1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish



Download 491 Kb.
bet32/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Jinsiy bezlar.
Jinsiy bezlar yoki gonadlarda jinsiy hujayralar va jinsiy gormonlar ishlab chiqariladi (ikki xil funksiya ba­jaradi). Turli xil hayvonlarda jinsiy hujayralarning yeti­lishi ko’payish bir-biridan farq qiladi, masalan baliqlar, amfibiya, reptiliya hamda qushlarda embrion rivojlanishi uchun zarur sariq qism tuxum ichida mavjud bo’lib undan foy­dalanish ona tanadan tashqarida bo’ladi, sut emizuvchilarda esa bunday jarayon bachadonda bo’ladi. Embrion rivojlanishida faol qatnashadigan gormonlar, steroidlar 2 gruppaga bo’linadi: ekstrogenlar va antrogenlar. Shulardan birinchi xotin-qizlar gormoni (estrodeon, estron va progestrom) (yunoncha oestrus-kuyikish, yunoncha-andras-erkak), erkaklik jinsiy gormoni (testosteron) deyiladi. Har ikkala gormon ham erkaklarda, ham ayollarda ajraladigan (siydik tekshiri­lib aniqlanadi), lekin ularning miqdori turlicha. Jinsiy gormonlar jinsiy faoliyat bola tug’ish bilan bog’liq davr­larni yuzaga keltirish, ikkinchi tartibi jinsiy belgilarni paydo qilish bilan xarakterlanadi (jinsiy sikllar, lakta­siya, homiladorlik, jinsiy uyg’onish va boshqalar).
Jinsiy bezlarni olib tashlash - bichish ko’pincha chuqur fiziologik o’zgarishlarga olib keladi (Hayvonlar, odamlar hayotidan-qullarni bichish xaram og’asi uchun). Jinsiy yeti­shishgacha va jinsiy yetishishdan keyingi bichish turli o’zgarishlarga olib keladi (misollar keltirish). Interseksu­al nost-erkaklarda ayollik gormonining me'yoridan ziyod bo’lishi tufayli ayollik alomatlari (xulq aktvorda), ayollarda esa bunday paytlari erkaklik alomatlarining hosil bo’lishi. Jinsiy gormonlar xolestirin va dezoksikortikostriondan hosil bo’ladi.
Jinsiy bezlar faoliyati markaziy nerv sistemasi va gipofiz bezi orqali boshqarib boriladi (kuchli his-tuyg’u, qo’rqish jinsiy siklni buzadi). Gipofizdan ajraladigan gormonlar o’z navbatida (folikulotrop, metotrop, prolakton) jinsiy gormonlarning ajralishiga va urug’, tuxum hujayra­larining pishib yetilishiga olib keladi. Jinsiy yetishish davrida gipofiz olib tashlansa jinsiy taraqqiyot yuzaga kelmaydi, jinsiy qobiliyat paydo bo’lmaydi.
Buyrak usti bezlari. Ular ham morfologik ham funk­sional jihatdan bir-biridan farq qiladigan po’stloq va mag’iz qismlaridan iborat. Miyasimon qism xromorfin to’qimalardan iborat. Bunday to’qimalar tanada yana boshqa or­ganlar tarkibida ham uchraydi, shuning uchun ular ishlab chiqaradigan gormonlar (adrenalin va noradrenalin) bez olib tashlansada qonda ancha muncha mavjud bo’ladi. Adrenalin ami­nokislota tirozinning hosilidir, noradrenalin esa media­tor bo’lib, simpatik tolalar uchidan ajralib chiqadi, dimeti­ladrinalindir. Bu gormonlar «katixolamin» nomi bilan yuritiladi.
Adrenalin moddalar almashinuviga faol ta'sir qilib, glikogen parchalanishini kuchaytiradi (insulinning antogo­nisti). Uning ta'sirida muskullarda glikogenoliz kuchayadi. Bu jarayon pirouzum va sut kislotalarining oksidlanishi, hamda glikoliz sodir bo’lishi bilan xarakterlanadi. Gliko­liz-uglevodlarning (glyukoza) anaerob shaproitda parchala­nishi (sut kislotasi) hosil bo’ladi. Jigarda glikogendan glyu­koza hosil bo’lib, qonda glyukoza ko’payib ketadi. Muskullar ishlashi uchun sharoit yaratadi. Adrenalin yurak urishini ku­chaytiradi, unda o’tkazuvchanlikni yaxshilaydi. U oshqozon-ichaklar harakatini kamaytiradi, ayniqsa peristaltik va mayatniksimon kisqarishlar tamoman yo’qoladi, ko’z qorachig’ini kengaytiradi. Adrenalin qo’shimcha yuborilsa muskullar qisqarishi kuchayadi. Shuning uchun uni ektrimal holatlarga organizmni moslashtiruvchi gormon ham deyiladi. Noradrenal ko’pincha adrenalinga o’xshab ta'sir qiladi. Lekin farqi ham bor, masalan u sistolik va diastolik bosimlarni ham oshiradi (adrenalin faqat sistolik bosimini orshi­radi), kalamush bachadoni muskulini qisqartiradi (adrenalin kengaytiradi). Kuchli jismoniy nagruzka va emotsional holatlar adrenalin ajralishini kuchaytiradi.
Po’stloq qism uch qavatdan iborat bo’lib, 50 dan ortiq kartikosteronlar ajratib olingan, shulardan 8 tasi fizio­logik faol hisoblanadi. Uning gomonlari uch guruhga bo’linadi. Mineralokartikoidlar - aldosteron, dizoksikar­tikosteron, glyukokortikoidlar - gidrokartizon, kartizon va kartikosteron, jinsiy gormonlar androgenlar, estrogenlar, progestronlar.
Mineralokartikoidlar tanada mineral moddalar alma­shinuvini (birinchi navbatda plazmadagi natriy va kaliy miqdorini boshqaradi). Ulardan eng faol aldosteron bo’lib, u kuchli terlash vaqtida ko’plab natriy ajralib chiqishining oldini oladi (buyraklar va teriga ta'luqli ferment tizi­mini faollashtirish yo’li bilan). Hayvonda bu bez olib tash­langanidan keyin ko’p miqdorda natriyni yuqotish tufayli organizm halok bo’ladi. Glyukokortikoidlar oqsil, karbonsuv va yog’lar almashinuviga kuchli ta'sir qiladi. Glyukokortiko­idlar ta'sirida aminokislotalarda dizaminlanish bo’lib, ularning azotsiz qismidan glyukoza hosil bo’ladi (glikoneo­geniz) va qonda glyukoza ko’payadi. Bir vaqtning o’zida jigarda glikogen miqdori ko’pligicha saqlanib qoladi, chunki oqsil hisobidan glyukoza hosil bo’ladi (glyukoneogenez) va qonda glyukoza ko’payadi. Agar oraganizmga qo’shimcha gidrokortizon yuborilsa oqsil parchalanishi yuqoridagi yo’l bilan kuchayib manfiy azot balansi vujudga keladi. Glyukokortikoidlar ta'sirida yog’ depolaridagi yog’ sarflanishi ham kuchayadi. Ular MNS qo’zg’alishni kuchaytirib uyqusizlik holatlarini, hayajonlanishni keltirib chiqaradi. Glyukokortikoidlar ko’p yuborilsa muskullar atrofiyalani­shiga olib keladi, ajinlar ko’payadi. Har xil ekstremal holatlarda (sovuq, issiq, ruhiy ezilish va boshqalar) glyuko­kortikoidlar ko’payib ketadi. Bu vaqtda yana katexolaminlar ham ko’payadi. Bu yerda asosiy rolni gipofizning oldingi qismidan ajraladigan AKTG bajaradi.
1. Davrda AKTG koyekolaminlar va genomokortiko­idlar ko’payadi.
2. Davr rezistentlik yuqori darajadagi gormonlar organizmlar rezistentligini oshiradi.
3. AKTG, glyukokortikoidlar kamayib holdan toyish davri boshlanadi.
Jinsiy gormonlar bolalarda jinsiy yetishishini ta'minlaydi. Jinsiy yetishish davriga kelib ularning ahamiyati biroz kamayadi, lekin keksarib (klimaks holatidan keyin) qolganda jinsiy gormonlar asosan po’ltoq qismidan ishlab chiqarib turiladi.



Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish