1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni



Download 221,5 Kb.
bet9/23
Sana04.09.2021
Hajmi221,5 Kb.
#164290
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
4.Тарихий реконструкция маруза

Savol va topshiriqlar

  1. Hunarmandchilik sohalarini qayta tiklash uslublarini ta'riflab bering.

  2. Xonaki va ixtisoslashgan hunarmandchilik belgilarini ochib bering.

  3. Hunarmandchilik ishlab chiqarishning texnologik hususiyatlari va kasbiy darajasini aniqlashda qaysi belgilar inobatga olinadi?

  4. Neolit davridan boshlab qanday hunar – kasblar rivoj topgan?

  5. Hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishning sharoitlarini aniqlang.

4- mavzu. Ayriboshlash va savdo-sotiqning tarixiy rekonstruksiyasi

Jahon tarixida ayriboshlash so‘nggi paleolit va mezolit davrilarida vujudga kelib rivojlandi. Bu jarayon arxeologiya va etnologiya manbalariga asoslanib o‘rganiladi.

Turli hududlar va jamoalar o‘rtasida o‘zaro ayriboshlashning paydo bo‘lishi tabiy – geografik sharoit, hayvonot va o‘simliklar olami hamda ashyo zaxiralarining xilma – xilligi va aksincha cheklanganligi bilan belgilangan edi.

Shu tariqa ashyo turli nodir toshlar va mineral bo‘yoqlar, tosh, suyak va chig‘anoqlardan yasalgan bezaklar (taqinchoqlar, munchoqlar) hamda mehnat qurollari bilan o‘zaro mahsulot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Dehqonchilik va chorvachilik ho‘jalik sohalarida ortiqcha maxsulotning vujudga kelishi natijasida, oziq – ovqat (g‘alla, un, yog‘) chorva zoti, teri, jun va charm bilan o‘zaro ayriboshlash rivoj topib, mazkur iqtisodiy jarayonning imkoniyatlarini kengaytirdi; ichki va tashqi aloqa yo‘llari tarmoqlari yanada kengayib boradi.

Eneolit va bronza davrlarida mis, qalay, qo‘rg‘oshin konlari o‘zlashtirildi, oltin va kumush nodir ashyolari hamda lojuvard (la'l), feruza kabi qimmatbaho toshlardan keng miqyosida foydalanish boshlandi.

Yangi tabiy qazilma resurslarni o‘zlashtirish va ularni qazib chiqarish ishlarini nazorat qilish maqsadida, iqtisodiy sohalarda yangi texnologiyalarni yaratish, savdo maskanlari – faktoriyalarga asos solish, uzoq masofalar doirasida savdo – sotiqni rivojlantirish muhim vazifaga aylangan. Uzoq masofalardagi savdo, ulov – transport vositalari – aravalar yuk ortiladigan hayvonlar – tuya, ot, eshak yordamida amalga oshirilgan.

Shumer yozma manbalariga ko‘ra, Old Osiyoda eshshak asosiy yuk tashuvchi hayvon hisoblangan, uning narhi 160 – 240 gramm kumushni tashkil etgan. Bu yuk tortadigan hayvon 60 kg og‘irlik tashish imkoniga ega bo‘lgan. Eshaklardan iborat karvonlar bir kunda 35 km masofani bosib o‘tishgan.

Qadimgi savdo – sotiq tizimini qayta tiklashda, shu jumladan aloqa – savdo yo‘llarini aniqlashda arxeologiya ma'lumotlari dolzarb ahamiyatga ega. Ular yordamida migratsiya jarayonlari, turli hududlarning o‘zlashtirilishi sabablarini ochib berishi mumkin.

Eneolit va bronza davrlarida uzoq masofalarga amalga oshirilgan migratsiyalar (aholining bir joydan boshqasiga ko‘chishi) konchilik ishlari va barqaror savdo sotiq faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadi bilan ham bog‘liq bo‘lgan. Misol uchun, mil.avv IV ming yillikning o‘rtalaridan boshlab, avval aholi tomonidan deyarli o‘zlashtirilmagan Hindiqush yonbag‘irlardagi Panj daryosining havzasi Hind vodiysidan ko‘chib kelgan aholi guruhlari tomonidan egallab olindi.

Hozirgi davrda shimoli – sharqiy Afg‘oniston tarkibiga kirgan bu hududlar qadimgi Baqtriyaning sharqiy qismini tashkil etgan. Yozma va arxeologiya manba'lari ma'lumotlariga ko‘ra, uning tog‘li joylarida noyob minerallar (lojuvard, kumush, oltin) konlari mavjud bo‘lgan. Bronza davrida Panjning so‘l sohilida Sho‘rto‘qay kabi yirik savdo maskani vujudga kelgan. Hindiqush konlarida tabiy boyliklarni qazib chiqarish tashkillashtirilgan.

Qazilma boyliklar Sho‘rto‘qay omborxonalarida to‘plangan va keyingi bosqichda, Hindiqush dovonlaridan osha Arabiston dengizi qirg‘oqlarida joylashgan bandargohlariga olib borilgan. Lojuvard, oltin, kumush kemalarga ortilib, dengiz yo‘li orqali Shumer shaharlariga yetkazib berilgan. Shuningdek, Old Osiyo mamlakatlari va Misrga olib boruvchi quruqlikdagi mashhur “La'l yo‘li” orqali Lojuvard savdosi ravnaq topgan.

Qiyoslash sifatida shuni ta'kidlash joizki, eneolit va bronza davrida yuqori Zarafshon vohasida Sarazm manzilgohi rivojlangan. Unga Hind vodiysi (Belujiston) va Turkmaniston janubi – g‘arbidan ko‘chib kelgan aholi tomonidan asos solingan. Buning muhim omillaridan biri Zarafshon daryosining quyi va yuqori qismida hamda Qizilqumda mis, qalay va oltin konlarini o‘zlashtirish zarurati bilan belgilangan.

Eneolit va bronza davri migratsiyalari, yangi hududlarni o‘zlashtirilishi natijasida, iqtisod va madaniyat sohalaridagi yangi texnologiyalar va ixtirolarning keng miqyosida yoyilishi oqibatida me'morchilik, binokorlik usullari, ixtisoslashgan hunarmandchilik, tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalar, urbanizatsiya jarayonlari, shaharsozlik madaniyati va ilk davlatchilik tizimi rivojlandi.

Savdo-sotiq hunarmandchilikdan ajralib mustaqil faoliyat sohasiga aylangan. “Lojuvard yo‘li” ning shakllanishi, uning yangi tarmoqlarini vujudga kelishini belgilab bergan. Mil. avv. III ming yillik oxirlari II ming yillik boshlariga kelib aloqa – savdo yo‘llari Marg‘iyona, Baqtriya, Sug‘d, Farg‘ona va Sharqiy Turkistondagi Tarim daryosining havzasi orqali Xuanxe daryosining o‘rta qismidagi Sya davlati chegaralariga olib borgan. Shu yo‘nalish asosida antik davrda Buyuk ipak yo‘li shakllangan.


Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish