1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish



Download 491 Kb.
bet40/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Qonning ivishi. Muhim biologik murakkab biokimyo­viy o’zgarishlarni o’z ichiga oladigan jarayon bo’lib, uning uchun har bir qon tomiri devorida ma'lum omillar bor, ma­salan, tomirning shikastlanishi u yerdagi elektr zaryadini manfiy tomonga buradi va oqibatda trombotsitlar bir-bi­riga yopishib (kleylanib) jarohat og’zini yopadi, qon iviydi. Barcha sutemizuvchilar va odamda qon ivishiga olib keluvchi omillar odatda nofaol holda bo’ladi. Ular quyidagilar:
I omil - fibrinogen, u plazmadagi eng ulkan moleku­lali oqsil qon ivishi arafasida fibringa aylanadi.
II omil - protrombin - nofaol ferment (glikoprotein) faol holda ya'ni trombinga aylanadi. Protrombin jigarda vitamin K ishtirokida sintezlanib turadi. Trombin fib­rinogen bilan birgalikda fibrin hosil qiladi.
III omil - tromboplastin - barcha hujayra membrana­sida uchraydigan fosfolipid protrombinni faollaydi.
IV omil - Sa++ (kationlari).U barcha fermentlar fa­olligida ishtirok qiladi.
V-VI omillar - proaksilirin va aksilirin, ular glo­bulinlar hisoblanib, tromboplastinni faollaydi.
VII omil - prokonvertin tromboplastin hosil bo’lishida qatnashadi.
VIII omil - antigemofil globulin A, protrombokinaza hosil qiladi.
IX omil - antigemofil globulin V, tromboplastin hosil bo’lishida qatnashadi. Agar u genetik taqchil bo’lsa, gemofiliya qon ivimaslik kasalligi paydo bo’ladi. Bulardan tashqari yana 13 xil har xil omillar bo’lib, ular qon ivishida qatnashadiganlar.
Tomirlarda oqib yuradigan qonning ivimasligini geparin moddasi ta'minlaydi. U protrombinni trombinga aylanishini, tromboplastin, fibrin hosil bo’lishini to’xtatib turadi. Yana qonda trombinni parchalab yuboradigan antitrombin bo’ladi. Qon ivish ivimasligi murakkab neytrogumoral mexanizmlar bilan amalga oshirib turadi. Turli stress holatlar, ruhiy zo’riqishlar qon ivish jarayonini tezlashtirib (bu boradagi maxsus omillarni faollaydi). Stress holatlarida qon ivishini tezlashtiradigan gormonlar adrenalin va noradrenalinlardir.
Qon guruhlari to’g’risida dastlabki ilmiy ma'lumotlar 1901 yili Avstraliyalik olim Karl Landshteyner tomonidan berilgan. Turli odamlar qoni bir-biriga aralashtirilganida ba'zan eritrotsitlar bir-biriga yopishib (agglyutinatsiya) qoladi. Bunga asosiy sabab eritrotsitlarda bo’ladigan antigenlar - agglyutinogenlar (A, V) va plazmada uchraydigan antitelolar - agllyutininlardir, (,). I guruhda - faqat , agglyutininlar, II guruhda A agglyutinogen va  agglyutinin, III guruxda - V agglyutinogen va  agglyutinin; IV guruxda faqat AV agglyutinogenlar uchraydi, xolos.
yevropaliklarning 40 % I qon guruxiga, 40 % dan ko’prog’i II qon guruxiga, 10% - III qon guruxiga va 6 % ga yaqini IV qon guruxiga ega. Qon quyish muhim tadbir bo’lib, u katta biologik ahamiyatga ega. Uni ma'lum sxema bilan olib borilar edi. Hozir asosan o’z guruhi qonini bir-bi­riga quyish tavsiya qilinadi. Chunki ba'zi bir olimlarni ta'kidlashicha agg­lyutinatsiyaga olib kelishi mumkin ekan.
Shular hisobga olingan holda qon quyishda quyidagilarga rioya qilinadi:

  1. Donor (qon beruvchi) va retsipient (qon oluvchi) qoni bir guruxga mansub bo’lishi kerak.

  1. Rezus manfiy odamga rezus musbat qonni quyish mumkin emas.

  2. 1 donor qonini muayyan retsipientga qayta quymaslik lozim.

Rezus omil. 1940 yil Karl Landshteyner va I.Vinerlar qonda qo’shimcha agglyutinogen borligini aniqladilar va uni rezus - agglyutinogen yoki rezus omil deb atashdi (maymun makak rezus qonini quyonlarga quyish yo’li bilan). Odam­larning 85 % qonida bu omil mavjud, ularni rezus musbat bo’lmaydiganini rezus manfiy guruxlarga bo’lib o’rganiladi. Agar rezus musbat qon rezus manfiy qoni bor odamga qo’yilsa, rezus agglyutininlar hosil bo’ladi. Shu odamga rezus musbat qon ikkinchi marta quyilsa oldin hosil rezus agglyutining ta'sirida agglyutinatsiyaga uch­raydi. Bu hayot uchun juda xavfli hisoblanadi.
Rezus - omil bilan bog’liq ikkinchi omil shundan ibo­ratki, rezus musbat qonli ota va rezus manfiy qonli ona­dan paydo bo’lgan homila qonidagi rezus omil otaniki sin­gari bo’lishi mumkin. Homila qonidagi antigen ona qoniga yo’ldosh orqali o’tib, u yerda antirezus agglyutininlar hosil bo’lishi mumkin. Bu omil yo’ldosh orqali yana homila qoniga o’tadi va undagi eritrotsitlar agglyutinatsiyaga uchraydi, ge­moliz bo’ladi, homila halok bo’ladi, (antirezus omillar konsentratsiyasi kuchli bo’lsa). Ba'zan bunday bola sarg’ayib tug’iladi (gemoliz tufayli bilirubin ko’payib ketadi), ni­koh payti yuqoridagilarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qon guruhlari embrional rivojlanish payti shaklla­nib umr bo’yi o’zgarmasdan qoladi. Hayvonot dunyosida qon guruhlari baliqlardan boshlanadi.
Qon hosil bo’lishi yoki gemopoez muhim biologik ahamiyatga ega u eritropoez, leykopoez va trombotsitopoez­larga bo’linadi. Sutemizuvchilar embrionida gemopoez ji­garda amalga oshiriladi. Embrion rivojlanishining oxi­rida jigarda gemopoez to’xtab, qon ilikda hosil bo’la bosh­laydi.
Limfa qon homilasi hisoblanadi. Yuqori hayvonlar limfasi kovakchililarda (meduzalar) gidrolimfasidan va bo’g’imoyoqlilar yumshoq tanlilar gemolimfasidan tubdan farq qiladi. Yuqori hayvonlarda limfadan tashqari yana perelimfa va endolimfalar ham mavjud (ichki quloq bo’shliqlarida). Limfa hosil bo’lishi dastlab K.Lyudvig to­monidan tushuntirilgan, uning ta'kidlashicha bu suyuqlik kapillyarlar va to’qimalar orasidagi gidrostatik bosim farqidan hosil bo’ladi. Keyinchalik bu g’oyani E.Starling rivojlantirib limfa hosil bo’lishida yana onkotik bosim ham muhim deydi. Limfa ham qon singari organizm ichki muhitini bir xil saqlashda qatnashadi. Limfa tanada suv taqsimlanishida, ovqat hazm bo’lishida, moddalar almashi­nuvida, immunologik reaksiyalarda qatnashadi. Limfa nor­don mazali, ishqoriy reaksiyali (rN - 7,35 - 9) rangsiz suyuqlik. U eng ko’p jigarda hosil bo’ladi (1 kg-ga 21-36 ml), yana yurakda (5-18 ml), taloqda (3-12 ml) va muskullarda (2-3 ml) hosil bo’ladi. Limfa tarkibida fibrinogen va trombin bo’lganligi uchun u ivishi mumkin. Stress reaksiyalar limfa hosil bo’lishini kuchaytiradi.

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish