1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish



Download 491 Kb.
bet37/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Qon plazmasi - to’qimalar orasidagi suyuqlik tarki­bini bir xil saqlash, kerakli moddadalar transportirovka­sini tashkil qiladi. Unda 90% suv, 7,8% oqsillar bor. Qon plazmasidagi oqsillar turli xil bo’lib (30 dan oshiq), ular qonga kolloidlik beradi va yopishqoqligini aniqlashda qatnashadi. Qon plazmasida o’rtacha 200-300—g oqsil bo’ladi, ular albumin, globulin ko’rinishida uchraydi. Albumin qon oqsillarining 60 % tashkil qilib, u o’zi bilan bilirubin og’ir metallarning tuz­larni, yog’ kislotalari, farmokologik moddalarni tashiydi. Bir molekula albumin 25-50 molekula belirubinni biriktirish xususiyatiga ega. Globulinlar 1, 2, 2 va - globulinlar xolida bo’ladi.  globulinlarga glikoprotein­lar, mukoproteinlar kiradikim ular glyukoza va mukopoli­saxaridlarni (polisaxarid- sinovial suyuqlik, giporin- ²yog’lovchi sifatida²) tashiydi.  globulinlar fosfolipid­lar, xolesterin, steroid gormonlar, metal kationlarni traniportirovka qiladi. Bu xildagi globulin transferrin temirni transportirovka qiladi. - globulinlar organizmni zarali virus va mikroblardan himoya qiladi. Globulinlarga yana fib­renogen ham kiradi (u qon ivishida qatnashadi). Qon zar­dobi o’zida fibrinogenni bo’lmasligi bilan qon plazmasidan farq qiladi. Albumin fibrinogenlar jigarda, globulin jigarda, ilikda, taloqda, limfa tugunlarida hosil bo’ladi. Ovqatlanish me'yorida bo’lsa sutka davomida odamda 17 g albumin, 5 g globulin hosil bo’ladi.
Plazma oqsillari yordamida oziq moddalar, ferment­lar, vitaminlar, gormonlar, mikroelementlar va moddalar almashinuvi mahsulotlari tashiladi.
Yana plazma oqsillari o’zlariga ko’p miqdorda past mo­lekulali birikmalarni yopishtirib olishligi bilan osmo­tik bosimni bir xil saqlashda, limfa, siydik hosil bo’lishida va suvning so’rilishida faol qatnashadi.
Qonning shaklli elementlari barcha jonivorlarda bir xil tarqalmagan, masalan, eritrotsitlar ko’pgina umur­tqasizlarda yo’q, leykotsitlar esa barcha ko’p hujayralilarda bor (gemolimfada ham bor bo’lgan tanacha). Trombotsitlar ba'zi bir umurtqasizlarda bo’lib, umur­tqalilarda takomillashadi. Qushlarda qon plastinkalari bo’lmaydi.
Eritrotsitlardagi nafas olish pigmenti gemoglobin O2 va SO2 tranportirovka qiladi. Baliqlar, amfibiya, repte­liya va qushlarda eritrotsitlar yadroli, tirik, sut emizuvchi­larda yadrosiz. Ular elastik bo’lib, diametri tor bo’lgan kapi­lyarlardan cho’zilib o’tish xususiyatiga ega. Ularning umumiy yuzasi odamda 3800 m2 (tanasidan 1500 marta katta). Eritro­sit membranasi orqali suv, gazlar, N+ ioni, ON- anion­lari o’tib, ko’pgina kationlar va oqsillar o’ta olmaydi. Eritro­sitlarning kuruq qoldig’ida 95% gemoglobin, qolganlari lipid, uglevod, tuzlar va fermentlardir. Eritrotsitning yorilib, gemoglobin chiqishi gemoliz deyiladi. Eritrotsitlarning soni muhit, sharoitga qarab o’zgarib turadi. Eritrotsitoz (ko’payishi), anemiya (kamay­ishi). Odamda oqib turgan qondagi eritrotsitlar soni 25·1012 -30·1012 gacha. Vazifalari: 1) O2 vaSO2 tashish; 2) oziq mod­dalarni (oqsillarni) biriktirib olib tashiydi; 3) organizmda ki­slorta-ishqor nisbatini bir xil saqlash; 4) suv-tuz almashinuvida qatnashadi; 5) zaharlarni biriktirib immunitet jarayonida ishtirok qiladi. 6) qon ivish jarayonini faol­lashtirishda qatnashadi. Eritrotsitlarda mavjud bo’lgan oqsillardan gemoglobin muhim ahamiyatga ega bo’lib, u barcha umurtqalilar va ayrim umurtqasizlar (chuvalchanglar, yumshoqtanlilar, bug’imoyoqlilar, ignatanlilar) qonida uch­raydi. Bitta eritrotsitda 400 mln gemoglobin molekulasi bo’ladi. Uning tarkibi oddiy oqsil globin va oqsilsiz pig­ment-gemdan iborat (gemoglobinning molekulyar massasi 64500 ga teng). Gemoglobin oqsillari albuminsimon bo’ladi va turli hayvonlarda u o’zining aminokislotalari turi bilan farq qiladi. Gemoglobin tarkibida 2 valentli G’e- bo’ladi. 1 g gemoglobinda 3,5 mg temir elementi bo’ladi. O2 va SO2 tashilishida asosiy funksiya gemoglobinga te­gishlidir. Odam qonida gemoglobin miqdori -14,0 g/100 sm3 .O’rtacha 65 kg odamda tanasida 600 g gemoglobin bo’ladi. O2 bilan birikkan gemoglobin (NO2) oksigemoglobin deyiladi. Oksi­gemoglobin ochiq rangli. Shuning uchun arterial qon aynan shu rangda bo’ladi. O2 dan ajralgan gemoglobin dezoksigemoglobin deyiladi va qoramtir qizil rangda bo’ladi (venoz qoni) SO2 bilan birikkan gemoglobin karbogemoglobin deyiladi. Gemoglobin SO bilan ancha barqaror birikma hosil qiladi (O2 vaN ning yaqinligiga nisbatan SO va Nv yaqinligi 300 marta kuchli ) va bunday birikma O2 tashi­lishi uchun yaroqsiz. Shuning uchun bunday paytda kislorodga nisbatan kuchli chanqoqlik paydo bo’ladi (qusish, bosh og’rig’i, xushdan ketish).
Yurak va tana muskullarida yana bir pegment-mioglabin bo’lib, u o’zidan O2 saqlab turish xususiyatiga ega. Shuning uchun bu muskullar qisqarib turganida aynan shu O2 hisobidan foydalaniladi (oksidlanish uchun).
Eritrotsitlar ma'lum cho’kish reaksiyasiga ega (plaz­maga nisbatan solishtirma massasi yuqoriligi uchun). Erkak­larda bir soatda 5-9 mm, xotin qizlarda 8-10 mm. Homila­dorlik, tanadagi yallig’lanish bu jarayonni tezlashtiradi. Kuchli jismoniy mashq bu protsessni sekinlashtiradi.

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish