221,5 Kb.
#164290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
4.Тарихий реконструкция маруза

Mezolit, neolit va eneolit davri tarixi. Tosh asrining keyingi rivojlanish bosqichi fanda mezolit (o‘rta tosh) davri O‘rta Osiyoda nisbiy tarzda mil. avv. 12-7 mingyilliklar bilan belgilangan. Mezolit - odamlarning yer yuzi bo‘ylab keng tarqalish davri bo‘lib, ular dengiz, ko‘llar va daryo bo‘ylari hamda tog‘li hududlarda yoyilganlar. Kaspiy bo‘ylaridan Tyanshan - Pomirgacha, Markaziy Qozog‘istondan Kopetdog‘ etaklarigacha bo‘lgan hududlardan mezolit davri yodgorliklarining namunalari topib o‘rganilgan. Machay (Surxondaryo), Obishir (Farg‘ona vodiysi), Bo‘zsuv, Qo‘shilish (Toshkent), Aydabol, Jayronquduq (Ustyurt), Sulton Uvays (Quyi Amudaryo o‘ng sohil yeralri) kabi O‘rta Osiyodagi 50 dan ziyod yodgorliklar shular jumlasidandir.

Mezolitning ilk va so‘nggi bosqichlarini belgilashda tadqiqotchilar geografik shart-sharoit, toshni qayta ishlash texnikasi va odamlarning turmush tarzi hamda mashg‘ulotlariga asosiy e’tibor qaratadilar.

Mezolit davriga kelib yer yuzidagi ulkan muzlikning yana shimolga tomon siljishi natijasida iqlim barqarorlashib hozirgi davrdagiga ancha o‘xshab qolgan edi. Buning natijasida O‘rta Osiyo hayvonot olami va o‘simliklar dunyosida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.

Paleolit davrining yirik hayvonlari yo‘qola borib, ular o‘rniga kichik tuyoqli, tez yuguruvchan hayvonlar - jayron, sayg‘oq, bug‘ular, tog‘ echkisi, arslon, yo‘lbars, qoplon, quyon kabilar ko‘paya boradi. Shuningdek, janubga xos issiqsevar, yovvoyi boshoqli o‘simlik va daraxtlar ham tobora ko‘payib bordi. Tabiat va iqlimdagi bu o‘zgarishlar mezolit davri kishilarining hayotida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Bu davrga kelib kishilar nisbatan nozikroq qurollar tayyorlashni o‘zlashtira boshladilar. Xususan, janubiy o‘lkalarda, shuningdek, O‘rta Osiyoda turli geometrik shakldagi mayda qurollar - mikrolitlar paydo bo‘lib ular uchun suyak va yog‘och dastachalardan qadama sifatida foydalanilgan. Undan tashqari, bu davrda insoniyat o‘z tarixidagi dastlabki murakkab moslama - o‘q-yoyni kashf etdi. Natijada chopqir, kichik tuyoqli hayvonlar va parrandalarni ov qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Mazkur davrning eng katta yutuqlaridan yana biri yaqin Sharq hududlarida yovvoyi hayvonlar - it, qo‘y, echki kabilarning qo‘lga o‘rgatilib, xonakilashtirilishi bo‘ldi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mezolit davrida Old Osiyoning ba’zi viloyatlarida termachilikdan yovvoyi o‘simliklarni xonakilashtirishga hamda ovchilikdan chorvachilikka o‘tish boshlanadi. Bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va tabiiy-geografik sharoit bilan bevosita bog‘liq edi.

Mezolit davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasidagi Machay (Boysun) g‘or-makonidan ko‘plab suyak va tosh qurollar topilgan. Suyak qurollar bigiz, igna, so‘zan kabilardan iborat bo‘lsa, tosh qurollar - pichoqlar, arrasimon qurollar, kesgichlar, ushatgich toshlar, nayza va o‘q uchlari kabilardir. Bu qurollarning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lsa ham yaqin Sharqdagi mezolit yodgorliklaridan topilgan tosh qurollarga o‘xshab ketadi.

Machay makonidan odam bosh suyaklari, tishi, jag‘i va boshqa qismlari qoldiqlari topilgan bo‘lib, bu topilmalarni o‘rganish tadqiqotchilarga O‘rta Osiyoning janubidagi mezolit davri kishilarining yevropoid irqiga mansub ekanligini aniqlash imkonini berdi.

Machay g‘orida bo‘ri, tulki, bars, mo‘ynali suvsar, quyon, jayra, olmaxon kabi hayvonlarning ham suyak qoldiqlari topilgan. Machaylik mezolit davri odamlari olovdan keng foydalanganlar hamda hayvon va parranda go‘shtlarini olovda pishirib yeganlar.

Farg‘ona vodiysidan mezolit davriga oid Obishir g‘or-makonidan tosh qurollar, bigizlar, qirg‘ichlar, pichoq qadamalari topilgan. Shuningdek, topilmalar orasida yovvoyi hayvonlarning maydalangan va sindirilgan suyaklari, baliq tutishda ishlatiladigan qadoq toshlar ham bor. Topilgan ashyolarga asoslanib obishirliklar baliqchilik, ovchilik va termachilik bilan shug‘ullangan deyishimiz mumkin.

Markaziy Farg‘ona hududlaridan Sho‘rko‘l, Achchiqko‘l, Yangiqadam, Bekobod, Zambar, Toypoqko‘l kabi 80 ga yaqin mezolit davri yodgorliklari aniqlandi. Ularning ko‘pchiligi ko‘l yoqalaridan topilgan bo‘lib aftidan bu joylar mezolit davri kishilarining yashashlari uchun ko‘pgina qulayliklarga ega bo‘lgan. Bu yerlardan topilgan ko‘pgina qurol va tosh buyumlar o‘zining nisbatan nozikligi, ixchamligi bilan paleolit davri qurollaridan ajralib turadi. Markaziy Farg‘onadagi mezolit davri qabilalari xo‘jalik hayotida ovchilik, termachilik hamda baliqchilik ustunlik qilib, qulay tabiiy-geografik sharoit mazkur hududlarda qadimgi odamlarning keng tarqalib yashashlari uchun imkoniyat yaratgan.

Toshkentning g‘arbida, qadimgi Bo‘zsuv anhori sohilida Qo‘shilish mezolit makoni o‘rganilgan. Ushbu makondan chaqmoqtoshdan ishlangan nukleuslar, mayda parrakchalar, uchrindilar, qirg‘ichlar, har xil shakldagi qurollar, tosh pichoqlar, silliqlangan tosh qurollar topilgan. Qo‘shilish makoni topilmalari mil. avv. XI-X mingyilliklariga oid bo‘lib, bu yerda yashagan qadimgi qabilalar ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganlar.

Xullas, mil. avv. XI-X mingyilliklariga kelib Kaspiy bo‘ylaridan Pomir tog‘larigacha, Kopetdog‘ etaklaridan Markaziy Qozog‘istongacha bo‘lgan keng hududlarda mezolit davri qabilalari yoyiladilar. Ushbu hududlarning geografik sharoiti xilma-xil bo‘lib, mezolit davri makonlari past tekisliklar, daryo va soy bo‘ylari hamda tog‘ oldi hududlarida joylashgan. Bu davr qabilalari va urug‘lari ovchilik, baliqchilik hamda termachilik bilan kun kechirganlar.

Mezolit davrida ham urug‘ a’zolarining jamoa mehnati va o‘zaro yordamlari hayotning zaruriy sharti bo‘lgan. Kamon va o‘qlardan iborat yangi qurollarning xo‘jalikning yangi turlari vujudga keldi. Mil. avv. IX-VII mingyilliklar davomida Old Osiyoda ovchilikdan chorvachilikka va termachilikdan dehqonchilikka, xo‘jalikning ishlab chiqarish shakliga o‘tish boshlangan. Bu jarayon tarixda bir vaqtda boshlanmagan va ba’zi joylarda ancha erta, boshqa joylarda biroz kech sodir bo‘lgan.

Hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish qay tariqa boshlangan? Tarixchilar va etnograflarning aytishicha, ovda kamon ishlatilishi natijasida bevosita iste’moldan ancha oshiq o‘lja topish mumkin edi. Ovchilar yarador hayvonlarni yoki ularning bolalarini birdaniga o‘ldirmasdan, uylariga olib kelganlar. Ayrim xollarda, bu hay­vonlarni odamlar oziq-ovqat g‘amlab qo‘yish maqsadida boqishlari lozim bo‘lgan.

Termachilik mashg‘ulotining rivojlanishi natijasida, inson o‘simliklar olami haqida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lgan (o‘simlik va daraxtlar o‘sishi qonuniyatlari, hosil qilishi, ularning foydaligi va zararligi, don va urug‘lar, mevalar, ildizlar haqida va boshqa ma’lumotlar). Mezolit davrida qadimgi Sharqdagi issiqtalab yovvoyi boshoqli o‘simlik va daraxtlar ham tobora ko‘paya borgan. Bu yerda dehqonchilik rivoj topishiga turli xil imkoniyatlar bo‘lgan. Old Osiyo va Ikkidaryo - Dajla va Frot oralig‘ida yashovchi termachilar bug‘doy va arpa ekish tarixini boshlab berganlar. Shu hududlarda mil. avv. X-IX mingyilliklarda it va mushuk qo‘lga o‘rgatilgan. Ular eng qadimgi xonakilashtirilgan hayvonlar bo‘lib, it ovchilarga xizmat qilgan.

O‘rta Osiyodan mezolit davri odamlari so‘nggi paleolit davriga nisbatan jadal rivojlanib, keyingi davrlar madaniyati rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratib berganlar.

O‘rta Osiyo neolit va eneolit davri madaniyatini o‘rganishga taniqli olimlar, yirik qadimshunos - mutaxassislar katta xissa qo‘shganlar (S.P.Tolstov, Ya.G‘.G‘ulomov, V.M.Masson, O.K.Berdiev, O‘.Islomov, V.I.Sarianidi, A.V.Vinogradov, M.Jo‘raqulov, N.Xolmatov, A.Isoqov va boshq.). Ularning sayi-harakatlari tufayli dasht-cho‘l va vohalarda qidiruv hamda qazishma arxeologik ishlar olib borilgan. Bu tadqiqotlarning natijalari ilmiy maqolalar va monografiyalarda o‘z aksini topgan.




Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish