1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


Qonning fizikaviy-ximiyaviy xususiyatlari



Download 491 Kb.
bet36/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Qonning fizikaviy-ximiyaviy xususiyatlari. Qon kol­loid - polimer suyuqlik bo’lib, erituvchi modda - suv, eriydigan - tuzlar va past molekulali organik moddalar, kolloid - oqsillar va ularning komplekslari.

  1. Zichligi yoki solishtirma og’irligi qonning tarki­bidagi shaklli elementlar, oqsillar va lipidlar miqdoriga bog’liq (odamda 1,060-1,064 g/ml, qushlarda - 1,052 g/ml, baliqlarda - 0,035 g/ml). eritrotsitlar ziyaligi leykotsitlar va qon pla­stinkalarinikidan ortiq, plazmaniki eng kam. Shuning uchun ham, qon sintrafugatsiya qilinganida probirka tubida eritrotsitlar, uning ustida leykotsitlar va qon plastinkalari to’planadi.

  2. Yopishqoqlik qonda suvga nisbatan 3-6 marta ziyod bo’lib, u qondagi eritrotsitlar soni va oqsillar miqdoriga bog’liq. Odam ko’p terlasa, qoning yopishqoqligi oshib ketadi (quyuqlashish hisobidan).

  3. Osmatik bosim. Qondagi tuzlar qonsentratsiyasi bilan belgilanadi (odam va sut emizuvchilarda 0,9 %, u shaklli elementlar va boshqa hujayralarni yarim o’tkazgich membranasi orqali erituvchining (suvning) qonsentratsiya oz tomondan qonsentratsiya ko’p tomonga o’tish ko’rsatgichidir (kuchidir). Ma'lumki, membrana orqali suv o’tib, har qanday moddalar o’tavermaydi. Osmotik bosim tufayli tanadagi barcha suyuqliklarning qonsentratsiyasi ma'lum fiziologik me'yorda ushlab turiladi. Suyuqlik osmotik bosimi shaklli elementlar ichi­dagi osmotik bosimdan yuqori bo’lsa - gipertonik, oz bo’lsa gipotonik, baravar bo’lsa - izotonik eritma bo’ladi. Shuning uchun ham qonda shaklli elementlar va plazma osmotik bosimi ma'lum nisbatda bo’lishi shart, aks holda yashash mumkin emas. Qonning osmotik bosimi organizmda murakkab tizim bilan boshqarib boriladi (qon tomirla­rida, to’qimalar va gipotalamusda maxsus osmore­septorlar orqali). Bu o’rinda teri va buyraklar juda katta ahamiyatga ega. Bunday tizim yuqori ta­raqqiy etgan hayvonlarda bo’lib, dengizda yashovchi umurtqasizlarda yo’q, ularning qondagi osmatik bosimi, suv (dengiz, okean)ning osmotik bosim bilan belgilanadi.

  4. Onkotik bosim. Qondagi oqsillar bilan yuzaga keltiriladigan osmotik bosimdir. Oqsil miqdori qonda 7-8 %. Agar osmotik bosim 5600 mm.sim. ustuniga teng bo’lsa, onkotik bosim 30 mm.sim. us tuniga teng bo’ladi. Onkotik bosim to’qimalardagi suvning qon tomiriga o’tishini belgilaydigan narsa kapillyarlardagi gidrostatik bosimdir. Masalan, arteriya kapillyarlarida u 35 mm.sim. ustuniga teng, shuning uchun ham, bu joyda qon zardobi qon tomirlaridan to’qimalarga o’tadi, venalarda esa kam suyuqlik qonga (to’qimalardan) o’tadi. Demak, onkotik va gidrostatik bosim tu­fayli to’qimalararo suyuqliklar va qon orasida moddalar almashinuvi doimiy holda sodir bo’lib turadi.

  5. Qon reaksiyasi N+ va ON- ionlari konsentratsiyasi bilan belgilanadi. Qonda bu ko’rsatgich N+ bilan hisoblanadi rN (inglizcha Power of Hydrogen vodorodning kuchi) u vodorod ionlari konsentratsiyasining teskari logorifm ifodasi. rN odamda - 7,35 - 7,47; hashoratlarda 6,4-8,0. Qon reaksiyasining doim bir xil bo’lishida 1) bufer tizim, 2) o’pkalar orqali SO2 ning chiqarilishi 3) buyraklar orqali kislotali mahsulotlarning chiqarilishi va ishqorlilarning saqlab qolinishi muhim ahamiyatlidir. Bufer tizim karbonat, fosfat, qon plazmasi oqsillari va gemoglobindan iborat. Karbonat bufer - H2CO3, NaHCO3, KHCO3. Agar qon plazmasida kislota ko’paysa (N2SO3 dan kuchli bo’lsa) uning anioni Na kationi bilan birikib neytral tuz beradi, Vodo­rod ionlari HCO-3 anioni bilan birikib baqaror ko’mir kislotasi hosil bo’ladi, bu esa o’z navbatida N2O va SO2 parchalanib ketadi. Fos­fatli bufer tizimiga NaH2PO4, NaHPO4 larni olish mumkin. Ularning biri kislotalik, ikkinchisi ishqorlilik xususiyatiga ega. Plazma oqsillari amfotermik xususiyati bilan (kislota bilan asos sifatida, asos bilan kislota sifatida reaksiyaga kirishish) qon reaksiyalarini birdek saqlaydi.

Gemoglobin qon bufer tizimining 75 % ini tashkil qiladi (oksigemoglobin - kislotali, sof gemoglobin - kuchsiz kislotali xususitga ega). Odatda qonda kislotali moddalar ko’proq bo’ladi. Shuning uchun uning ishqorlilik rezervini aniqlash tibbiyot va fiziologiya amaliyotida muhimdir. Qon reaksiyasining kislotali tomonga og’ishi - atsedoz, ishqorli tomonga og’ishi - alkoloz bo’lib, rN - 7,0-7,8 bo’lganida fiziologik holat yaxshi bo’ladi.

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish