1- mavzu: Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


Neolit davri moddiy madaniyati va xo‘jaligi



Download 221,5 Kb.
bet6/23
Sana04.09.2021
Hajmi221,5 Kb.
#164290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
4.Тарихий реконструкция маруза

Neolit davri moddiy madaniyati va xo‘jaligi. O‘rta Osiyoning janubida neolit davri mil. avv. VI mingyillikda bosh­langan. Neolit tosh asrining so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Bu davrda odamlar turli tabiiy sharoitga moslasha boshlaganlar va shundan kelib chiqib, turli geografik hududlardagi tegishli uy-joylar, mehnat qurollari va xo‘jaliklar ham har xil shaklda rivojlanib borgan.

O‘rta Osiyoning issiq iqlimli janubiy o‘lkalarida yashagan kishilar dehqonchilik, chorvachilik va uy hunarmandchiligi shakllari bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Shimoliy-sharqiy o‘lkalarda yashovchi aholi, (tog‘lar, tog‘oldi va dashtlar) tabiiy sharoiti tufayli, avvalgidek, asosan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik bilan shug‘ullanib, moddiy madaniyat jihatdan orqada qolib ketgan. Bunga xo‘jaliklar va moddiy madaniyatning notekis rivojlanishi sabab bo‘lgan.

Janubiy Turkmaniston aholisi 8-7 ming yil avval dehqonchilikning dastlabki shakllari bilan shug‘ullana boshlaganlar. Bu hududlarda ilk neolitda o‘troq manzilgohlar va guvaladan qurilgan uylar paydo bo‘ladi (Joytun, Chag‘alli, Cho‘pontepa). Ulardan topilgan don qoldiqlari (arpa, bug‘doy), toshdan ishlangan o‘roqlar va yorg‘uchoqlar dehqonchilik kashf etilganligidan dalolat beradi.

O‘rta Osiyoning boshqa viloyatlarida neolit davri qabilalari daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko‘l bo‘ylarida yashab, tabiiy imkoniyatidan kelib chiqqan holda, asosan ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanganlar (Xorazmda Kaltaminor madaniyati, Janubiy Tojikistondagi Hisor madaniyati yoki Farg‘ona neo­lit davri madaniyatlari). Neolit davrining eng katta yutuqlaridan biri - bu kulolchilikning paydo bo‘lishidir.

Qadimgi Sharq tarixidan ma’lumki, eng qadimgi idishlar mil.avv. VIII-VII mingyilliklarga oid bo‘lib, toshdan va yog‘ochdan yasalgan hamda novdadan to‘qilgan. Savatlar ba’zan loy bilan suvalgan va ana shunday savat tasodifan gulxanga tushib qolgan bo‘lishi mumkin. O‘tda savatning novdalari kuyib ketgan, suvalgan loy esa shu darajada qotib qol­gan. Albatta, loy gulxanga boshqa vaziyatlarda ham tushib qolishi mumkin edi. Odamlar o‘tda kuygan loyning pishiqligani e’tiborga olib, loydan yasalgan va gulxanda kuydirilgan buyumlarning ro‘zg‘or uchun foydali amaliy ahamiyatini tushunib yetganlar. Shu asosda kulolchilik rivoj topgan.

Neolit davri kishilari qay bilimlar, yo‘llar va uslublar orqali kulolchilikni kashf etmasinlar, ular loydan har xil idishlar yasashni va olovda pishirishni o‘rgandilarki, bu o‘sha zamon uchun juda katta madaniy yutuq edi.

Sopol idishlar ovqat tayyorlash va oziq-ovqatni saqlash uchun odamlarga yangi imkon yaratgan. Chorvador va dehqon, ovchi va baliqchilar xam sopol idishlardan keng foydalanganlar. Neolitda vujudga kelgan kulolchilik, ayniqsa dehqonchilik va uy chorvachiligi taraqqiyoti uchun zaruriy shart edi.

Janubiy Turkmanistondagi neolit davri madaniyagi Joytun madaniyati deb ataladi (mil. avv. VI-V m.y.). Joytun makoni O‘rga Osiyo hududida eng mashhur dehqonchilik maskanidir. Uning xarobalari Ashxaboddan 25 km shimoldagi Qoraqum bilan kesilib chegaralangan yerlarda joylashadi. Joytun makonida yarim gektar maydonni egallagan 30 ta bir xonali qadimgi uy-joylarning qoldiqlari topib tekshirilgan. Ular guvaladan barpo etilgan. Uylarning har birida alohida o‘choqlar, supalar va tokchalar bor. Har bir uyda yakka 5-6 kishidan iborat oila yashagan. Joytun manzilgohida 30 ta uy-joy bo‘lib, uylarda taxminan 150-180 kishi yashashi mumkin bo‘lgan.

Joytunliklar dehqonchilik hamda xonaki chorvachilik bilan shug‘ullanib, echki va qo‘ylarni boqqanlar. Uylarning sathidagi loy suvoqlarida arpa va bug‘doy donlari saqlanib qolgan.

Yodgorlikda topilgan, qo‘lda tasma uslubida yasalgan sopol idishlar rangli naqshlar bilan bezatilgan. Idishlar har xil shakllardan iborat bo‘lib (xumcha, tuvaksimon, qozoncha, kosasimon, piyola), qadimgi dehqonlarning xo‘jalik hayoti va uy ro‘zg‘orida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Joytunda tosh boltalar, o‘roqlar, kamon o‘qlarining uchlari, munchoqlar, urchuqlar hamda loydan ishlangan va gulxanda pishirilgan odamlar va hayvonlarning haykalchalari topilgan.

Neolit davrida kulolchilikdan tashqari, to‘qimachilik ham kashf etiladi, o‘zaro buyum va oziq-ovqat almashinuvi rivojlanadi, qadimgi jamoalarning moddiy va ma’naviy madaniyati jadal rivoj topadi.

Xo‘jalikning ilg‘or ishlab chiqaruvchi shakllari - dehqonchilik va chorvachilikning kashf etilishi tarix fanida «neolit inqilobi» deb ataladi. Odam uzoq tarix davomida tabiatda mavjud bo‘lgan tayyor mahsulotdan foydalanib, xo‘jaliklarning ibtidoiy o‘zlashtiruvchi shakllarini rivojlantirgan. Bu jarayon odamning aqliy va jismoniy taraqqiyoti, amaliy bilimlari, tajribasi va mashg‘ulotlari hamda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanganligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Neolit davriga kelib, inson o‘z mehnat faoliyati bilan tabiiy sharoitga faol ta’sir etib, ilg‘or unumdorlik xo‘jaligiga o‘ta boshlagan.

Shu bilan birga, eng qadimgi xo‘jalik mashg‘ulotlari (madaniyatlarning notekis rivojlanganligi tufayli) neolitda o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘rta Osiyoning turli viloyatlarida (Xorazm vohasi, Farg‘ona vodiysi, Hisor tog‘lari) ovchilik va baliqchilik, qisman chorvachilik shu davrda xo‘jalikning asosini tashkil etgan.

Xorazmvohasida Kaltaminor madaniyatiga tegishli (mil. avv. V-IV mingyilliklar) Yonbosh (Jonbos 4) yodgorligi diqqatga sazovordir. Makonda 290 kv. metr hajmli turar joyning qoldig‘i topilgan. U kulba shaklida bo‘lib, yog‘och ustun, sinchlar bilan ko‘tarilgan. Kulba o‘rtasida katta markaziy o‘choq, uning atrofidan esa mayda o‘choqlar qoldiqlari topilgan. Etnografik ma’lumotlar bilan solishtirilgan holda, Kaltaminor madaniyati manzilgohlari yirik jamoalar a’zolariga tegishli bo‘lganligi aniqlangan. Jonbos 4 kulbasida 100-120 kishi yashagan deb taxmin qilinadi.

Kulba o‘rtasidagi katta markaziy o‘choq turli marosimlar paytida butun jamoa a’zolariga xizmat qilgan. Uning atrofida joylashgan mayda o‘choqlar esa ayrim oilalarga tegishli bo‘lgan. Kaltaminor madaniyati makonlaridan sopol idishlar, tosh qirg‘ichlar, nukleuslar, nayza va o‘qlarning uchlari va boshqa tosh qurollar topilgan.

Neolit davri yodgorliklari Buxoro vohasi va Qizilqumda ham topib tekshirilgan. Darvozaqir I makonidan chaylasimon uy-joy qol­digi, bir nechta uchoq, tosh qurollar va sopol idish parchalari topilgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Zarafshon etaklaridagi neolit davri makonlaridan tapilgan tosh qurollari orasida silliqlangan bolta va ponalar, pichoqlar, qirg‘ichlar, o‘q va nayza uchlari bor.

Neolit davrida qadimgi qabilalar O‘rta Osiyo hududlarini keng miqyosda o‘zlashtiradilar. Bu davrda mintaqa hududlarida ziroatchilar bilan birga ovchilar va baliqchilar ham yashaganligi bizga ma’lum. Xullas, neolit davri yodgorliklari O‘rta Osiyo qadimgi tarixining dolzarb masalalarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Bu davr mehnat vositalarida o‘zgarish yuz berib, xususan, tosh, suyak va yog‘ochga ishlov berishning an’anaviy uslublari yuksaklikka erishgan. Ayniqsa, toshni silliqlash, parmalab teshish singari texnologiyalar kashf etilgan, mikrolit qurollar yanada takomillashgan.

Hozirgi O‘zbekiston hududlarida mezolitning oxiri va neolit davrida janubiy-g‘arbiy Ustyurt va Qizilqumning ichki hududlari, Zarafshon va Amudaryo etaklari ovchilar va baliqchilar jamoalari tomonidan keng o‘zlashtirilgan edi.

Soha mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, neolit davrida aynan qulay ekologik muhit va tabiiy iqlim sharoiti yangi hududlarni o‘zlashtirish imkonini beradi. Shu tariqa, jamoalar turli tabiiy-geografik sharoitga moslashadi, bu jarayon turli neolit madaniyatlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan edi.


Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish